Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet49/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

IV bob. DAVLATNING SHAKLLARI


1-§.Davlat shakli Davlat uzoq tarixiy taraqqiyot yo‘lini tushunchasi bosib o‘tdi, shu davr ichida u shakllanib, rivojlanib, o‘zgarib keldi. Tabiiyki, davlat insoni-
yat taraqqiyotining turli bosqichlarida har xil shakllarga ega bo‘lgan. Davlatni uning shakli nuqtayi nazaridan o‘rganish – avvalo, davlat tuzilishi, uning asosiy tarkibiy qismlari va ichki strukturasini, shuningdek davlat hokimiyatini o‘rnatish va amalga oshirishning asosiy usullarini anglashni nazarda tutadi.
Aholi hayot tarzini yaxshilash maqsadida turli xil inqilobiy o‘zgarishlar, hatto fuqarolik urushlari yoki qo‘zg‘olonlar asosida davlat to‘ntarishlari o‘tkazib, o‘ziga qulay bo‘lgan davlat shaklini yaratishga intiladi. Jamiyatning rivojlanishi va aholi ongining o‘sishi natijasida davlat shakllari o‘zgarib turadi va takomillashib boradi, bu haqda tarix jonli guvohlik beradi.
Davlatning shakllari muayyan tarixiy sharoitlarga, jamiyatning ijtimoiy tuzumiga, jug‘rofiy, iqlim va boshqa sharoitlariga, aholining ijtimoiy tarkibiga, siyosiy kuchlar nisbatiga bog‘liq ravishda turli-tuman bo‘lishi mumkin. Zero, «har bir davlat betakror ijtimoiy hodisadir. U har qaysi xalq tarixiy va ma’naviy taraqqiyotining hosilasidir, uning o‘ziga xos, o‘ziga mos madaniyati rivojining natijasidir»1.
Davlat shakli haqidagi masala muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Davlat shakli tushunchasi davlat va huquq nazariyasi fanining predmeti sifatida, huquqshunoslikning eng muhim, sermazmun mavzularidan biri bo‘lib, uning ma’nosini anglash va izohlashga jiddiy yondashuv talab etiladi. Ushbu fikrning tasdig‘i sifatida huquqshunos olim I. Ilin quyidagilarni ta’kidlaydi: «Davlat shakli – murakkab va g‘oyat mas’uliyatli masaladir, uni ehtiyotkorlik va mutlaqo xolis fikr bilan o‘rtaga qo‘yish zarur. Eng avvalo, davlat shakli xalqlar hayotiga daxlsiz bo‘lgan «mavhum tushuncha» ham, «siyosiy chizgi» ham emas, balki hayot tarzi va xalq hokimiyatining jonli tashkil etilishidir»2.
Xalq o‘z hayot tarzini tushunishi, aynan «shunday» tashkil etilishini uddalashi; shu tuzum qonunlarini hurmat qilishi hamda shu tashkilotga ixtiyoriy
hissasini qo‘shishi zarur. Boshqacha aytganda, aynan xalqning jonli huquqiy ongi davlat shaklini belgilab beradi, unga hayot, kuch baxshida etadi; binobarin, davlat shakli, eng avvalo, xalqning huquqiy ongi darajasiga, uning to‘plagan tarixiy-siyosiy tajribasiga, iroda kuchi va milliy xususiyatiga bog‘liqdir1.
«Davlat shakli» iborasini bir guruh olimlar «davlat tuzumi»ning sinonimi sifatida qo‘llaydilar va davlat shakli tushunchasiga davlat boshqaruv shakli, davlatning tuzilish shakli va siyosiy rejim kiradi, deb hisoblaydilar. Ikkinchi guruh olimlar davlat shakliga davlat boshqaruv shakli va davlat tuzilishi shakli kiradi deb, unga siyosiy rejimni qo‘shmaydilar. Yana bir toifa huquqshunoslar davlat shakli – davlat hokimiyatining tuzilishi shaklidir, deydilar. Shunday qilib, davlat shakli uch tushunchani: davlat boshqaruv shakli, davlat tuzilishi shakli va siyosiy rejimni o‘z ichiga oladi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish