Odam anatomiyasi


MAVZU №: 2: OSTEOLOGIYA. SUYAK TUZILISHI, EMBRIONAL VA FILOGENETIK RIVOJLANISHI. TANA SKELETI TUZILISHI



Download 0,71 Mb.
bet11/113
Sana19.01.2023
Hajmi0,71 Mb.
#900533
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   113
Bog'liq
Odam anatomiyasi

MAVZU №: 2: OSTEOLOGIYA. SUYAK TUZILISHI, EMBRIONAL VA FILOGENETIK RIVOJLANISHI. TANA SKELETI TUZILISHI.
Maruza rejasi:

  1. Suyaklar haqida ta’limot.

  2. Suyak tuzilishi, embrional va filogenetik rivojlanishi.

  3. Suyaklar klassifikatsiyasi.

  4. Tana skeleti: Umurtqa pog’onasi va ko’krak qafasi.

  5. Dumg‘aza tuzilishi va shakllanishi.

Tayanch iboralar: osteologiya, artrologiya, skelet, suyak tizimi, diafiz, metafiz, epifiz, osteotsit, osteoblast, osteoklast, kontroforslar, suyaklar tasnifi, sinostoz, sindesmoz, sinxondroz, simfiz, sesamasimon suyaklar, skalioz.


Suyaklar haqidagi ta’limot
Odam tanasining 1,5 - 1,7 kismi suyaklardan iborat bulib, suyaklar yigindisiga skelet deyiladi. Skelet degan suzi grekcha “skeleton” suzidan kelib chikib, “kuritilgan” degan ma’noni anglatadi. Bunday ma’noni kiritilishiga sabab, kadimgi davrda skelet oftob ta’sirida yoki kumning kizigidan foydalanib tayyorlangan.
Skelet tarkibiga 200 dan ortik suyaklar kirib, ulardan 33-34 tasi tok sonda buladi. SHartli ravishda skelet 2 kismga - uk skeleti va kushimcha skeletiga ajratiladi. Uk skeletiga kalla skeleti (29 suyaklar), ko’krak kafasi (25 suyaklar), umurtka pogonasi (26 suyaklar) kiradi. Kushimcha skelet tarkibiga kul skeleti (64), oyoq skeleti (62) kiradi. Rasm № Odam skeleti. 1- kalla skeleti, 2- umurtka pogonasi, 3- umrov suyagi, 4- kovurga, 5- tush suyagi, 6- yyelka suyagi, 7- bilak suyagi, 8- tirsak suyagi, 9- kaft oldi suyaklari, 10- kaft suyaklari, 11- barmok falangalari, 12- yenbosh suyagi, 13- dumgaza, 14- qov suyagi, 15 quymich suyagi, 16- son suyagi, 17- tizza qopkogi, 18- katta boldir suyagi 19- kichik boldir suyagi, 20- oyoq panjasining kaft oldi suyaklari, 21- oyoq panjasining kaft suyaklari, 22- barmok falangalari
Skelet suyaklari organizmda bir kancha funktsiyalarni bajaradi:
1. Ximoya vazifasi - suyaklar yigindisi odamlarda, xamma umurtkali xayvonlarda organizmni sirtidan joylashib, tashki skeletni xosil kiladi va atrofdagi muxitda buladigan turli-tuman ta’sirotlardan saklaydi. Ayrim suyaklar organizmda turli bushliklar xosil kilib, bu bushliklar ichida joylashgan a’zolar tashki muxitdan pishik ximoyalangan buladi. Masalan, umurtka kanalida orqa miya joylashgan, kalla skeleti ichida – bosh miya, ko’krak kafasida yurak, upkalar, kizilungach va yirik kon tomirlari joylashgan.
2. Tayanch vazifasi - yumshok to’qima va a’zolar skeletining tashkil etuvchi ayrim kismlariga birikib turishi natijasida, a’zolarni organizmda muayyan joyda urnashib turishini ta’minlaydi.
3. Xarakat vazifasi - skeletni tashkil kilib turgan suyaklar bir - biri bilan bo’g’imlar orqali birlashib, xar xil rыchaglar xosil kiladilar. Suyaklarga paylar va boglamlar yerdamida muskullar birikib, nerv sistemasi tomonidan keladigan impulьslar yordamida muskullar kiskarishini yuzaga keltiradi. Suyak va muskul sistemalaridan tayanch-xarakat apparati xosil buladi va tanani fazoda turli xolatlarda saklashda, turli xarakatlarni bajarishda ishtirok etadi.
4. Kon yaratilishi yeki gemopoez funktsiyasi – ma’lumki, naychali suyaklarining kanalida suyak iligi yeki kumigi joylashgan. Suyak kumigi emrional xaetning uchinchi oyi oxirida paydo buladi. Eritrotsitlar va donador leykotsitlar suyak kumigida takomil topadi. Demak, suyaklar kon yaratuvchi asosiy manba xisoblanadi.
Suyaklarning mineral modda almashinish funktsiyasida ishtirok etishi – suyaklar turli tuzlarni tuplanish deposi xisoblanadi.
Suyak – a’zo sifatida nafakat suyak to’qimasidan, balki uni tarkibiga biriktiruvchi to’qima, kon tomirlari va nervlar kiradi. Tashkaridan suyak suyak usti pardasi yeki periost bilan qoplangan. Suyak pardasi pishik biriktiruvchi to’qimadan tashkil topib, uning tarkibida kon tomirlari, limfatik tomirlar va nervlar utadi. Suyak usti pardasining tashki kavati tolali, ichki kavati - suyak xosil kiluvchi katlam bulib, to’g’ridan-to’g’ri asosiy suyak to’qimasi bilan birlashib ketadi. Suyak usti pardasi tarkibidagi osteoblastlar suyakni rivojlanishini, eniga usishini va turli jaroxatlardan sung tiklanishini ta’minlaydi. Endost yupka, nozik parda bulib, suyakni suyak kumigi tomondan qoplab turadi. Endost tarkibida osteoblastlar va kollagen tolalaning tutamlari uchraydi.
Suyaklar bir vaktda xam kattik, xam elastik xususiyatga ega bulib, ularning tarkibida 1/3 kismi organik moddalar (ossein) bulsa, kolgan 2/3 kismini esa anorganik moddalar – kalьtsiy, fosfor va magniy tuzlari tashkil etadi. Suyaklar elastikligini ossein ifodalasa, kattikligi esa mineral tuzlari tufayli xosil buladi. Organik va anorganik moddalarning nisbati suyaklarda yoshga karab uzgarib boradi. Yosh organizmning suyaklari tarkibida ossein kup bulganligidan ular egiluvchan va maxkam buladi. Yosh ulgayib borgan sayin suyaklarda mineral tuzlar mikdori oshadi. SHuning uchun keksa kishilarning suyaklari uzining elastik xususiyatlarini asta-sekin yukotib borib, murt va tez sinadigan bulib koladi.
Suyaklar tarkibida organik va anorganik moddalardan tashkari A, D va S vitaminlari xam buladi. Yosh bolalarning suyaklari tarkibida kalьtsiy tuzlari va D vitamini yetishmasa raxit kasalligi vujudga keladi, suyaklarning pishikligi kamaya?i va xar tomonga kiyshayishi mumkin.
Suyaklarni bo’g’im xosil kiladigan satxlari bo’g’im togaylari bilan qoplangan. Suyak kavaklari suyak iligi bilan tula buladi. Suyak iligi, organizmga kon elementlari ishlab beradi va muxim biologik vazifani bajaradi. Ilik sarik va kizil buladi. Sarik ilik asosan yog xujayralaridan iborat bulsa, kizil ilik retikulyar to’qimasidan iborat nozik kizil massa bulib, kon shakliy elementlarni ishlab chikarish manbasi xisoblanadi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish