Oila, mahalla, maktab kontseptsiyasi, uning yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishdagi imkoniyatlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi



Download 0,58 Mb.
bet2/17
Sana23.07.2022
Hajmi0,58 Mb.
#844666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Шахноза охирги куриб чикилгани

XULOSA...........................................................................................................................


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ..................................................


ILOVALAR .....................................................................................................................


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Har bir millat o‘z istiqbolini kamolga yetayotgan yoshlari timsolida ko‘radi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylangan ilk kunlardagi ma’ruzasida alohida ta’kidlaganidek, “...yurtimizdagi har qaysi inson, har qaysi oilaning eng ezgu orzu-maqsadlari, hayotiy manfaatlari avvalambor uning farzandlari timsolida namoyon bo‘ladi, ro‘yobga chiqadi”1.
Aslida ham o‘sib kelayotgan yosh avlod ma’naviy olamini yuksaltirish, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Hozirgidek murakkab sharoitda milliy o‘zligimiz, azaliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan xurujlar, yoshlarning ongi hamda qalbini egallashga qaratilgan g‘arazli intilishlar tobora kuchayib borayotgani har birimizdan yanada hushyor va ogoh bo‘lishni talab etmoqda. 
Dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari, ayniqsa, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga mas’ul vazirlik, idora hamda tashkilotlar, ota-onalar, mahallalar faollari, qo‘ni-qo‘shni, ta’lim muassasalari o‘qituvchi va murabbiylari hamda jamoatchilik zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Zero, ertamiz egalarini yurtparvar, insonparvar, yuksak ma’naviyatli, ulug‘ ajdodlarimizga munosib vorislar qilib voyaga yetkazish bugungi kunda muhimdir.
 O‘z o‘rnida yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik kabi xislatlar bilan birga diniy va milliy bag‘rikenglik, yuksak ma’naviyat egasi hamda boshqa millatlarga nisbatan hurmat bilan qaraydigan, insoniy qadr-qimmatni e’zozlaydigan qilib tarbiyalashda uch asosiy omil - oila, mahalla va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik muhim axamiyatga ega.
Haqiqatan ham har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, shubhasiz, oila, mahalla va ta’lim muassasalarining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari, avvalambor, oila bag‘rida, so‘ngra mahallada shakllanadi. Oilada olgan ta’lim, mahalla-ku ta’siri ostida bolada shakllangan insoniy fazilat ta’lim muassasalarida yana kamol toptiriladi.
Bolaning xarakteri, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, olijanoblik, mehr-oqibat, or- nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori ham oila sharoitida qaror topishi, tabiiydir. Ota-onaga hurmat, ular oldida umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash, har qaysi insonga xos bo‘lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlar shakllanishining ildizi ham oila muhiti hisoblanadi.
Zotan, oila – hayot davomiyligini ta’minlaydigan, kelajak taqdiriga ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya maskanidir. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, odamiylik, mehr-oqibat, o‘z Vataniga, xalqiga sadoqatli bo‘lish, har qanday ishga ma’suliyat bilan yondashish kabi olijanob fazilatlar aynan oila muhitida shakllanadi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov ta’kidlaganidek, “Oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir”2.
Farzand tarbiyasida oila qanchalik mas’ul bo‘lsa, mahallaning mas’uliyati ham undan kam bo‘lmaydi. Shu o‘rinda mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A. Karimovning quyidagi muhim ahamiyat kasb etuvchi fikrini keltirish maqsadga muvofiq: “Ma’naviy hayotimizni yuksaltirish haqida gapirganda, mahallaning roli va ta’siri xususida to‘xtalish albatta o‘rinlidir. Ma’lumki, azaldan o‘zbek mahallalari chinakam milliy qadriyatlar maskani bo‘lib keladi. O‘zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj kimsalar holidan xabar olish, yetim-yesirlarning boshini silash, to‘y-tomosha, hashar va ma’rakalarni ko‘pchilik bilan bamaslahat o‘tkazish, yaxshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo‘lish kabi xalqimizga xos urf-odat va an’analar avvalambor mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan”3. Barkamol shaxs tarbiyasidagi asosiy bo‘g‘inlardan biri – shubhasiz, bu mahalladir. Chunki yoshlarning ta’lim-tarbiyasi haqida gap ketganda, mahallaning roli va ta’siri to‘g‘risida to‘xtalmay o‘tish mumkin emas. Bejiz “Mahalla – ham ota, ham ona” deyilmagan. O‘zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik kabi xalqimizga xos urf-odat va an’analar aynan mahalla muhitida rivojlangan. Bular esa yosh avlodning ongu tafakkurini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Demak, farzandlarimiz ta’lim-tarbiyasida mahallaning o‘rnini hech narsa bilan teng­lashtirib bo‘lmaydi.
Tarixdan ma’lumki, azal-azaldan yurtimizda mahalla tarbiya o‘chog‘i hisoblanib kelingan. Avlodlardan-avlodlarga o‘tib kelayotgan milliy an’ana va qadriyatlarimiz, xalqimizning turmush va tafakkur tarzini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashda mahallaning alohida o‘rni va ahamiyati bor.
Yosh avlod tarbiyasida oila, mahalla bilan bilan bir qatorda ta’lim-tarbiya jarayoni, xususan, ta’lim muassasalarining ham salmoqli o‘rni bor. Chunki, jamiyat taraqqiyoti, milliy farovonlik hamisha yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi, zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan yangi kadrlar, ularning yuksak malakasi bilan bog‘liq bo‘lib kelgan. Keksa avlod erishgan yutuqlarga, ular to‘plagan tajribaga tayanib, mamlakatning ilmiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy salohiyatini yanada ko‘tarish hamisha yoshlar zimmasiga tushgan. Shu boisdan ham istiqlolimizning ilk qadamlaridan boshlab, mamlakatimizda yangi zamon avlodini tarbiyalash, ular dunyoqarashini yangicha qadriyatlar asosida shakllantirish ishi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Demak, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishda ota-ona, qo‘ni-qo‘shni va o‘qituvchi-murabbiylarni har birining alohida o‘rni bor. Shu bois mamlakatimizda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi muhim ahamiyatga egadir. Ana shu hamkorlikni yanada kuchaytirish, har tomonlama rivojlangan avlodni tarbiyalashda oilalar, ota-onalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda olib boradigan faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, farzand tarbiyasida davlat va jamoat tashkilotlari hamda jamoatchilik faolligini oshirish, bu borada muhim omillardan biri bo‘lgan – oila-mahalla- maktab kontseptsiyasini yanada takomillashtirish – bugungi kunda eng dolzarb vazifalardan biridir.
Shulardan kelib chiqqan holda mavzuning dolzarbligini quyidagi omillar bilan ham asoslash mumkin:

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish