Tadqiqotchilar «islomiy yozuvni» 328 - 511 yillar oralig’ida shakllangan deb taxmin qilishadi. Bu yozuv Suriyada qo’llanila boshlab, karvon qatnovlari orqali Hijozga yoyilgan deyishadi. Bu yozuvni Hijozda «Xatti nabatiy» yoki «iroqiy» deb ham yuritishgan. Kufiy yozuvga asos bo’lgan nabatiyda yozilgan eng qadimgi hujjat 31-yil xijriyga mansub bulib, Misrda topilgan. Bu yozuv asosida kufiy va nasx xatlari kelib chiqqan.
Nastaʼliq — xattotlik uslubi, arab mumtoz xat uslublaridan biri. 14-asrda shakllangan, nazariy asoschisi Mir Ali Tabriziy. Bu xat nasx va taʼlsh xat uslublari asosida yaratilgan boʻlib, har-flarning 5/6 qismi egri va 1/6 qismi toʻgʻri chiziqlar asosida.
Islomiy manbalardan ma’lum bo’lishicha, bu xat Kufa xattotlari orasida tez yoyilib, unda asosan, Qur’on va ilmiy asarlar ko’chirib yozila boshlagan. Xususiy yozishmalar uchun nasx xati shakllandi. Bu xat turlari mayda o’zgarishlar bilan xati makkiy, madaniy, basriy va kufiy degan to’rt xil shaklda ishlatila bordi (Masalan, makkiy va madaniy xatlarda alifni o’ng tomonga og’diribroq yozishgan). Bu to’rt xat asosida abbosiylar davrida 12 xil qalam yuzaga kelgan.
«Dor ul-hikma»ga asos solinib, mavjud yodgorliklar ko’plab ko’chirib yozilgan Ma’mun Abbosiy davrida xatning murassa’, nassox, rihoniy, riqo’ turlaridan keng foydalanganliklari ma’lum. Bu xatlardan
20 tasi kufiy asosida yuzaga kelgan bo’lib, qolganlari nasx xati zaminida yaratilgan.
«Naqshi Haron» (568)
«Naqshi namora»
«Naqshi zabd» (511-yil),
Arablarning hozirgi yozuvga yaqin shaklda yozilgan yozma yodgorliklarining eng qadimiysi milodning 328-yilida yuzaga kelgan hujjat
Hijriyning VII—VIII asrlariga kelib kufiy xat zavol topa boshladi. Bu davrga kelib xatning quyidagi olti turi mustahkamlanib qoldi: nasx, suls, ta’liq, rayhoniy, muhaqqaq, riqo’. Ma’lumki, qadim arab adabiyoti og‘zaki shaklda rivojlangan edi. Shoirlar she’rlarini xatga tushirishlari mavjud odatlarga ko‘ra mumkin bo‘lmagan. Faqat Qur’on xatga tushirilgandan keyingina, yozma manbalarning yuzaga kelishiga yo‘l ochilgan.
Islomgacha bo‘lgan shoirlarning she’rlari yoki ulardan parchalar Ibn Qutaybaning «Shoirlarning she’rlar kitobi» asariga, Abul Farojning «Qo‘shiqlar kitobi» tazkirasiga kiritilgan. Markaziy Osiyoda xuddi shunday jarayonning davomi bo‘lib, Abu Rayhon Beruniyning (973—1048) «Al-osor-ul-boqiya anal sarnul-xoliya» asari bo‘ldi. Bu o‘lkamizda islomgacha bo‘lgan asarlar mazmunini tiklab qo‘yishda juda muhim ish bo‘lgan.
kitobat
|
– xafiy va jaliy qalamlarda kitoblar ko’chirish.
|
mufradot
|
– birlik harflar bilan ishlash;
|
murakkabot
|
– harfni harfga qo’shib yozish,
|
qit’aot
|
– chorbayt, masnaviy, ruboiylarni yirik jaliy qalamda yozish,
|
munshaot
|
– xafiy qalamda xat yozish, insho yozish
|
Xattot matni uch tur xatda, ya’ni oyat, hadislarni «nasx», oddiy matnlarni «nasta’liq», bob va sarlavhalarni «suls» xati bilan ko’chirilishi shart bo’lgan. 28 harfdan tarkib topgan arab alifbosining dastlabki shakli Nasxi Hijoziy qadimdir. Mushafi Usmon ham mana shu xatda bitilgan. Keyinchalik shu asosda ko’plab nusxalarda ko’chirilgan. Yaratilgan barcha usliublarning asosini 7 xildagi xat turi ifoda etgan. Shuning uchun ham ular haqida muxtasar ma’lumot berish maqsadga muvofiq.
1. Muhaqqaq xati – bu xatning ko’proq qismi tekis, qolgan bo’laklari dumaloq shaklda yoziladi. Bu xat hijoziy va ko’fiy xatiga ko’proq o’xshaydi. Shu bois Ibn Muqla bu xatni «muhaqqaq» deb nomlab, uni boshqa xatlardan birinchi deb atagan.
2. Suls – bir narsaning uchdan bir hissasi yoki uchinchi hissasi demakdir. «Suls xati» deyilishiga sabab shuki, bunda qalamning uchinchi hissasi ishlatiladi yoki qalamning uchdan bir hissasi ko’proq ishga solinadi. Ibn Bavvob birinchi bo’lib nuqta o’lchovlariga tayangan holda, suls xati harflari shaklining grafik asoslarini ixtiro etgan.
3. Rayhoniy xati suls xatidan kelib chiqqan bo’lib, bunday nom ushbu xatning yozilish shakli rayhon barglariga o’xshashligi uchun berilgan.
4. Nasx xatining ixtirochisi mashhur san’atkor xattot Ibn Muqladir. Bu xat yuzaga chiqqandan keyin boshqa xatlar mansux bo’lib ishlatilmay qoldi. Ilmiy adabiyot va qo’lyozmalarda ko’p uchraydigan «g’ubor xati» nasx xatining mayda qalamda yozilishidir. Raqamlarga o’xshash mayda shaklda yozilgani uchun shunday nom berilgan.
Mashhur xattotlardan biri Said Qosim bitta guruch donasiga g’ubor xatida «Ixlos» surasini yozgan va shu xatning ixtirochisiga aylangan.
5. Tavqi’ xatining yarmi tekis, yarmi yumaloq chiziqdan tashkil topgan. Hijoziy xatiga o’xshashligi bor. O’ tmishda qozilar va hokimlar hujjatlarni aynan tavqi’ xati bilan imzolagan bo’lib, idora va mahkamalarda farmonlarga, maktub va qo’lyozmalarga tavqi’ uslibida imzo qo’yilgan.
6. Riqo’ xatining xususiyatlaridan biri, unda aksariyat harflar bir-biriga qurama qilib yoziladi. Riqo’ «ruq’a» so’zining ko’pligi bo’lib, «qog’oz parchasi» degan ma’noni anglatadi.
7. Ta’liq xati aslida, riqo’dir. Uning har xil shakllarga solib yozilishidan ta’liq xati yuzaga kelgan. Xoja Tojiddin Sulaymon va Abul Oliy ismli xattotlar bu xatga asos solganlar.
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |