Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet30/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

birinchidan, davlat fuqarolarning hududiy bo‘linishiga qarab ajralishidan iborat bo‘lib, urug‘doshlik tuzumida qon-qardoshlik aloqalari tufayli hududga bog‘liq bo‘lmagan urug‘doshlik ittifoqlari bo‘lgan. Bu urug‘doshlik ittifoqlari buzilgan, grajdanlar o‘zlarining ijtimoiy huquq va burchlarini qaysi urug‘ va qabilaga mansub ekanliklaridan qat’i nazar, yashagan joylariga qarab amalga oshira boshlaydilar; ikkinchidan, davlat urug‘chilik tashkilotidan endi aholi bilan sig‘isha ol-
maydigan ijtimoiy-siyosiy hokimiyatni1 ta’sis etish bilan farq qiladi, u aholidan ajralgan bo‘lib, iqtisodiy va siyosiy jihatdan faqat hukmron sinfga xizmat qiladi. Ijtimoiy hokimiyat qurollangan kishilarning maxsus otryadi, armiya, politsiyadan, turma va har xil majbur etish muassasalari singari zo‘rlash apparatidan iborat. Bularning hammasi urug‘doshlik tuzumiga begona va noma’lum edi.
Ijtimoiy hokimiyat davlat ichida ziddiyat keskinlashgan sari va qo‘shni davlat kattalashib, aholi soni jihatidan ko‘payib borgan sari kuchayaveradi. Ijtimoiy hokimiyatga ichki omillargina emas, shu bilan birga tashqi siyosiy omillar (bosib olinish xavfi va hokazolar) ham ta’sir etadi; uchinchidan, ijtimoiy-siyosiy hokimiyatni saqlash uchun fuqarolarning
vznoslari – soliqlar va qarzlar zarur.
Davlat amaldorlari ijtimoiy hokimiyatga va soliqlar undirish huquqiga ega bo‘lib, jamiyat organlari sifatida jamiyat ustidan turadilar. Ularning hokimiyati endi obro‘-e’tiborga, jamiyat a’zolarining izzat-hurmatiga emas, balki kuchga tayanadi. Maxsus qonunlar ularning manfaatlarini qo‘riqlab, muqaddas va daxlsiz darajaga ko‘taradi.
Ibtidoiy jamoa tuzumining barbod bo‘lishi va davlatning paydo bo‘lishi turli xalqlarda ular hayotining ichki va tashqi muayyan sharoitlariga qarab turlicha sodir bo‘lgan.
Davlatning kelib chiqish umumiy prinsiplari aniq tarixiy sharoitlarda har xil bo‘lgan. Davlat qisman urug‘doshlik tuzumini o‘zgartirib, qisman u tuzumga yangi organlar kirib, eskisini surib chiqarish, davlat hokimiyatining chinakam organlari bilan to‘la almashtirish yo‘li bilan vujudga kelgan.
Demak, davlat aslo jamiyatga tashqaridan zo‘rlab kiritilgan kuch emas. Davlat – taraqqiyotning ma’lum bosqichiga chiqqan jamiyatning mahsulidir, davlat bu jamiyatning o‘ziga o‘zi zid kelib, hal qilib bo‘lmaydigan ziddiyat-
1 Ijtimoiy-siyosiy hokimiyat urug‘chilik tuzumidagi ijtimoiy hokimiyatdan farq qiladi. F. Engelsning «Оila, хususiy mulk va davlatning kelib chiqishi» asarining ruscha nashrida ibtidoiy-jamoa tuzumi davridagi ijtimoiy hokimiyat «общественная власть» deb, siyosiy mazmundagi davlat hokimiyati esa «публичная власть» deb yozilgan. Qo‘llanmada «ijtimoiy-siyosiy hokimiyat» iborasi davlat hokimiyati, siyosiy hokimiyat ma’nosida ishlatilmoqda.
4–18-8
larga chuvalib qolganligini, murosasiz qarama-qarshiliklarga bo‘linganligini, bu qarama-qarshiliklardan qutulishga qodir emasligini e’tirof qilishdir. Ammo bu qarama-qarshiliklarning, ya’ni birining iqtisodiy manfaatlari ikkinchisining iqtisodiy manfaatlariga zid bo‘lgan sinflarning samarasiz kurashda birini biri va jamiyatni yeb qo‘ymasligi uchun, aftidan, jamiyat tepasida turadigan, uni «tartib» chegarasidan chiqarmaydigan kuch zarur bo‘lib qolgan jamiyatdan kelib chiqqan, lekin o‘zini jamiyatdan yuqori qo‘yadigan, borgan sari jamiyatdan chetlashib boradigan bu kuch – davlatdir!!!»1.
Davlatning paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda huquq ham vujudga keladi. U davlat singari ekspluatatorlarning manfaatlarini himoya qilish uchun, sotsial tengsizlikni mustahkamlash uchun, ekspluatatsiya qilinuvchilarni «tartib» doirasida ushlab turish uchun paydo bo‘ldi. Kuchli ziddiyatlar sharoitidagi munosabatlarni tartibga solish uchun ibtidoiy odat normalari yaroqsiz bo‘lib qoldi. Yangi tarixiy sharoitda faqat hukmron guruh irodasini ifodalovchi normalar zarur edi. Huquq xuddi ana shunday normalar yig‘indisi edi. Ko‘pgina odat qoidalari hukmron sinf irodasiga moslashtirildi. Masalan, qadimgi Rimdagi XII jadval qonuni, qadimgi Bobildagi «Xammurapi qonunlari» buning misoli bo‘la oladi. Davlat organlari va boshliqlarining aktlari, adliya va sud organlarining qarorlari huquq sistemasini yaratishning manbayi edi. Bu huquqiy hujjatlarda xususiy mulk mustahkamlanadi, qullar mehnatidan foydalanish va qullarning huquqsizlik holatini mustahkamlovchi, ularni rasman «gapiruvchi mehnat qurollari» deb hisoblovchi qonun-qoidalar yaratiladi. Huquq ibtidoiy jamiyatdagi sotsial normalardan farq qiladi:
birinchidan, huquq butun jamiyatning emas, balki hukmron elitaning qonun darajasiga ko‘tarilgan erkin bo‘lib, uning mazmuni shu qatlamning moddiy hayot sharoiti bilan belgilanadi; ikkinchidan, huquq faqat davlat organlari tomonidan o‘rnatiladi yoki
sanksiyalanadi; uchinchidan, huquq lozim bo‘lgan choqda davlatning zo‘rlik va majbur-
lash kuchi bilan ta’minlanadi.
Davlat kelib chiqishining shakllari. Yer kurrasida davlatning paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishi bir qator umumiy qonuniyatlarga bo‘ysunish asosida yuz bersa-da, davlat turli mintaqalarda, turli xalqlarda har xil shakllarda vujudga kelgan. Qadimgi Sharqda davlatning kelib chiqishiga murakkab tabiiy shart-sharoitlar, ayniqsa suv tanqisligi ta’sir o‘tkazgan. Masalan, qadimgi Misr, Bobil, Xitoy va Hindistonda sug‘oriladigan dehqonchilik bilan shug‘ullanish ehtiyoji katta va murakkab irrigatsiya tizimlarini yaratishni taqozo etgan. Bunday qurilish ishlarini tashkil etish, unga aholini safarbar etish zaruriyati o‘ziga xos uyushtiruvchi, tashkilotchilik qiluvchi, nazorat va majburlovni amalga oshiruvchi tuzulmalar shakllanishiga turtki bergan.
Yevropa mintaqasidagi davlatlarning paydo bo‘lishi shu yerning tabiati va tarixiga mos bo‘lgan. Qadimgi greklarda davlat urug‘chilik jamoasining tarixiy evolyutsiyasi, ichki ziddiyatlar va kelishmovchiliklar natijasida sof tarzda kelib chiqqan. Rimliklarda patritsiy (zodagon)lar bilan plebeylar (kambag‘allar, fuqarolikka ega bo‘lmaganlar) o‘rtasidagi kurash davlat kelib chiqishining asosiy sababi bo‘lgan. German qabilalarida davlat ularning boshqa hududlarni bosib olishi va uni boshqarish ehtiyoji ta’sirida paydo bo‘lgan.
Davlat paydo bo‘lishining usullarini ilmiy asoslash va izohlashga urinib, F. Engels davlat kelib chiqishining tipik uchta shaklini ajratib ko‘rsatadi: Afinada, Qadimgi Rimda va Germanlarda davlatning kelib chiqishi.
Afinada davlat urug‘doshlik tuzumining umri tugab, jamiyat ichki ziddiyatlarga duch kelishi natijasida sof, klassik tarzda, ya’ni tarixiy evolyutsiyaning qonuniyatli mahsuli sifatida paydo bo‘ldi. Bu yerda davlat tuzilmalarining rasmiylashuvida Tezey, Solon va Klisfenlarning islohotlari asosida bosqichmabosqich yuz berdi.
Tezey markaziy hokimiyatni ta’sis etadi va aholini urug‘larga mansubligidan kelib chiqib, uch sinfga bo‘ladi: evpatridlar (yuqori zodagonlar), geomorlar (yer egalari) va demiurglar (hunarmandlar). Zodagonlarga yuqori va o‘rta lavozimlarni egallash huquqi berildi.
Solon xususiy mulkni qonuniy rasmiylashtirdi; mulkiy senz (er egaligining hajmi va daromadliligi) asosida fuqarolarni to‘rt sinfga bo‘ladi. Uchta yuqori qatlam vakillari boshqaruv lavozimlarini egallashlari mumkin edi. Eng mas’uliyatli mansablarni birinchi sinf vakillari egallay oladi. To‘rtinchi sinf kishilar xalq majlisida ishtirok etadi va ovoz beradi.
Klisfen Attikaning hududini yuzta o‘zini o‘zi boshqaruvchi jamoa-okrug (dem)larga bo‘ladi, ular tepasida oqsoqol (demarx)lar turadi. Bu islohot natijasida davlat organlari rasmiylashtirildi.
Qadimgi rimliklarda davlat Rimning tub aristokratiyasi bo‘lgan patritsiylar bilan kelgindi, huquqsiz, jamiyat boshqaruvida ishtirok etishdan mahrum plebeylar o‘rtasidagi ayovsiz va murosasiz kurash natijasida vujudga keladi. Rimda ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va quldorlik davlatining shakllanishi eramizdan avval 753-yildan (Rim shahriga asos solinishidan) to miloddan avvalgi 509-yillar oxirigacha (Rim podshosi Tarkviniy Superbning badarg‘a etilgungacha) bo‘lgan davr. Rim davlati tarixan quyidagi davrlarni bosib o‘tgan: respublika davri (miloddan avvalgi V – I asrlar) va imperiya (monarxiya) davri – miloddan avval 27-yildan milodning 476-yiligacha. Xuddi shu yili Rim davlati germanlar (frank) qabilalari tomonidan bosib olingan.
Qadimgi german qabilalarida davlat o‘zining yemirilish pallasiga kirgan Rim imperiyasining ulkan hududlarini bosib olish, istilo qilishdan so‘ng uni boshqarish ehtiyoji natijasida kelib chiqdi. Germanlardagi o‘sha davrdagi urug‘chilik tuzumiga xos hokimiyat organlari Rimni boshqarishga moslashmagan edi. Bu holda ommaviy hokimiyatning boshqacha tuzilmasi, tashkiloti zarur edi. Ya’ni, zabt etilgan jamiyat ustidan turadigan va keng qamrovli boshqaruv apparatidan iborat davlat kerak edi.
Yana bir muhim masalaga e’tibor qaratish lozim. Agar Afina va Rim – quldorchilik tipidagi davlatlar bo‘lgan bo‘lsa, Germanlar davlati – feodal tipdagi davlat bo‘ldi. Sababi quldorchilik tuzumi Rimda o‘z umrini o‘tab bo‘lgan edi. U yerda feodal ishlab chiqarish munosabatlari kurtak ota boshlagan edi. Bu jamiyatni endi eskicha qulchilikka asoslangan tuzilmalar bilan boshqarib bo‘lmasdi.


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish