5. san'atda go'zallik va xunuklik dialektikasi


Islomda erkak va ayolning maqomi



Download 20,98 Kb.
bet3/3
Sana19.11.2022
Hajmi20,98 Kb.
#868421
1   2   3
Bog'liq
5. san\'atda go\'zallik va xunuklik dialektikasi

8.Islomda erkak va ayolning maqomi
Oila jamiyatning muqaddas maskani, eng asosiy tarbiya makonidir. Oiladagi ota ibrati, ona mehri, bobo va buvilar o’gitlari orqali milliy qadriyatlarimizga bo’lgan imon-e'tiqod, halollik, mehr-oqibat avloddan avlodga o’tadi, farzandlarimiz ongi va qalbida muhrlanib boradi. Iqtisodiy jihatdan farovon, ijtimoiy-axloqiy va g’oyaviy muhiti sog’lom oila negizida yuzaga kelgan jamiyat va davlatning poydevori mustahkam bo’ladi. Chunki bunday oilalarda ma'naviy barkamol inson voyaga yetadi, uning his-tuyg’ulari, dunyoqarashi, tafakkuri el-yurtga halol xizmat qilishdek insonparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan.
O’zbeklarda oilaning rahbari ota hisoblanib, u oilani moddiy jihatdan ta'minlashga mas'uldir. Otaning rahbarligi to’g’risida Qur'oni karimda "Erkaklar xotinlari ustidan rahbardurlar" deyilgan. Oyat mohiyatini tahlil qiladigan bo’lsak, oiladagi moliyaviy masalalar, chetdan bo’ladigan xurujlardan uni himoya qilish otaga yuklatilmoqda. Nafaqat rahbar, balki ota-oila posboni. Ota bor xonadon charog’on, bolalar yuzida tabassum, ona qalbida osoyishtalik. Oilada er va xotinga oʻziga xos burch va vazifalar yuklangan, bir-biriga nisbatan haq va huquqlari belgilab berilgan. Agar er va xotin mazkur qoidalarga amal qilsa, bir-biriga nisbatan zimmalaridagi burch va masʼuliyatini his qilib, sitqidildan ado etsa, bunday oila baxt va saodat qasriga aylanadi. Bunday namunaviy oilada tugʻilgan farzandlar ham goʻzal tarbiya topadi va kelajakda ulardan jamiyatga foydasi tegadigan buyuk insonlar yetishib chiqadi.
Islomda er va xotinlik aloqalari eng muqaddas insoniy aloqa ekan, mazkur aloqalar qay tarzda yo‘lga qo‘yilishi kerakligini ham bilishimiz va mazkur bilimga amal qilishimiz lozim.Xotinning er zimmasidagi haqqi erning o‘ziga ham, moliga ham tegishlidir. Xotinning eri zimmasidagi mahr va nafaqa singari moliyaviy va shaxsiy haqlari bor. Ular quyidagilar:

  1. Xotinning er zimmasidagi haqlaridan birinchisi er tomonidan unga yaxshi va adolatli muomala qilinishidir.

  2. Ayolning eri zimmasidagi ikkinchi haqqi bu mahr haqqidir. 

  3. Er xotinning ozorini ko‘tarishi, u g‘azablanganida va jahli chiqqanida muloyim bo‘lishi, uning xatolarini kechirishi kerak

  4. Erkak ayolini qizg‘anishi, uning or-nomusini saqlashi kerak

  5. Er xotinning o‘ziga alohida joy qilib berishi, unda erning yaqinlaridan hech kim bo‘lmasligi kerak.

  6. Er xotinining oziq-ovqat va kiyim-bosh kabi ehtiyojlarini isrof etmay, yetarli ta'minlashi kerak. 

  7. Er xotinining iffatini saqlashi lozim. Xotinini haromdan himoya qilish erga vojibdir.

  8. Er xotinini yaxshi ko‘rsa, juda hurmatlashi lozim, yomon ko‘rsa, zulm qilmasligi kerak. 

Xotin kishi erining haqlarini bilib, ularni ado qilganidagina soliha xotin bo‘ladi. Erning xotin zimmasidagi eng muhim haqlari quyidagilardir:

  1. Xotinning eriga nisbatan eng birinchi burchi, yoxud erning o‘z ayoli ustidagi eng birinchi haqqi bu – ayol kishining eriga itoatkor bo‘lishidir. 

  2. Erning ayoli ustidagi ikkinchi haqqi shuki, ayol kishi asosiy vaqtini uyda o‘tkazib, faqat erining roziligi bilangina ko‘chaga chiqishi lozimligidir.

  3. Xotin erining haqqini o‘z haqqidan va hamma yaqinlarining haqqidan ham ustun qo‘yishi kerak.

  4. Xotin uyiga erining ruxsatisiz hech kimni qo‘ymasligi, erining uyidan uning ijozatisiz biror narsani o‘zining yaqinlariga ham berishi kerak emas.

  5. Shuningdek, erning ayoli ustidagi haqlaridan biri Xotin kishi Alloh taolo bergan nasibaga rozi bo‘lishi, eriga injiqlik qilmasligi kerak. 

  6. Xotin erining do‘stiga notanishdek bo‘lishi lozim.

  7. Xotin go‘zalligi bilan eriga faxrlanmasligi, eri xunuk bo‘lsa, yomon ko‘rmasligi, agar boy bo‘lsa, eri oldida moli bilan g‘ururlanmasligi kerak. 

  8. Xotin farzandlariga rahm qilishi, ularni hurmat qilishi, farzandlarni urishib la'natlashdan tiyilishi lozim. 

Er – oilaning rahbari. Agar ayol erning itoatida bo‘lsa, farzandlar ham otaga itoat qiladigan bo‘ladi. Oqibatda oilada do‘stlik, ahillik, muhabbat hukm suradi, oila mustahkamlanadi, qut-barakali bo‘ladi. Ayolning eriga itoatsizligi esa oilaning buzilishiga va boshqa ko‘plab noxushliklarga sabab bo‘ladi. Ushbu haqiqatni har bir musulmon oilaning har bir a'zosi yaxshilab tushunib olishi kerak. Shu bilan birga, Allohga gunoh bo‘ladigan ishlarda erga ham, undan boshqaga ham itoat qilish yo‘qligi umumiy qoida ekanini ham bilib qo‘yish kerak.
Download 20,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish