Davlatning Davlatning mohiyatini aniqlash degan-
2-§.mohiyati haqidagi da, uning ma’no-mantig‘i, ichki tabiati, asl turli nazariyalar mazmuni, jamiyat hayotida o‘ynaydigan roli va ijtimoiy vazifasini ochish, shu xususiyat-
larini anglab yetish tushuniladi. «Davlat» degan ijtimoiy hodisaning asosiy mantig‘ini, o‘zagini hokimiyat tashkil etadi. Shuningdek, davlat jamiyatga tegishli siyosiy tashkilotdir. Boshqacha aytganda, davlatning mohiyati masalasi – davlat hokimiyati kimga tegishli, uni kim va qaysi manfaat yo‘lida amalga oshiradi, degan savolga javob berish orqali yoritiladi. Xuddi shu bois bu muammo o‘ta munozarali, bahsli nazariy masala hisoblanadi1.
Davlatning mohiyati – uning eng muhim, barqaror belgi va xususiyatlari, ichki aloqalari yig‘indisi. Mohiyat – qonuniyatni, qonuniy munosabatlarni, eng muhim tavsiflovchi jihatlarni anglashdir, ularning namoyon bo‘lishidir. Davlatning barcha belgi va xususiyatlari uning ijtimoiy vazifalari, bajaradigan funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Davlatning asosiy ijtimoiy vazifasi insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, jamiyatni boshqarishdan iborat. Hokimiyatning alohida tashkiliy shakli bo‘lgan davlat jamiyat oldida turgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq jarayonlarni boshqaradi. Davlat boshqaruvi – ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va rivojlantirish maqsadida ularga qat’iy ta’sir o‘tkazishdir. Shu orqali davlat ijtimoiy taraqqiyotni yo‘naltirib turadi.
Davlat mohiyatida ikki jihatni nazarda tutish lozim. Birinchi holatda davlat boshqaruvi butun jamiyat manfaati yo‘lida amalga oshirilishi mumkin; ikkinchi holatda esa, u alohida ijtimoiy guruh yoki alohida shaxs manfaati uchun amalga oshirilishi mumkin. Shunga ko‘ra, davlat yoki jamiyat irodasini ifoda etadi yoxud ayrim shaxs (ayrim guruh) irodasini aks ettiradi.
Demokratik yo‘nalishda rivojlanayotgan jamiyat o‘zining serqirra obyektiv ehtiyojlari davlatning diqqat markazida bo‘lishiga muhtojdir. Bu davlatning umumiy ijtimoiy funksiyalari kengayishi va rivojlanishiga olib keladi.
Yuqoridagi mulohazalarga xulosa qilib, davlatning hozirgi zamonaviy ta’rifini ifoda etishga harakat qilamiz. Davlat ommaviy-siyosiy hokimiyatning suveren-siyosiy tarzda hududiy tashkillashtirilganligi bo‘lib, u maxsus apparat vositasida o‘z azmu irodasini butun mamlakat uchun majburiy e’tirof ettira oladi.
Davlat – jamiyatning yagonaligi va yaxlitligini ta’minlaydigan siyosiy tashkilot bo‘lib, maxsus mexanizm (apparat) vositasida jamiyat ishlarini boshqaruvchi suveren ommaviy-siyosiy hokimiyat sifatida huquqqa umumiy majburiy xususiyat baxsh etadi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, qonuniylik va huquqiy tartibotni kafolatlaydi.
Davlatning mohiyati xususida bir qancha ta’limotlar va yondashuvlar mavjud: elitar nazariya, texnokratik nazariya, markscha nazariya, umumfarovonlik davlati nazariyasi, demokratik (huquqiy) davlat nazariyasi. Ushbu yondashuvlarni alohida ko‘rib chiqaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |