Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet36/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Tarixiy – materialistik nazariya. Ushbu ta’limotning dastlabki asoschilari L. Morgan, K. Marks, F. Engels va boshqalar. Davlat ibtidoiy jamiyatning tabiiy rivojlanishi, evolyutsiyasi oqibatida kelib chiqishini asoslashga intilish mavjud. Darhaqiqat, davlatchilikning dastlabki kurtaklari, hokimiyatning siyosiylashuvi asoslari, avvalo, ibtidoiy tuzum qa’rida, uning obyektiv rivojlanishi sharoitida paydo bo‘lgan. Ibtidoiy jamiyatning iqtisodiy o‘sishi nafaqat davlat paydo bo‘lishining moddiy asosini, balki uning sotsial asoslarini ham ta’minladi.
Mazkur nazariya davlatning kelib chiqishini izohlashda ikki yondashuvni o‘zida mujassam etadi:
birinchi yondashuv: – davlat ibtidoiy jamiyat o‘zlashtiruvchi jamoadan
ishlab chiqaruvchi jamiyatga aylanishi, iqtisodiyotning malakalashuvi va ixtisoslashishi, yirik ijtimoiy mehnat taqsimotining yuz berishi, moddiy ne’matlar to‘planib mulkchilik munosabatlarining paydo bo‘lishi, taqsimot muomalalarining va jamiyatni boshqarishning murakkablashuvi, oqibatida jamiyat a’zolarining sotsial tabaqalashuvi, jamiyatning «umumiy ishlari»ni boshqarish ehtiyoji va boshqalar bu yondashuvning asosiy nuqtalari hisoblanadi. Sanab o‘tilgan omillar davlat shakllanishiga turtki bergan, uni keltirib chiqargan obyektiv sabablardir; ikkinchi yondashuv: jamiyatda xususiy mulk va uning asosida mulkchilik (egalik) munosabatlarining qaror topishi va mustahkamlanishi mulkdorlar va mulksizlar sinfini vujudga keltiradi. Ularning manfaatlari ziddiyatli bo‘lib, o‘zaro kelishtirilishi qiyin kechadi, hatto ba’zan murosasiz munosabatlar tizimiga aylanadi. Iqtisodiy hukmronlikka erishgan sinf jamiyatning boshqa qatlamlari ustidan siyosiy hukmronlikni ham qo‘lga kiritadi. Davlat shunday hukmronlikning vositasi sifatida paydo bo‘ladi. Davlatning shu tarzda paydo bo‘lganligiga tarixda isbotlovchi dalillar bor.
Huquqning paydo bo‘lishiga oid nazariyalar. Bu boradagi nazariyalarning o‘ziga xos alohida xususiyatlari bo‘lsa-da, ular davlatning kelib chiqishi to‘g‘risidagi konsepsiyalar bilan uzviy bog‘liq. Aksariyat hollarda huquqning yaratilishi huquqning tabiati, mohiyati, ijtimoiy vazifasi va huquqiy tartibga solish muammolari bilan bog‘liq holda tahlil etiladi.
Huquq kelib chiqishining teologik talqini. Bu nazariya huquqning manbayini abadiy bo‘lgan xudoda, uning irodasi va oliy ongi, azmu-ixtiyorida deb hisoblaydi. Ayni vaqtda, huquqda tabiiylik va insoniylikka oid jihatlar ham mavjudligini inkor etmaydi. Din mutafakkirlarining fikricha, huquq – Xudo tomonidan berilgan ezgulik va adolat san’atidir. Teologik ta’limot birinchilardan bo‘lib huquqni yaxshilik va adolat bilan bog‘ladi. Biroq, bu ta’limot ilmiy dalillarga emas, balki ishonch va e’tiqod mezonlariga tayanib ish ko‘radi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish