Moyaklarning generativ funktsiyasi. Spermatogenez
Moyakning fakat egri-bugri kanalchalar devorida spermatogenez jaraeni ruy beradi va natijada erkak jinsiy xujayralar - spermatozoidlar yetiladi. Kolgan davom etuvchi kanalchalar urugni olib ketuvchi yo’llar xisoblanadi. SHu sababli kiskacha spermatogenez jaraenini utish xususiyatlarini kurib chikamiz. Spermatogenez - bu erkak jinsiy xujayralarining (spermatozoidlarning) yetilishi, xayvon organizmlarda urugdonlarda, odamda – moyakda utadi.
Spermatogenez jaraeni moyakning urug kanalllarida ruy beradi. Urug kanalchalari egri-bugri naychalardan iborat bulib, bularning devorining xar bir katlamida (zonasida) erkak jinsiy xujayralarni turli yetilish davrida ko’rish mumkin. Spermatogenez 4 davrdan iborat:
1. Kupayish davri
2. Usish davri
3. Yetilish davri
4. SHakllanish davri
1. Kupayish davri - egri-bugri kanalchalarning ichki yuzasi spermatogen epiteliy bilan qoplangan. Spermatogen epiteliy xujayralari bazal membrana ustida joylashgan bulib, orasida yerdamchi xujayralar uchraydi. Spermatogen epiteliyning eng tashki kavatida bevosita bazal membrana ustida spermatogoniyalar joylashgan. Bular - juda kichik, birlamchi diploid xujayralar bulib, intensiv ravishda mitotik yo’l bilan tez-tez kupayadilar.
2. Usish davrida kupayish davri natijasida xosil bulgan xujayralar usadi, tsitoplazma xajmi ortadi, yadro kattalashadi, DNK sintezlanadi va natijada kupayishdan tuxtagan spermatogoniyalardan birinchi tartibli spermatotsitlar yetiladi.
3.Etilish davri meyoz bulinishdan iborat. Meyoz ikkita ketma-ket mitotik bulinishdan tashkil topgan bulib, birinchi va ikkinchi mitozlar orasida interfaza davri bulmaydi.
Birinchi tartibli spermatotsitlar birinchi mitotik bulinishidan sung ikkinchi tartibli spermatotsitlarga aylanadi. Ikkinchi mitotik bulinishidan sung ikkinchi tartibli spermatotsitlardan gaploidli spermatidalar xosil buladi.
4.SHakllanish davri spermatidalar yadrosida xech kanday uzgarishlar ruy bermaydi, xujayrada fakat morfologik uzgarishlar ko’zatiladi. Spermatidalarda bosh, buyin va dum kismlari shakllanadi va natijada yetilgan spermatozoidlar xosil buladi.
Moyaklarning endokrin funktsiyasi
Erkak jinsiy bezlari - moyaklar ishlab chikargan gormonlari konga utadi. Moyakda endokrin funktsiyani interstitsial xujayralari yeki Leydig xujayralari bajaradi. Bu yirik xujayralar tuda-tuda bulib kon tomirlar atrofida, urug kanalchalar orasida joylashgan. Bu xujayralar erkak jinsiy gormoni - testosteronni ishlab chikaradilar. Testosteron erkaklar organizmiga xos bulgan ikkilamchi jinsiy belgilarni xosil bulishini ta’minlash bilan bir katorda, prostata xujayralariga, urug pufakchalarga, buyraklar, teri xujayralarga xam ta’sir kursatadi, ularning usishini, funktsional faolligini oshiradi, oksillar sintezini xujayrallarda jadallashtiradi, tukimalar usishini tezlashtiradi. Gormonni muxim vazifalalaridan biri - bu spermatogenez jaraeniga ta’sir etishi: konda gormonning mikdori past kontsentratsiyada bulsa spermatogenez jaraeni aktivlashadi, aksincha mikdori oshib ketsa spermatogenez sustlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |