Assalom, Navro’z! (Navro’z bayrami ssenariysi)



Download 58 Kb.
Sana26.05.2022
Hajmi58 Kb.
#609395
Bog'liq
Assalom, Navro\'z!


Assalom, Navro’z!
(Navro’z bayrami ssenariysi)
Bayram o’tkaziladigan joy milliy so’zanalar, o’quvchilar qo’li bilan tayyorlangan gullagan daraxtlar, qog’ozdan yasalgan qushlar bilan bezatiladi.
Bayram karnay-surnay navolari bilan boshlanadi.

  1. boshlovchi:

Nihollarni uyg’otib,
Ezgu hislar qo’zg’otib,
Sabolarni uyg’otib,
Navro’z keldi, Navro’zjon!

  1. boshlovchi:

Chamanlarni yashnatib,
Ko’ngillarni yayratib,
Qumri, bulbul sayratib,
Navro’z keldi, Navro’zjon!

(Fonogramma orqali taniqli xonanda Ziyoda Qobulova ijrosidagi “Navro’z “ qoshig’I yangraydi,Sahnada yashil rang ko’ylak kiyib,sochlariga binafsha taqqn 20 nafar qiz dastlab boshini quyi solib o’tirib,cho’kkalaydi.Ular ko’karayotgan maysalarni tasvirlab, egilgan boshini sekin ko;taradi va o’rnidan turib raqsga tushadi. ) Davraga ikki tomondan yog’och otda ikki nafar jarchi kirib keladi.





  1. jarchi:

Odamlar-u, odamlar,
Zavq-u shavqqa hamdamlar,
Eshitmadim demanglar,
Eshitmasdan qolmanglar!
2-jarchi:
O’zimizning Navro’zni,
Navro’zi dilafro’zni,
Shodon kutib olamiz.
Katta bayram qilamiz.
Jarchilar chiqib ketadi.Bir guruh qizlar “Navro’z kelibon “,Bahor,bahor” qo’shiqlariga raqsga tushadilar. Songra “Bahor valsi” yangrab,Bahoroy kirib keladi.
Bahoroy:
Ustimdagi qorlarni
Qoqib-qoqib uyg’ondim.
Yomg’irli yo’laklardan
Yugurgilab uyg’ondim.
Kurtaklarning isidan
Mast bo’ldim-u kuyladim
Olchaning oq gulidan
Boshdan sochib uyg’ondim.

Bobo, momo,ona, bog’bon bobo,dehqon bobo,cho’pon bobo davraga kiradi.


Bahoroy ularga qarab:
Yangi yilingiz muborak bo’lsin,ey azizlarim,
Hoy, dehqon bobo, niholingizga bersin baraka!
Hoy cho’pon bobo, qo’rangizga bersin baraka!
Hoy bog’bon bobo, dalangizga bersin,baraka!
Momo:”Navro’z elimizga qut-baraka olib kelsin, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, bo’lsin, oilalarimizda tinchlik-xotirjamlik hukm sursin,omin!
Bobo: Bu yil maymun yili,aytishlaricha, maymun yili inson irodasini sinovdan o’tkazar ekan. Kimki kuchli, epchil,chapdast , aqlli bo’lsa, bu yilgi sinovlardan muvaffaqiyatli o’tar ekan.(ular chiqib ketadilar)
Zamonaviy estadagi usuldagi biror musiqa yangrab,sahnaga maymun niqobidagi yoki jigarrang matodan tikilgan ko’ylak –shimli 12 yoshdagi o’g’il va qiz bolalar kirib keladilar va ular raqsga tushadilar.
Boshlovchi:
Uqaladi ko’zlarin kurtak,
Novdalarda hayot nafasi,
Hayajonga tor kelar kokrak,
i Cor-atrofda sho’x qushlar sasi.
Tashrifingdan aylanay o’zim,
Kel, marhabo, Navro’z- gul yuzim!

“Mahallada duv-duv gap” filmidan musiqa yangraydi.


Sahna ko’rinishi:mahallaning onaxon va yosh- yalanglari sumalak qaynatmoqda , bir qariya boshchiligida bolalar ko’chat o’tqazmoqda, 2-3 qiz atrofni suv sepib supurmoqda.

Sumalak atrofidagi ayollardan biri: Bolalar, Navro’z haqidagi hikmatlardan bilasizmi?


Bolajonlar: Bilamiz-bilamiz.
Keksa ayol: Qani, eshitaylikchi?
Bolalar quyidagi hikmatlarni birin-ketin ayta boshlaydilar.
1-bola: Yaxshi odam ko’zidan ma’lum,
Yaxshi yil Navro’zidan.
2- bola :Navro’zdan so’ng qish kelmas,
Mezondan so’ng yoz kelmas.
3-bola: Hut kirdi, yer ostiga dud kirdi
4-bola; Yaxshi kun saxaridan ma’lum,
Yaxshi yil- bahoridan.
5-bola :Bahorning bir kuni bir yilga tatir.
6-bola :Hamal kirdi-ekinlarga amal kirdi.
Tavakkal Qodirov ijrosidagi”Fasli navbahor oldi”(Muqimiy g’azali)qoshig’ yangrab, sumalakatrofidagi yosh-yalanglar raqsga tushadilar.
Keksa ayol: Bolalar, Navrozning o’ziga xos odatlari ham bor . Bularni bilasizlarmi?
Bilamiz, onajon.
-Navro’z paytida hovli-yu uylar, ko’chalar- ariqlar tozalanadi.
-Gina –arazlar unutiladi.
- Keksa kishilarning , bemorlarning , qarindosh –urug’larning holidan xabar olinadi.
-Navro’zda qarg’amaydilar, urishmaydilar, g’iybat qilmaydilar.
Keksa ayol: Balli bolalarim! Umar Hayyom ham:
Gul uzra ko’klamning shabnami yaxshi,
Chamanda yuz ochgan hamdami yaxshi’
Yaxshimas kechagi kundan so’z ochmoq
Quvnab qol, bugunning har dami yaxshi,-degan edilar.
Parda yopiladi. Parda yana ochilib, sahnaga 16-18 nafar o’g’il va qiz bolalar ikki qator bo’lib chiqadi. Ular ma’lum masofada bir-biriga qarama-qarshi turib , ”Oq terakmi, ko’o terak ”qo’shig’ini aytib o’ynaydilar.
Oq terakmi, ko’k terak?
-Qamar, qamar qamchini,
Qovurg’aning yanchini
Oq terakmi, ko’k terak,
Bizdan sizga kim kerak?
-Kichkina Salim kerak.
- Biz boyagi hovlida ,
Bo’lib tarafma-taraf,
Navbat bilan aytishdik,
Taraf-tarafga qarab,
Oq terakmi, ko’k terak,
Bizdan sizga kim kerak?
-Bizga kerak maktabda
Eng a’lochi Alisher.
Oq terakmi, ko’k terak?
Bizga Alisher kerak.
(Ular sahnadan chiqib ketadi)
1-boshlovchi: Yurtboshimiz tomonidan bu yil ”Sog’lom ona va bola ”yili deb e’lon qilindi va asosiy vazifa qilib ota-onalar oldiga ”...o’zimizning muqaddas ota-onalik burchimizni jondan aziz farzandlarimizni ham jismonan , ham ma’nan sog’lom qilib o’stirish, shu bilan birga ,ularni har tomonlama barkamol avlod bo’lib,eng zamonaviy , biz yashayotgan XXI asr talab qilayotgan intellektual bilim va boylikka ega bo’lgan insonlar bo’lib hayotga kirib borishlari ni ta’minlashda ko’rishimiz ham farz, ham qarzdir”,-degan vazifani qo’ydilar.
2-boshlovchi; Davraga ”Xans kubogi”turniri oltin medal sohiblari Temurmalik Normurodov va Husan Norsaidov , Al-Hakim at-Termiziy xotirasiga bag’ishlangan xalqaro turnir mutlaq g’olibi Abdulla Tangriyev, erkin va yunon –rum kurashi bo’yicha Osiyo chempionati oltin medal sohibi Umidjon Ismanovlar o’z izdoshlari bilan tashrif buyurdilar.
(Bastakor Bahrullo Lutfullayevning ”Barlamol avlod marshi’ musiqasi sadolari ostidaqayd etilgan chempionlar ko’rinishidagi sportchilar shogirdlari bilan kirib keladilar va dabra qurib o’tiradilar Ular orasida nabirasini yetaklab olgan bobo ham bor. Sportchilar kurash namunalarini ko’rsatadilar)
Davraga bobo chiqadi. Bobo:
Esonmisiz, omonmisiz?
Kurashaylik, polvonmisiz?(Ular qo’l siqishadi)
Bobo: Tag’in qattiq yiqitmang,
Koptok qilib irg’itmang.
Hakam: Qani, polvonlar , boshladik!
(Ular kurashadilar. Boboni Hurmat qilibyoshpolvon yengiladi). Hakam g’olibning qo’lini ko’taradi.Yosh polvon boboni ko’tarib davradan chiqadi Boshqa sportchilar uning orqasidan sahnani tark etadilar)”Sport qo’shig’i’musiqasi jo’rligida sahnaga 20 nafar 8-9-sinf o’quvchilari kirib keladi. O’g’il bola :Bolalar ,kelinglar, arqon tortib kuch sinashamiz ular ikkiga bo’linadi. Birbola o’rtaga chiziq chizadi. Bir bola hakamlik qiladi. ”Arqon tortish”o’yini namoyish etiladi. (Bolalar chiqib ketadilar). ”Yomg’ir yog’aloq ’qo’shig’i yanhrab , bir to’da o’g’il- qiz soyabonlar bilan rasga tushadilar.
Qiz bola:
Yomg’ir, yomg’ir,yog’aloq,
Arg’amchingni tut tezroq .
O’g’il bola:
Bulutlarga o’rlay men,
Samo yuzin ko’ray men .
Quyosh qaylarda qoldi,
Nega qovog’in soldi!
Sababin bilay tezroq ,
Yomg’ir, yomg’ir, yog’aloq
Qiz bola :
Osmon yuzi yorishib,
Kamalak chiqsa sh oshib,
Maysalar ko’tarsa bosh’
Jilmayib boqsa quyosh,
Olam nurlarga to’lsa,
Nurlardan nur to’kilsa,
Qorong’i tushmasa hech,
Yayrasak erta-yu kech.
O’g’il bola:
Eh, sal qisilib ketdim,
Qisilib isilib ketdim.
Yomg’ir ,yomg’ir, yog’aloq,
Arg’amchingni yig’tezroq!
(Bolalar chiqib ketadilar).
Boshlovchi:Manbalardan ma’lum bo’lishicha , O’rta Osiyoda, jumladan, yurtimizda Navro’zni bayram qilish Ahmoniylar davridan boshlangan ekan. Bu ma’lumot allomalarimizning kitoblarida ham qayd etilgan.
O’z davrlariga xos kiyingan allomalarimiz ko’rinishidagi o’quvchilar davraga kirib keladilar.

Mahmud Qoshg’ariy:


Kuldi bahorning yuzi,
Oqdi sel,erib muzi.
Chiqdi yorug’ yulduzi,
Tinglagin, kulmay so’zim.
Rabg’uziy:
Kun hamalga kirdi esa keldi olam navro’zi,
Kechdi bahman zamharir qish qolmadi qori buzi.
Alisher Navoiy:
Ey, yuzung bog’i nasimida havoyi navro’z,
La’li tojing bo’lib ul bog’da bo’stonafro’z.
Zahiriddin Muhammad Bobur:
Bahor ayyomidur, dog’i yigitlikning avonidur,
Ketur, soqiy, sharobi nobkim-ishrat zamonidur.
Muhammad Rizo Ogahiy:
Ilohi har kuning navro’z bo’lsun,
Hamisha toleing feruz bo’lsun!
(ular chiqib ketib, sahnaga maktabning shoira va shoirlarikirib keladiva bahor haqidagiShe’rlarini o’qiydilar. Fonogrammadan “Dugonalar, bormisiz, omon misiz?”qo’shig’i yangrab,Qora qalpoq va o’n ikki viloyat qizlari raqsga tushadilar.
1-boshlovchi;
O, yangi kun,tomirlarimga
Qaldirg’ochlar solgan toza qon,
Senng mehring tushgan yurakda
Yuksaldi hur O’zbekiston.
2-boshlovchi;
Iymon , e’tiqodga putur yetmasin,
Ko’p ko’rmasin bizga bu kunnifalak,
Ko’ksimiz to’ldirgan hurlik ketmasin,
Ketma ,bahor,bizdan,ketma ,sumalak!


”Do’st yalli ,yalli,Yalli do’st””qo’shig’i yangrab, bayram nihoyasiga yetadi.
Download 58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish