Irsiyat va salomatlik
Reja:
Odam ginetikasining xususiyati.
Ginetika bosqichlari.
Ginetika usullari.
Ginetika asoslarining tushunchalari
Mutatsiya.
Gen mutatsiyalari va gen kasalliklari
Gen mutatsiyalarining ahamiyati.
Mutagenlar va ularning asorati bilan tabiatning ifloslanishi.
Jismoniy mashqlar va genlar
Odam ginetikasining xususiyatlari.
Yer sharidagi borliq, jonivorlar, nasl qoldirish vabu nasldan o’zini to’liq takrorlash xususiyatiga ega. Bu tabiiy qonun. Yer yuzida hayor bor ekan, bu hol takrorlanaveradi. Har bir organizm, shu jumladan odam organizmi ham ajdodlardan o’tib kelayotgan belgilarni saqlab, ularni nasldan-naslga o’tkazish xususiyatlariga ega.
Muayyan avlodlarga xos tashqi ko’rinish belgilari, ichki organlar tuzilishi, organizmda shu avlodga xos modda almashinuvi, shu avlodga xos xarakter, talant va hokazolar ma’lum darajada zurriyotga o’tadi. Lekin bu bilan birga, shu avlodga xos og’ir kasalliklarga moyillik ham zurriyotga o’tadi.
Yer yuzida mavjud bo’lgan jami jonivorlarning o’ziga o’xshash zurriyot, ya’ni nasl qoldirish hujayra bilan bog’liq. Binolar g’ishtdan qurilganidek, har qanday organizm ham hujayradan tuzilgan. Har bir hujayra yadro, sitoplazma va qobiqdan tashkil topgan. Genetika fani tadqiqotlari ko’rsatishicha, irsiy omillar asosiy funksiyani yadro bajaradi. Yadro tarkibida esa xromosomalar, yadro shirasi, yadrocha va yadro qobig’i bor.
Odamda 1 mln atrofida genlar mavjud, lekin ulardan faqatgina 100 tasinigina irsiyati o’rganilgan. Odam belgilarining irsiyati boshqa organizmlarga nisbatan o’ziga xos xususiyatga ega. Ko’pincha yarim dominant genlar yuzaga chiqadi: dominandt va retsessiv genlarning yuzaga chiqishi yuqori ponentrantlikka ega, ya’ni bir xil genotipli shaxslarda irsiy belgini yuzaga chiqishi bilan yoki yashirin o’tishi mumkin. Ko’p genlarning eksressivligi xarakterli, ya’ni bir xil genotipli shaxslarda yuzaga chiqish darajasi turlicha. Belgilar polimer genlar ta’siriga ham bog’liq.
Odamda xromosomalarda birikkan xromasomalar guruhlari 24 bo’ladi. Ularning asosiy qismi 22 juft autosomalarda joylashgan. 100 tadan ortiq genlar esa jinsiy xromasomalarda joylashgan.
Sut emizuvchilarda, shuningdek, odamda ham X-va Y- xromosomlarda gomologik qismlar bo’lib, ularda sinapsis va krossingover jarayonlari o’tadi. Jinsiy xmosomalarning qaysi qismida joylashganligiga qarab genlarni uch guruhga bo’lish mumkin.
Birinchi guruh. Jins bilan bog’liq guruh bo’lib, ularga X-xromosoma bilan Y-xromosomada gomologik joylarda lokalizatsiyalangan genlar kiradi. Ular X-xromosoma bilan o’tadi. Bularga gimolofiya, daltonizm, ko’ruvnervining atrofiyasi va hokazolar kiradi. Dominant genlar ikkala jinsda bir xil yuzaga chiqadi, retsessiv genlar esa ayollarda faqat gomozigot, erkaklarda esa, geterozigot holatda namoyon bo’ladi.
Ikkinchi guruh. –Y-xmosomaning toq qismida joylashgan kichik sondagi genlar tashkil etadi. Bunday genlar golandrik deyiladi. Bu genlar faqat erkak jinsida uchrab, otadan o’g’ilga o’tadi. Masalan, quloqning ko’p tukliligi, ixtiozis (teri baliq tangachasidek), oyoqdagi panjalar orasida yupqa parda bo’lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |