Oila, mahalla, maktab kontseptsiyasi, uning yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishdagi imkoniyatlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi



Download 0,58 Mb.
bet10/17
Sana23.07.2022
Hajmi0,58 Mb.
#844666
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Шахноза охирги куриб чикилгани

Tajribali sinf rahbari eng avvalo o‘quvchining maktabdagi ota-onasiga aylanishi zarur bo‘ladi. O‘z sinfidagi 20-25 o‘quvchining tabiatini chuqur o‘rganib, qalbida ishonch va hurmat qozona olgan o‘qituvchigina ularga rahbarlik qilish vazifasini a’lo darajada bajarishi mumkin.
Kuzatuv kengashi raisi ta’lim-tarbiya jarayonidagi va mahalla tizimidagi yutuqlar va islohotlar haqida ota-onalarning zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishlarini ta’minlash, ularning yosh avlodni tarbiyalash bo‘yicha huquqiy, ma’naviy-axloqiy va fiziologik bilimlarini oshirishga ko‘maklashish.
Mahalladagi obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan otaxon / onaxonlar farzandlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilada ota-ona va farzand o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashda turli mavzularda suhbatlar o‘tkazish, turli muammoli vaziyatlarni oqilona hal etishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.
Kotib (Yoshlar yetakchisi) yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga shaxsa bosh-qosh bo‘lishi, turli tanlovlar,sport musoqabalarini, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda hamkor tashkilotlarni jalb qila olishi lozim.
Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ko‘p bora ta’kidlayotganlaridek, “Bolaning bo‘sh vaqti dushmanning ish vaqti”. Demak, yuqoridagi tuzilmalar o‘z faoliyatini to‘g‘ri tashkillashtirib borsa buzg‘unchi kuchlar ta’siri uchun bo‘shsh vaqt qolmaydi.
Tabiiyki, bolarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri taqsimlashdagi muhim hayotiy omil ham bu ta’lim-tarbiya tizimidir. Aynan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiya inson kamolotining, millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovidir. Albatta, ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, ayni vaqtda, ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir.
Maktab, umuman ta’lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo‘lishi asosiy qonunimiz - O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida (41-modda) belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga ushbu soha keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo‘llab-quvvatlashini talab qiladigan umummilliy masaladir. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori aynan bilim dargohlarida, aniqrog‘i maktab darsxonalarida yaratiladi. Boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Aytilgan fikrlar shuni ko‘rsatadiki, buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir farzand timsolida, avvalo, bola shaxsini ko‘rishi zarur.
Shu boisdan ham 2018 yil 30 iyunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘zining O‘zbekiston yoshlariga bayram tabrigida: “Yoshlarimizning hayotiy muammolariga yanada ko‘proq e’tibor qaratish, ularga mos bo‘lgan zamonaviy ish o‘rinlarini ko‘paytirish, ezgu intilish va tashabbuslari, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodimizning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yangilash bundan buyon ham barcha darajadagi davlat idoralarining eng asosiy, hal qiluvchi vazifasi bo‘lib qoladi”55, degan hayotiy fikrlari zamirida juda katta falsafa bor.
Umuman, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mustaqil O‘zbekistonning yoshlar siyosatiga oid quyidagi tamoyillari belgilangan. Jumladan:
1. Yoshlar taqdiri va kelajagi borasida qayg‘urish.
2. Yoshlarni ijtimoiy himoyalash.
3. Milliy qadriyatlarning avlodlar o‘rtasidagi uzviyligini ta’minlash.
4. Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.
5. Jamiyatni rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha davlat siyosati va dasturlarida yoshlar ishtirokini amalda ta’minlash.
6. Rasmiy va norasmiy (yashirin) ishsiz aholi qatlamining, ayniqsa yoshlarning nima bilan mashg‘ul ekanliklari kabi tamoiyllarga asoslanib olib borayotganligi kishini yanada quvontiradi.
7. “O‘z uyingni o‘zing asra”, “O‘z bolangni o‘zing asra” tamoyili.
8. Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish tamoyili kabi.
Demak, yosh avlodni erkin, mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga asta-sekin, ammo muttasil ega bo‘lib boradigan, ongli yashaydigan, voqea va hodisalarga daxldorlik tuyg‘usiga ega bo‘lgan, har tomonlama komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasidir. Ma’lumki, mamlakatimizda ta’lim va tarbiya – o‘zaro uzviy bog‘liq sharqona tushunchalar sifatida qaraladi. Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ajratib bo‘lmasligi davlatimizning ta’lim sohasidagi siyosatida ham ustuvor tamoyil hisoblanadi.
 Bugun zamon bizdan mahalla va oila institutlarini mustahkamlash masalasiga chuqur ilmiy yondashuvni, muammo yechimida innovatsion usullarni qo‘llashni, sohada ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda jamoat tashkilotlari bilan amaliy hamkorlikda ish olib borishni talab etmoqda. Shundagina notinch va nizoli oilalar muammolarini hal etish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oila mezonlari, “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” konseptual g‘oyani hayotga tatbiq etishimiz mumkin bo‘ladi. Ushbu yo‘nalishlarda yillar davomida yig‘ilib qolgan qator muammolar ham borki, ular barchamizni tashvishga solishi tabiiydir.
Sir emas, hozirgi globallashuv davrida insoniyat katta sinovni boshdan kechiryapti. Zamonaviy ilm-fan va texnologiyalar imkoniyatidan bahramand bo‘lganimiz holda, yomon illatlar oilamizga, ongu shuurimizga kirib kelib, chalkashliklarni keltirib chiqarmoqda. Bu tahdiddan, ayniqsa, yoshlarimiz ko‘p aziyat chekmoqdalar.
Shunday vaziyatda jahoniy tahdiddan saqlanishning birdan-bir yo‘li bu, albatta, ma’rifatdir. Farzandlarimizni ma’naviyatli qilib tarbiyalash faqatgina maktab, mahalla yoki oilaning ishi emas, u umumxalq vazifasidir, desak ayni haqiqatdir.
Har tomonlama yetuk, barkamol avlodni shakllantirishda pok, sog‘lom bo‘lgan ijtimoiy muhitni, sog‘lom ruhdan oziqlanib to‘g‘ri yo‘nalish olishni ta’minlash talab etiladi. Shu bois ham oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligini yanada takomillashtirish masalasiga bu boradagi muammolarlarning muayyan ma’nodagi yechimi sifatida qaralmoqda.
Oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligini yanada takomillashtirish uchun quyidagilarga e’tibor qaratish kerak bo‘ladi.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish