Oila, mahalla, maktab kontseptsiyasi, uning yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishdagi imkoniyatlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi



Download 0,58 Mb.
bet8/17
Sana23.07.2022
Hajmi0,58 Mb.
#844666
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Шахноза охирги куриб чикилгани

Uchinchi vazifa- o‘quvchi va talaba-yoshlar bilan birgalikda mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligida “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz”, “Mening mahallam- vatanparvarlar makoni”, “Ilm dargohim-ziyo manzili” nomli ko‘rik-tanlovlarni tez-tez o‘tkazib turish ham maqsadga erishishning etakchi yo‘llaridan biridir.
To‘rtinchi vazifa- o‘quvchi va talaba-yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ongli munosabatni tarbiyalash bo‘lib, bu ularning gigiyena qoidalariga rioya etishi, nosog‘lom muhit haqida ma’lum bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi, kerakli joylarda o‘zlarining ijodiy fikrlashlari, mustaqil g‘oyaviy kuchni egallaganligi, milliy g‘oyalarni qay yo‘ldan borish, sobitqadamlik, nosog‘lom muhitni qanday yo‘qotish kabi tushunchalarni shakllantirishimiz lozim.
Aynan yuqorida sanalgan to‘rtta vazifani amalga oshirishimiz bu bizning ezgu maqsad yo‘lidan qadam tashlashimizda bayroq bo‘lajak. Shu vazifalarni amalga oshirishimiz barobarida biz yana quyidagi asosiy yo‘nalish va omillarga e’tibor berishimiz lozim:
-har bir jamiyatning, tuzumning tarixiy rivojlanishida yoshlar muammosining mavjudligi, ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalarining etakchiligi va bu masalaning asosiy qismining yechimlari ta’lim-tarbiya jarayoniga bog‘liq. Xususan bu jarayonda “Mahalla va o‘quv maskani” hamkorlik tizimi masalalari ustuvorlik qiladi;
- har bir davlat taraqqiyotining asosini shu yerda yashayotgan yoshlarning ta’lim-tarbiyasi tashkil etishi;
-Sharq xalqlari tarixiy taraqqiyotida yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularga sog‘lom turmush tarzi shakllanishining ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy, ma’rifiy masalalari sifatida qarab, katta e’tibor berib kelganligi va bu taraqqiyot sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning tarixiy metodologik asosini tashkil etishni inobatga olish;
-yoshlarning ta’lim-tarbiyasida sog‘lom turmush tarzining shakllanishi pedagog-murabbiylar, ustozlar mehnati etakchi omillardan ekanligi;
- yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllanishi ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlashning o‘ziga xos tomonlarining mavjudligi va bu sohadagi ishlarni keng rivojlantirish lozimligi.
Aslida maktab ham, mahalla ham o‘z faoliyati davomida, avvalo, oilaga tayanadi. Buning boisi shundaki, har bir inson oilada dunyoga keladi, voyaga yetadi. Bundan ko‘rinadiki, uning ongi, xulqi, dunyoqarashi, hatti-harakatlari oila muhitida shakllanadi. Yurtboshimiz I.A.Karimov “… oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo‘lib yetishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘i ekanligini tan olishimiz kerak”54– deb alohida ta’kidlaganlar.
Shunday ekan, bugun ta’lim –tarbiya jarayonida, mahallalar faoliyatini tizimli ravishda takomillashtirishda avvalo oilaning mavjud imkoniyatlaridan unumli ravishda foydalanish zarur. Bu borada mahalla fuqarolar yig‘inlari va ta’lim muassasasi hamkorlikda tizimlilik tamoyiliga amal qilgan holda quyidagilarni amalga oshirmog‘i maqsadga muvofiqdir:
- ota-onalarga bola tarbiyasiga doir pedagogik bilim, tushunchalarni berish;
- ta’lim muassasasi, mahalla va ota-onalarning uzviy aloqadorligini yo‘lga qo‘yish;
- ota-onalar o‘rtasida bola tarbiyasida ota-onalarning burchlari va mas’uliyatiga doir suhbat, baxs-munozara, “Ibratli oila” ko‘rik tanlovlarini tashkil etish;
- ota-onalarning guruhdagi mashg‘ulotlarga, mahallalarda yoshlar o‘rtasidagi o‘tkaziladigan sport va boshqa musobaqalarida ishtirok etishini amalga oshirish;
- maktab pedagoglar jamoasi bilan mahallaning uzviy hamkorlik ishlarini o‘rnatish va bu jarayonga oilalarni jalb etish va hk.
ta’lim tarbiya ishlarining samarali bo‘lishida ta’lim muassasasi joylashgan xududdagi o‘z-o‘zini boshqarish tashkilotlari, xususan mahalla faollari bilan hamkorlikning o‘rni va ahamiyati katta. Bu esa o‘qituvchilarning ta’lim oluvchilarning oilaviy sharoiti, ota-onalarining ijtimoiy-moddiy ta’minoti, ularning bolalar tarbiyasi borasidagi faoliyatlari, oiladagi ijtimoiy-ma’naviy holatlari, ota-onalarning mahalladagi mavqei, oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlari, mehnat taqsimotining taqsimlanganlik darajasi, oilaning boshqarilishi kabilar haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishiga yaqindan yordam beradi. Shu boisdan ham ta’lim muassasasi o‘z faoliyati davomida o‘z-o‘zini boshqarish tashkilotlari (mahalla fuqarolar yig‘ini) bilan uzviy hamkorlikda bo‘lishi zarur.
Bunda ta’lim muassasasi uchun :
- o‘z-o‘zini boshqarish tashkilotlari bilan birgalikda hamkorlik ishlarini rejalashtirish;
- o‘z-o‘zini boshqarish tashkilotlarining yig‘ilishlarida ishtirok etish;
- bola tarbiyasiga sovuqqonlik, loqaydlik qilayotgan ota-onalarni tartibga chaqirish borasidagi takliflar bilan chiqish;
- mahalla miqyosidagi turli tadbirlarda bevosita ishtirok etish;
- mahallada o‘tkaziladigan bayram tadbirlariga o‘quvchi yoki talabalarni jalb etish imkoniyatlari kengayadi.

Shuningdek, “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi tarkibiga kiritilgan barcha tuzilmalar o‘z faoliyatini zamon talablariga muvofiqlashtirish borishlari zarur bo‘ladi. “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligini amalga oshirishda fuqarolar yig‘inlari xodimlari, yig‘in faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli komissiyalar va hamkorlarning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Jumladan, jamoat kengashi raisi sifatida faoliyat olib boruvchi umumta’lim maktabi direktori – bu borada chinakam ma’noda fidoyilik ko‘rsatishi, barcha tuzilmalar o‘rtasidagi hamkorlikni muvrofiqlashtirib borishi,hamkorlikning yangidan yangi qirraliri kashf etishi hamda mahallalar bilan hamkorlikni o‘rnatish orqali mavjud muammolarga yechim topish, ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalarni muhokama qilish va hamkorlikdagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish, o‘qishga muntazam kelmaydigan o‘quvchi-yoshlarni mahalla faollari yordamida o‘qishga jalb etish choralarini ko‘rish, o‘z bitiruvchilarining bandligini ta’minlashda ota-onalarga ko‘maklashish borasida tashabbus ko‘rsatishi zarur bo‘ladi.
Jamoat kengashi hamraisi sifatida ish yurituvchi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi – ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayoni va sifatini, ularning mahallalar bilan hamkorligini o‘rganish, ta’lim-tarbiya jarayoniga oid masalalarni muhokama qilish va hamkorlikdagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish, maktab, kasb- hunar kollejlari va litseylarga surunkali kelmaydigan o‘quvchi- yoshlarni ta’lim muassasalari va mahalla faollari yordamida o‘qishga jalb etishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishda shaxsan bosh-qosh bo‘lishi zarur bo‘ladi.
“Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi tarkibidagi oilaviy poliklinika shifokorining ham bu borada alohida o‘rni bor. Uning zimmasiga aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, hududda sog‘lom turmush tarzi va xalqimizga xos bo‘lgan salomatlik madaniyatini targ‘ib etish, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh holatlarining oldini olish mas’uliyati yuklanadi.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish