Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet58/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Konfederatsiya bir necha davlatlarning ayrim muhim sohalar, ya’ni iqtisodiy, siyosiy, mudofaa masalalari bo‘yicha tuzgan ittifoqidir. Konfederatsiyada yagona davlat hududi, yagona fuqarolik bo‘lmaydi. Konfederatsiya bu to‘la mustaqil davlatlarning ayrim sohalar bo‘yicha tuzadigan ko‘ngilli ittifoqidir. Konfederatsiya davlat tuzilish shakli hisoblanib, u shartnoma yoki bitim asosida tuziladi hamda muvaqqat xarakterga ega bo‘ladi. Ular keyinchalik asosiy maqsadga erishganidan so‘ng tarqalib ketishi yoki tuzilgan ittifoqni mustahkamlab federatsiyaga o‘tishi, yoxud qo‘shilib unitar davlat bo‘lib ketishi ham mumkin.
Konfederatsiyaning federatsiyadan farqi shuki, federatsiya alohida davlatlarning yagona davlatga birlashish borasidagi ittifoqi bo‘lsa, konfederatsiya mustaqil davlatlarning cheklangan sohalardagi ittifoqidir, ya’ni konfederatsiya subyektlari birlashish jarayonida o‘z mustaqilligini saqlab qoladi, federatsiya subyektlari esa, o‘z suverenitetini federatsiya idoralari ixtiyoriga topshiradilar. Shuningdek, federatsiya qat’iy ravishda konstitutsiya asosida birlashsa, konfederatsiya taraflarning o‘zaro kelishuviga binoan shartnoma yoki bitim asosida birlashadi.
Konfederatsiya muvaqqat, beqaror tuzilma. Odatda, u mustaqil davlatlarning federatsiyaga birlashishida yoki federatsiyaning mustaqil davlatlarga bo‘linib ketishida oraliq bosqich hisoblanadi. Masalan, Shveysariya 1815–1848-yillarda federatsiyaga birlashdi, Sene Gambiya 1982-yilda Senegal va Gambiyani birlashtirishga urinishdan so‘ng 1989-yilda mustaqil davlatlarga bo‘linib ketdi. Konfederatsiyani tashkil etgan davlatlar o‘rtasidagi munosabatning kuchsizligi uning barqaror emasligidan dalolat beradi. Uning tarkibiy qismlarida davlat suvereniteti va boshqa davlatchilik belgilari – mustaqil armiya, fuqarolik, qonunchilik, sudlov organlari tizimiga egaligi kabilarda namoyon bo‘ladi.
Konfederatsiyada yagona umumiy oliy davlat hokimiyati organlari yo‘q yoki ular bo‘lgan taqdirda ham nomigagina vakolatlarga ega. Konfederatsiya tarkibidan xohlagan subyekt, istagan vaqtda erkin chiqib ketish huquqiga ega. Konfederatsiyaning o‘ziga xos belgilari quyidagilardan iborat:

  1. konfederatsiya muayyan maqsadga erishish uchun birlashgan mustaqil davlatlarning ittifoqi;

  2. barqaror bo‘lmagan siyosiy tuzilma;

  3. yagona hududning bo‘lmasligi;

  4. yagona fuqarolikning o‘rnatilmasligi;

  5. konfederatsiya subyektlari undan erkin chiqib ketishi mumkinligi;

  6. konfederatsiya subyektlarining qonunchilik hujjatlarini qo‘llamaslik huquqiga egaligi;

  7. konfederatsiya vakolatiga cheklangan doiradagi masalalarni hal etish kirishi;

  8. konfederatsiya budjeti uning a’zolari ixtiyoriy badallaridan tashkil topishi.

Hozirgi vaqtda Yevropaning 28 ta davlatini birlashtirgan Yevropa ittifoqi davlatlarining hamdo‘stligi konfederatsiyasi mavjud. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi konfederatsiya emas. 2016-yil iyunida Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqish to‘g‘risida referendum o‘tkazdi. Bunda Angliya aholisining qariyb 60 foizga yaqini Yevroittifoqni tark etish g‘oyasini yoqlab ovoz berdi. «Breksit» – Ittifoqni tark etish, undan chiqish protsedurasi ikki yilga cho‘zilishi, London bilan Bryussel o‘rtasida uzoq muzokaralar bo‘lishi hozirgacha ta’kidlanmoqda. Yevroittifoqning boshqa a’zo-davlatlari orasida ham Buyuk Britaniyadan ibrat olishni o‘ylayotganlari bor. Chamasi, Yevropa Ittifoqi jiddiy islohotlarga muhtoj bo‘lib qoldi.
Davlat shaklining asosiy elementlari

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish