MA’RUZA MASHG’ULOTLARI MAVZULARI
MAVZU №: 1. KIRISH . “ODAM ANATOMIYASI” FANIGA KIRISH.
Ma’ruza rejasi:
Anatomiyaga kirish.
Anatomiyaning fanining predmati, maqsadi va vazifalari.
Anatomiyani o’rganish usullari (metodlari).
Anatomiya fani rivojlanishining qisqacha tarixi
Odam tanasining tuzilishi
Tayanch iboralar: Odam anatomiyasi, sathlar, hujayra, to’qimalar, a’zo, a’zolar tizimi, yaxlit organizm, ontogenez, hujayraning bo’linishi.
Anatomiya fani odam organizmining shaklini, tuzilishini, uning rivojlanish jarayonini urganadigan fandir. Bu fan organizmning tashkil etuvchi xar bir tizimiga tegishli a’zolarni joylashuvini, tuzilishini bajaradigan funktsiyalari bilan boglangan holda, jinsiy taffovutlarni xisobga olgan holda, shuningdek atrof-muxitning a’zolar tuzilishi xamda vazifasiga bulgan ta’sirini urganadi.
Qadimiy anatomiya fani a’zolarni aloxida–aloxida urganib kelgan, ularning uzaro munosabatlarini, organizmning bir butunligini xisobga olmasdan, fakat dalillarni tuplash bilan chegaralangan. Xozirgi zamon anatomiyasi organizmning yagona sistema ekanligini, uning tashki muxit bilan chambarchas boglikligini, a’zolarning shakli bilan funktsiyasining bir-biriga bevosita alokador ekanligini nazarda tutadi.
Anatomiya fani uz oldiga kuygan maksadlariga kura, bir necha bo’limlarga bulinadi. Odam organizmi tuzilishi, rivojlanish xususiyatlarini evolyutsion nuktai nazardan – filogeneziga takoslangan holda xamda odam xolatiga utish jarayoni – antropogenezini solishtirma anatomiya urganadi.
Organizmning paydo bulishini, tugilguncha ona kornida usib, rivojlanib toki tugulguncha bulgan davrni embriologiya fani urgansa, tugilgandan boshlab to xayotning oxirigacha bulgan davrni “yoshga karab” anatomiya shugullanadi.
Anatomiya shu bilan birga a’zolarning joylashish xususiyatlarini, ularning uzaro munosabatlarini, chegaralarini, proyoqtsiyasini – topografik anatomiya urganadi. i. Organizmning shakllanishi va rivojlanishiga, shuningdek, odamlar yashab turgan muxitning iklimiy – geografik sharoiti, ijtimoiy tuzum kabi omillarni ta’sirini urganishi bilan antropologiya shugullanadi.
Odam organizmi a’zolarining tuzilishi ularning bajaradigan vazifasiga boglik holda tekshirish fuktsional anatomiya fanining vazifasidir.
A’zolarning ichki tuzilishini, ularni tashkil kilgan to’qimalar, hujayralarni urganish bilan gistologiya fani shugullanadi. A’zolarning kasallik xolatidagi tuzilishini urganish bilan esa patologik anatomiya shugullanadi.
Odam anatomiyasini uzlashtirishni osonlashtirish uchun bu fan odam organizmini shartli ravishda bir necha tizimlar yeki sistemlarga ajratib urganiladi (sistematik anatomiya).
Sistematik anatomiya suyaklar kismi - osteologiya, suyaklarning uzaro birlashishi bo’g’imlarni urganadigan kismi – sindesmologiya, muskullar – miologiya, ichki a’zolar sistemasi - splanxnologiya, kon tomirlar sistemasi – angiologiya, ichki sekret bezlar kismi – endokrinologiya, sezgi a’zolari – esteziologiya va nixoyat, nerv sistemasi – nevrologiya bo’limlaridan iborat. Xar bir tizimga tegishli a’zolarning tuzilishi, shakli, bajaradigan funktsiyasi, ularning uzaro munosabatlarini aloxida kurib chikiladi.
SHunday kilib, anatomiya fani odam organizmining tuzilishi va funktsiyalarini ularning evolyutsion rivojlanish asoslariga boglab, atrof-muxit ta’sirida shakllanish konuniyatlari bilan birgalikda urganiladi.
Bulardan tashkari, anatomiya mayib-majrux bulib tugilgan bolalar, nogironlar organizmining tuzilishini bola tugilgandan boshlab, karilik davrigacha bulgan vaktdagi organizmdagi morfologik yoshga karab uzgarishlarni urganadi.
Sport morfologiyasi – anatomiyaning maxsus bo’limi bulib, sportchilarda jismoniy ish ta’sirida turli tizimlar va a’zolardagi morfo-funktsional uzgarishlarni urgatadi. Sport morfologiyasi kuyidagi ma’lumotlarni uz ichiga kiritadi:
Sportchilar organizmida jismoniy ish ta’sirida adaptatsiya etishning tibbiy-biologik asoslarini.
Xaddan tashkari bulgan jismoniy ish ta’sirida va noto’g’ri tashkil etilgan trenirovka rejim natijasida organlar va sistemalarda sodir buladigan patomorfologik uzgarishlarni urganish.
Sportchilarning tanlangan sport turiga xos bulgan tayanch-xarakat apparatidagi adaptatsion uzgarishlar.
Statik va dinamik xarakterdagi jismoniy ish ta’siri natijasida muskul sistemadagi morfologik uzgarishlar.
Ichki organlarda siljish va ularda jismoniy ish ta’sirida xosil bulgan mofro-funktsional uzgarishlar.
Turli mutaxasisli sportchilarni morfotiplarini aniklash. Somatotiplashning yangi texnika metodlari. Sport tanlashda morfologik kursatkichlari va ularning axamiyati.
Genetik markerlar – sport tanlashda axamiyati va foydalanish zaruriyati.
Sportchilarning organizmida sodir buladigan mofrofunktsional uzgarishlarni bilish, nasliy va tashki muxit faktorlarining organizmning konstitutsional xususiyatlarini shakllanishda ta’sirini aniklash, tanlangan sport mutaxassisligida sport natijalarini oldindan prognoz kila bilish, “sport talantiga” ega bulgan usmirlarni selektiv tanlashni uz vaktida utkazish, to’g’ri trenirovka jaraenini tashkil etish, turli xarakatlar texnikasi samaradorligini oshirish va boshka jismoniy tarbiya va sportining muammolarini xal etishda yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |