Oila, mahalla, maktab kontseptsiyasi, uning yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishdagi imkoniyatlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi



Download 0,58 Mb.
bet3/17
Sana23.07.2022
Hajmi0,58 Mb.
#844666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Шахноза охирги куриб чикилгани

birinchidan, axborot va globallashuv asrida turli xil ma’naviy, mafkuraviy tahdidlar mavjud ekan, ularni bartaraf etishning eng muhim omillaridan biri bo‘lgan oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligini yanada takomilllashtirishning usul va vositalari, samarali mexanizmlarini tadqiq etish alohida ahamiyatga ega;
ikkinchidan, har bir jamiyatning, tuzumning tarixiy rivojlanishida yoshlar muammosining mavjudligi, bu muammoning asosiy yechimi ta’lim-tarbiya jarayoniga bog‘liq ekan, bu jarayonda muhim omil bo‘lgan – oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligini ta’minlash borasida mamlakatimizda olib borilgan ishlarni tizimli asosda chuqur o‘rganish aynan bugungi sharoitda nihoyatda zarur;
uchinchidan, ma’naviyati yetuk insonni voyaga yetkazishda oila-mahalla- maktab kontseptsiyasining o‘rni va ahamiyatini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilish, tahlil natijalarini asoslash dolzarb vazifalardan biridir;
to‘rtinchidan, oila-mahalla-maktab hamkorligi borasida mavjud holatni o‘rganish, yutuq va muammolarni tadqiq qilish hamda oila, mahalla, maktab kontseptsiyasini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash kelgusidagi tadqiqotlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi: Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalashda uch asosiy omil: “oila – mahalla – ta’lim muassasalari” hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, keyingi yillarda mamlakatimizda mazkur hamkorlikning shakllari, usullari va amalga oshirish mexanizmlarini ilmiy,ilmiy-nazariy va publitsistik nuqtai nazardan tahlil va tadqiq qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Xususan, O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li”, “Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori”, “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”, “Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin”, “Yuksak ma’naviyat – jamiyat taraqqiyotining asosi”, “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda”, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” singari asarlarida har tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda oila, mahalla va ta’lim muassasalari zimmasidagi vazifalar atroflicha tahlil qilingan.
Shuningdek, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoevning barcha asarlari va chiqishlarida, jumladan, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”, “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Qonun ustuvorligini va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi”, “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz”(TAT,1-jild),“Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir”(TAT 2-jild), ”“Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi”(TAT3-jild) kabi asarlarida, turli nutq va ma’ruzalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Parlamentiga qilgan murojaatlarida bitiruv malakaviy ishi darajasidagi tadqiqot mavzusiga oid muammoning ko‘plab jihatlariga e’tibor qaratilib, tahlil etilganligini ko‘rish mumkin.
Bundan tashqari mamlakatimiz da ilmiy ishzlanishlar olib borayotgan turli soha olimlarining tadqiqotlarida oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligining muayyan jihatlariga alohida e’tibor qaratilganligini ko‘rish mumkin.
Jumladan, M.Quronov, O.Bazarov4‚ H.Mamadalieva, N. Subhonov, S. Mansurova, F.Olimov5, M.Bekmurodov6, H. Rasulov, Y.Alimov7 , A. Mahmudov8, M.Kaxarova9kabi olimlarning izlanishlarida inson ma’naviyatini shakllantirish va tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasalari, ular hamkorligining o‘rni va ahamiyati kabi masalalar ilmiy nazariy jihatdan o‘rganib chiqilganligini qayd etib o‘tish o‘rinli.
Xususan, G.Alimova, J.Kamolov, Sh.Abdullayevalar hamkorligida tayyorlangan risolada “Oila - mahalla - ta’lim muassasasi” hamkorligi sog‘lom bolaning dunyoga kelishi, baquvvat bo‘lib o‘sib- ulg‘ayishi ko‘pgina talab va omillarga bog‘liqligi, aynan sog‘lom bola tarbiyasida mahalla va ijtimoiy tuzilmalarning o‘rni katta ekanligi haqida fikr yuritilgan bo‘lsa10, B.Isroilovning “Katta avlod ma’naviyati – vorisiylik negizi” deb nomlangan risolasida xalqimiz ruhiyati, ma’naviyati xazinasini asrlar osha bezavol yashab kelishi, rivoji hamda takomilida ulkan omil bo‘lmish ajdodlar va avlodlar o‘rtasidagi vorisiylik munosabatlari, yurtimizda barkamol avlodni voyaga yetkazishda katta avlod vakillarining hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmas ta’siri to‘g‘risida so‘z boradi11.
Shuningdek,faylasuf olima M.Xolmatovaning dissertatsiyasida oilaviy munosabatlarni ustahkamlash, sog‘lom avlodni tarbiyalash masalalari tadqiq etilgan. K.U.Najmiddinova va N.Z.Saydaliyevalarning dissertatsiyalarida oila jamiyatning kichik hujayrasi, ijtimoiy-madaniy organizmi ekanligi oila tarbiyasida milliy va umuminsoniy madaniyatni uyg‘unlashtirish masalalari tahlil qilinganligini qayd etish o‘rinli12.
Yuqorida tahlil qilingan adabiyotlarda tanlangan bitiruv malakaviy ishi mavzusining faqat ayrim jihatlarigina tadqiq qilingan. Shu bois “Oila, mahalla, maktab kontseptsiyasi, uning yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishdagi imkoniyatlari” deb nomlangan mazkur bitiruv malakaviy ishida oila, mahalla, maktab kontseptsepsiyasining aynan avlod ma’naviyatini yuksaltirishdagi imkoniyatlari masalasiga kengroq e’tibor qaratishni maqsadga muvofiq deb topdik.
Tadqiqotning maqsadi: Oila, mahalla, maktab kontseptsiyasining mazmun va mohiyatini chuqur yoritish, uning yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishdagi imkoniyatlarini o‘rganish, tahlil va tadqiq etish.
Tadqiqotning vazifalari:

  • tarixiy-nazariy manbalar asosida yosh avlod tarbiyasi borasidagi sharqona an’analar va xalqimizga xos xususiyatlarni o‘rganish;

  • oila, mahalla, maktab hamkorligi masalasiga tarixiy va zamonaviy yondashuvlarni qiyosiy tahlil etish;

- oila, mahalla, maktab konseptsiyasining mohiyatini yoritish;
- ma’nan yuksak avlod tarbiyasida oila, mahalla va maktab konseptsiyasidan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash, mavjud muammolar va ularning yechimlarini tadqiq etish;
- barkamol shaxsni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligidan foydalanishning pedagogik omillarini ko‘rsatish;
- mavzuga oid tajriba-sinov ishlarini olib borish va tajriba-sinov ishlariga oid xulosalarni tayyorlash.
Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti: oila, mahalla, maktab kontseptsiyasi,
uning yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishdagi imkoniyatlarini o‘rganish, tahlil va tadqiq etish jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti: oila, mahalla, maktab kontseptsiyasi, uning yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishdagi imkoniyatlarini o‘rganish, tahlil va tadqiq etishning turli usul, metod va vositalari.
Tadqiqodning nazariy va metodologik asoslari ni: O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoevning asarlari, nutqlari, ma’ruza va chiqishlaridagi tadqiqot mavzusiga oid nazariy fikrlar, bir qator olimlar hamda mutaxassislarning bitiruv malakaviy ishi mavzusiga taalluqli bo‘lgan fikrlari o‘z ifodasini topgan manbalar tashkil etadi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: oila-mahalla-maktab hamkorligi borasidagi mavjud holatning o‘rganilganligi, ma’nan yuksak avlod tarbiyasida aynan oila, mahalla, maktab kontseptsiyasidan foydalanish imkoniyatlari ilk marotaba bitiruv malakaviy ishi darajasidagi tadqiqot ishi doirasida o‘rganib chiqilganligi va tahlil qilinganligi – bitiruv malakaviy ishimizning yangiligini asoslovchi omillardan biri hisoblanadi.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati: Mazkur bitiruv malakaviy ishida bildirilgan xulosa, taklif va tavsiyalardan umumta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda, mavzu doirasidagi maxsus kurslarni interfaol metodlar asosida o‘qitish jarayonida foydalanish mumkin.
Tadqiqotning tuzilishi va hajmi: Bitiruv malakaviy ishi ------ sahifadan iborat bo‘lib, kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, mavzuga oid dars ishlanmasi, ilovalar, xulosa va tavsiyalardan iborat.


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish