Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet32/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Patriarxal nazariya. Bu nazariya qadimgi Sharqda ham, Yevropada ham o‘z targ‘ibotchilari va asoschilariga ega edi. Xitoyda – Konfutsiy (er.av. VI–V asrlar), Qadimgi Yunonistonda – Aflotun, Arastu (er.av. 384–322-y.y.) va boshqalar.
Aflotun «Davlat» nomli asarida davlat oiladan o‘sib chiqqanini asoslashga urinadi. Arastuning ta’kidlashicha, davlat hokimiyati – ibtidoiy oiladagi ota hukmronligining davomi. Oilalar sonining o‘sib borishi natijasida davlat tuzilmasi paydo bo‘ladi; ijtimoiy mavjudod bo‘lgan odamlar birlashishga intilib, patriarxal oilani tashkil etadi, deydi. Demak, davlat hamda huquq oila hukmdori – otaning irodasi namoyishidir.
O‘rta asrlarda Angliyada absolyutizm mustahkamlanishini yoqlab chiqqan R. Filmer o‘zining «Patriarxiya, yoki qirollarning tabiiy hukmdorlik huquqini himoyalash» (1642-y.) nomli asarida patriarxal nazariyaga tayanib, dastlab Xudo insoniyat naslining otasi va uning hukmdori – Odam Atoga qirollik hokimiyatini hadya qilganini isbotlashga harakat qiladi. Davlat hokimiyatining sohibi fuqarolar tomonidan tayinlanmaydi, saylanmaydi va taxtdan mahrum etilishi mumkin emas. Zero, barcha fuqarolar hukmdor – otaning farzandlaridir.
Rossiya muhitida ham patriarxal nazariya yaxshi kurtak otdi. Rus sotsiologi N. Mixaylovskiyning ta’kidlashicha, ibtidoiy jamiyatda millatlar va milliy munosabatlar tarkib topib, urug‘chilik tuzumini yemirgan hamda davlat va huquqning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Uning yozishicha, davlat – urug‘chilik oilasining rivojlanishi oqibati.
Shu bilan birga, patriarxal nazariya din bilan ham aloqasini uzmaydi. «Ota rozi – Xudo rozi» zaylida ish ko‘radi. Monopolistik tuzum mafkurachilari davlatni xalq ommasining «g‘amxo‘ri» qilib ko‘rsatadilar.
Patriarxal nazariyani ko‘pchilik tanqid qiladi. Jumladan, J. Lokk shunday deb yozgan edi: bu ta’limot matnlarida ilmiy yondashuv o‘rniga «bolalarga cho‘pchak»ni uchratamiz. Mazkur ta’limot davlatdek murakkab hodisani g‘ayriilmiy biologiyalashtirib, «hikoyalar to‘plami»ga aylanib qolgandek tuyuladi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish