KAZUS
Fuqaro R.K. davlat
korxonasiga murojaat qilib, ishchi xizmatchilarga uy-joy
ajratish uchun asos boʻlgan hujjatlar bilan tanishtirishni soʻragan. Davlat korxonasi
masʼul xodimi tomonidan R.K.ga turar joy ajratish imkoniyati mavjud emasligi
maʼlum qilinib, murojaat qanoatlantirilmagan. Shu sababli R.K. maʼmuriy sudga
ariza
bilan murojaat qilib, R.K.ning axborot olish huquqi buzilganligi vaji bilan
davlat korxonasi masʼul xodimining ishchi xizmatchilarga uy-joy ajratish uchun
asos boʻlgan hujjatlar bilan tanishtirmaslikda ifodalangan harakatsizligini
gʻayriqonuniy deb topishni soʻragan. Maʼmuriy sudning hal qiluv qarori bilan
arizani qanoatlantirish rad etilgan.
Vaziyatga huquqiy baho bering. Oʻz. R. MSIYUtK tegishli moddalari va
boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu
hodisa boʻyicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.
JAVOB
Kirish
Sud tizimining bosqichma- bosqich demokratlashtirilishi, inson huquq va
erkinliklarini
ishonchli himoya qiladigan sud hokimiyatining
mustaqilligi
to’g’risidagi konstitutsiyaviy tamoyilga qay’iy rioya etilishi mamlakatimizda sud-
huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar asosini tashkil etadi. Ma’lumki,
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga ko’ra
har bir
shaxsning o’z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish,davlat organlari
mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari g’ayriqonuniy xatti-harakati ustidan
sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlangan.
O’z navbatida mamlakatimizda
ma’muriy sudlarning tashkil etilishi asosiy qonunimizda mustahkamlangan ushbu
huquqlarni samarali amalga oshirilishiga xizmat qiladi.
Ma’muriy sudlar tomonidan ko’riladigan ommaviy-huquqiy
munosabatlardan
kelib chiqadigan nizolar-bu bir tomondan fuqarolar va yuridik shaxslar bo’lsa,
boshqa tomondan davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari o’rtasidagi
huquqiy nizolar bo’lib, bunda har bir shaxs konstitutsiyamizda belgilab qo’yilgan
o’z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari va mansabdor
shaxslarning xatti-harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari ustidan sudga shikoyat
qilish huquqini amalga oshiradi. Bizga berigan muammoli holatda ham fuqaro R.K
davlat korxonasi mas’ul xodimining ishchi xizmatchilarga uy-joy ajratish uchun
asos bo’lgan hujjatlar bilan tanishtirmaslikda ifodalangan harakatsizligini
g’ayriqonuniy deb topishni so’rab ma’muriy sudga murojaat qilganligini ko’rishimiz
mumkin. Biz mazkur kazusga yechim berish uchun unda mavjud bo’lgan quyidagi
muammoli holatlarni aniqlab olamiz:
Birinchidan, yuqoridagi holatda davlat korxonasi mas’ul
xodimining fuqaro
R.Kning murojaatiga nisbatan uy-joy ajratish uchun asos bo’lgan hujjatlar bilan
tanishtirmaslikda ifodalangan harakatsizligi huquqiy asosga egami?
Ikkinchidan, fuqaro R.Kning davlat korxonasi mas’ul xodimining
harakatsizligi ustidan ma’muriy sudga bildirgan talabi qay darajada asosli?
Uchinchidan,mazkur murojaat yuzasidan ma’muriy sudning chiqargan hal
qiluv qarori qonuniy asosga egami?
To’rtinchidan, yuqorida keltirilgan asoslardan kelib chiqib yakuniy xulosa.
Asosiy Qism
Bevosita tahlil jarayoniga o’tadigan bo’lsak, yuqoridagi holatda fuqaro R.K
davlat korxonasiga murojaat qilib, ishchi xizmatchilarga
uy-joy ajratish uchun asos
bo’lgan hujjatlar bilan tanishtirishni so’ragan. Shundab so’ng davlat korxonasi
mas’ul xodimi tomonidan R.Kga turar joy ajratish imkoniyati mavjud emasligi
ma’lum qilinib, murojaat qanoatlantirilmagan. Konstitutsiyamizning 30-moddasiga
muvofiq O’zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat
birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning
huquq va manfaatlariga
daxldor bo’lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish
imkoniyatini yaratib berish lozimligi belgilab o’tilgan. Shuni ham keltirib o’tish
o’rinliki, mamlakatamizda davlat korxonalari 1992-yilga qadar o’z xodimlari uchun
turar joy ajratishgan. Lekin 1992-yildan boshlab xususiylashtirish jarayonlari
amalga oshirila boshlangandan keyin ular bu vakolatga ega bo’lmay qolgan. Biroq
bizga berilgan muammoli holatda arizachi sudga o’zining
axborot olish erkinligi
huquqi buzilganligini vaj qilib, ma’muriy sudga murojaat qilganligini ko’rishimiz
mumkin. Konstitutsiyamizning 29-moddasida keltirilishicha