Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet50/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Davlat boshqaruv shakli davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining shakllantirilishi va tashkil etilishi tartibi, ularning o‘zaro hamda aholi bilan aloqadorligidir. Bu tushuncha orqali mamlakatda kim hukmron va u hokimiyatni qanday boshqaradi, degan savollarga javob olinadi. Boshqaruv shakliga qarab davlatlarning monarxiya va respublika shakllari farqlanadi.
Davlat tuzilishi shakli orqali davlatning hududiy tarkibi, markaziy va mahalliy hokimiyat idoralarining o‘zaro munosabati (nisbati) ifodalanadi. Davlatlar tuzilishi shakliga ko‘ra, oddiy (unitar) va murakkab (federativ, konfederativ) turlarga ajratiladi.
Siyosiy (davlat – huquqiy) rejim davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari (metodlari) va vositalari yig‘indisidir. Davlat hokimiyatini amalga oshirish usul va vositalari toifasiga ko‘ra demokratik va avtoritar siyosiy rejimlar farqlanadi.
Lekin shuni ta’kidlash joizki, bular hozircha davlat shaklini tushunishga bo‘lgan umumiy yondashuv, ilk tanishuvdir. Uni batafsilroq tushunish uchun davlat shaklini tashkil etuvchi har uch jihatni diqqat bilan o‘rganish, ularning o‘zaro bog‘liqligi, o‘zaro ta’sirini kuzatish hamda nazariy, siyosiy-huquqiy tafakkur yuz yillar davomida davlatni o‘rganar ekan, davlat shaklining aynan shunday mazmunini nega alohida ajratib ko‘rsatganligini tushunishga harakat qilish lozim.
Davlat shaklini bunday tushunishning shunchaki tarkib topmaganligi va ayrim olimlarning hozir ham unga qo‘shilmasliklarini qayd etib o‘tish joiz. Uzoq vaqt davomida davlat shakli boshqaruv shakli va davlat tuzilishi shaklidan (biz keltirgan tarkibdan dastlabki ikkitasidan) iborat deb hisoblab kelingan. Keyinchalik unga siyosiy idora usuli qo‘shilgan. «Davlat shakli» va «siyosiy idora usuli» o‘rtasiga tenglik alomatini qo‘yuvchilar ham, bunga asos ham bo‘lgan. Buni keyinroq «siyosiy (davlat) idora usuli» tushunchasini batafsil ko‘rib chiqish vaqtida mufassal izohlab o‘tamiz. Shunga qaramay, hozirgi kunda davlat hokimiyati tashkiloti uch qism – boshqaruv, davlat (ma’muriysiyosiy) tuzilishi hamda davlat (siyosiy) idora usuli – birligidan tashkil topadi, degan fikr keng tarqalgan.
Davlat shakli davlat hokimiyatining qanday prinsiplarga asosan tashkil etilganligini va hududiy jihatdan qay tartibda tuzilganligini umumiy, yaxlit tarzda ifodalaydi. Davlat shakli davlatning asosiy organlari (parlament, hukumat, davlat boshliqlari)ning faoliyat tartibi va ular o‘rtasidagi munosabatlar prinsiplarini, davlatning tarkibiy qismlari va ularning yuridik mavqelarini, shuningdek davlat hokimiyatini amalga oshirish metodlarini hamda fuqarolar bilan munosabatlaridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita aloqalarini tavsiflaydi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish