Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet57/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Federativ davlat (lotincha «foederare» so‘zidan olinib, «ittifoq bilan mustahkamlash» ma’nosini anglatadi) murakkab davlat demakdir. Federativ davlat – teng huquqli respublikalar, shtatlar, kontonlar va boshqa davlat tuzilmalarining ixtiyoriy birlashuvi asosida tashkil topadi.
Tarixda yirik davlatlar vujudga keliishining ikki yo‘li bo‘lgan. Har ikki yo‘l bir necha yoki ko‘pchilik alohida davlatlarning birlashuvidan boshlanadi. Birinchi yo‘l muayyan iqtisodiy, siyosiy yoki harbiy maqsadlarga erishish maqsadida shartnomaviy birlashuv (federatsiya yo‘li); ikkinchisi – unitar davlatga iqtisodiy va madaniy chatishib ketadigan siyosiy qo‘shilish yo‘li. Federatsiya tushunchasi haqida ko‘pchilikning tasavvuri va tushunchasi noxolis yoki mavhum bo‘lib, ayrimlarning fikricha, federatsiyaga birlashish go‘yoki, federatsiya tarkibidagi mavqeyi yuqori bo‘lgan davlatga qaram bo‘lib qolishni nazarda tutadi. Aslida, federatsiya turli tarixiy davrlarda bir necha kichik davlatlarning tashqi xavfdan mudofaalanish maqsadida birlashuvi natijasida yuzaga kelgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlari bir necha mustaqil shtatlarning 1775-yilda Angliya mustamlakasiga qarshi kurashishda strategik maqsadlarda yagona federatsiyaga birlashganligi asosida tashkil topgan. Federativ davlatlar yer yuzida kecha yoki bugun paydo bo‘lgan yangi davlat tuzilmasi bo‘lmay, balki uning vujudga kelish tarixi XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshlariga borib taqaladi. AQSh, Kanada, Meksika, Germaniya davlatlari shular jumlasidandir.
Davlatlarning yagona federatsiya tarkibiga birlashuvi ayrim hollarda ularning bitta davlat tarkibiga singib ketishi natijasi, davlatning tuzilishi shakli dastavval federatsiya bo‘lsa, keyinchalik unitar siyosiy shaklga aylanib ketishi hollari uchrab turadi.
Fransiya misolida ko‘radigan bo‘lsak, mazkur davlat tarixda bir necha ma’muriy-hududiy birliklardan iborat bo‘lgan alohida kichik mustaqil davlatlar, jumladan, bir qirollik, bir kurf-yuretlik, 26 gersoglik, 6 knyazlik, bir markgraflik, 77 graflik, 19 vitsegraflik, 14 mulk, bir markizlik, bir «kaptalat» va 13 vaqf yerlaridan tashkil topgan edi. Ular dastlab federatsiya tarkibiga birlashdilar, keyinchalik bu kichik davlatlarning barchasi yagona Fransiya davlati sifatida birlashib, o‘zida unitar siyosiy shaklni tashkil etdi.
Federativ davlat tuzishning o‘ziga xos asoslari bo‘lib, ularning inkor etilishi kelajakda bu kabi tuzilmaning barham topishiga olib kelishi mumkin: birinchidan, federatsiya tashkil etilishi uchun ikki yoki undan ortiq davlatlarning bo‘lishi talab etiladi; ikkinchidan, davlatlar nisbatan uncha katta bo‘lmagan shaklda tuzilgan bo‘lishi lozim, chunki federatsiyani markazdan turib boshqarish imkoniyati va unga qulaylik yaratilishi talab etiladi. Agar federatsiya tarkibida juda ko‘p davlatlar birlashtirilsa, bunday federatsiya samarasiz bo‘lib qolishi mumkin; uchinchidan, shartlashayotgan davlatlar bir-biriga haqiqatan ham strategik, ham xo‘jalik, ham siyosiy jihatdan aniq ehtiyoj sezishi lozim. Aslida ham federatsiyaning yuzaga kelishida davlatlarning o‘zaro tabiiy ehtiyoji asosiy o‘rin egallaydi. Ehtiyojsiz birlashuv esa, o‘z navbatida, zo‘ravonlik, bosqinchilik, qolaversa, buyuk davlatchilik shovinizmiga xos xususiyatdir; to‘rtinchidan, xalqda o‘z burchini anglash hissi tarbiyalangan, majburiyatlar va shartnomalarga xolis va sadoqat bilan qarash, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini bilish, davlat sifatida o‘zini o‘zi boshqara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan xalqlar bor joydagina federatsiya tuzish maqsadga muvofiqdir. Federatsiyada hokimiyat idoralarining ikki tizimi amal qiladi: federal darajada va federatsiya subyektlari darajasida. Federativ davlat o‘z tarkibiga kiruvchi subyektlarining qonun chiqaruvchi organlari, hukumati, alohida sud organlari kabi qator davlat tuzilmalarining ittifoqidan iborat bo‘ladi.
Federativ davlatning belgilari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, uning hududi subyektlar hududi yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Ikkinchidan, oliy qonun chiqaruvi, ijro etuvchi va sud hokimiyati federatsiya va subyektlar miqyosida ikki pog‘onali bo‘ladi. Federatsiya va uning subyektlarining vakolatlari federatsiya konstitutsiyasida belgilab qo‘yiladi. Uchinchidan, ikki fuqarolik mavjud bo‘lib, u har bir fuqaroning bir vaqtning o‘zida ham federativ davlat fuqarosi, ham federatsiya subyekti fuqarosi ekanligini bildiradi. To‘rtinchidan, federatsiyaning oliy qonun chiqaruvchi (vakillik) idorasi ikki palatali tuzilishga ega: quyi palata butun mamlakatning manfaatini, yuqori palata federatsiya subyektlari manfaatlarini ifoda etadi. Beshinchidan, markaziy hukumatga bo‘ysunuvchi yagona qurolli kuchlar, politsiya, xavfsizlik xizmatlari, bojxona tizimi mavjud bo‘ladi. Oltinchidan, federatsiyaning subyektlari davlat belgilariga – o‘z konstitutsiyasiga, oliy davlat hokimiyat organlariga (subyekt boshlig‘i, parlament, hukumat), o‘z ramzlariga ega bo‘ladi.
Federatsiya tarkibiga kiruvchi davlatlar ixtiyoriy ravishda birlashib markazlashgan davlatni tashkil qiladi. Federatsiyada barcha a’zo subyektlar nomidan markaziy idoralar ish olib boradi va uning manfaatlarini ifoda etadi.
Federatsiyaning bir-biridan farqlovchi uch turi mavjud: hududiy, milliy va milliy-hududiy federatsiya.
Hududiy federatsiya mamlakatni hududiy belgisi bo‘yicha taqsimlash prinsipiga asoslangan. Bu qoidaga ko‘ra, hududi juda katta bo‘lgan davlatlarda, boshqaruvni osonlashtirish maqsadida federatsiya tuziladi. Federatsiyaning ushbu turini tashkil etuvchi davlat tuzilmalari suveren bo‘lmaydi. Subyektlar xalqaro munosabatlarda bevosita ishtirok etish huquqidan konstitutsiya bilan mahrum etilgan bo‘lib, ularning ittifoqdan bir tomonlama chiqishi taqiqlangan. Qurolli kuchlarni ittifoq idorasi boshqaradi. AQSh, Braziliya, Meksika hududiy federatsiyalarga misol bo‘ladi.
Milliy federatsiyalarda subyektlar, ularda yashovchi millatlar mustaqilligi asosida tuziladi. Qoidaga ko‘ra, milliy federatsiya mustahkam tuzilma bo‘lib hisoblanadi. Milliy federatsiyanng asosiy xususiyati ko‘ra, federatsiya subyektlari – milliy davlatlar va milliy davlat tuzilmalaaridan iborat bo‘lib, ular asosan subyektlarning ixtiyoriylik prinsipiga muvofiq birlashadilar. Katta va kichik millatlar suvereniteti kafolatlanadi hamda oliy davlat idoralari federatsiya subyektlarining vakillaridan tashkil etiladi. Mazkur federatsiyaga birlashgan barcha millatlar o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega bo‘ladilar. Sobiq Yugoslaviya Ittifoq Respublikasi (Serbiya va Chernogoriyaning ittifoqi edi), Chexoslovakiya (1993-yilda Chexiya va Slovakiyaga ajralib ketgan) ittifoqlari milliy federatsiyalarga misol bo‘ladi oladi.
Milliy-hududiy federatsiyalar federatsiyalarning alohida turi hisoblanib, ittifoqni shakllantirish asosida ham milliy, ham hududiy prinsip yotadi. Milliyhududiy federatsiyalarga: Rossiya Federatsiyasi (72 subyekt, ularda yashovchi millatlar, xususan, subyektda ko‘pchilikni tashkil etmaydigan millatlar asosida tashkil topgan hamda asosan rus aholisi istiqomat qiladigan 57 subyekt – hududiy tuzilmadan iborat); Germaniya (aholisi, o‘tmishda nemis millatiga yaqin bo‘lgan aholidan iborat 16 hududiy tuzilma – yerlardan iborat).
Davlat tuzilish shaklining yana bir turi – bu konfederatsiyadir.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish