Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet27/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Yovvoyilikning quyi bosqichi. Bu bosqichni «odamzotning go‘dakligi», deb ta’riflaydilar. Kishilar hali o‘zlarining dastlabki joylarida, tropik yoki subtropik o‘rmonlarda yashaganlar. Ularning ovqatlari mevalar, yong‘oqlar, o‘simlik ildizlaridan iborat bo‘lgan. Bu davrning asosiy yutug‘i – ma’noli nutqning paydo bo‘lganligidir.
Yovvoyilikning o‘rta bosqichida ovqatlar qatoriga baliq qo‘shiladi va olovdan foydalanish boshlanadi. Toshdan qurol yasash paydo bo‘ladi. Odamlar iqlim va joyga bog‘liq bo‘lmay qoladilar va yer yuzining ko‘pgina qismiga joylasha boshlaydilar.
Yovvoyilikning yuqori bosqichi o‘q-yoy ixtiro qilingan vaqtdan boshlanadi. Ularning doimiy ovqati qatoriga parranda va hayvonlar kiradi. Ov esa mehnatning tarmoqlaridan biri bo‘lib qoladi. Guruh-guruh bo‘lib yashashning ba’zi alomatlari, yog‘och idishlar, uy anjomlari paydo bo‘la boshlaydi. Keyinchalik olov bilan bolta ro‘zg‘or ishlarida keng foydalaniladigan bo‘ladi.
Vahshiylikning quyi bosqichida kulolchilik paydo bo‘ladi, hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish va urchitish hamda o‘simliklarni ekib o‘stirish vujudga keladi. Jamiyat taraqqiyotiga tabiiy sharoitlar ta’siri kuchayadi.
Vahshiylikning o‘rta bosqichi uy hayvonlarini qo‘lga o‘rgatishdan, g‘arbda – ovqat bo‘ladigan ekinlarni sug‘orish vositasi bilan ekish va imoratlar uchun quritilgan xom g‘isht hamda tosh ishlatishdan boshlanadi. Bu bosqich uchun podalar paydo bo‘lishi va cho‘ponlar qabilalarining shakllanishi xarakterlidir.
Vahshiylikning yuqori bosqichi temir rudasini o‘rganishdan boshlanib, harfli yozuvning ixtiro qilinishi va uning og‘zaki ijodni yozib olish uchun qo‘llanishi natijasida sivilizatsiyaga o‘tishga zamin hozirlaydi.
Bu davrlarni umumlashtirib, yovvoyilik – tabiatning tayyor mahsulotlarini ko‘plab o‘zlashtirish davri, degan xulosaga kelish mumkin. Vahshiylik – chorvachilik va dehqonchilikning joriy etilish davri, insonlarning faol harakati va mehnati vositasida tabiat mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish usullarini o‘zlashtirish davridir.
Hozirgi kunda davlat paydo bo‘lishidan oldingi kishilik taraqqiyoti davrini yangicha talqin etish (davrlash) ilmiy asoslanmoqda. Ya’ni, qadimgi jamiyat taraqqiyotida ikki asosiy bosqich va unga muvofiq keluvchi ishlab chiqarishning ikki usulini: o‘zlashtiruvchi iqtisodiyotni (ovchilik, baliqchilik, yig‘ib-terish); yaratuvchi, ishlab chiqaruvchi iqtisodiyotni (dehqonchilik, chorvachilik, metalni qayta ishlash, sopol buyumlar ishlab chiqarish) farqlash muhim metodologik ahamiyatga molik1. Bu tasniflashning birinchi davriga ona urug‘ining rivoj topishi, yoyilishi (matriarxat), ikkinchi davri esa otaga bog‘langan avlod (patriarxat) mos keladi. Ibtidoiy odamlar o‘zlarini tabiatning uzviy bo‘lagi deb bilganlar. Ular faqat tabiat bilan uyg‘unlikda yashay olishlariga ishonganlar.
Tabiat ularni issiq va sovuqlardan asragan, tashnalik va ochlikdan qutqargan, turli-tuman ehtiyojlarini qondirgan. O‘zlashtiruvchi iqtisodiyot jamiyatida ayollar yetakchi mavqeni egallaganlar. Ayollar oziq-ovqatlarni saqlash, ovqat tayyorlash, oilani zarur maishiy yumushlar bilan ta’minlash, bola tarbiyasi kabi ishlar bilan shug‘ullanganlar. Erkaklar mehnat qurollari tayyorlashgan, ovchilik hamda oilaning himoyasi bilan shug‘ullanganlar. Turmushda ekzogamiya qaror topgan, ya’ni yaqin qarindosh-urug‘lar o‘rtasida nikoh taqiqlangan.
Ishlab chiqaruvchi iqtisodiyot davrida mehnat qurollarining takomillashib borishi, o‘q-yoyning kashf etilishi natijasida jamiyatda yirik mehnat taqsimoti yuz bergan. Ovchilikdan dehqonchilik, so‘ngra hunarmandchilik ajralib chiqqan.
Qadimgi odamlar jamoa bo‘lib, birgalikda yashashga moyil va majbur bo‘lganlar. Ularning turmush tarzi va o‘zaro munosabatlarini tasvirlab, Aflotun o‘zining «Qonunlar» asarida qadimgi odamlarning hayotni Afinalik suhbatdosh nomidan shunday izohlaydi: «Avvalo, u zamon odamlari bir-birlarini yaxshi ko‘rganlar va ayriliqlar tufayli bir-birlariga xayrixoh munosabatda bo‘lganlar; ovqatni ham bir-birlaridan qizg‘anmaganlar, chunki yaylovlar ko‘p bo‘lgan – ba’zilarida avvaliga kam bo‘lishi ehtimol, ularning ko‘pchiligi shu (chorvachilik) bilan kun ko‘rganlar. Ularda sut va go‘sht ham yetarli bo‘lgan; bundan tashqari ular ov bilan o‘zlariga yegulik topganlar. Ularda kiyim, yotish o‘rinlari (choyshab, to‘shak), uy-joy, kuydirilgan (kulolchilik buyumlari) va oddiy buyumlar bisyor bo‘lgan; …Juda kambag‘allar ham bo‘lmagani uchun kambag‘allik odamlarni bir-birlariga dushman bo‘lishlariga majbur qilmagan. Boshqa tomondan ular boy bo‘lib ham ketolmasdilar, chunki u vaqtlarda ularda oltin ham, kumush ham yo‘q edi»1. Ibtidoiy tuzum davri minglab yillar davom etgan. U davrlarda hali ishlab chiqarish, iqtisodiyot rivoji juda sekin va past darajada borishi bilan tavsiflanadi.
Ibtidoiy jamiyatning iqtisodiy holati, xo‘jalik yuritish xususiyatlari uning ijtimoiy tuzilishiga (sotsial boshqariluv strukturasiga) va ma’naviy hayotiga, ijtimoiy hokimiyatning tabiatiga va sotsial normalarning mohiyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasligining aslo iloji yo‘q edi.
Jamiyatning dastlabki quyi bo‘g‘ini, boshlang‘ich yacheykasi, uni boshqarishning birlamchi shakli urug‘ hisoblangan. Urug‘ – o‘zaro qon-qarindoshlik rishtalari bilan bog‘langan yaqin kishilarning shaxsiy ittifoqidir. Urug‘ kishilarining bir-biriga qon jihatdan yaqin jamoasi bo‘lib, ular birlashgan tarzda turmush kechirib, hamjihatlikda ov qilganlar, xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanganlar.
Urug‘chilik tuzumining hayotida oilaning shakllanishi va evolyutsiyasi alohida rol o‘ynaganligini ta’kidlash lozim. Urug‘ ibtidoiy odam ajdod va avlodlari o‘rtasidagi aloqalarning eng tabiiy va odatiy shakli bo‘lganligi bois, bu oilaviy (nikoh) munosabatlarida o‘z ifodasi, namoyon bo‘lishini topgan. Ilmiy manbalarda ibtidoiy-jamoa tuzumining mavjudlik davri uch bosqichga bo‘linadi: ibtidoiy poda, urug‘ jamoasi va urug‘chilikning yemirilishi davri. Bu davrlarning oila evolyutsiyasiga aloqasi bevositadir. Odam ajdodlari uzoq davr mobaynida to‘da-to‘da bo‘lib, ibtidoiy poda shaklida yashaganlar. Yovvoyi odamlarning dastlabki guruhlari daydi ko‘chmachilik holatida hayot kechirganlar, ba’zan, g‘orlarda, o‘rmonlarda yoki qishloq sharoitida umr kechirganlar. Bunday sharoitda oilaviy aloqalar betartib ko‘rinishga ega bo‘lganligi tabiiy. Demak, insonlarning Yer yuzida tarqalishining dastlabki pallasida oilaning poligam shakli hukm surgan. Bu guruhiy oilaviy (nikoh) munosabatlari bo‘lib, unda barcha erkaklar va ayollar (shuningdek, ota-onalar va farzandlar) birbirlariga tegishli bo‘lganlar. Bunday oilalarda bolaning otasi kimligini bilish va aniqlash mumkin bo‘lmagan. Farzandlar butun guruhning, jamoaning umumiy bolasi hisoblangan. Oilaga, urug‘ga mansublik ona tomonidan belgilangan. Shu bois Matriarxat – ona hukmronligiga asoslangan urug‘, oila shakllangan.
Oilaning birinchi shakli guruhiy oila bo‘lib, u qon-qarindoshlik asosidagi («endogam») oila edi. Bunda ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasidagi nikoh man etildi. Biroq, aka-singillar o‘zaro er va xotin bo‘lishlari mumkin edi. Uzoq davrlar qon-qarindoshlikka asoslangan oilalarning mavjud bo‘lishi bir necha avlod o‘tgach, o‘zining salbiy qusurlarini ko‘rsatadi, avvalo, bu nasl salomatligiga ta’sir etib, uning tobora zaiflashib borishi kuzatiladi, murakkab tabiiy sharoitga moslasha olmay odamlar ko‘plab qirilib keta boshlaydi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning keskin kamayib ketishi va oqibatda moddiy ne’matlar ishlab chiqarilishi sur’atlari pasayib ketishi kabilarga olib keldi. Shu tariqa, guruhiy nikohning (oilaning) yangi shakli – punalual oila paydo bo‘ladi. Bir onaning farzandlari o‘rtasidagi, aka-singillar o‘rtasidagi nikohlar ham man etilgan. Bu «ekzogam» shakldagi oila – ona urug‘ining shakllanishiga asos soladi, unda ayol (ona boshining) qarindoshlari o‘rtasida rishta bog‘langan. Keyinchalik bir urug‘ a’zolari o‘rtasidagi nikohlar ham taqiqlanadi.
Muayyan tarixiy rivojlanish davrida chorvachilik, omoch bilan yer haydab dehqonchilik qilish keng yoyilishi erkaklarning mehnat jarayonidagi ahamiyatini oshiradi. Bu hol matriarxat o‘rniga oilada ota hukmronligi (patriarxat) ni keltirib chiqaradi. Endi qon-qarindoshlik, avlod davomiyligi ota tomondan belgilanadigan bo‘ldi. Bu – insoniyat rivojidagi yangi bosqich. Guruhiy nikoh o‘rniga juft oila shakli paydo bo‘ladi. Bunda tuqqan ona qatorida tug‘ishgan ota ham aniq bo‘ladi. Navbatdagi bosqichda juft oilaning ota hukmronligi ustun bo‘lgan shakli o‘rin oladi. Urug‘chilik tuzumining yakuniy bosqichida otalar hukmron oilalar, ota urug‘i, patriarxal jamoa qaror topadi.
Shunday qilib, qon jihatidan yaqin bir necha oilalarning ittifoqi ibtidoiy urug‘ jamoasi hisoblanadi. Bunday urug‘lar ekzogam oilaviy munosabatlar mavjudligining natijasi edi. Urug‘lar tabiiy shart-sharoitlari hayot kechirish uchun qulay bo‘lgan hududlarni, masalan, o‘rmonlar, daryo va ko‘l havzalarining bo‘ylarini makon qilib joylashishga (o‘troqlashishga) intilganlar. Shunday qulay maskanlar uchun urug‘lar o‘rtasida urushlar, talashib-tortishishlar bo‘lib turgan.
Tabiiy qulay maskanlarga ega bo‘lish uchun tez-tez bo‘lib turadigan urushlar urug‘larning o‘zaro ittifoqlar tuzishiga sabab bo‘lgan. Hududiy yaqinlik, qon yaqinligi va tillashuv imkoniyatlari asosida urug‘lar birlashib, fratriyalarni, kuriyalarni (urug‘ ittifoqlarini), bir necha fratriyalar, kuriyalar birlashib qabilalarni tashkil etardi. So‘ngra, vaziyat taqozo qilganda qabilalar ittifoqi vujudga kelgan.
Kishilarning bunday katta uyushmalarining, jamoalarining birgalikdagi turmush kechirishini tashkil etish u yerda muayyan boshqaruv mavjud bo‘lishini taqozo qilardi. Boshqaruv ehtiyoji esa ma’lum ijtimoiy hokimiyat tizimi shakllanishiga sabab bo‘lgan.
Tashqi bosqinchiliklardan himoyalanish, hududni muhofaza etish, ishlab chiqarish, sug‘orish va dehqonchilik ishlarini unumli tashkil etish, jamoaning ichki va tashqi aloqalarini olib borish, diniy urf-odatlarni amalga oshirish, jamoa a’zolari o‘rtasida vujudga keluvchi nizoli masalalarni hal etish, umuman urug‘ni, qabilani boshqarish kabi muhim vazifalarni bajarish jamoa a’zolari orasidan saylab qo‘yiladigan oqsoqollarga yuklatilgan.
Qabila va fratriyalar oqsoqollar kengashi tomonidan boshqarilardi. Urug‘ tepasida urug‘ning umumiy yig‘ilishida katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan va ko‘pchilik hurmatini qozongan shaxslardan saylab qo‘yiladigan oqsoqollar yoki harbiy boshliqlar turardi.
Urug‘chilik tuzumining iqtisodiy munosabatlariga urug‘ ishlarini boshqarish tizimi va ijtimoiy hokimiyatni tashkil etish tartibi mos kelardi. Bu sharoitda hokimiyat butun jamiyatga tegishli edi. Hokimiyat jamiyatdan ajratilgan emas, balki unga muvofiq edi. Birgalikda hayot kechirishning hamma masalalari: ishlab chiqarish faoliyati, urush olib borish, diniy marosimlar o‘tkazish, kishilar o‘rtasidagi nizolarni hal qilish va boshqalar urug‘ a’zolarining umumiy yig‘ilishida qarab chiqilar va hal etilardi. Urug‘ a’zolarining majlisi (umumiy yig‘ilishi) uning oliy hokimiyat organi edi. Oqsoqollar va harbiy boshliqlar hech qanday imtiyozlardan foydalanmasdilar, alohida boshqarish yoki majbur etish apparatlariga ega emas edilar va ularning qo‘llaridagi hokimiyat birdan-bir shaxsiy ma’naviy obro‘lariga hamda barcha urug‘ a’zolarining ularga bo‘lgan hurmati va qo‘llab-quvvatlashlariga tayanardi. F. Engels bu haqda shunday deb yozgan edi: «Sivilizatsiya davridagi politsiyaning eng razil xizmatchisi ham urug‘doshlik jamiyatining hamma organlarini birga qo‘shib olganda, ulardan ko‘ra ko‘proq «avtoritet» ega bo‘ladi; lekin sivilizatsiya davrining eng qudratli knyazi va eng buyuk davlat arbobi yoki lashkarboshisi eng kamtarin urug‘ oqsoqoli qozongan obro‘ni orzu qilsa bo‘ladi»1.
Urug‘ oqsoqollari va harbiy boshliqlari istalgan vaqtda umumiy yig‘ilish tomonidan almashtirilishi mumkin bo‘lgan, ular o‘z funksiyalarini urug‘ning nazorati ostida amalga oshirganlar. Urug‘ yig‘ilishining qarori uning hamma a’zolari uchun majburiy bo‘lgan.
Ibtidoiy tuzumdagi ijtimoiy hokimiyat ancha obro‘li, real va samarali boshqarishga qodir bo‘lgan. «U vaqtda odatlar hukmron bo‘lganini, obro‘, hurmat, urug‘ oqsoqollarining azm-ixtiyorlari borligini ko‘ramiz, bunday azm-ixtiyor ba’zan xotinlarda bo‘lganini ko‘ramiz, lekin boshqalarni idora qilmoq uchun va idora qilish maqsadida, idora qilish manfaatlarini ko‘zlab majbur qiladigan ma’lum apparatga, zo‘rlaydigan apparatga sistematik va doimiy ravishda ega bo‘lib turish uchun ajralib chiqqan alohida turdagi kishilarni hech qayerda ko‘rmaymiz»1.
Ijtimoiy hokimiyat organlari va vakillarida jamoat fikridan boshqa hech qanday majburlash usuli bo‘lmagan. Kishilar jamiyatda amal qiladigan xulqatvor va yurish-turish qoidalariga so‘zsiz rioya qilganlar. Bordi-yu urf-odat, axloq va din qoidalari buzilsa, bu holatni butun urug‘, uning yig‘ilishi muhokama qilardi. Qoidalarni buzgan kishini izza qilish, unga tanbeh berish, ogohlantirish, urug‘dan quvib yuborish kabi jamoat ta’sir choralari qo‘llanilgan. Adabiyotlarda ko‘pchilik qabilalar ichida tabu – taqiqlov qoidalari bo‘lganligi e’tirof etiladi. Bu ibtidoiy tuzum uchun alohida ahamiyatli normalar tizimi hisoblangan. Tabu aksariyat holda diniy asosdagi taqiq bo‘lib, ma’lum xatti-harakatga, predmetga, so‘zlarga va boshqalarga qo‘yilgan. Uni buzish ruhlar va xudolarning qahrini qo‘zg‘atadi, deb ayovsiz jazo qo‘llanishini nazarda tutgan.
Yuqorida keltirilgan fikrlar, ijtimoiy hokimiyatning xususiyatlari ibtidoiy jamoa tuzumi davrida hokimiyat klassik shaklda bo‘lganligini, o‘z-o‘zini boshqarish va ibtidoiy demokratiya ko‘rinishida bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ibtidoiy tuzumda amal qilgan xulq-atvor va yurish-turish qoidalari yig‘indisi sotsial normalarni tashkil qilgan. Sotsial normalar turmushdagi, mehnatdagi va oiladagi munosabatlarni tartibga solgan, barcha urug‘ a’zolarining irodasini ifodalagan. Sotsial normalarga amal qilish odat bo‘lgan, ular ixtiyoriy bajarilgan.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish