Oila, mahalla, maktab kontseptsiyasi, uning yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishdagi imkoniyatlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi


Oila, mahalla, maktab hamkorligi: tarixiy va zamonaviy yondashuv



Download 0,58 Mb.
bet5/17
Sana23.07.2022
Hajmi0,58 Mb.
#844666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Шахноза охирги куриб чикилгани

1.2.Oila, mahalla, maktab hamkorligi: tarixiy va zamonaviy yondashuv
Vatan, millat, el-yurt tushunchalarining muqaddasligi va umrboqiyligini saqlab qolish avvalo, Vatanning kelajagi bo‘lgan yosh avlodni odobli, aql-farosatli va bilimdon qilib tarbiyalash bilan bog‘liq. Yoshlarni har tomonlama ma’naviy yetuk barkamol shaxs sifatida tarbiyalash murakkab va muhim vazifalardan bo‘lib, oila, ta’lim muassasalari, mahalla va jamoatchilik bu yuksak maqsadni amalga oshirishda bevosita birdek mas’uldirlar.
Barkamol shaxsni tarbiyalashda, bolani dunyoga kelganidan boshlab to voyaga etguniga qadar bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish, tug‘ma layoqatlarini aniqlash, shuningdek qulay muhit yaratish, ta’lim tizimida faol ishtirokini ta’minlashda tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar, shuningdek, mahalla-kuy mas’ulligini oshirish muhim ahamiyatga ega.
Yuqorida sanab o‘tilgan ijtimoiy institutlarning har biri yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishini inkor etmagan holda qayd etish lozimki, farzand kamolotida oila alohida o‘ringa ega.
“Oila” so‘zining lug‘aviy ma’nosi haqida olimlar turli fikrlari keltirib o‘tishgan. Masalan, tadqiqotchi F.Qilichev qadimda xalqimizda egarni ulovga mustahkamlovchi tasmani “ayil” deb atashgani va er-xotinlik munosabatlari paydo bo‘la boshlagach, ularning jipsligini “ayla”, ya’ni “ayl” oila tarzida ifodalab nomlaganlar, degan fikrga keladi29.
Boshqa olimlarning fikricha, oila arabcha “ayolmand” ma’nolarini anglatuvchi “oila” so‘zidan kelib chiqqan30. Umuman “oila” erkak va ayol qo‘shilishi natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy butunlikni anglatgan.
Oilaning tashkil topishi va rivojlanishiga asos bo‘lgan nikohning ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy, huquqiy asoslari haqidagi qarashlar, yondashuvlar ham turlichadir. Nikoh – arabcha so‘z bo‘lib, “qo‘shilish” degan ma’noni anglatadi31. YA’ni, nikoh faqat jismoniy qo‘shilish emas, balki ma’naviy mushtaraklik hamdir.
Oila munosabatlarida muomala madaniyati alohida o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan, oiladagi ta’lim-tarbiyada shirinso‘zlikning ahamiyati ham kattadir. Bu xususda Husayn Voiz Koshifiy: “Bilingki, odamzotning sharafi nutqi bilan va nutq odobiga rioya qilmagan odam bu sharafdan bebahradir. So‘z hamma vaqt sabab uchun ishlatilishi to‘g‘ri va haqqoniy bo‘lishi kerak. Agar shunday bo‘lmasa, jim turgan ma’qul”32, degan edi.
Oila munosabatlari va ma’naviyatini oshirishda ota-onalar go‘zal, shirin so‘zlar bilan o‘z madaniyatini, o‘z qadr-qimmatini namoyon qiladi. Oilada farzand nutqi qanchalik go‘zal bo‘lsa, bilimi qanchalik ortsa, ma’naviy saviyasi ham shunchalik yuksalib boradi.
Ijtimoiy tahdidlarga moyil oilalarda ijtimoiy xavflarga qarshi kurashning “Fikrga qarshi – fikr, g‘oyaga qarshi – g‘oya, jaholatga qarshi – ma’rifat” bilan kurashish, pedagogik profilaktik imkoniyatlari oila kattalarining farzandlar tarbiyasidagi o‘rni, tajriba va ish uslublari, shakl va vositalari ahamiyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev Abdurauf Fitrat bobomizning yosh avlod tarbiyasi haqidagi quyida fikrlari bilan izohlaydi. “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq”33.
Masalan, konfusiychilikda ota-ona juda ulug‘lanadi: “Hoqon (imperator) – Osmon o‘g‘li, u osmon ostidagilarning barchasiga ota. Osmon ostidagi tartib-qoida esa quyidagicha: podsho-podsho, ota-ota, mulozim-mulozim, o‘g‘il-o‘g‘il bo‘lishi kerak”34. Bundan kelib chiqadiki, har bir oilaning ravnaqi uchun birinchi galda harakat qiladigan kishi – ota, undan keyin onadir.
O‘zbek oilasi mustahkam, barqaror, ahil bo‘lishi otalar ma’naviyati, madaniyatiga bog‘liqdir. El-yurtdagi tinchlik, xotirjamlik, mehnatsevarlik, diyonatlilik, yaxshiliklar va ezguliklar negizida otalar bergan tarbiyaning ildizlari bor. Ko‘p hollarda ota tarbiyasini olmagan farzand axloqida nuqsonlar bo‘lishi statistik ma’lumotlarda keltirilgan va keng tahlil qilingan.
Shu o‘rinda Sharq mutafakkirlaridan yana biri - Abu Rayxon Beruniyning oilaviy munosabatlar haqidagi qarashlari alohida e’tiborga loyiq. Beruniy uz qarashlarida, ayniqsa, xotin-kizlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratadi. U o‘zining «Minerologiya» asarida oila qurayotgan qizlarga ota-onaning nasihatlarini keltirib, oiladagi tinchlik-totuvlik, baxtiyorlik ko‘proq ayollar zimmasiga tushishini ta’kidlaydi va shunday yozadi: «Ey qizim! Sen o‘rgangan uyingdan ketib, notanish xonadonga tushmoqdasan. Sen bo‘lajak kuyovingning hamma xislatlarini bilmaysan. Sen yer bo‘l, u esa osmon bo‘ladi. Demak, sen u bilan shunday yo‘l tutki, uning oldida yer kabi kamtar bo‘lsang, u osmon kabi olijanob bo‘ladi. Osmon shifobaxsh yomg‘iri bilan yerni ko‘kartirgani kabi u ham o‘z mehru shafqati bilan seni xushnud etadi. Yana sen unga kanizak bo‘lsang, u senga xizmatchi bo‘ladi. Ering sendan faqat yumshoq va shirin so‘zlargina eshitsin, yaramaydigan yoki eski libosda yoki yuzlaringga oro berilmagan va sochlaring tartibga solinmagan holda uning oldida o‘tirma.
Abdullox ibn Jafar ismli ota o‘z qizini turmushga chikarayotib shunday deydi:
- Sen rashk qilishdan saqlangin, chunki bu ajralib ketishning kalitidir. Eringga hadeb gina qilaversang nafratni uyg‘otadi. Yaxshisi, sen ering bilan xushmuomala bo‘lgin, bu har qanday sehr-jodudan yaxshidir va suvdan foydalangin, bu xushbuy narsalarning ichida eng birinchisidir”35. Buyuk mutafakkirning o‘n asr oldingi bu pand-nasihatlarini hozir ham otalar o‘zga xonadonga kelin bo‘lib ketayotgan qizlariga ham aytsalar mustahkam oila qo‘rg‘oni uchun poydevor qo‘ygan bo‘ladilar.
O‘ziga xos tafakkur sohibi bo‘lgan, so‘z mulkining sultoni, buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning turmush madaniyati, odob-axloq, sevgi-muhabbat borasidagi qarashlari bu borada alohida o‘rin tutadi. Alloma o‘zining “Mahbub-ul qulub” (ya’ni “Qalblarning mahbubasi” asarida biz uchun qimmatli bo‘lgan o‘gitlarini bayon etib, turmush va oilaviy hayotdagi turli vaziyatlardan chiqishga imkon beruvchi fazilatlar va ularni tarbiyalash masalalariga e’tibor qaratadi va ayol kishining oilada tutgan o‘rni xususida, jumladan shunday deydi:
“Yaxshi xotin – oilaning davlati va baxti. Uyning ozodaligi, uy egasining xotirjam va osoyishtaligi undan, husnli bo‘lsa, ko‘ngil yozig‘i, xushmuomala bo‘lsa, jon ozig‘idir. Oqila bo‘lsa, ro‘zg‘orda tartib-intizom bo‘ladi, asbob-anjomlar saranjom turadi. Kishi bu kabi jufti halol bilan qovushsa, agar bunday baxtga erishsa, g‘am va kulfatda sirdoshga, oshkor va pinhoniy dard-alamda hamnafas tan mahramiga ega bo‘ladi. Turmushda boshingga har qanday jafo tushsa, hamdarding u, teskari aylanuvchi falakdan har balo kelsa, ko‘makdoshing u. Ko‘nglingga g‘am yuzlansa, u hamrox, badaningda xastalik va zaiflik kelsa, uning ham joni halak, ammo xudo ko‘rsatmasin, nomuvofiq xotin uchrasa, o‘z uyingda halokatli illat paydo bo‘ladi. U beandisha, shallaqi bo‘lsa, ko‘ngil undan ozor chekadi va yomonlik axtaruvchi bo‘lsa, undan ruh azob chekadi. Tili achchiq bo‘lsa, barchaning dilini yaralaydi, pokiza bo‘lmasa, eriga yuzi qoralik keltiradi”36.
Yuqoridagi mulohazalardan ma’lum bo‘ladiki, oila va undagi farzandlar tarbiyasi tushunchasi insoniyat uchun muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki har bir inson o‘z ota-onasi bag‘rida ko‘z ochib dunyoga keladi va ularning ta’sirida atrof-olamni idrok etib, til chiqaradi va muomalani o‘rganadi. Shunday ekan, er-xotin munosabatlari farzand dunyoga kelishi bilan yanada muhim va mas’uliyatli pog‘onaga ko‘tariladi. Endi ular bir- birlariga emas, balki bolalarga shaxsan namuna va ibrat bo‘lishlari kerak, ya’ni ularda burch tushunchasi paydo bo‘ladi.
Ota-onalarning o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqishi va tarbiyalashi hamda voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilishi majuriyligi kabi umuminsoniy qadriyatlar Konstitusiyamizda o‘zining munosib ifodasini topgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining alohida bir bobi (14-bob) oila munosabatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, uning 63-moddasida shunday ta’kidlanadi: “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi”37.
O‘zbek oilalarida tarbiyada bevosita katta avlod – bobo-buvilar ishtirok etadilar. Ko‘p holatlarda ota-onadan ham ko‘prok bobo-buvilar bolani tarbiyalaydi. Qadimgi o‘zbek xonadonlarida, mashhur temuriylar davri tarixida nabiralar buvi va bobolar tomonidan tarbiyalanganini bilamiz. Bobo-buvilarning hayotiy tajribalari, vaziyatni to‘g‘ri hal qilishlari, muloyimlik, sabr–toqat va mehrlari bola tarbiyasida samarali natija ko‘rsatadi. Ota-ona o‘z farzandi tarbiyasi, uni kelajakda qanday inson bo‘lib yetilishi uchun mas’uldir.
Oilaviy tarbiya uzluksiz tarzda, mahalla bilan hamohang davom etadi. Bunda hech bir institut oila yoki mahalla bilan bilan tenglasha olmaydi. Har birimizning hayotimizni, yashash tarzimizni, oilamizdagi ma’naviy muhitni, yosh avlod tarbiyasini xuddi oila kabi mahalladan ham ayri tasavvur etib bo‘lmaydi. 
Mahalla (arabcha “mahalla” – joy, o‘rin, makon) - so‘zidan olingan bo‘lib “mahalliy joy” degan ma’noni anglatadi. Tarixiy manbalardan ma’lumki, bundan bir necha ming yillar oldin qadim Turonzaminda mahalla hududiy-ma’muriy birlik hisoblangan. Odamlar urug‘-urug‘, jamoa-jamoa bo‘lib yashagan. Jamoa a’zolari taqdiri, ularning hayotiga va bir-biriga bo‘lgan munosabati qat’iy nazoratda turgan. Shu boisdan ham mahallalarda ko‘pdan-ko‘p hayotiy muammolar o‘z yechimini topib kelgan. Shu nuqtai nazardan mahallachilik uzoq an’analarga, boy va ma’naviy-axloqiy udumlarga ega bo‘lgan ulkan hayot maktabidir.
Ko‘chmanchilarning o‘troq turmush tarziga o‘tish jarayonida alohida oila vakillarining birlashishi natijasida mahalla shakllana borgan. Dehqonlar orasida keng tarqalgan mahalla an’analari asta-sekin chorvadorlar orasida ham tarqalib mahalla butun O‘rta Osiyo hududida tanilgan, uning ibtidoiy unsurlari, qadriyatlari shakllanib borgan.
Ulug‘ tarixchi olim Narshaxiyning IX asrda yozgan “Buxoro tarixi” asarida qayd etilishicha, Buxoroda bundan bir ming bir yuz yil ilgari ham bir necha mahalla bo‘lgan.
Sohibqiron Amir Temur markazlashgan yagona davlatni boshqaruvida mahalla mutasaddi shaxslariga tayangan, ular bilan yaqin muloqotda, doim mashvaratda, maslahatda bo‘lgan, kezi kelganda ularning faoliyatini bevosita qo‘llab-quvvatlab, homiylik qilgan. Bu haqda bobokalonimiz o‘z “Tuzuklar”ida shunday yozib qoldirganlar: “Har el va har mamlakatning ulug‘larini, boshliq oqsoqollarini qadrladim, ularga sovg‘a-salomlar berib xizmatlaridan foydalandim”38.
Manbalarda qayd etilishicha, Amir Temur davrida shaxsan uning o‘z say-harakatlari bilan mahalliy joylarda jamoa oqsoqoli saylangan, unga xalqning e’tibori, ishonchi, tayanishi katta bo‘lgan. Shuningdek, Amir Temur oqsoqollarga e’tibor berish bilangina cheklanmay, ayni paytda oqsoqollarga javobgarlik mas’uliyatini ham yuklagan. “Temur tuzuklari”da yozilishicha, o‘sha davrda jamoa oqsoqollariga ya’ni kadxudolarga mamlakatni boshqarishda katta vakolatlar berilgan. Jumladan, “Kadxudolar, kalontarlar, dehqonlar va ekin maydonlariga ishlov beruvchilarni (mo‘zorion) ko‘nglini xushnud etib, o‘zlariga qaratsinlar” va “Faqiru miskin, biron kasb qilishga ojiz shol-ko‘rlarga nafaqa belgilasinlar”39, deb ta’kidlangan.
Shu o‘rinda so‘z mulkining sultoni, ulug‘ bobokalonimiz Alisher Navoiyning “mahalla” atamasiga bergan izohi haqida to‘xtalib o‘tishimiz maqsadga muvofiq. Chunki, “mahalla” atamasining eng qisqa va puxta izohini hech kim Alisher Navoiy darajasida to‘liq bera olmagan bo‘lsa kerak. Hazrat Navoiyning “Hayratul-abror” asarida Hirot shahri quyidagicha ta’riflanadi:
Shaharlar otini mahallot etib,
Bo‘ldi chu yuz shahar Hiri ot etib40
Ushbu ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, “Mahalla – shahar ichidagi shaharcha” dir.
Alisher Navoiy yashagan davrda ham mahallalardagi tarbiya muhiti tufayli kishilar o‘rtasida birodarlik, mehr-oqibat, ustoz va shogirdlik kabi insoniy fazilatlar naqadar yuksak bo‘lganligini ko‘ramiz. Taniqli adabiyotshunos olim A.Hayitmetovning yozishicha, Alisher Navoiy o‘zining “Majolis un-nafois” tazkirasida mahallalar xususida quyidagi ma’lumotlarni yozadi:
“Do‘stmuhammad – Murg‘aniy mahallasidindur. Ham she’rg‘a, ham muammog‘a ta’bi yaxshidur”41.
Ushbu ta’kid shuni ko‘rsatadiki, buyuk shoir va davlat arbobi, olim, fan va madaniyat homiysi A.Navoiy yashagan davrda ham mahallaning hayotda tutgan o‘rni, nufuzi diqqatga sazovor bo‘lgan hamda mahalladoshlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, tinchlik, shohu gadoning bir-biriga bo‘lgan munosabatida g‘amxo‘rlik qadrlangan.
Islom diniga xos umumbashariy qadriyatlar jamoada shakllanadi va kamol topadi. Jamoa turli kasb sohiblarini, xilma-xil moddiy sharoitga ega bo‘lgan kishilarni yagona maqsad: tinch va totuv yashash, turmush muammolarini birgalashib hamkorlikda hal qilish, muxtojlarga yordam ko‘rsatish, zarur hollarda himoya qilish kabi muhim ijtimoiy-axloqiy vazifalarni hal etishga xizmat qiladi.
Qur’oni Karim oyatlarida ham, Hadisi shariflarda ham, qolaversa, buyuk allomalarimizning tabarruk meroslarida ham mahalla bo‘lib yashash, qo‘ni-qo‘shnichilik haq-huquqlari, odoblari haqida juda ko‘p hikmatlar mavjud. Fikrimizning dalili sifatida quyidagi hadislarni keltirib o‘tmoqchimiz: “Qo‘shnisiga yomonligini yetkazib turadigan odam mo‘mini komil emas”, “Yonida qo‘shnisi och turib, o‘z qornini to‘yg‘azib yuradigan odam mo‘mini komil emasdir”, "Kimning imoni Allohga va oxirat kuniga imon-ishonchi sodiq bo‘lsa, qo‘shnisiga yaxshilik qilsin”.42
Haqiqatan, inson tug‘ilgandan boshlab to umrining oxirigacha oila va mahallaning ta’siri ostida bo‘ladi. Oila va mahallaning o‘sib kelayotgan yosh avlodga noyob ta’sirini oilaviy va sharqona tarbiya jarayonining o‘ziga xosligi ham belgilaydi. Ota-ona va mahalla ulug‘larining avtoriteti, hamda shaxsiy namunasi, qarindoshlik tuyg‘ulari bolani har tomonlama rivojlanishida roli katta, bularga oila va mahalladan tashqarida erishib bo‘lmaydi.
Hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, shaxs avvalo oilada, so‘ng mahallada shakllanadi. Aynan oilada shunday qimmatbaho sifatlar- borlig‘ni diqqat bilan kuzatish, tabiat va san’atdagi go‘zallikni his qilish, bilimga serhavas bo‘lmoqlik, intizomlilik, vijdonli, o‘z mehnat majburiyatlariga ma’suliyat bilan yondashish, boshqalarning extiyojlariga hamdardlik bilan qarash va zarur bo‘lgan holarda yordam ko‘rsatish kabi xislatlar shakllanadiki, xuddi shu sifatlar yetuk insoniy shaxsning fazilatlar hisoblanadi.
Shu bois bugungi kunda oila va mahallani qo‘llab-quvvatlash davlat ahamiyati darajasiga ko‘tarildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5938-sonli farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi43.
Farmonga muvofiq, har bir mahallada “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan yangi tizim joriy etildi.
Farmon bilan O‘zbekiston Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) bo‘linmalari tashkil etildi.
Jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining to‘laqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama ko‘maklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorligini o‘rnatish vazirlikning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi.
Farmonga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda “Mahalla” o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot markazi negizida “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi va vazirlik tuzilmasiga o‘tkazildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4602-sonli qarori asosida mazkur vazirlikning asosiy vazifalari belgilab berildi44.
Bularning boisi shundaka, avvalo oila va mahalla birlashtiruvchi kuch bo‘lib, Vatanning bir bo‘lagi hisoblanadi. Oiladagi yutuqlar, kam-ko‘stlar ham avvalo, mahallay kuy, qo‘ni-qo‘shnilarga ma’lum. Odamlarning bir-birlarini yaxshi bilishlari natijasida o‘rtada mehr-oqibat paydo bo‘ladi. Mehr-oqibatning boshi andishalilikda. Bularning barchasi xalqimizni ma’naviy jihatdan yuksaltirgan, uni madaniyatli xalqlar qatoriga ko‘targan eng qimmatli milliy belgilardandir.
Yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti ko‘p jihatdan jamiyatimiz a’zolarining, ayniqsa, yoshlarning har tomonlama kamol topishi mustahkam bilim va ko‘nikma, keng dunyoqarash va sog‘lom tafakkur egasi bo‘lishiga bog‘liq. Bunda ta’limning inson hayotidagi o‘rni beqiyosdir. Ayni ushbu omil turmushimiz uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Zero, bilim olish jarayoni inson ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini shakillantirib, ko‘p jihatdan uning kelajagini belgilaydi. Davlat miqyosida aynan uzluksiz ta’lim tizimining muvaffaqiyati ijtimoiy-iqtisodiy hamda ijtimoiy- siyosiy taraqqiyotni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Inson va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar milliy tarbiya tufayli, ajdodlardan asta-sekin tadrijiy ravishda avlodlarga o‘tadi. Milliy tarbiya atamasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda, u inson shaxsini shakllantirishga, uning ishlab chiqarish va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ma’naviy ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig‘indisini anglatadi. Bunday tushunishda milliy tarbiY. faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g‘oyalari, adabiyot, san’at, kino, radio, TV, OAV va boshqalarni ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma’nodagi milliy tarbiya tarkibiga bu sohada ta’lim va ma’lumot olish ham kiradi. Tor ma’noda, milliy tarbiya muayyan shaxsning ma’naviy rivoji, dunyoqarashi, axloqiy qiyofasi, estetik didi o‘stirilishiga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi45. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradilar.
Bizga ma’lumki, har qanday tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog‘liq holdagina mavjud bo‘ladi. Chunki, ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko‘payibgina qolmay, balki ma’naviy-axloqiy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi. Ana shu sababdan ham ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilganlar.
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlagani kabi, “Ta’lim-tarbiya-ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni, xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi. Shu bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondashuvlarga, puxta o‘ylanmagan ishlarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Maktab, ta’lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo‘lishi asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan.
Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo‘llab-quvvatlashini talab qiladigan umummilliy masaladir… Bu haqda fikr yuritganda, men Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir” degan chuqur ma’noli so‘zlarini eslayman. Buyuk ma’rifatparvar bobomizning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi”46.
Xalqimizning ta’lim-tarbiya borasida ham juda qadimiy an’analari bor. Jumladan, zardo‘shtiylik dinining muqaddas diniy asari hisoblanmish “Avesto”ni olaylik. “Avesto”dagi ta’lim-tarbiya tizimida bolalarning zardushtiylik diniga e’tiqodini mustahkamlashga va ma’naviy kamolotini rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan.
Birinchi navbatda bolalarga zardushtiylik ini asoslari, Axura-Mazdaga iltijo va murojaatlari-yu farzlari, Zurdush o‘gitlari puxta o‘qitilib, kalome-bade asoslariga suyangan holda “Gohlar” maxsus yodlatilgan.
Ikkinchidan, ehtiyoj va talablardan kelib chiqqan holda, bolalarga riyoziyot, xandasa, falakiyot, tarix, falsafa, huquqshunoslik, tabobat va boshqa fanlar puxta o‘qitilgan. Kichik yoshdagi bolalarni o‘qitish jarayonida ko‘rsatmali qurollardan, hikoya qilish va suhbat-muloqot uslublaridan keng foydalanilgan47.
Biz bu o‘rinda bugungi kunda ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan interfaol usul va metodlarning, pedagogik texnologiyalarning asl ildizi aynan ana shu davrlarga borib taqaladi, degan fikrni qat’iy turib aytib o‘tishni maqsadga muvofiq deb topdik.
Ta’lim-tarbiya bobidagi xalqimizning o‘ziga xos yondashuvini nafaqat olis o‘timishimiz, balki, yaqin o‘tmishimiz haqida guvohlik beruvchi manbalarda ham uchratish mumkin.
Jumladan, jadidlarning tarbiya, odob - ahloq haqidagi fikrlari, asosan qadimdan islom olamida qaror topgan qarashlar negizida shakllangan bo‘lib, ular ajdodlardan bolalar, umuman inson tarbiyasida musulmonlarga xos diyonatli, saxovatli, xushaxloq, xushmuomala bo‘lish singari muhim xislatlarni qabul qildilar. Ayni zamonda ularning pedagogik qarashlarida yangi bir tushuncha paydo bo‘ldi. Bu tarbiyada muxit, zamon, sharoitning o‘rni to‘g‘risidagi qarashdir. Jadidlar pedagogikasi ijtimoiy hayot, uning talablari, ehtiyojlarini hisobga olish bilan o‘zlarigacha bo‘lgan.
Sharq pedagogikasidan bir qadam olg‘a siljish bo‘lgandi. Jadidlar komil inson – bu eng avvalo, zamonaviy insondir. Zamonaviy inson esa, millat va Vatan manfaatini barcha narsadan ustun qo‘yuvchi, ma’rifatli, diniy va zamonaviy ilm-fanlarni egallagan, xushaxloq, tarbiyali kishidir deyishdi.
Yuqorida qayd etilgan manbalardan shunday xulosa qilish mumkinki, shu zaminda yashab dunyo taraqqiyotiga hissa qo‘shgan allomalarimiz shak-shubhasiz dunyo ilm ahli tan olganidek buyuk siymolardir. Mana shunday buyuk allomalarning ishlarini yanada boyitib, to‘ldirib, sayqallashtirib, butun dunyo taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan olimlar va ularning farzandlari, shogirdlari buyuk bobolarimizning izdoshlari hisoblanadi. Demak, tariximiz betakrorligi bilan qayd etilsa, bugungi kunimiz farovonlik yulduzini yoritayotgan bo‘lsa, hech shubhasiz aytish mumkinki, bizning ertangi kunimiz buyuk g‘oyalar va ishlar qurshovida bo‘ladi.



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish