Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)


Davlatning normativistik nazariyasi



Download 1,37 Mb.
bet43/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Davlatning normativistik nazariyasi. Mazkur ta’limotning yorqin namoyondalaridan biri avstriyalik mutafakkir Gans Kelzen (ayni vaqtda legistik yondashuv vakili) davlat tushunchasini quyidagi ma’nolarda tavsiflaydi:
Birinchidan, davlat avvalo sof yuridik yondashuv nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqilmog‘i lozim. U yuridik shaxs, «huquqiy fenomen», o‘ziga xos korporatsiya sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Davlat millat miqyosidagi huquqiy tartibdir. Yuridik fenomen sifatidagi davlat bilan huquq o‘rtasidagi munosabatga xuddi huquq bilan individum o‘rtasidagi munosabat tarzida qaralmog‘i kerak. Kelzenning fikricha, davlat huquqni o‘rnatishi yoki sanksiyalashdan qati nazar, xuddi individdek bo‘lishi, ya’ni o‘z xatti-harakatida huquq bilan bog‘liq bo‘lishi lozim.
Ikkinchidan, davlat tushunchasi sotsiologik ma’noda xam ishlatilishi mumkin. Bu tarzda davlatga kandaydir «sotsiologik birlik», huquqiy tartib va huquqiy reallikdan mustaqil mavjud bo‘lgan «sotsial reallik» sifatida ham qaralishi mumkin. Sotsiologik nuqtayi nazardan qaraganda davlat uchun xos bo‘lgan jihat – uning jamiyatni boshqarish yuzasidan vakolatlarining bir qancha organlarga berilganligi, bir qator organlar qo‘lida to‘planganligidir. Shu bois jamiyatda hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan bir necha tuzilmalar mavjud.
Uchinchidan, davlat tushunchasi jonli, tabiiy organizm sifatida ham belgilanishi mumkin. Bu yondoshuvga asoslangan holda, davlat «sotsial biologik shakl» sifatida namoyon bo‘ladi. Kelzenning bu qarashlari davlatning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi organik nazariya tarafdorlari tomonidan qo‘llanilgan.
To‘rtinchidan, Kelzen va uning tarafdorlari davlatni «normalar tizimi», «normativ tartib», «siyosiy tashkillashgan jamiyat» «davlat-hokimiyat» deb belgilashgan, ta’riflashgan. Kelzenning fikricha, davlat siyosiy xususiyatga ega, va u avvalo siyosiy tashkilot sifatida namoyon bo‘ladi, chunki u «majburlov, kuch ishlatish tartibini» belgilaydi, zero u «kuch ishlatishga bo‘lgan monopol huquqqa ega»1.
Yana bir yondashuv – «huquqiy davlat» nazariyasiga alohida bobda mufassal to‘xtalamiz.
Shunday qilib, davlatning ijtimoiy hodisa sifatida murakkabligi, uning turfa talqini, uning tushunchasining turlichaligini belgilaydi. Shu bois turli davrlarda davlatni turlicha tushunish mavjud bo‘lgan. Davlatni sobiq sovet tuzumi davrida sinfiylik nuqtayi nazaridan ta’riflangan. U «sinfiy jamiyatning siyosiy tashkiloti» sifatida talqin etilgan.
O‘tgan asr 80-yillarining o‘rtalaridan boshlab, davlatni ta’riflashda umumijtimoiy jihatni ko‘rsatish tomon siljish boshlandi va sinfiylikka berilgan urg‘u asta-sekin umum-ijtimoiy jihat tomonga surila bordi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish