Fuqaro B. O davlat korxonasiga murojaat qilib, ishchi xizmatchilarga uy-joy ajratish uchun asos bo‘lgan hujjatlar bilan tanishtirishni so‘ragan. Davlat korxonasi masʼul xodimi tomonidan B. O



Download 37,35 Kb.
bet1/5
Sana20.06.2022
Hajmi37,35 Kb.
#681120
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma\'muriy sud ish yurituvi o`z


  1. Fuqaro B.O davlat korxonasiga murojaat qilib, ishchi xizmatchilarga uy-joy ajratish uchun asos bo‘lgan hujjatlar bilan tanishtirishni so‘ragan. Davlat korxonasi masʼul xodimi tomonidan B.O.ga turar joy ajratish imkoniyati mavjud emasligi maʼlum qilinib, murojaat qanoatlantirilmagan. Shu sababli B.O maʼmuriy sudga ariza bilan murojaat qilib, B.O.ning axborot olish huquqi buzilganligi vaji bilan davlat korxonasi masʼul xodimining ishchi xizmatchilarga uy-joy ajratish uchun asos bo‘lgan hujjatlar bilan tanishtirmaslikda ifodalangan harakatsizligini g‘ayriqonuniy deb topishni so‘ragan. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan arizani qanoatlantirish rad etilgan.

Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘z. R. MSIYutK (Maʼmuriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi) tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu hodisa bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.



  1. Fuqaro D.B. Samarqand davlat chet tillar instituti rektorining 2017 yil 22 martdagi 333-sonli buyrug‘i bilan talabalar safidan chetlashtirilgan. D.B. institut rektori nomiga raiza bilan murojaat qilib uni talabalikka qayta tiklashni so‘ragan. Biroq, uning murojaatiga institut rektori tomonidan rad javobi berilgan. Shu sababli, D.B. maʼmuriy sudga ariza bilan murojaat qilib, institut rektorining D.B.ni talabalikka qayta tiklashni rad etishda ifodalangan harakatini qonunga xilof deb topishni, uning zimmasiga 2017 yil 22 martdagi 333-sonli buyrug‘ini bekor qilish va D.B.ni o‘qishga qayta tiklash majburiyatini yuklashni so‘ragan. Maʼmuriy sud D.B.ning arizasini qabul qilishni rad etgan.

Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘z. R. MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu hodisa bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.



  1. Tuman hokimining 1995 yil 16 avgustdagi 333-sonli qarori bilan Navoiy ko‘chasidagi 55-uyga nisbatan fuqaro R.D.ning egalik huquqi belgilangan. R.D. 1998 yil 18 martda vafot etgan. Keyinchalik, 2006 yil 11 aprelda notarial idora tomonidan marhum R.D.ga tegishli bo‘lgan nizoli uy-joyga uning turmush o‘rtog‘i L.D. merosxo‘r deb topilgan. Unga “Qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida”gi guvohnoma va birgalikda orttirilgan mulklarining ½ qismiga mulk huquqi asosida tegishli ekanligi to‘g‘risida guvohnoma berilgan.Marhum R.D. va uning turmush o‘rtog‘i L.D.ning birgalikdagi turmushlaridan 4 nafar farzandlari bo‘lgan. Ularning farzandi, yaʼni o‘g‘li fuqaro F.D. fuqaro L.K. bilan 2003 yil o‘zaro turmush qurishib, qonuniy 11 nikohdan o‘tishgan. Ularning turmushlaridan 2006 yil 5 avgustda A.D. ismli farzand tug‘ilgan. F.D. 2008 yil 11 aprelda vafot etgan.Marhum F.D.ning farzandi A.D. nomidan uning onasi L.K. maʼmuriy sudga ariza bilan murojaat qilib, marhum R.D.dan qolgan nizoli uy-joyga uning turmush o‘rtog‘i F.D. ham qonuniy merosxo‘rlardan biri bo‘lsa-da, notarial idora tomonidan u merosxo‘r deb topilmasdan, faqat L.D. merosxo‘r deb topilib, F.D.ning huquqlari buzilganligini vaj qilib, L.D. nomiga berilgan 2006 yil 11 apreldagi “Qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida”gi guvohnomani haqiqiy emas deb topishni so‘ragan.Maʼmuriy sudining hal qiluv qarori bilan ariza qanoatlantirilgan.

Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘z. R. MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu hodisa bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.

  1. “A” MCHJ 2016 yil 12 oktabrda Moldova davlati rezidenti “L” kompaniyasi bilan 111-sonli import shartnomasiga asosan qiymati 250 500 AQSH dollari bo‘lgan dori vositalari, 2017 yil 23 martda Moldova davlati rezidenti “R” kompaniyasi bilan 222-sonli import shartnomasiga asosan qiymati 300 200 AQSH dollari bo‘lgan dori vositalari, 2017 yil 22 oktabrda Moldova davlati rezidenti “R” kompaniyasi bilan 223-sonli import shartnomasiga asosan qiymati 150 300 AQSH dollari bo‘lgan dori vositalari va Rossiya davlati rezidenti “S” MCHJ bilan 2017 yil 11 mayda tuzilgan 333–sonli import shartnomasiga asosan 350 500 AQSH dollari bo‘lgan dori vositalarini import qilib, bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirilgan va tovarlar erkin muomalaga chiqarilgan. Bunda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari o‘rtasida 2011 yil 18 oktabrda tuzilgan “Erkin savdo zonasi to‘g‘risida”gi shartnoma hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga asosan erkin muomalaga chiqarilgan tovarlar uchun bojxona to‘lovlariga QQS bo‘yicha imtiyoz qo‘llanilgan. Shahar bojxona boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasida yuqorida qayd etilgan import shartnomalariga o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lib, shartnomalar bo‘yicha hamkorlar “B” kompaniyasiga o‘zgartirilganligi aniqlangan va imtiyozlar noto‘g‘ri qo‘llanilgan degan xulosaga kelinib, arizachi “A” MChJga barcha yuqorida qayd etilgan import shartnomalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan boj to‘lovlarini to‘lash to‘g‘risida talabnomalar yuborilgan. Shu sababli, “A” MCHJ sudga ariza bilan murojaat qilib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi shahar boshqarmasining qo‘shimcha hisoblangan boj to‘lovlarini to‘lash to‘g‘risidagi talabnomalarini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan.Maʼmuriy sudning hal qiluv qarori bilan arizani qanoatlantirish rad etilgan.

Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘z. R. MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu hodisa bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.



  1. Arizachi K.A. sudga ariza bilan murojaat etib, Guliston MFYning 2018 yil 15 iyundagi 222-sonli hamda tuman hokimining 2018 yil 14 avgustdagi 333-sonli qarorlarini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan.Birinchi instansiya sudining 2019 yil 25 oktabrdagi ajrimi bilan ariza qaytarilgan. Birinchi instansiya sudi K.A. sudga ariza bilan MSIYutK 186-moddasining birinchi qismida belgilangan muddatlarda murojaat qilmaganligi uchun, uni qaytarishni lozim topgan.

Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘z. R. MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu hodisa bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.



  1. Arizachi K.A. maʼmuriy sudga ariza bilan murojaat qilib, tuman hokimining 2018 yil 16 apreldagi 222-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni va ariza (shikoyat) bilan murojaat qilishning o‘tkazib yuborilgan muddatini uzrli deb topish va ushbu muddatni tiklashni so‘ragan.Birinchi instansiya sudining 2019 yil 11 maydagi ajrimi bilan ariza (shikoyat) bilan murojaat qilishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma rad etilib, ariza qaytarilgan.Arizachi kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, birinchi instansiya sudining 2019 yil 11 maydagi ajrimini bekor qilishni so‘ragan. Kassatsiya shikoyatiga kassatsiya shikoyatini berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini uzrli deb topish haqidagi iltimosnoma ilova qilingan.Kassatsiya instansiyasi sudining 2019 yil 9 sentyabrdagi ajrimi bilan arizachining kassatsiya shikoyatini berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini uzrli deb topish haqidagi iltimosnomasi rad etilib, kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilish rad etilgan.

Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘z. R. MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu hodisa bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.

  1. Fuqaro R.K. davlat korxonasiga murojaat qilib, ishchi xizmatchilarga uy-joy ajratish uchun asos bo‘lgan hujjatlar bilan tanishtirishni so‘ragan. Davlat korxonasi masʼul xodimi tomonidan R.K.ga turar joy ajratish imkoniyati mavjud emasligi maʼlum qilinib, murojaat qanoatlantirilmagan. Shu sababli R.K. maʼmuriy sudga ariza bilan murojaat qilib, R.K.ning axborot olish huquqi buzilganligi vaji bilan davlat korxonasi masʼul xodimining ishchi xizmatchilarga uy-joy ajratish uchun asos bo‘lgan hujjatlar bilan tanishtirmaslikda ifodalangan harakatsizligini g‘ayriqonuniy deb topishni so‘ragan.Maʼmuriy sudning hal qiluv qarori bilan arizani qanoatlantirish rad etilgan.

Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘z. R. MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu hodisa bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.



  1. Arizachi A.R. sudga ariza bilan murojaat etib, tuman hokimligi zimmasiga tuman hokimligi huzuridagi tashkil etilgan komissiyaning 2019 yil 28 martdagi 111-sonli bayonnomasining 4-bandini haqiqiy emas deb topib, unga tegishli bo‘lgan uy-joy joylashgan yer maydoni davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganligi munosabati bilan uning oila aʼzolariga yashash uchun boshqa uy-joy ajratish majburiyatini yuklashni so‘ragan. Maʼmuriy sudning hal qiluv qarori bilan arz qilingan talabni qanoatlantirish rad etilgan.Maʼmuriy sud bunda shikoyat uni imzolash vakolatiga ega bo‘lmagan “M” advokatlik hayʼatining advokati K.K. tomonidan imzolanganligiga asoslangan.

Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘z. R. MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu hodisa bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.



  1. Viloyat iqtisodiy sudining 2018 yil 28 noyabrdagi 4-19-1804/1111-sonli ijro varaqasiga asosan qarzdor “D” MChJdan AT “N” banki foydasiga 280 500 000 so‘m undirish belgilangan. Majburiy ijro byurosi shahar bo‘limi ijro varaqasini ish yurituvga qabul qilgan va 2019 yil 12 martdagi qarori bilan ijro ishi yuritishini qo‘zg‘atgan. Majburiy ijro byurosi shahar bo‘limi davlat ijrochisi 2019 yil 10 oktabrda qarzdorning mol-mulkini auksion savdolariga chiqarish to‘g‘risida qaror chiqargan. Arizachi “D” MCHJ maʼmuriy sudga ariza bilan murojaat qilib, Majburiy ijro byurosi shahar bo‘limi davlat ijrochisining 2019 yil 10 oktabrdagi qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan. Shahar maʼmuriy sudining hal qiluv qarori bilan arz qilingan talab qanoatlantirilgan.

Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘z. R. MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu hodisa bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.



  1. 2017 yilning 8 aprel kuni fuqaro D.D. 2017 yil 2 yanvarda tug‘ilgan bolasi A.A. ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa tayinlashni so‘rab “K” MFY raisi G.G.ga murojaat qilgan.“K” MFY raisi G.G. boshchiligidagi nafaqa tayinlash komissiyasining 2017 yil 15 apreldagi 5-sonli qarori bilan yashash sharoiti yuqori degan asos bo‘yicha ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa tayinlash rad etilgan va bu haqda 2017 yil 26 apreldagi 55-sonli xat orqali unga xabar berilgan.Bundan norozi bo‘lgan D.D. sudga ariza bilan murojaat qilib, javobgar “K” MFY raisi (oqsoqoli)ning D.D.ga bolaga ikki yoshgacha nafaqa tayinlash haqidagi talabni rad etishda ifodalangan xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topishni, uning zimmasiga nafaqa tayinlash majburiyatini yuklashni so‘ragan. Arizachi D.D. o‘z arizasiga MFY raisi tomonidan 2017 yil 30 martda berilgan vaqtincha ishsizligi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani ilova qilgan.Shahar maʼmuriy sudining hal qiluv qarori bilan arz qilingan talabni qanoatlantirish rad qilingan.

Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘z. R. MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu hodisa bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.



  1. 2020 yilning 4 avgust kuni Samarqand viloyati Samarqand shahrida yashovchi fuqaro B. O‘ziga tegishli pensiyani olish uchun qizi N.ga ishonchnoma rasmiylashtirish uchun Samarqand shahridagi 1-son Davlat notarial idorasiga murojaat qilib nogironligi sababli notarial idoraga bora olmasligini va notarial harakatni o‘z uyida amalga oshirishni so‘radi. Notarius ishi juda ko‘pligi bois B.ning uyiga bora olmasligini va boshqa notariusga murojaat qilishligini maʼlum qildi. Notariusning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lgan fuqaro B. maʼmuriy sudga murojaat qildi.Maʼmuriy sud fuqaro B.ning arizasini ish yuritishga qabul qilishni rad etdi.

Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘z. R. MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu hodisa bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.



  1. Fuqaro D.K. Qarshi shahar, Mustaqillik ko‘chasi, 16-uyni fuqaro R.A.dan 2017 yil 12 noyabrdagi oldi-sotdi shartnomasiga asosan sotib olgan va 2018 yilning aprel oyiga qadar u yerda yashamagan. Biroq “Qarshishahargaz” filiali xodimlari tomonidan D.K.ga ushbu uy bo‘yicha gazdan foydalanilgan deb 860 000 so‘m qarzdorlik hisoblangan. D.K. gaz tashkiloti xodimlari tomonidan yanglish tarzda unga qarzdorlik hisoblanganligi va qarzdorlikni olib tashlash hamda ushbu uyni u oldi-sotdi shartnomasiga asosan sotib olganligi uchun gazdan foydalanuvchi abonent u hisoblanishi va abonent sifatida uning nomi kiritilishini so‘rab filial boshlig‘iga murojaat qilgan. Ammo D.K.ning murojaati “Qarshishahargaz” filiali mansabdor shaxslari tomonidan eʼtiborsiz qoldirilgan. Shu sababli D.K. “Qarshishahargaz” filialiga nisbatan maʼmuriy sudga ariza bilan murojaat qilib, filial zimmasiga gaz isteʼmoli uchun asossiz hisoblangan 860 000 so‘m qarzdorlikni olib tashlash va qayd etilgan uyni oldi-sotdi shartnomasiga asosan sotib olganligi uchun gazdan foydalanuvchi abonent u hisoblanganligi uchun abonent sifatida uning nomini kiritish majburiyatini yuklashni so‘ragan. Maʼmuriy sudning hal qiluv qarori bilan arz qilingan talablarni qanoatlantirishni rad etilgan.

Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘z. R. MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu hodisa bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.



  1. Viloyat IIB boshlig‘ining 2016 yil 12 maydagi 21-sonli buyrug‘i bilan fuqaro M.A. ichki ishlar organlaridan xizmatdan bo‘shatilgan.Shu sababli M.A. maʼmuriy sudga ariza bilan murojaat qilib, viloyat IIB boshlig‘ining 2016 yil 12 maydagi 21-sonli buyrug‘ini qonunga muvofiq emas, deb topishni va viloyat IIB boshlig‘i zimmasiga 2016 yil 12 maydagi 21-sonli buyrug‘ini bekor qilish majburiyatini yuklashni so‘ragan. Maʼmuriy sudning hal qiluv qarori bilan arz qilingan talablarni qanoatlantirish rad qilingan.Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘z. R. MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu hodisa bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.Arizachi “A” fermer xo‘jaligi maʼmuriy sudga ariza bilan murojaat qilib, tuman hokimining 2019 yil 15 yanvardagi 111-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan.Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan arizani qanoatlantirish rad etilgan.Birinchi instansiya sudining hal qaroridan norozi bo‘lgan “A” fermer xo‘jaligining manfaatida O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari viloyat Kengashi tomonidan apellyasiya shikoyati berilgan.Apellyasiya instansiyasi sudi apellyasiya shikoyatlari bo‘yicha ish yuritishni tugatishni lozim topgan.

Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘z. R. MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu hodisa bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.



  1. Fuqaro M.R. 55 yoshga to‘lishi munosabati bilan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi shahar bo‘limiga (keyingi o‘rinlarda BTPJ deb yuritiladi) murojaat qilib pensiya tayinlashni so‘ragan. M.R.ning mehnat daftarchasida 1977-1988 yildagi turli tashkilotlarda ishlagan davrlari haqidagi yozuvlar kiritilgan. BTPJ M.R.ning mehnat daftarchasi hamda davlat arxivi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asosan uning tashkilotlarda ishlagan davri bola parvarishlash taʼtillarini chiqarib tashlaganda 84 oydan kamni tashkil etgan. Shundan 47 oy 6 kunga sug‘urta badallari to‘langanligi uchun, BTPJ yoshga doir pensiya tayinlash uchun qonuniy asoslar mavjud emas deb hisoblab, 2018 yil 15 maydagi 222-sonli xat bilan M.R.ning arizasini rad qilgan. Shu sababli, M.R. sudga ariza bilan murojaat qilib, BTPJ mansabdor shaxslarining harakatlarini qonunga xilof deb topishni so‘ragan. Maʼmuriy sud M.R.ning arizasini qanoatlantirishni rad qilgan.

Vaziyatga huquqiy baho bering O‘z. R. MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu hodisa bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.

  1. 2017 yil 26 oktabr kuni fuqaro F.Latipova maʼmuriy sudga Toshkent shahar Chilonzor tuman Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limining qaroridan norozi bo‘lib ariza bilan murojaat qildi. F.Latipovaning arizasida keltirilishicha, u ko‘p kvartirali uyda joylashgan turar joyini rekonstruksiya qilgan. So‘ng, Chilonzor tuman Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limiga rekonstruksiya qilingan turar joyga nisbatan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatdan o‘tkazish uchun murojaat qilgan. Biroq, Chilonzor tuman Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi F.Latipovaning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etgan. F.Latipovaning ishi sudda ko‘rib chiqilayotganidan boxabar bo‘lgan qo‘shnisi fuqaro V.Muxtorova suddan ishni ko‘rib chiqishda ishtirok etishini so‘rab murojjat qildi. Sudga uning xonadoni F.Latipovaning uy-joyidan tepa qavatda joylashgani, rekonstruksiya qilingan uy-joy texnik xavfsizlik qoidalariga mutlaqo javob bermasligi tufayli uning va oilasining hayoti xavf ostida qolayotganini maʼlum qildi hamda Toshkent shahar Chilonzor tuman Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limining qarorini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. F.Latipovaga tegishli ishni ko‘rib chiqayotgan sudya V.Muxtorovga maʼmuriy ishni ko‘rib chiqish nihoyasiga yetib qolgani, u sudga oldinroq murojaat qilishi kerakligini maʼlum qildi.

Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘z. R. MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu hodisa bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.



  1. 2017 yil 22 noyabr kuni fuqaro Sh.Muhamedova Navoiy viloyati Navbahor tumani Maktabgacha taʼlim bo‘limi huzuridagi Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasiqaroridan norozi bo‘lib maʼmuriy sudga murojaat qildi.Arizada keltirilishicha, fuqaro Sh.Muhamedova 2017 yil 20 oktabr kuni o‘g‘li K.Muhamedovni maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish maqsadida yo‘llanma olish uchun komissiyaga tegishli hujjatlarni topshirgan. Sh.Muhamedova bilan birga uning qo‘shnisi L.Ahmedova ham ayni shu maqsadda hujjatlarni topshirgan. Sh.Muhamedova va L.Ahmedova farzandlarining ayni bir muassasada tarbiya topishlari maqsadida arizada ayni bir maktabgacha taʼlim muassasasini ko‘rsatib o‘tganlar.Taqdim etilgan hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqilgan. Sh.Muhamedovaning farzandiga nisbatan arizada ko‘rsatilgan davlat maktabgacha taʼlim muassasasida bo‘sh o‘rin bo‘lmagani tufayli topshirilgan hujjatlarni navbatga qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Ayni paytda L.Ahmedovaning farzandiga arizada ko‘rsatilgan davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilish uchun yo‘llanma berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Sudda Sh.Muhamedova arizada keltirib o‘tilgan vajlarini qo‘llab quvvatladi. Uning hujjatlari L.Ahmedovadan oldin qabul qilib olingani, biroq uning farzandiga yo‘llanma berilmaganini taʼkidladi. Navbahor tumani Maktabgacha taʼlim bo‘limi huzuridagi Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasi vakili suddan Sh.Muhamedovadan buni isbotlab berish uchun dalil taqdim etishni talab etishni so‘radi.

Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘z. R. MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu hodisa bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.



  1. Fuqaro B.ning pensiya chiqish to‘g‘risidagi arizasini Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Shayxontohur tuman bo‘limi ko‘rib chiqib, 1979-1997 yillarda ishlagan davrlari uchun sug‘urta badallari ushlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmaganligi sababli bu yillardagi (18 yillik) ish staji inobatga olinmasligi to‘g‘risida 2018 yilning may oyida qaror chiqarib beradi. Bu davrda fuqaro B. ishlagan korxonalar allaqachon tugab ketgan bo‘lib, arxivda ham ularning hujjatlari yo‘q bo‘lib ketgan. Shu bois qarorda ko‘rsatilgan tavsiyaga ko‘ra ish stajimni tasdiqlab berishlarini so‘rab fuqarolik sudiga borsa, bu ishni biz ko‘rmaymiz deb arizani qabul qilishmadi. Ularning gapiga ishonib fuqaro B. maʼmuriy sudga ariza berdi. Maʼmuriy sud esa fuqarolik sudiga murojaat qilishni tushuntirib ajrim chiqarib berdi.

Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘z. R. MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu ush bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.



  1. 2017 yil 18 avgust kuni fuqaro A.Jasurov O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib Andijon viloyati maʼmuriy sudiga murojaat qildi.Arizada keltirilishicha, davlat qo‘mitasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasiga A.Jasurov Andijon viloyati Asaka tumani Tibbiyot birlashmasi balansida bo‘lgan I.Buxoriy ko‘chasida joylashgan hamda avval 4-sonli tez tibbiy yordam va terapiya bo‘limi joylashgan binoni sotib olish uchun ochiq auksionda ishtirok etish maqsadida murojaat qilgan. Biroq, A.Jasurovga bunday auksionda ishtirok etish rad etilgan. Bunga sabab sifatida pasportning yashash joyi aks etgan sahifasining nusxasining taqdim etilmagani ko‘rsatilgan.Suddan A.Jasurov O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasining xatti-harakatlarini qonunga zid deb topib, hududiy boshqarma zimmasiga A.Jasurovning hujjatlarini qabul qilib olishi va ochiq auksionda ishtirok etish imkoniyatini berish majburiyatini yuklashni so‘radi. Bundan tashqari, maʼmuriy ish sudda hal etilgunga qadar davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmasi tomonidan Andijon viloyati Asaka tumani Tibbiyot birlashmasi balansida bo‘lgan I.Buxoriy ko‘chasida joylashgan hamda avval 4-sonli tez tibbiy yordam va terapiya bo‘limi joylashgan binoni kimoshdi savdosida sotishni taʼqiqlashni so‘radi. Sud A.Jasurovning bunday iltimosini rad etdi. Bunga javoban A.Jasurov sud ajrimi ustidan apellyasiya tartibida yuqori turuvchi sudga murojaat qildi.

Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘z. R. MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu ush bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.



  1. U.Malikov 2016 yil 16 oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki shahar filialiga “Yosh oila” imtiyozli kreditini olish uchun ariza bilan murojaat qilgan. Bank tomonidan 2017 yil 24 oktabrdagi JT-01/1508-sonli javob xati bilan unga rad javobi berilgan. Bank arizani rad etishda U.Malikov 30 yoshdan oshganligi va yosh oila toifasiga kirmasligiga asoslangan. Shu sababli, U.Malikov hali u 31 yoshga to‘lmaganligi va imtiyozli kredit olishi mumkinligini vaj qilib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankiga nisbatan maʼmuriy sudga murojaat qilib, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki shahar filiali mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topishni so‘ragan. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan arz qilingan talabni qanoatlantirish rad etilgan.

Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘z. R. MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu ush bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.

  1. Arizachi “AYLIN” MCHJ direktori K.L.Aychurek Ma’muriy sudga ariza bilan murojaat qilib, javobgar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi mansabdor shaxslari xatti-harakati va harakatsizligini g‘ayriqonuniy deb topish, “AYLIN” MCHJ o‘rtasida hamda “10-son umum ta’lim maktab” ishtirokida Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Xondoylik” fermerlar uyushmasida joylashgan “10-sonli maktabning bo‘sh turagan foydalanilmayotgan binosi”-davlat mulkini “nol” harid qiymatida sotish bo‘yicha 2015-yil 2-oktabrda 101/15-BP-sonli oldi-sotdi shartnoma bo‘yicha investitsiya shartnomalarini bajarilgan deb topish hamda “Davlat orderi”ni berish majburiyatlarini yuklashni so‘ragan.


Download 37,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish