Da ma’naviy -ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo ‘yicha



Download 5,32 Mb.
Sana12.07.2022
Hajmi5,32 Mb.
#778530
Bog'liq
39-maktab




Shahrisabz tuman XTB ga qarashli 39 – umumiy o‘rta ta’lim maktabida ma’naviy -ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo ‘yicha 2020-2021-o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlarning
H I S O B O T I
Yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish, xalqimizning ta’lim-tarbiyaga boy merosidan bahramand etish, milliy qadriyatlarimizni o‘quvchilar ongiga singdirgan holda yosh avlodni tarbiyalashda 2021- 2022-o‘quv yili davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Maktab pedagogika kengashi yig‘ilishlarida ta’lim mazmuniga tegishli Prezident farmoni, farmoyishlari va Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Xalq ta’limi vaziri buyruqlarida belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganib tahlil etildi va har bir normativ hujjatlarning yigma jildi tashkil etilib, ma’sul xodimlar biriktirildi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “ Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo ‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to’ g‘risida ”gi PQ-4307-son qarori hamda O‘zbekistonRespublikasiPrezidentining 2017 yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishning yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va bu sohadagi ishlarni muntazam nazorat qilib borish yuzasidan aniq tadbirlar ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil1 4-martdagiHuquqbuzarliklar profilaktikasi jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2833-sonli qarori bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
O‘quvchi va yoshlarda yuksak ma’naviyatni shakllantirish, ular o‘rtasida diniy ekstremizm, huquqbuzarlik, jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish bo‘yicha ishlarni tubdan yaxshilash va bu maqsadda maktab qoshidaVoyaga yetmaganlar bilan ishlash” kengashi tashkil etilib, maktabdagi huquqiy bilimlar to‘garaklari tarmog‘ini kengaytirish va ulardagi mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishga alohida e’tibor berildi.
Maktabdagi o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida huquqiy tarbiyani amalga oshirish,O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘quvchilar ongiga singdirish, milliy istiqlol g‘oyasini targ‘ib qilish, diniy aqidaparastlik va milliy taraqqiyotimizga zararli g‘oyalarni kirib kelishiga qarshi kurashish ishlarini takomillashtirish maqsadida “Yoshlar ittifoqi” tuman bo‘limi, tuman IIB bilan hamkorlikda uchrashuvlar, turli mavzularda davra suhbatlari tashkil etildi.
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Umid nihollari” sport musobaqalarini Nizom asosida tashkil etish va musobaqalarni yuqori saviyada o‘tishini ta’minlash maqsadida ishchi guruhi tuzilib, sportning basketbol, futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat turlari bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida tanlov tashkil etish va kuchli jamoani shakllantirish maktabning jismoniy tarbiya fani metodbirlashmasi a’zolariga yuklatildi.
Maktabda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo ‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlarto’g‘risida”gi PQ-4307-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishning yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi.
2020-yil 21-avgust kuni maktabda ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazildi.Yig‘ilshida 3 ta masala;
A)Jahonda pandemiya vaziyati munosabati bilan O‘zbekistondagi mavjud maktablarda karantin qoidalaridan kelib chiqib maktabda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish
B)Voyaga yetmagan shaxslarni g‘ayriijtimoiy hatti-harakatlarga va turli diniy ekstremistik oqimlarga jalb qilish jinoyatning ijtimoiy xavfliligi haqida.
S) Farzand tarbiyasi va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda ota-onaning ma’suliyatini oshirish mavzusida bo‘lib o‘tdi.



2021-2022- o‘quv yili boshida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan “Sen qudrat manbai,saodat maskani jonajon O‘zbekiston!” shiori ostida tadbir o‘tkazilib, Olmazor MFYda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Yangi 2021-2022- o‘quv yilida 1171 nafar o‘quvchi ta’lim olishni boshlagan bo ‘lsa ular 100% ijara darsliklari bilan ta’minlandi,maktabda ta’lim olayotgan 15 nafar o‘quvchi mahallada tashkl etilgan temir daftarga kiritilgan oila farzandlaridir. 14-sentabr “Bilimlar kuni” munosabati bilan karantin qoidalariga amal qilgan holda maktabda o‘quvchilarni kutib olish tadbiri o‘tkazildi.Tadbirni maktab direktori M.Murodillayeva ochib berdi. U o‘z so‘zida barcha o‘quvchilarni Mustaqillik kuni hamda o ‘quv yilining boshlanishi bilan maktab ma’muriyati nomidan tabrikladi. 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari topshirildi. Shundan so‘ng barcha o‘quvchilar maktabning kirish qismiga taklif etildi va o‘z sinf xonalarida Mustaqillik darslarida ishtirok etdilar.


Maktabda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi
to`g`risidagi PQ-3271-son qarori ijrosi yuzasidan maktabi kutubxonasi va axborot resurs markazi faoliyati, ish samaradorligi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning a’zolik holati hamda kitobxonlik targ‘iboti bo`yicha rejadagi ishlar samarali amalga oshirilib kelinmoqda.

O`zbekiston Respublikasi XTV ning 2020 yil 28-maydagi 131-son “Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosi yuzasidan maktab ichki tartib va odob-axloq qoidalari pedagogik jamoa o‘rtasida ijro va mehnat intizomini mustahkamlash, o‘quvchilar o‘rtasida ongli intizom va odob-axloq qoidalariga izchil rioya qilish haqidagi ishlar talab darajasida olib borilmoqda.


Maktabda 21-sentabr – “Xalqaro tinchlik kuni” munosabati bilan onlayn tarzda insho, she’rxonlik, rasm, “Sport – tinchlik elchisi” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi.
22-sentyabr kuni maktabda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish” to‘g‘risidagi 139-sonli qarori asosida yig‘ilish o‘tkazildi.
1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan 30 –sentyabr kuni o‘quvchilar o‘zlari mustaqil ravishda tayyorlagan videoroliklari o‘qituvchilar e’tiboriga namoyish etib berdilar. Bu barcha o‘qituvchilarga kutilmagan sovg‘a bo‘ldi va o‘qituvchilar o‘z shogirdlaridan mamnun bo‘ldilar. Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi 1-11sinf o‘quvchilari bilan hamkorlikda «Mehnati elda aziz ustozim» deb nomlangan onlayn tadbir tayyorlab, namoyish etdilar, «Ustozim – sizga ta’zim» deb nomlangan onlayn insholar tanlovi ham bo‘lib o‘tdi.


O‘zbek tilim-iftixorim” shiori ostida 5-6-sinf o‘quvchilaridan diktant, 7-8-sinf o‘quvchilaridan ijodiy bayon, 9-11-sinflardaninsho olindi .
Bunda :
8-sinf o‘quvchisi G’ayratova Feruza
9-sinf o‘quvchisi Akmalova Sevinch
10-sinf o‘quvchisi Razzoqova Farangiz
11-sinf o’quvchisi Yusupova Hosilaning ishlari g‘olib deb topilib tuman bosqichiga yetkazildi


10- oktabr "Mening sevimli kitobim" tadbiri o‘tkazildi. Bu tadbirda 8-sinf o‘quvchilari o‘zlari sevib o‘qigan kitoblari haqida taqdimot qildilar.
13-16-oktabr kunlari tuman XTB tomonidan tashkil etilgan “Elimdek buyuksan,ona tilim”mavzusidagi bayonlar va insholar tanlovi,”Ona tilga berilgan eng yaxshi ta’rif”(o‘qituvchilar),ijodkor o‘quvchilar o‘rtasida ”BMTda jaranglayver,onatilim!” mavzusidagi she’rlar tanlovining maktab bosqichi o‘tkazilib, g‘oliblarning ishlari XTBga yetkazildi.
20- okyabr." O‘zbek tilim- faxrim, g‘ururim" mavzusida tadbir o‘tkazildi.Tadbirni ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi S.Boqiyeva, S.Hasanovalar tashkil etdi.
20- oktabr. "ENG KITOBXON MAKTAB " aksiyasi.Ushbu aksiyada o‘quvchilar ota-onalari bilan birgalikda o‘zlariga yoqqan kitoblarni xarid qilishdi.Maktab kutubxonasini boyitish maqsadida kutubxonaga kitoblar sovg‘a qilishdi.
22- oktabr.O‘quvchilar o‘rtasida savodxonlikni oshirish maqsadida " 5-sinf o‘quvchilari bilan “Ertaklar- yaxshilikka yetaklar” mavzusida suhbat o‘tkazildi.
23- oktabr ”Munavvarim, muqaddasim –ona tilim” mavzusida adabiy- badiiy kecha o‘tkazildi. Kechada 8- sinf o‘quvchilari faol ishtirok etishdi. Tadbirni ona tili v a adabiyot fani o‘qituvchisi L.Mavlonova tashkil qildi.
2021 yil 18 noyabr kuni Shahrisabz tuman 39-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Yangi O‘zbekiston – Yangicha dunyoqarash” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Olmazor va Hazora MFY hududida istiqomatqiluvchi 100 dan ortiq aholi taklif etildi.Prezidentimiz rahbarligida xalq farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini jamoatchilikka yetkazish, joylarda aholining ijtimoiy kayfiyatini ko‘tarish va faollikka chorlash bo‘yicha “mahallabay” tarzida ma’naviy-ma’rifiy ko‘ngilochar tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Madaniy tadbir tashkil etiladigan hudud bayramona bezatilgan bo‘lib, maktab binosiga milliy kashtachilik, to‘qimachilik, tikuvchilik yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi hunarmandlar tomonidan tayyorlangan tayyor mahsulotlardan iborat ko‘rgazma tashkil etildi.Tadbirda kitoblar ko‘rgazmasi, maktabning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan 5 tashabbus doirasida yaratilgan ijodiy ishlaridan namunalar namoyish etildi.



Shundan so‘ng, maktabning faollar zalida musiqali kecha va badiiy chiqishlar boshlandi. Tadbirda so‘z olgan Hazora MFYraisi N.Turdiyev bilimli o‘z yurtini sevadigan insonlar kam bo‘lmasligini va ularni erishgan yutuqlarini misollar bilan keltirib o‘tdi.
18-Noyabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasdiqlangan kuniga atab maktabda rasmlar tanlovi 1- 7-sinflar o‘rtasida o‘tkazildi.8-11- sinfo‘quvchilari ishtirokida maktabning tadbirlar zalida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Sinfs oatlarida barcha sinflarda ushbu kunga atab tadbirlar va rasmlar tanlovlari o‘tkazildi.


19-noyabr maktabda ota-onalar qo‘mitasi raislari va faollari bilan yig‘ilish o‘tkazildi yig‘ilishda quyidagi masala;
1. Farzandlar tarbiyasi va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda ota-onalarning ma’suliyatini oshirish;
2. Kiyinish madaniyati;
3. O‘quvchilar “Odob axloq qoidalari” ga rioya qilish, maktabga vaqtida o‘quvchilar formasida to‘liq darsliklar, o‘quv qurollari bilan kelishi,ortiqcha narsalar o‘tkirtig‘li buyumlar olib kelmaslik mavzularida bo‘lib o‘tdi.
20-noyabr kuni maktabning 8-11sinf qizlari bilan “Sog‘lom avlodni shakllantirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida MMIBDO‘, amaliyotchi psixolog, maktab shifokori, 38-sonli Oilaviy poliklinika shifokorlarii ishtirok etdilar. 24-noyabr kuni maktabning 9-11sinf qizlari bilan “Yosh avlodni sog‘lomlashtirish ” hamda “Erta va qarindoshlar orasida nikohni oldini olish”mavzularida davra suhbati va videoroliklar ko‘rsatildi. Davra suhbatida quyidagi kun tartibi
1.Qizlarda “Balog‘at davri”
2.Qizlarda o‘smirlik davrida bo‘ladigan o‘zgaruvchanlik.
3.OITS va giyohvandlik oqibatida tug‘ilajak farzandlar.
4.Kamqonlikni oldini olish masalalari haqida suhbat o‘tkazildi. Davra suhbati yakunida videorolik ko‘rsatildi, o‘quvchi qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
1-dekabr kuni 1 – dekabr OITS (SPID) ga qarshi kurash kuni mu nosabati bilan shu kuni o‘tkazilgan yigilishda 38-sonli Oilaviy poliklinika shifokori, SPID markazi vakili va maktab hamshirasi 1 – dekabr “Xalqaro SPID ga qarshi kurash kuni” munosabati bilan SPID kasalligi, yuqish yo‘llari haqida ma’ruza o‘qidilar. Tadbirga 8-11sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar.
3 – dekabr kuni “Nogironlar” kuni munosabati bilan maktabda ko‘p yillar ishlab,hozirda nafaqada shu bilan birga sog‘ligida muammosi mavjud ustozlarning holidan xabar olish maqsadida MMIBdirektor o‘rinbosari , Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi a’zolari bilan birgalikda uylariga borilib, maktab ma’muriyati tomonidan esdalik sovg‘alar topshirildi.
8-dekabr “Konstitutsiya kuni” munosabati bilan 20-noyabrdan 10 dekabrgacha Konstitutsiyaga bag‘ishlangan tabdirlar o‘tkazildi. 20-noyabr kuni “Bola huquqlari kafolatlari” deb nomlangan11-sinflar orasida konferensiya bo‘lib o‘tdi.
4-dekabr kuni tarix fani o‘qituvchilari rahbarligida 5-7-sinf o‘quvchilari Konstitutsiya kuniga atab tadbir o‘tkazdilar. Tadbirda o‘quvchilar konstitutsiya haqida she’rlar , konstitutsiya moddalarini yoddan aytib berdilar.
Huquq fani o‘qituvchisi 9-sinf o‘quvchilari ishtirokida sahna ko‘rinishini tayyorlab namoyish etdilar. Sahna ko‘rinishida o‘quvchilar konstitutsiya moddalariga asoslanib tayyorlagani barchaga manzur bo‘ldi. Tadbir so‘ngida maktab direktori M.Murodillayeva so‘zga chiqib,barcha ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi va konstitutsiya moddalarini bilgan inson hech qachon qiynalmasligini va yetuk inson bo‘lib shakllanishini aytib o ‘tdi.
7 – dekabr kuni «Konstitutsiya – baxtimiz poydevori» mavzusida ko‘rik tanlov o‘tkazildi. Bunda o‘quvchilar,insholar tanlovi, devoriy gazeta tanlovi yo ‘nalishlarda o‘zaro bellashdilar. O‘quvchilar malbretga rasm chizish tanlovida o‘quvchilarga konstitutsiya kuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi qabul qilingan kuniga bag‘ishlab o‘z ijodlaridan namuna chizib berish vazifa qilib topshirildi. Insholar tanlovida esa har bir sinfga «Konstitutsiya baxtimiz poydevori» mavzusida insho yozishlari kerakligi alohida e’lon qilindi. Devoriy gazeta tanlovida esa har bir sinf o‘quvchilari o‘zlari mustaqil ravishda Konstitutsiya kuniga mos tarzda rasmc hizishlari vazifa qilib topshirildi.





17-dekabr kuni maktabda umumiy ota-onalar ko‘mitalari raislari va faollari bilan “Voyaga yetmaganlarni ta’lim –tarbiya olishlarida ota-onalarning ma’suliyatini oshirish” mavzusida yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda quyidagi masalalar ;
1. Farzand tarbiyasida ota-onalarning psixologik bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning maktab ma’muriyati bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish” masalasi ko‘rildi.
14-dekabr kuni 38-sonli Oilaviy poliklinika shifokori R.Nurova ishtirokida maktabning 8-11 sinf qizlari bilan “Qarindoshlar orasida nikohni oldini olish”, “Erta tug‘ruqni oldin olish” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.
14-16- dekabr kunlari o‘quvchilarga “Korrupsiya nima va uning kelib chiqish sabablari” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi, yig‘ilishda barcha o‘quvchilarga rasmlar hamda insholar tanlovi o‘tkazilishi yetkazildi. Tanlov g‘oliblari maktab ma’muriyati tomonidan esdalik sovg‘lari bilan taqdirlandilar.
Maktabda profilaktika kunlari Hazora MFY profilaktika noziri K.Bozorov bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar ( tig‘ reydi, mobil telefonlardan foydalanish tartibi, davomat, muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.





O‘quv yili davomida maktab ichki tartib qoidalarini muntazam ravishda buzib kelayotgan o‘quvchilarni sinf rahbarlari bildirgisiga asosan profilaktik ichki nazoratga 3 nafar o‘quvchi olindi.Profilaktika noziri bilan hamkorlikda ushbu o‘quvchilarga va ularning ota-onalariga O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik,huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qonunlar va kodekslari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
18-dekabr kuni maktabda “Vatan himoyachilar kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Bu tadbirga Hazora MFY inspektori K.Bozorov maktabning CHQBT rahbari D.Raxmonov ,maktab pedagog xodimlari va 8-11- sinfdagi barcha o‘g‘il bolalar taklif etildi.Tadbirda mehmonlar e’tiboriga 10-11– sinf o‘quvchilari ishtirokida tayyorlangan dastur namoyish etildi. Tadbirni maktab MMIBDO‘ B.Boqiyeva ochib berdi. U o‘zining so‘zida “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan davradagi barcha vatan himoyachilarini tabrikladi, ularga o‘qish va ishlarida omad va zafarlar tiladi.Tadbir so‘ngida maktab direktori M.Murodillayeva so‘zga chiqdi. Namoyish etilgan tadbir haqida fikrlarini aytdi.O‘quvchilarning namoyishi juda mazmunli tayyorlanganligi, liboslari ham mosligini alohida ta’kidlab o‘tdi.






Maktab o‘quvchi yoshlari o‘rtasida “Temurbeklar”, “Yosh qutqaruvchi” harbiy-sport o‘yinlarini tashkil etildi .O‘quvchi yoshlar ishtirokida “Vatanga xizmat-sharafli burch!” mavzusida insholar va rasmlar tanlovini o‘tkazisildi.


Maktabda Alisher Navoiyning 581 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi ning 538 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar dekadasi tashkil etildi.







O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya (Zulfiya Isroilova) tavallud ning 106-yilligi munosabati bilan she’rxonlik tanlovi o ‘tkazildi.
Maktabda 3-mart kuni “Adabiyot yashasa-millat yashaydi “ shiori ostida “Go’zal o’lkam ma’rifatga shaydodir,ajdodlar o’giti mangu sadodir”shiori ostida adabiy-badiiy mushoira bo’lib o’tdi. Mushoira kechasida ulug’ajdodlarimizning boy merosi,buyuk siymolar,xalqimizning jasoratli qahramonlari,qiziqarli sahna ko’rinishlari,mumtoz navolar aks ettirildi.”Adabiy-badiiy “mushoira so’ngida tadbir ishtirokchilariga tuman
hokiminig tashakkurnomalari topshirildi.




8-mart Xalqaro xotin -qizlar kuni munosabati bilan ma’naviy –ma’rifiy tadbirlar uyushtirildi. “Orasta qizlar” klubi a’zolari tadbirda faol qatnashdilar. 8-11-sinf o‘quvchi qizlari ishtirokida “Orastali qiz -farishtali qiz ” musobaqasi o‘tkazildi.






Maktabda ulug’shoirimiz A.Oripov tavalludining 81-yiiligiga bag’ishlab ,oylik e’lon qilindi.Chora tadbirlar rejasi ishlab chiqilib,bajariladigan ishlar belgilandi. Oylik davomida shoirning ijodini keng targ’ib etish,shoir she’rlarida aks etgan yurakka yetib boruvchi Vatanparvarlik,Ona yurtga sadoqat,do’stlik,mehr-oqibat,yaxshilik g’oyalarini yosh avlod qalbiga singdirish,ularni shu ruhda tarbiyalash maqsadida tadbirlar,badiiy kechalar o’tkazildi,shoir ijodi keng targ’ib etildi.






10 – mart kuni - «Erta turmush va qarindoshlik orasida nikohni oldini olish» mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda 38-sonli Oilaviy poliklinika shifokori R.Nurova o‘quvchilarga Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari,qarindoshlik oqibatida tug‘ilgan nogiron farzandlarning og‘ir qismati kabi masalalar bo‘yicha gapirib berdi.





17 –mart kuni - “Diniy aqidaparastlikning oldini olish” va “Jinoyatchilikning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart – sharoitlarni bartaraf etish” mavzularida tadbir o‘tkazildi. Tadbirni “Mullo Yodgor” masjidi imom xatibi M.Jamolov ochib berdi. O‘z so‘zida yig‘ilganlarni yangilanish va yosharish bayrami hisoblangan “Navro‘z” ayyomi bilan tabriklab, barchaga sog‘lik-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tiladi. Uning so‘zidan so‘ng terroristik harakatlar to‘g‘risidagi videolavha ko‘rsatildi. Ko‘rsatuvda juda ham ko‘p insonlarga saboq bo‘luvchi ma’lumotlar berilgan va ushbu ma’lumotlardan o‘quvchilar o‘zlariga kerakli xulosa chiqarib olishdilar.
10-11 sinf o’quvchilariga “Jaholatga qarshi ma’rifat “shiori ostida “Jaholatga qarshi ma’rifat-dinimiz shiori”mavzusida “Mullo Yodgor” masjidi imom xatibi M.Jamolov ishtirokida ma’rifiy uchrashuv o’tkazildi.



.
21-mart - “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
22-mart – buyuk bobokalonimiz Mirzo Ulug‘bek tavallud topgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
2-aprel - Butun jahon bolalar kitobi kuni munosabati bilan “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasini tashkil etildi.
7-aprel - Jahon salomatlik kuni munosabati bilan sport musobaqalari tashkil etildi.


9-aprel Sohibqiron Amur Temur tavallud topgan kun munosabati bilan ma’naviy –ma’rifiy tadbir tashkil etildi.


10-aprel-«Jaholatga qarshi - ma’rifat » respublika ko‘rik tanlovi maktab bosqichi 8-11-sinflarda insholar tanlovi, 2-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tasviriy san’at va 5-11-sinflar o‘rtasida she’riyat yo‘nalishida bo‘lib o‘tdi. Tanlovda maktabning barcha iqtidorli o‘quvchilari ishtirok etishdi. Ko‘riktanlov natijalariga ko‘ra o‘quvchilar quyidagi natijalarga erishdilar.

t-r

O‘quvchilarning ismi sharifi

yo ‘nalishi

Sinfi

Olganbali

o‘rin

1

Razzoqova Farangiza Davlat qizi

insho

11-sinf

86

1

2

Sa’dullayeva Sevinch Otamurod qizi

Rasm yo‘nalishi

10-sinf

86

1

3

Odilova Ozoda Qobil qizi

She’riyat yo‘nalishi

9-sinf

86

1


10-aprelda atoqli o‘zbek romanchisi A.Qodiriy tug‘ulgan kuni munosabati bilan, Qodiriy asarlari sahnada ma’naviy –ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
22 – aprel kuni - «Otalar majlisi» o‘tkazildi. Yig‘ilishda davlat umummilliy dasturi ijrosi natijasida yaratilgan shart – sharoitlar,otaning farzand tarbiyasidagi asosiy roli kabi masalalar muhokama qilindi. Majlisga taklif qilinganlar tartib bilan alohida guruh holatida joylashtirildi.Yig‘ilish boshida maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan konsert nomeri taqdim etildi. Maktab direktori M.Murodillayeva so‘zga chiqdi. Maktab rahbari o‘z so‘zida yig‘ilishning maqsadi, mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar va ushbu maktabda amalga oshirilayotgan ishlar haqida, “Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili Davlat dasturi doirasida maktabda qabul qilingan tarmoq dasturi va bajarilishi ko‘zda tutilgan tadbirlar bilan “Otalar majlisi” ishtirokchilarini atroflicha tanishtirib o‘tdi. So‘ngra hozirgi kunda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan dolzarb muammolarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Maktab o‘quvchilarining umumiy tarkibi, ularning tarbiyasida va sifatli ta’lim olishlarida aynan otaning roli qanchalik muhim ekanligi yoshlar tarbiyasida otalar e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan jihatlar va maktab o‘quvchilarining tartib intizomi, odob-axloqi, kiyinish madaniyati qanday bo‘lishi kerakligi haqida so‘z yuritdi. U so‘zining yakunida otalar farzandi bilan kitob o‘qishga haftasiga ikki soat vaqtini ajratishi ma’qulligi, yana haftasiga ikki soatini esa o‘z farzandi bilan yashash joyiga yaqin bo‘lgan bolalar sporti inshootiga borishi va sport bilan shug‘ullanishiga e’tiborini kuchaytirshlarini uqtirib o‘tdi.
26-aprel M.Yusuf tavalludi munosabati bilan 5 -11 -sinf o‘quvchilari sinf rahbari bilan birgalikda ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi S.Boqiyeva boshchiligida “Yurt ardog‘idagi shoir” shiori ostida tadbir namoyish qildilar


May oyida maktab direktori M.Murodillayeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi” Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida tadbirlari rejasi ishlab chiqildi. Reja asosida “Adabiyotga e’tibor ma’naviyatga, kelajakka e’tibor”, “Men sevgan kasb”, “O‘zbekiston respublikasida turizmni rivojlantirish”,“Sog‘lom turmush tarzi”, “Jinoyat va jazo”, “Kasbim faxrim”, “Sport tinchlik elchisi”, “Kamalak” YoIH faoliyatini samarali tashkil qilish, mavzularida uslub birlashma a’zolari ishtirokida tadbirlar ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tadbirlar yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar ota-onalari maktab rahbaryati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar, “Boringizga shukur ota-onalar” tadbiri namoyish qilindi.
Maktabda iste’dodli va iqtidorli o’quvchilarga doimo e’tibor qaratilib ular turli tanlovlar va tadbirlarda faol ishtiroki ta’minlanib kelinmoqda. Xususan, 10-sinf oquvchisi Odilova Ozoda va 9-sinf o’quvchisi Razzoqova Farangiza O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligini munosib kutib olish maqsadida o’tkazilgan “Vatanim taqdiri-Mening taqdirim”mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovida she’riyat yo’nalishida tuman bosqichida 1-2 o’rinni ,7-sinf o’quvchisi G’ayratova Nilufar 9-may “Xotira va Qadrlash kuni”munosabati bilan o’tkazilgan “Inson qadri boqiy, xotirasi muqaddas”mavzusidagi bayonlar tanlovining viloyat bosqichida 2-o’rinni egalladi.
Iste’dodli va iqtidorli o’quvchilarimiz har sohada o’z faolligini namoyon qilib kelishmoqda.8-sinf o’quvchi qizlari Fayzullayeva Jasmina va Sharipova Diyoralar “Barkamol avlod “bolalar maktabi tomonidan o’tkazilgan “Ijodkor yoshlar-2022”festivalining “Munchoqli bezak va Zardo’zlik “yo’nalishida faol ishtirok etib 2-o’rinni,10-sinf o’quvchisi Sa’dullayeva Sevinch “Liboslar dizayni”,7-sinf o’quvchisi Shamsiyev Bobojon “Tasviriy san’at” yo’nalishlarida tumanda 2-o’rinni qo’lga kiritishdi. Fan olimpiadalarida ham o’quvchilarimiz peshqadamlikni qo’ldan boy berishmadi.9-sinf o’quvchilari Mannonova Sevinch fransuz tili fanidan tumanda 1-o’rin ,viloyatda 2-o’rinni egalladi,9-sinf o’quvchisi Burxonova Ruxshona ham fransuz tili fanidan tumanda 2-o’rin,viloyat bosqichida 3-o’rinni egalladi.11-sinf o’quvchisi Mannonova Muxlisa Fransuz fanidan tumanda 1-o’rin,viloyat bosqichida 2-o’rinni egallab Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi. 10-sinf o’quvchisi Zulfiqorov O’ral Geografiya fanidan tumanda 1-o’rinni qo’lga kiritib,Viloyat bosqichida faol ishtirok etishdi.

Maktab jismoniy tarbiya fani Davlat dasturida belgilangan vazifa -ya’ni o’quvchi yoshlarning jismoniy salomatligini , ularning ma’naviy dunyoqarashining yuksalishi hamda o’quvchilarning jismoniy barkamolligi , ularning qalbida do’stona munosabat, ahillik , o’zaro hurmat kabi hislatlarni tarbiyalash maqsadida maktabda o’quvchilar o’rtasida sport musobaqallari tashkil etildi . Buning natijasi sifatida maktabimiz o’quvchilari jismoniy tarbiya fanidan o’tkazilayotgan bir qator musobaqa va ko’rik-tanlovlarda tumanda , viloyatda , respublikada faxrli 1-2-o’rinlarni egallab , bir nechta oltin va kumush medallarni qo’lga kiritib kelishmoqda .Maktabda sport bo’yicha o’quvchilarimiz yil davomida bir qancha yutuqlarni qo’lga kiritishdi.Xususan,viloyat ,Respublika bosqichida o’tkazilgan sport musobaqalarining « Yengil atletika »turida sportchilarimiz faxrli o’rinlarni qo’lga kiritishdi.Sportning yengil atletika turi bo’yicha O’zbekiston chempionatida 1nafar o’quvchi qiz imiz Ibragimova Zilola qattnashib, 3-o’rinni egalladi.


B u qizlarimizdan 31nafari 11-sinfda o’qiydi.Ular erishgan yutuqlari asosida imtiyoz ga ega bo’lib,oliy ta’limga qabul qilinganligi tasdiqlandi.



9-may Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab ma’naviy-ma’naviy tadbirlar: Mehnat va urush faxriylar yodolindi. “Saxovatli bolalar harakati” a’zolari tomonidan kamtarona sovg‘alar bilan ularning xonadonlariga tashrif buyurilib uy ro‘zg‘or ishlarida yordam berishdilar.

Iqtidorli va iste’dodli o‘quvchilar haqida ma’lumotlar bazasini yangilab borish, ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash va tizimli rag‘batlantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020 yil 30 iyuldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 180-sonli buyrug ‘i ijrosini ta’minlash maqsadida maktabda ochiq sinf soati darslari tizimli tashkil etildi.


Maktabda ogohlik, xavfsizlik va sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilish, pedagog xodimlar va o‘quvchilarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirildi. Maktabda, ko‘cha-kuyda o‘quvchilar tomonidan o‘quvchilarning hayoti, sog‘ligiga ta’sir etuvchi va ma’naviyati va hulqiga xavf solishi mumkin bo‘lgan turli buyumlar va vositalarni olib kelishi mumkin emasligi haqida doimiy tushuntirish ishlari hamda profilaktik tadbirlarni o‘tkazib borildi.
O‘quvchilar tomonidan amaldagi qonunlar bilan taqiqlangan va jamiyatda umume’tirof etilgan axloq normalariga zid xatti-harakatlar sodir etilishining oldini
olishga qaratilgan turli tadbirlar, xususan, “Davomat” va “O‘quvchi” reydlarini amalga oshirish va samaradorlik monitoringi yuritildi.


O‘quvchilar o‘rtasida nazoratsizlik, huquqbuzarlik, jinoyatchilik va turli salbiy holatlar bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlar haqida tegishli tashkilotlarga ma’lumotlar taqdim etib borish va o‘zaro axborot almashinuvini muntazam yo‘lga qo‘yiilgan.


Darsga sababsiz kelmagan, maktabning ichki hamda ichki ishlar profilaktika nazoratiga olingan o‘quvchilarning davomatini nazorat qilish, ularga mas’ullar biriktirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tadbirlarga keng jalb etish, yakka tartibda ishlash, qo‘llab-quvvatlash ishlarining monitoringini yuritildi.


5TASHABBUS –MAKTABDA IJODIY JARAYONLARDAN LAVHA


5-tashabbus doirasida maktabda tashkil etilgan “Yoshlar teatr studiyasi” faoliyatini rivojlantirish maqsadida har haftada bir marta o ‘zbek adiblari asarlari asosida sahna
ko ‘rinishlari namoyishi taqdim etib borildi.










Maktab o ‘qituvchi va o ‘quvchilarining “Voha” va ”Voqif” viloyat gazetalarida bosib chiqilgan maqola va she’rlaridan namunalar.







Maktabda 25-may kuni “So’ngi qo’ng’roq” tadbiri ko’tarinki ruhda o’tkazildi. Tadbirda o’quv yili davomida tanlovlarda faol ishtirok etgan ijodkor yoshlar maktab ma’muriyati tomonidan tashakkurnomalar
bilan taqdirlandilar.







Maktab direktori: M.Murodillayeva


MMIBDO‘: B.Boqiyeva









Shahrisabz tuman 39- umumiy o‘rta

ta’lim maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Boqiyeva Barno Qudratovnaning

2021-2022-o‘quv yili davomida

amalga oshirgan ishlari bo‘yicha




HISOBOTI
Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish