Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)


Ibtidoiy jamiyat, 2-§. uning tabiati va



Download 1,37 Mb.
bet26/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Ibtidoiy jamiyat, 2-§. uning tabiati va
xususiyatlari

Davlat va huquqning kelib chiqishi masalasi yurisprudensiyaning o‘ta dolzarb, ayni vaqtda, bahs-munozarali mavzusi bo‘lib hiso-

blanadi. Ular paydo bo‘lishining yalpi qonuni-
yatlari borasida olimlar o‘rtasida hamfikrlilik va yakdillik yo‘q. O‘z tabiatiga ko‘ra, davlat va huquq ijtimoiy – tarixiy kategoriyalardir. Davlat va huquq aynan jamiyat bag‘rida paydo bo‘lib, faqat jamiyat miqyosida faoliyat qilishi bois ular – ijtimoiy xususiyatga ega bo‘ladi. Boshqacha aytganda, davlat va huquq ijtimoiy taraqqiyotning mahsuli sifatida jamiyat hayotini boshqarish, insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish missiyasini bajaradi.
Davlat va huquqning tarixiyligi shundaki, ular jamiyat evolyutsiyasining muayyan tarixiy bosqichida, ya’ni tegishli shart-sharoitlar yetilgan vaziyatda vujudga keladi. Insoniyat tarixida shunday davrlar bo‘lganki, unda davlat ham, huquq ham bo‘lmagan. Demak, bundan quyidagi metodologik ahamiyatga molik xulosa chiqariladi: davlat va huquq jamiyatning doimiy mavjud bo‘lish hamda yashash sharti emas. Kishilar bir qancha minglab yillar mobaynida davlat hokimiyatisiz va huquqiy tartibotsiz yashab kelganlar. Bu davr ibtijoiy jamoa tuzumi davri bo‘lgan.
Davlat va huquqning kelib chiqishi sabablarini chuqur va atroflicha anglab yetish uchun ular shakllangan makon-zaminni, ya’ni ibtidoiy jamiyat tarixini o‘rganish, tahlil etish lozim.
Ibtidoiy jamoa tuzumi insoniyat tarixidagi eng birinchi ijtimoiyiqtisodiy tuzumdir. Qadimgi jamiyat haqidagi ilmiy asoslantirilgan bilimlarni arxeologiya, etnografiya, tarix va boshqa fanlarning ma’lumotlari asosida olish mumkin. Ibtidoiy jamiyatni o‘rganishga bag‘ishlangan dastlabki ishonchli manbalardan biri amerikalik qadimshunos, tarixchi va etnograf Luis Morganning 1877-yilda nashr etilgan «Qadimgi jamiyat» asaridir. Olim qariyb qirq yil mobaynida shimoliy amerika hindu qabilalari orasida yashab, ularning ibtidoiy tuzum bosqichidagi hayot tarzini kuzatadi, tadqiq etadi va shu asosda o‘z kitobini yaratadi. Morganning mazkur asarini chuqur o‘rganish va unga qat’iy tayanish asosida, shuningdek qadimgi grek, german, galliy va boshqa qabilalar tarixiga oid manbalarga suyanib F.Engels «Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi» (1884-y.) asarini chop etadi. Ushbu va shu kabi boshqa manbalarda yozma tariximizdan burungi jamiyatning turmush tarzi, tabiati, xususiyatlari tiklandi va ochib berildi. Ularda ibtidoiy-jamoa tuzumi, kishilarning dastlabki uyushgan jamiyatining eng quyi bosqichidan yuqori bosqichigacha bo‘lgan harakatlanish jarayoni batafsil tahlil etilgan. Shuningdek, moddiy ne’matlarni yaratish, ishlab chiqarish usuli bu jamiyat rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatganligi bayon qilinadi.
Moddiy noz-ne’matlar va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish har qanday kishilik jamiyati yashashining zaruriy shartidir. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va ularni taqsimlash jarayonida vujudga keladigan munosabatlar yig‘indisi jamiyatning iqtisodiy negizini tashkil etadi. Iqtisodiy tuzum esa jamiyatning boshqaruv tizimi mazmunini, dastlab ijtimoiy, keyinchalik siyosiy institutlar mohiyatini me’yoriy tartibga solish tabiatini belgilovchi asosiy omil sanaladi.
Ibtidoiy jamoa tuzumining iqtisodiy munosabatlari asosini ishlab chiqarish qurol-vositalariga jamoaviy mulkchilik tashkil etgan. Yaratilgan, undirilgan, qo‘lga kiritilgan moddiy mahsulot va boyliklar teng taqsimlangan. Bunda, masalan, hayvon yoki baliq ovida jamoa a’zosining qanchalik shijoat ko‘rsatgani, hissa qo‘shgani taqsimot chog‘ida inobatga olinmagan. Bunday iqtisodiy zaminga qurilgan ibtidoiy jamiyatda kishilarning bir-birini talashi uchun, kamsitishi uchun o‘rin bo‘lmagan.
Mehnat va ov qurollari nihoyatda oddiy (primitiv) bo‘lgan. Odamlar tevarak tabiatni ham, o‘zlarining shu tabiatdagi o‘rnini ham anglab yetmaganlar. Tabiat injiqliklari, stixiyalari qarshisida ojiz bo‘lganlar, ularga qarshi turish, bunday vaziyatda yashab qolish, turmush kechirish qiyinchiliklarini yengish uchun faqat birgalashib hayot kechirish, kuchlarni birlashtirish, uyushgan holda mehnat qilish obyektiv zarurat bo‘lgan.
Qadimgi tarixni tadqiq qilgan mutaxassislar ibtidoiy jamiyat taraqqiyoti jarayonini uch asosiy davrga: yovvoyilik, vahshiylik va sivilizatsiya davrlariga bo‘ladilar.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish