Zamonaviy morfologiya fanida funktsional, genetik va ekologik yunalishlari. Odam tansining ayrim a’zolari va tizimlari tuzilishini ularning funktsiyasi (faoliyati) bilan uzviy boglik ravishda urganish morfologlar tomonidan shakl va funktsiyaning dialektik birligi tulik tan olinganligining dalolatidir. P.F. Lesgaft esa bu materialistik dune karash goyasining morfologiya namoendasi sifatidagi ximoyachisi va tashvikotchisi bulgan. U yaratgan va rivojlantirgan nazariy anatomiya konuniyatlari, jumladan suyaklar usishi konuniyatlari, mushaklarning, bo’g’imlarning, ichki a’zalarining tuzilishi xamda tomirlarning tarmoklanishi konuniyatlar zaminini shakl va funktsiyaning dialektik birligi goyasi asosida yaratgan.
P.F. Lesgaft anatomiya fanida jismoniy tarbiya, sport va tibbiet amalietlari bilan uzviy boglik bulishi, ilgor yunalishning funktsional anatomiyaning asoschilaridan biridir. Uning “Nazariy anatomiya asoslari” (“Osnovы teoreticheskoy anatomii”) nomli fundamental asaridagi goyalar xozirgi kunda zamonaviy anatomiya fani rivoji uchun poydevor bulib xizmat kilmokdalar.
P.F. Lesgaft 1892 yilda nashr etilgan “Nazariy anatomiya asoslari” nomli noeb asarida odam anatomiyasining urganish borasida yangi yo’l-yuriklar va uslublarni izxor kildi. Dune olimlari orasida tasviriy anatomiya goyalari ustunlikka ega bulgan davr uchun P.F. Lesgaftning funktsional anatomiya goyalari uning chuqur ilmiy fikrlash, ixtirochilik va yangilikka intilish kobiliyatlaridan dalolat berdi. Xarbiy-meditsina akademiyasining professori V.L.Gruber tasviriy anatomiyadan bir kancha asarlar yaratgan, Rossiyada birinchi anatomik muzeyini tashkil kilgan va P.F.Lesgaftning ustozi bulgan. F.Lesgaft uz ustozlari va zamondoshlaridan farqli odam tanasining yeki a’zolarining tuzilishini ularga xos bulgan funktsiyasi bilan boglik ravishda urgandi.
Morfologiya fanining yutuklari shu bugunda P.F.Lesgaftning teoretik anatomiya goyalari rivojlanishining davomiyati bulib, nafakat yaxlit organizm va a’zolargina emas, balki to’qimalar va hujayra ichra tuzilmalarga morfo-funktsional jixatdan xam baxo berishda asos bulib kolmokda.
P.F. Lesgaft anatomiya rentgenologik izlanishni kiritgan olimlar namoendasidir. Xozirda esa tirik odam anatomiyasini urganish soxasida rentgenologik izlanishlarning kator yangi turlari (elektrorentgenografiya, mikrorentgenografiya, rentgenodensitometriya, kinotelevizion rentgenografiya, kompьyuterli tomografiya va boshkalar) katorida “Egizaklar” usuli, kapillyarosqopiya, biopsiya uslubi va xokazolar kullaniladi.
P.F. Lesgaftning ilgor va ulug murabbiylik (pedagogik) xususiyatlari esa uning birinchi bor tabiiy bilimlariga, antomiya faniga asoslanib yaratgan jismoniy tarbiyaning ilmiy asoslarida uz aksini topdi.
P.F. Lesgaft asos solgan goyalar ma’nosining unlab yillar mobaynida ilgor olimlar tomonidan chuqurlashtirilishi va kengaytirilishining xosilasi sifatida ommaviy jismoniy tarbiya va sportning rivojida jismoniy va ruxiy jixatdan soglom shaxslarni shakllantirish amalietda muxim axamiyatga ega bulgan zamonaviy sport morfologiyasi fani shakllantirdi.
P.F. Lesgaftning zamonaviy antropologiya va biomexanika fanlarining rivojlanishiga kushgan xissalari bebaxodir. P.F.Lesgaft tomonidan 131 ilmiy ishlar chop etilgan: undan 69 tasi anatomiya fani buyicha, uning raxbarligi ostida 22 dissertatsiyalar tayerlangan.
V.N. Tonkov – “Odamning normal anatomiyasi” darsligini yozdi. Bu darslik besh marta kayta nashr etildi. Bu darslikning kup yillar mobaynida shuxrat kozonganini sababi, anatomiyadagi butun tizimlarning a’zolarini tuzilishi anik, ravshan tilda, anatomiya dalillarining xammasi esa evolyutsiya goyalari asosida izoxlangan.
Odam organizmning yashash sharoitlarida jismoniy mashklari va yuklanishlarni bajarishga adaptatsiya (moslashuvi) muammosi zamonaviy sport morfologiyasining eng dolzarb muammosi xisoblanadi. Kurinishi, kuvvati va davriyligi xilma-xil bulgan jismoniy yuklanishlarning yoshi yeki jinsi jixatidan turlicha bulgan (bolalar, usmirlar, o’rta yoshli va keksa) odamlar organizmiga ta’sirotlari to’g’risida amalietda kuplab ma’lumotlar bor. Bu ma’lumotlarning aksariyati odamlarda va tajribada olingan mexnat va sportning turlicha kurinishlari mobaynida shiddatli muskul faoliyatining tayanch-xarakat tizimiga ta’sirotlarga moyildir. Bu ma’lumotlar avvalo P.F. Lesgaft kalamiga mansub bulib, ularga yana M.F. Ivanitskiy, A.A. Gladisheva, M.G. Prives, A.I. Kurachenkov, B.A. Nikityuk, A.P. Sorokin, F.V. Sudzilovskiy, V.G. Koveshnikov, P.Z. Gudz kabi yetuk olimlar ulkan xissalarini kushganlar.
Uzbekistonda morfologik fanlarning tarakkieti R.E.Xudayberdiev, K.A.Zufarov, N.K.Axmedov, X.Z.Zoxidov faoliyati bilan boglik. R.E.Xudoyberdiev - tanikli uzbek morfologi, professor, Uzbekistonda xizmat kursatgan fan arbobi, Uzbekiston anatomiya maktabining asochilaridan biridir. 60-yillik ilmiy faoliyati davomida professor R.E.Xudoyberdiev raxbarligida odam anatomiyasi kafedrasining jamoasi ishtirokida bir nechta muxim ilmiy yunalishlar buyicha izlanishlar utkazilgan va ishlab chikmokda: jaroxat tufayli va eksperimental ta’sirotlar ostida kon aylanish tizimida sodir buladigan uzgarishlarni, kon aylanishi buzulgan xolda odam organizmda kollateral yo’l bilan tiklanish, ichki a’zolarda turli ekstremal xollarda mikrotsirkulyator tizimini urganish, xazm kilish a’zolarida kompensator-moslashuv jaraenini urganish maksadida oshkozonni rezektsiya kilingandan sung, shu tizim a’zolaridagi morfo-funktsional uzgarishlar va kompensator javobi aniklandi.
Uzbek tilida anatomiya kitobi - birinchi original darslik sifatida tasviriy va funktsional anatomiya soxasida kup yil davomida ishlab kelgan, yetarli tajribaga ega bulgan pedagog va olimlar R.E.Xudayberdiev, N.K.Axmedov, X.Z.Zoxidovlar xamkorligida birinchi martaba yaratilgan. Nerv tizimi va turli morfo-funktsional tizimlardagi a’zolarda innervatsiya xususiyatlarini N.K.Axmedov tomonidan urganilgan. Tibbiy - biologik va ayniksa morfologik fanlarning tarakkieti akademik K.A.Zufarov faoliyati bilan boglik. K.A.Zufarov Uzbekistonda kuchli va butun dunega mashxur bulgan morfologlar ilmiy maktabini yaratdi. Olimning eng katta xizmatlaridan biri – u birinchi bulib xar bir a’zoni makrostrukturasidan tortib, to eng nozik elektronmikroskopik tuzilmasigacha urgandi, a’zolar va tizimlar faoliyatining umum jaraenlarni asoslari kursatildi. Kup yillar davomida utkazilgan eksperemental tadkikotlarlar natijalari eng zamonaviy usullar yerdamida yechildi, shu jumladan elektron mikroskopik usuli O’rta Osieda birinchi martaba ilmiy izlanishlarga kiritildi. K.A.Zufarov raxbarligida duneda birinchi martaba to’qimalar va a’zolarning elektronmikroskopik atlasi yaratilgan. Atlas mazmuni jixatdan, bajarilish texnikasi va elektronnogrammalarni sifati buyicha dunening eng yirik ilmiy maktablaring yetakchi olimlari tomonidan yuksak baxolangan. K.A.Zufarov morfologiya fanlarida kilgan xizmatlari uchun Pragada “Purkinьe” oltin medali bilan mukofatlangada “Zufarov morfologiyaning shoxsupasiga chikkan olim.” deb faoliyatini yuksak baxolashgan.
, Sunggi davrlarda esa izlanishlarning asosiy yunalishlarini odamda va jonivorlarda xarakat faolligiga moslashuv jaraenini ta’minlashda uzgarishlarni urganish tashkil etdi (V.Ya. Kamishov, Ya.R. Sinelnikov va boshkalar tadkikotlari). Ammo, ichki a’zolardagi adaptatsion uzgarishlar to’g’risidagi ma’lumotlar xanuzgacha ozdir. Jismoniy mashklarga moslashuv davrida immun tizimda ruy beradigan uzgarishlarga esa sunggi yillardagina axamiyat berila boshlandi (F.V. Sudzilovskiy, Yu.P. Xussar va boshkalar). Bu boradagi ma’lumotlar nafakat umumiy nazariy axamiyatga, balki yukori darajada amaliy axamiyatga egadir. Ichki a’zolarda amalga oshiriladigan adaptatsion uzgarishlar to’g’risidagi ma’lumotlar sport mashgulotlarini rivojlantirish, tibbiet nazorat samarasini yukori darajaga kutarish, sportchilarda turli xastaliklar kelib chikishni oldini olish, xal kilishga ilmiy asos bulmokda. Bularning salmogi, ayniksa bolalar va usmirlani sport turlariga tanlash va yunaltirish muammolarini xal kilishda nixoyatda yukoridir. Sport mofrologiyasining eng murakkab va muxim muammolaridan biri jismoniy yuklanishlarning bolalar va usmiralar organizmiga ta’sirini urganishdir. Bolalar va usmiralar orasida sportga tanlov va yunaltirish masalalari maksadga muvofik ravishda, xamda bir vaktning uzida usib kelaetgan yosh organizmning rivojlanish va shakllanish jaraenlariga salbiy ta’sir kursatishini tulik istisno kilganda amalga oshirilishi mumkinligini doimo ko’zda tutmok lozim. Bu band bolalar va usmiralar sportini rivojlantirish borasida eng muxim va tulik amal kilinishi shart bulgan konundir.
Jismoniy tarbiya va sportni ommaviylashtirishi borasidagi sport morfologiyasi namoendalari oldidagi vazifalarga kelsak, bu yunalishdagi bilimlar majmuasi xal kilish uchun nixoyat darajada ozdir. Sport morfologlar ushbu vazifani bajarish yo’lida eks – sporchilarning readaptatsiya kilish jaraenida o’rta va ulugrok yoshli insonlar organizmlarida ruy beradigan adaptatsion uzgarishlar moxiyatini urganishda xali kup izlanishlar utkazilishi kerak.
Sport morfologiyasi namoendalari tomonidan uzok yillar davomida urganilib kelinaetgan va shu kunlarda xam uz yechimini tulik topmagan muammolaridan yana biri – bu sportdagi jinsiy polimorfizm muammosidir. Bu yunalishda xal etilishini talab kiladigan vazifalar aellar organizmining keng mikesli xususiyatlarining jadal xarakat faoliyatiga moslashuv jaraenida aks etishni, demak sportdagi kursatkichlariga ta’sirot bilan uzaro boglanishlarini urganishni uz ichiga oladi. SHunga yarasha, aellar sportida tibbiy nazorat va kasallanish xolatlarining oldini olish tadbirlari xam uz xususiyatlariga ega buladi.
Sunggi 10-20 yillar mobaynida sport morfologiyasi namoendalari uz nazarlarini sport tanlovi va sportga yunaltirish masalalarini irsiy (genetik) belgilarni urganish orqali xal etishga karatdilar.
Bu borada B.A. Nikityuk, B.I. Kogan, R.N. Doroxov, D.D.Safarova, E.G. Martirosov, SHvarts V.P. kabi olimlarning turli toifali sportchilarning vaktda morfologik, genotipik va fenotipik kursatkichlarini taxlil etib, ular orasida sport tanloviga asos bula oladigan va aynan sportchining kelajakda yukori kursatkichlarga erishish kobiliyatini bashorat kilish imkoniyatini yaratadigan kator belgilarni aniklaganlar.
Sport morfologiyasi namoendalarining bugungi kundagi birinchi darajali vazifalaridan yana biri ilmiy-amaliy adabietlarda chop etilgan ma’lumotlarni ta’xlil va sintez kilish, umumlashtirish va xulosalarni jismoniy tarbiya xamda sport amalietiga jadal tadbik etishdan iboratdir.