Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet47/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Davlatning belgilari

4-§.Davlat Davlatning mazmuni va mohiyati tipologiyasi haqida to‘liq tasavvur hosil qilish uchun ularni muayyan tur (tip) larga bo‘lgan holda
o‘rganish maqsadga muvofiq. Davlatlarni muayyan bir tiplarga ajratish ularni batafsil o‘rganishga yordam beradi. Davlat tipologiyasi davlat va huquq nazariyasi fani o‘rganadigan alohida mavzu hisoblanadi.
Davlat va huquqiy tizimlarni tiplarga ajratib klassifikatsiya qilish (tasniflash) davlat-huquqiy materiyani anglashning obyektiv zaruriy va qonuniyatli jarayoni bo‘lib, u davlat va huquq rivojlanishining tabiiy-tarixiy mantig‘ini aks ettiradi, davlat va huquqning bir tipining boshqa tipi bilan almashinishi tarixan muqarrarligini ifoda etadi. Tipologiya davlat va huquqning rivojlanishi tarixiy jarayonini o‘rganishning muhim usuli va vositasi hisoblanadi1.
Davlat tipologiyasi – davlatning mohiyatan o‘ziga xos xususiyatlarini ajratish yoki biror tipga mansubligini belgilashda foydalaniladigan ta’limot, bilimlar tizimidir. Davlat tipologiyasida davlatlarni muayyan mezonlar asosida turlarga ajratish, tasniflash amalga oshiriladi. Huquqshunoslik fanida davlat tipologiyasini o‘rganishda ikki xil yondashuvni, ya’ni formatsiyaviy (tarixiy materialistik) va sivilizatsiyaviy (ma’rifiy) yondashuvni ko‘rsatish mumkin.
Formatsiyaviy yondashuvning mohiyati shundaki, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarning almashinuvi ijtimoiy inqiloblar natijasida sodir bo‘ladi va bu davlatning bir tarixiy tipidan boshqa, undan yuqoriroq ikkinchi tipiga o‘tishini nazarda tutadi. Formatsiyaviy yondashuv fanda sinfiy yondashuv deb ham yuritilib, unda davlat tipologiyasining asosiy mezoni ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar hisoblanadi. Mazkur tipologiyada, birinchidan, davlatlar muayyan ijtimoiy-iqtisodiy omillar asosida tiplarga ajratiladi; ikkinchidan, davlatlarning tabiiy-tarixiy xususiyati ularning o‘z taraqqiyotida ma’lum bosqichlarni o‘tishini ko‘rsatadi.
Formatsiyaviy yondashuv bir tipdagi davlatning boshqasiga faqat sotsial inqilob orqali o‘tishini tan oladi. Ushbu tipdagi davlatlarda hokimiyat hukmron sinfning manfaati uchun xizmat qiladi. Ya’ni, davlatning ijtimoiy vazifasi sinfiy manfaatlarni amalga oshirishdan iborat bo‘ladi. Masalan, quldorlik davlati – quldorlarning, feodal davlat – yirik yer egalarining irodasini ifodalaydi. Shunday qilib, davlat va huquqqa formatsiyaviy yondashuv aniq ifodalangan sinfiy xususiyat kasb etadi. Bunda ishlab chiqarish munosabatlari tipiga ko‘ra quldorlik, feodal, kapitalistik va sotsialistik davlat turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
An’anaga ko‘ra, quldorlik davlati tarixdagi birinchi davlat tipi hisoblanadi. Ushbu davlat tipining paydo bo‘lishi eramizgacha bo‘lgan IV-III asrlarga to‘g‘ri keladi. Bunday davlatlar Qadimgi Misr, Qadimgi Bobil, Qadimgi Xitoy, Qadimgi Hindiston va ikki daryo oralig‘ida paydo bo‘lgan. Quldorlik davlati tizimi Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rim antik davlatlarida eng to‘liq tarzda rivojlangan.
Ekspluatatsiya shaklining o‘zgarishi quldorlik tipidagi davlatning feodal davlati bilan almashishiga olib keldi. Yevropada uning paydo bo‘lishi yangi eraning V–XI asrlariga to‘g‘ri keladi. Feodal jamiyatning asosini feodallarning yerga bo‘lgan xususiy mulkchiligi tashkil etar edi, feodal davlat esa feodallar sinfining diktaturasi sifatida maydonga chiqadi.
Ishlab chiqarishning yanada o‘sishi, savdo va sanoatning rivojlanishi yangi davlat tipi – kapitalistik davlatning paydo bo‘lishiga olib keldi. O‘zgalar mehnatidan foydalanishning kapitalistik shakli quldorlik va feodal shakllardan farq qiladi. Bunda u mehnatkashlarning ekspluatatorlarga shaxsan, ochiqdanochiq qaramligiga emas, balki rasman erkin, biroq ishlab chiqarish vositalaridan mahrum bo‘lgan va shu sababli yashash uchun o‘z kuchini kapitalistik korxonalarning egalariga sotishga majbur bo‘lgan yollanma ishchilar sinfining yashirin iqtisodiy qaramligiga asoslanar edi.
Kapitalistik tuzumdagi davlat yaqin vaqtlargacha ekspluatatsiya qilinuvchilarni ekspluatatorlarga bo‘ysundirishida yordam beruvchi, ularni jamiyatni tashkil etishning muayyan tarixiy shakliga mos keluvchi tartiblarga rioya qilishga majbur qiluvchi mashina bo‘lib keldi.
Biroq keyingi o‘n yilliklarda kapitalistik jamiyatda jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Ijtimoiy manfaatlar sinfiy manfaatlardan, umuminsoniy manfaatlar milliy manfaatlardan, umumiy manfaatlar xususiy manfaatlardan ustunlik qila boshladi. Demokratik g‘oyalar va institutlar (tashkilotlar) keng yoyila boshladi, bu jamiyatning rivojlanishida davlatning o‘rni va ahamiyatiga ta’sir qilmasdan qolmadi. Davlat faoliyatining mazmuni, uning ijtimoiy yo‘nalishi jiddiy ravishda o‘zgara boshladi. Davlat zo‘rlik, majbur qilish vositasidan tobora butun jamiyat ishlarini boshqarish mexanizmiga aylana bordi.
Sotsialistik davlat to‘g‘risidagi g‘oyalar sinfiy nazariya (markscha-lenincha ta’limot) tarafdorlari asarlarida paydo bo‘lgan. Ular o‘z asarlarida sotsialistik davlatni boshqa tipdagi davlatlarga qarshi qo‘yib, asosiy tafovut hokimiyatning ekspluatatsiya qiluvchi ozchilik qo‘lida bo‘lishi va undan ekspluatatsiya qilinuvchi ko‘pchilik qarshiligini bostirish uchun foydalanishda, deb uqtirganlar. Ularning fikricha, sotsialistik davlat «sotsialistik inqilob» natijasida paydo bo‘ladi, ya’ni siyosiy hokimiyat zo‘ravonlik orqali egallab olinadi. Bu jarayon eski davlat mashinasini sindirish va proletariat diktaturasini o‘rnatish zarurligi bilan bog‘lanadi. Ayni paytda sotsialistik inqilob g‘alabasidan so‘ng hokimiyat ishchilar sinfi qo‘lida bo‘lishi rejalashtiriladi. Ishchilar sinfi esa butun xalq manfaatlari yo‘lida ekspluatator sinflar qarshiligini bostiradi va butun xalqni yangi hayot qurish uchun o‘ziga ergashtirishga intiladi.
Sinfiy tipologiya ta’limoti mamlakatimizda sobiq sovet Ittifoqi parchalangunga qadar yagona g‘oya sifatida e’tirof etib kelindi. Ushbu ta’limotning asosiy kamchiligi shundaki, u dunyodagi barcha davlatlarni yagona sinfiy tipologiyaga kiritgan holda, bu boradagi milliy, madaniy, diniy va boshqa bir qator omillarni inkor etadi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish