Oila, mahalla, maktab kontseptsiyasi, uning yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishdagi imkoniyatlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi


II-bob: OILA-MAHALLA-MAKTAB KONSEPTSIYASI VA BARKAMOL AVLOD TARBIYASI



Download 0,58 Mb.
bet6/17
Sana23.07.2022
Hajmi0,58 Mb.
#844666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Шахноза охирги куриб чикилгани

II-bob: OILA-MAHALLA-MAKTAB KONSEPTSIYASI VA BARKAMOL AVLOD TARBIYASI
2.1. Oila, mahalla, maktab konseptsiyasining mohiyati
Inson bolasi dunyoga kelar ekan u tashqi olam bilan doimiy ravishda, tashqi olam ta’siri asosida kamol topadi, o‘sadi, ta’lim tarbiya oladi. Kelajak vorislari bolalarni to‘g‘ri o‘sib ulg‘ayishida eng muhim omillardan biri oila tarbiyasi bo‘lsa, muhim omillar tizimida mahalla va ta’lim- tarbiya beruvchi muassasalarning ham alohida o‘rni bor.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan yillardan boshlab yoshlarga bo‘lgan e’tibor davlatimiz tomonidan katta bo‘layotganligini qabul qilingan qarorlar, qonunlar, farmonlar, davlat dasturlaridan va meyoriy hujjatlarning amaliyotda, hayotda aks etayotganligidan ko‘rishimiz mumkin.
Bunga O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, 2013 yil 22 apreldagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2124-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 iyundagi “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 175-sonli hamda 2013 yil 7 oktabrdagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori kabi hujjatlarni misol qilib keltirish mumkin.
Birgina “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning “Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari” deb nomlangan 3-moddasida ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lsa48, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 iyundagi “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 175-son qarorida jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti, ota-onalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‘yildi49.
Mazkur qaror bugungi kunda o‘z kuchini yo‘qotmagan. Lekin, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 iyundagi 175-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2019 yil 7 fevral kungi 46-sonli buyrug‘iga asosan Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi to‘g‘risidagi yangi Nizom tasdiqlangan. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroridan kelib chiqqan holda bola tarbiyasidagi dastlabki tuzilma oilaning vazifa va majburiyatlari aniq belgilab qo‘yilgan:
oilada sog‘lom vaziyatni yaratish; bola uchun har tomonlama o‘rnak bo‘lish, bolada vatanparvarlik ruhini, Vatanga va oilasiga muhabbat tuyg‘usini, o‘zaro g‘amxo‘rlikni shakllantirish va tarbiyalash; huquqiy tarbiyani shakllantirish, bolani barcha oila a’zolarining huquq va majburiyatlarini bilish va ularga amal qilishga o‘rgatish; bolani dunyoviy bilimlarga qiziqtirish, uning har tomonlama ma’naviy-axloqiy rivojlanishini, ta’lim-tarbiya olishini ta’minlash; bolaga bozor munosabatlari sharoitlariga mos keluvchi kasbni tanlashda yordam ko‘rsatish va uni bozor iqtisodiyotining asoslariga o‘rgatish; bolaning har tomonlama ma’naviy va sog‘lom jismoniy rivojlanishi uchun ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarni yaratish; bolani mustaqil fikrlashga o‘rgatish va unda mustaqillik hamda milliy qadryatlarga sodiqlik g‘oyalarini shakllantirish; bolaning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, shuningdek, uni qo‘shimcha ta’lim bilan ta’minlash; bolaning iqtidorini rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish; bolalarda maktab, oila, mahalla, davlat va jamiyat oldida mas’uliyat hissini tarbiyalash; bolaning ruhiy va ma’naviy jihatlarini, unda tejamkorlik va mehnatsevarlik ruhini tarbiyalash.
Qiz bolalarni tarbiyalash, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashiga yordam berish, erta nikohlarning, oilaviy nizolarning oldini olish, urf-odat va marosimlarni ixcham va tartibli o‘tkazish kabi vazifalarni hal qilishda biz ko‘pni ko‘rgan, tajribali mahalla faollariga tayanamiz.
Bugungi kunda “biz ma’naviy hayotimizni, milliy ong va qadriyatlarimiz, e’tiqod va tafakkurimiz, urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylash, ma’naviy olamimizni yuksaltirishga intilar ekanmiz, bularning barchasi mahalla idorasiga yanada ko‘proq imkoniyat berish, uning huquqiy va amaliy vakolatlarini kengaytirish bilan bevosita aloqador ekanini o‘zimizga yaxshi tasavvur qilamiz. Shu orrqali biz o‘zimizning ezgu maqsadimiz bo‘lmish erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida, hech shubhasiz, ulkan qadam qo‘ygan bo‘lamiz”50
O‘z o‘rnida bugungi kunda mahalla zimmasiga esa quyidagi vazifalar yuklatilgan:
nosog‘lom muhitga ega bo‘lgan oilalarga jamoatchilikning diqqatini tortish va bunday oilalarga nisbatan jamoatchilik tomonidan ijtimoiy choralar ko‘rish; ota-onalarga farzandlarini har tomonlama kamol toptirish, milliy vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, odoblilik fazilatlarini rivojlantirishda amaliy yordam ko‘rsatish; mahallada bolalar va yoshlarning milliy davlatchilik va milliy g‘oya masalalarida mas’uliyatini oshirish yuzasidan tadbirlarni tashkil etish; ijtimoiy tashkilotlarni bolalar va yoshlarni tarbiyalash ishiga hamda ularning muammolarini hal etishga jalb qilish; mahalla hududida joylashgan tashkilotlar va korxonalarning resurslarini ta’lim muassasalarining moddiy bazasini mustahkamlash uchun jalb qilish; mahalla hududida ta’lim muassasalari bilan turli tanlovlar, sport musobaqalari, bayram tadbirlari tashkil etish; iqtidorli o‘quvchilarni ma’naviy va moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlash; mahalla hududida ta’lim muassasalari bilan turli tanlovlar, sport musobaqalari, bayram tadbirlari tashkil etish; iqtidorli o‘quvchilarni ma’naviy va moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlash; mahalla imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, ilg‘or, tashabbuskor o‘qituvchilarni va tarbiyachilarni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash; mahalla hududida yashaydigan hunarmandlar, ustalar, san’at arboblari, ziyoli va boshqa tajribali insonlarni o‘quvchi-yoshlar uchun turli to‘garaklar hamda kasbiy o‘qishlar tashkil etishga jalb etish.
Maktab, kasb-hunar kollejlari hamda akademik litseylarning oldiga bevosita nizom bilan belgilangan o‘z vazifalaridan tashqari, ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash uchun oila va mahalla bilan o‘zaro faol munosabatga kirishish vazifasi ham qo‘yilgan:
- yosh oilalar bilan ishlash, ular uchun tarbiya, huquq, ma’naviyat va ma’rifat asoslariga o‘rgatish bo‘yicha maxsus tadbirlarni amalga oshirish;
- tarbiyasi og‘ir yoki boquvchisini yo‘qotgan bolalrning ota-onalari yoki ular o‘rnini bosuvchilar bilan ishlash, bunday oilalarga yordam ko‘rsatish;
- farzand tarbiyasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan oilalarning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish;
- o‘qish yoki ishlashni hohlamaydigan yoshlar, yo‘lidan adashgan o‘smirlarni aniqlash va ro‘yxatga olish, doimiy ravishda ularning nazoratini yuritish hamda qonun doirasida tegishli idoralar bilan birgalikda bunday bolalarga nisbatan tegishli choralarni ko‘rish;
- ta’lim jarayoni subektlari: ijtimoiy jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, o‘z-o‘zini boshqarish idoralari va boshqalarning o‘z majburiyatlarini bajarishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish;
- mahalla bilan hamkorlikda maktabda turli tadbirlar tashkil etish;
- maktab ba’zasida ota-onalarni pedagogika, psixologiya, huquq, madaniyat asoslariga o‘rgatish uchun “Ota-onalar universitetlarini” yaratish.
Maktab ta’limi jarayoniga ota-onalarni jalb qilishning kuchli tomonlari hamda imkoniyatlari mavjud. Bular: “ochiq eshiklar” kunlarini o‘tkazish; ota-onalarning maktab ta’limiga qo‘ygan talablari tahlili; ota-onalar orasida maktab ta’limi sifati bo‘yicha muntazam so‘rov o‘tkazish; muassasaning meyoriy hujjatlari va kerakli aktlar bilan tanishtirish; ota-onalar ishtirokida tadbirlar o‘tkazish; ota-onalar va bolalar hamkorligida bajariladigan uy vazifalari; “Oilada bolalar tarbiyasi” mavzusida davra suhbatlari, seminarlar uyushtirish; ota-onalar uchun yuqori darajadagi seminarlar, mashg‘ulotlar tashkil etish; “Ma’lumot qutilari” tashkil etish (aniqlangan muammolarning statistik hisobi, ota-onalar murojatlari bo‘yicha muammoli vaziyatlarni bartaraf etish maqsadida mutaxassislarni jalb qilish).
O‘qituvchilar va ota-onalar o‘rtasida samarali hamkorlik o‘rnatish tamoyillari katta ahamiyatga ega bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: o‘qituvchi va ota-onalar o‘rtasida samimiy hurmat muhitini yaratish; hamkorlikni boshlashda oila va o‘qituvchi (maktab, kollej) o‘rtasidagi muloqot usullarini kelishib olish; o‘zaro kelishilgan doimiy uchrashuvlarni tashkil qilish orqali bolaning oilasi bilan yaqin aloqa o‘rnatish; oilalarning madaniy va ijtimoiy turli-tumanligini hurmat qilish va qo‘llab-quvvatlash; oila va bolaning kuchli taraflarini e’tiborga olish; ota-onalar tomonidan bola va oila haqida berilayotgan ma’lumotlarning aniqligi va maxfiyligini ta’minlash.
Oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligi chin ma’noda faoliyat yuritsa, shu hududda ta’lim-tarbiyaning rivojlanishi ta’minlanadi. O‘smir-yoshlarda qonunbuzarlik, huquq buzilishi, turli salbiy oqibatlar yuzaga kelmaydi.
Hamkorlikni ta’minlashda ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan murabbiy-pedagoglarning o‘rni o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, ta’lim muassasidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, amaliyotni psixolog hamda sinf rahbarlariga ko‘p narsa bog‘liq. Oila-ota-onalar bilan ta’lim muassasalarining aloqasini bog‘lovchi mustahkam xalqa bu sinf rahbarlaridir. O‘quvchilar uchun sinf rahbar alohida qadrga – hurmatga ega. Qachonki u hurmatga loyiq faoliyat ko‘rsatgan olib borgan bo‘lsa. Buning uchun sinf rahbari har haftada o‘tkaziladigan tarbiyaviy soatlarga hamda har chorakda o‘tkaziladigan ota-onalar majlisiga puxta tayyorgarlik ko‘rishi, bu mashg‘ulot va tadbirlarni rasmiyatchilik nuqtai nazaridan emas, balki ta’lim – tarbiyaning samaradorligini ta’minlash nuqtai nazaridan o‘tkazmog‘i lozim.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek, “shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargoxlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq.
Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak”51.
Har qanday ta’lim-tarbiya ishlarining samaradorligi avvalo ta’lim-tarbiyani olib boradigan o‘qituvchi-murabbiylarning xalq orasida qay darajada nufuzga ega ekanligi bilan ham bog‘liqligi tarix isbotlagan haqiqat.
Shu bois, o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish, ta’lim-tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, o‘qituvchilik kasbining nufuzini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3907-son qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda:
yosh avlod ongiga Vatanga sodiqlik va uning taqdiri uchun daxldorlik hissini singdirishga, ularda yot g‘oya va qarashlarning salbiy ta’siriga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar yetarli darajada samara bermayotganligi;
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, shuningdek, ekstremizm, terrorizm va boshqa buzg‘unchi g‘oyalarga nisbatan murosasizlikni shakllantirish yuzasidan davlat organlari va jamoat tashkilotlarining faoliyati hamon talab darajasida emasligi;
o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun zarur bo‘lgan madaniy-ko‘ngilochar obektlar, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, shu jumladan, joylarda turli ijodiy va ta’lim to‘garaklari, sport seksiyalarining yetishmasligi bolalarning sog‘lom ruhda tarbiyalanishiga va to‘g‘ri hayot yo‘lini tanlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi;
o‘qituvchi va murabbiylarning ijtimoiy mavqei va nufuzi pasayib ketganligi, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimi bugungi kun talabiga mutlaqo javob bermasligi yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash hamda mustaqil dunyoqarashini shakllantirish borasida jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotganligi qat’iy ta’kidlab o‘tildi52.
Ushbu qarordan kelib chiqadigan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi vazirligi huzurida “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi tashkil etilib, ushbu kengash nizomi umumxalq muhokamasiga tashlandi.
Loyihada:
“jismonan sog‘lom va ma’naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oila, ota-onalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda olib boradigan faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish;
farzand tarbiyasida davlat va jamoat tashkilotlari hamda jamoatchilik faolligini oshirish, ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;
o‘quvchi va yoshlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan tartib buzarlik, zo‘ravonlik, jinoyatchilik, giyohvandlik, daydichilik va tilamchilik, diniy aqidaparastlik, missionerlik va “ommaviy madaniyat” kabi ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarining oldini olishda manfaatdor vazirlik, idora va mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda tashkiliy-pedagogik ishlarni tashkil etish.
Shu bilan birga maktab jamoat kengashining asosiy vazifalaridan o‘quvchi yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab quvvatlash” jamoat kengashining asosiy maqsadlari qilib belgilanishi hamda ushbu nizom 8 bobdan iborat bo‘lishi ko‘zda tutilgan53. Ushbu Nizom keng jamoatchilik, soha mutaxassislari tomonidan qizg‘in muhokama etildi va yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2019 yil 7 fevral kungi 46-sonli buyrug‘iga asosan kuchga kirdi.
Shu bilan birga umumta’lim maktablari huzuridagi “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik jamoat kengashlarining namunaviy tarkibi ham tasdiqlandi. 
Jumladan, yangi Nizomga muvofiq “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi quyidagicha belgilandi:

  1. Umumta’lim maktabi direktori – jamoat kengashi raisi

  2. Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi – jamoat kengashi hamraisi

  3. Oilaviy poliklinika shifokori

  4. Xududiy profilaktika inspektori

  5. Mahalla fuqarolar yig‘inining Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassisi

  6. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

  7. Maktab psixologi

  8. Tajribali sinf rahbari

  9. Kuzatuv kengashi raisi

  10. Mahalladagi obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan otaxon / onaxon

  11. Kotib (Yoshlar yetakchisi).

Ayni paytda bu Nizomning qabul qilinishi azaldan mavjud bo‘lgan oila, mahalla va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada yangi bosqichga ko‘tarilishida, bu boradagi mavjud muammolarning yechimini topishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishiga shak-shubha yo‘q. Zero, loyihada qayd etilganidek, jamoat kengashi mustaqil, demokratik, tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy jamoatchilik tashkiloti hisoblanib, o‘z faoliyatini o‘quvchi - yoshlar, ota-onalar va keng jamoatchilik ishtirokida olib boradi va shu asosda o‘z faoliyatida qonuniylik, oshkoralik, ijtimoiy adolat va insonparvarlik tamoyillariga amal qiladi.
Milliy ma’naviyat, milliy mafkura va milliy g‘oya ravnaqi bugungi kunda o‘quvchi va talaba-yoshlarga berilayotgan ta’lim-tarbiya ishlariga ko‘p jihatdan bog‘liq ekanligi barchamizga yaxshi ma’lum. Shunday ekan bu masalaga ya’ni ta’lim-tarbiya ishlariga endilikda yanada chuqurroq yondashishimiz talab etiladi. Chunki o‘quvchi va talaba-yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning , ularning ongida milliy ma’naviyatga nisbatan sog‘lom dunyoqarashni, e’tiqodni rivojlantirishda bevosita ularga berilayotgan ta’lim-tarbiya sifatining qay darajada ravnaq topganligini o‘z vaqtida aniqlab, tegishli chora-tadbirlarni qo‘llay olishimiz lozim. Bunday ishlarni amalga oshirishda ta’lim-tarbiya ishlarida “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” tizimidan keng foydalanishi bizga ko‘zlangan pirovard natijalarni beradi.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish