Одам анатомияси фанидан маъруза матни kirish



Download 288 Kb.
bet14/15
Sana02.03.2022
Hajmi288 Kb.
#477635
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Одам анатомияси фанидан маъруза матни

SEZGI ORGANLARI
Maqsad: Analizator haqida tushunchalar:eshitish, ko'rish, ta'm bilish, hidlov va teri analizatorlarining tuzilishi, ahamiyati haqida tushuncha. Tashqi, o'rta va ichki quloq tushunchasi, ulardagi suyakchalar va labirint, chig'anoq hamda ko'rish, taktil analizatorlar haqida bayonot.
Darsning rejasi.
Terining tuzilishi va ahamiyati.
Eshitish va vestibulyar apparat haqida tushuncha.
Ko'rish analizatori. Ko'zning tuzilishi, ko'z soqqasi va uning pardalari. Ko'zning gavhari va yordamchi apparatlari haqida ma'lumotlar.
Ko'zning muskullari va nur singdiruvchi apparatlari.
Tayanch so'zlar: reseptor, tuyg'u, taktil, epidermis, asl teri, muguz, tarnovsimon va qo'ziqorinsimon so'rg'ichlar, ta'm bilish piyozchasi, chig'anoq, quloq suprasi, eshituv yo'li, yog' va oltingugurt bezlari, nog'ora parda, fibroz to'qima, shilliq parda, yevstaxiy nayi, eshituv suyakchalari: bolg'acha, sandon, uzangi, suyak labirinti: dahliz, chig'anoq, yarim doira kanallar; gorizontal, sagital va frontal kanalchalar; parda labirinti tiniq suyuqlik- perilimfadan iborat. Endolimfa suyuqligi, korti organi, otolit apparati, kapsula, yadro, muguz parda, oqsilli sklera parda, tomirli pardada pigment ko'p, albinoslarda o'rta parda pigmentsiz, qorachiqni kengaytiruvchi va toraytiruvchi muskullar, fotoreseptor, ko'r dog', sariq dog', tayoqcha va kolbachalar, biopolyar nerv hujayralari, ganglioz hujayralar, multipolyar neyronlardir; gavhar va shishasimon tana, kon'yuktiva, meybom bezi, alveolyar bez, gumbaz.
Odam va hayvonlarda tashqi va ichki muhitning turli o'zgarishlarini payqaydigan xilma-xil reseptorlar yoki sezuvchi organlar mavjud. Bu organlar: tuyg'u, ko'rish, eshitish, ta'm va hid bilishlarga bo'linadi. tuyg'u va teri badanni qoplab, mexanik shikastlanishlardan, infeksiyalardan himoya qiladi. Gavda haroratini bir xil saqlashda, nafas olishda, moddalar almashinuvida, suv balansini saqlashda va chiqindi moddalarni chiqarishda qatnashadi. Teri ikki qavatdan: epidermis va asl teridan iborat. Epidermis- ko'p qavatli yassi epiteliydan, uning ostida asl teri ikki qavatdan so'rg'ichli va to'r qavatdan iborat. So'rg'ichli qavatda, so'rg'ichlar bo'lib, qon tomirlari va nerv tolalariga boydir. Terini ostida zichlashmagan qo'shuvchi to'qima qavatida yog' qavati bor. Terida ter, yog', sut bezlari bor. Terining muguz ortiqlariga soch va tirnoqlar kiradi.Soch (jun) o'zak bilan ildizdan iborat. Soch ildizi piyozchasidan va soch xaltasidan iborat. Xaltachaning ichki yuzasi epiteliy to'qimasidan, tashqi qavati qo'shuvchi to'qimadan tuzilgan. Ta'm bilish organi shilliq pardasida tarnovsimon, qo'ziqorinsimon so'rg'ichlarda yotuvchi ta'm bilish piyozlaridan iborat. Hidlov organi burun bo'shlig'ining yuqori chig'anog'ining shilliq pardasida hidlov sohasida joylashgan.hidlov sohasi sarg'ish rangi bilan nafas sohasidan farqlanadi. Eshituv va muvozanat organlari uch qismdan: tashqi, o'rta va ichki quloqdan iborat.
Tashqi quloq quloq suprasidan va tashqi eshituv yo'lidan iborat. quloq suprasi teri bilan qoplangan tog'ayning murakkab bir turidir. Tashqi eshituv yo'li tog'ay va suyak qismidan iborat. Tashqi eshituv yo'li teri bilan qoplangan. Bu terida yog' bezlari va o'zgargan ter bezlari-oltingugurt bezlari bor.tashqi eshituv yo'li berk holda tugaydi: bu yo'l quloqdan nog'ora parda (quloq pardasi) bilan to'silgan. Voyaga yetgan odamda eshituv yo'lining uzunligi o'rta hisobda 2,5 sm, shundan uchdan bir qismi tog'ay qismiga, uchdan ikki qismi suyak qismiga to'g'ri keladi. Nog'ora parda (quloq pardasi) tashqi quloqni o'rta quloqdan ajratib turuvchi yupqa,ammo pishiq plastinkadir. Bu parda fibroz to'qimadan tuzilgan bo'lib, sirtdan epidermis bilan, ichkaridan esa shilliq parda bilan qoplangan.quloq pardasi chakka suyagining nog'ora qismida mustahkam turadi; pardaning tarang bo'limi va sathi bo'limi tafovut qilinadi. Nog'ora parda tashqi eshituv yo'lining o'qiga nisbatan qiyshiq joylashadi, gorizantal sath bilan 450 burchak hosil qiladi.
O'rta quloq, nog'ora bo'shlig'iyevstaxiy nayi va chakka suyagining so'rg'ichsimon o'siq kataklaridan iborat. Nog'ora bo'shlig'i kichkina 1 sm3 chamasi hajmli kamgak bo'lib, chakka suyagida joylashgan, lateral tomonda tashqi eshituv yo'liga chegaradosh va undan nog'ora parda bilan ajralgan. Nog'ora bo'shlig'i ichkaridan shilliq parda bilan qoplangan va havo bilan to'lgan: bu bo'shliqda eshituv suyakchalari, muskullar, tomirlar va nervlar yotadi.
Nog'ora bo'shlig'ida 6 ta devor: yuqori va pastki, oldingi va orqadagi, lateral va medial devorlar ajratiladi. Ular quloq bo'shlig'ida eshituv suyakchalari yotadi, ular 3 ta: bolg'acha, sandon va uzangidan iborat. Bolg'acha dastasi nog'ora pardasiga yopishgan, boshchasi esa sandon asosi bilan birlashib, bo'g'im hosil qilgan, sandon o'siqlaridan biri uzangi boshchasi bilan bo'g'im tuzib birlashgan..uzangi asosi oval darchaga suqilgan bo'lib, shu tariqa ichki quloqqa tegib turadi. Eshituv suyakchalarining funksiyasi-tovush tebranishlarini (nog'ora pardaning tebranishlarini) tashqi quloqdan ichki quloqqa o'tkazishdir.
Yevstaxiy nayi nog'ora bo'shlig'ini burun bo'shlig'i orqali tashqi ahvoli bo'shliqqa tutashtiruvchi birdan-bir kanaldir. Bu kanal tor, uzunligi 3,5 sm ga qadar bo'lib, shilliq parda bilan qoplangan. Kanalning qattiq devorlari suyak qismidan va tog'ay qismidan iborat. Ichki quloq eshituv va muvozanat organining asosiy qismidir. Eshituv ta'sirotlarini, fazoda bosh vaziyatining o'zgarishlarini sezuvchi nerv priborlari ichki quloqda joylashadi. Tashqaridan suyak labirint bilan o'ralgan parda labirint ichki quloq tarkibiga kiradi. Suyak labirint uch qism: dahliz, chig'anoq va yarim doira kanallardan iborat. Dahliz noto'g'ri shakldagi bo'shliq bo'lib, markaziy o'rinni egallaydi. Dahlizning lateral devorida 2 ta teshik: oval va yumaloq darchalar bor. Oval darcha uzangi asosi bilan yopilgan. Yumaloq darchaga esa ikkilamchi nog'ora parda tortilgan. Dahlizning orqa devorida 5 ta teshik bor, shu teshiklar dahlizni uchta yarim doira kanalga tutashtiradi.dahlizning oldingi devorida bitta teshik bor, bu teshik chig'anoq kanaliga o'tadi.
Chig'anoq suyak labirintning oldingi qismi bo'lib, 2-2, marta buralib berk holda tugaydigan kanaldan iborat.yarim doira kanallar uchta: gorizontal, sagital va frontal kanallardan iborat. Har bir kanal oyoqchalaridan bittasi dahliz bilan chegaradosh qismida kengayib, ampula hosil qiladi. Frontal va sagital kanallarning oddiy (ampulasiz) uchlari dahlizga umumiy teshik orqali ochiladi, shuning uchun dahliz tomonda 6 ta emas 5 ta teshik bor.
Parda labirint suyak labirintning ichida joylashgan. Parda labirintning uchta qismi: o'rta qism, chig'anoq kanali va yarim doira kanallari bor.Suyak labirint (ichki yuzasi) bilan parda labirint (tashqi yuzasi) o'rtasida tiniq suyuqlik-perilimfa bilan to'la yoriq bor. Perilimfatik kamgak bosh miyaning subaraxnoidal kamgagiga tutashadi. Parda labi rint bo'shliqlar bilan kanallarning endolimfa suyuqligi bilan to'lgan berk sistemasidir. Parda labirintning suyak dahlizida joylashgan o'rta qismi 2 ta bo'shliqdan: xaltacha va bachadondan iborat, bu bo'shliqlar kanal orqali o'zaro tutashgan.
Bachadonchaga parda yarim doira kanallar ochiladi. Xaltachadan chig'anoq kanali boshlanadi. Parda labirint qismlaridan yarim doira kanallar, bachadoncha va xaltacha muvozanat organiga kiradichig'anlq kanali eshituv organiga taalluqlidir, uning ichki yuzasidagi hujayralar to'plami korti organidir. Parda yarim doira kanallarning ampulalarida, bachadoncha va xaltacha sezuvchi hujayralarning to'plamlari bor.Ularning yuzasidan ichkariga tuksimon o'siqlar ketadi. Shu o'siqlarning yig'indisi otolit apparat-dirildoq massani hosil qiladi. Fazoda boshning vaziyati o'zgarganda otolit apparatlar o'rnidan siljiydi; ular tukchalarni ergashtirib, o'rnidan sijitadi.Nerv impulsi esa bosh vaziyatining o'zgarishlarini qayd qiladi.
Ko'ruv organi 2 qismdan: periferik va markaziy qismlardan iborat. Ko'z kosasida joylashgan ko'ruv organining periferik qismiga ko'z soqqasi, ko'ruv nervi va ko'z soqqasining yordamchi apparatlari (muskullar, fassiyalar, ko'z qovoqlari, ko'z yosh apparati, tomirlar va nervlar) kiradi. Ko'z soqqasi sharga o'xshaydi, qabariqdir. Ko'z soqqasining oldingi va orqa qutblari, ko'z soqqasi kapsula bilan yadrodan iborat. Ko'z soqqasida uchta parda: tashqi, o'rta va ichki pardalar bor. Tashqi pardada oldingi tiniq bo'lim-muguz parda(shox parda) va orqadagi tiniqmas bo'lim-oqsil(sklera) tafovut qilinadi.
O'rta (tomirli) pardada qon tomirlari va pigment ko'p. Turli kishilarda pigment miqdori har xil-odam ko'zining rangi shunga bog'liq. Albinoslar ko'zining o'rta pardasi pigmentsiz, ya'ni ko'zi qizg'ish, chunki qon tomirlari ko'rinib turadi. Tomirlarning pardada uch qismi: asl tomirli parda, kipriksimon tana, rangdor parda ajratiladi. Asl tomirli skleraning eng orqadagi bo'limidir. Bu parda yupqa, qo'ng'ir tusli bo'lib, tomirli pardaga bo'sh birikkan. Asl tomirli parda bilan sklera o'rtasidalimfa yoriqlari sistemasi bor. Kipriksimon tana tomirlari pardaning qalin tortgan o'rta qismini egallaydi. Kipriksimon tana tarkibida silliq muskul tolalari bor. Shu tolalardan kipriksimon muskul hosil bo'ladi. Bu muskul bir qancha boylamlar yordamida gavharga qo'shilgan bo'lib, qisqarganda gavhar egriligini o'zgartiradi, ya'ni ko'z akkomodasiyasida qatnashadi, ko'zni turli masofadagi narsalarni ravshan ko'rishga moslashtiradi.
Rangdor parda (kamalak parda) tomirli pardaning oldingi bo'limi bo'lib, disk shaklidayu markazidagi teshik qorachiq deb ataladi. Rangdor parda bag'rida 2 ta muskul: qorachiqni kengaytiruvchi va toraytiruvchi muskullar bor. Qorachiqni toraytiruvchi muskul tolalari qorachiq chekkasi atrofida sirkulyar (aylanma) qavat hosil qiladi, qorachiqni kengaytiruvchi muskul tolalari esa rangdor pardadagi teshikdan radiuslar bo'ylab uzunasiga joylashadi.
Ichki parda (to'r parda) funksional jihatdan eng muhimi bo'lib, taraqqiy etish jihatdan ko'ruv nervi bilan bir butun hisoblanadi. To'r parda yorug'likka sezgir bo'lib, tomirli pardaning hamma bo'limlarini qoplaydi.Yorug'lik ta'sirotlarini sezadigan nerv elementlari to'r pardaning faqat orqadagi bo'limida, asli tomirli pardaga yoyondosh qismda bo'ladi. To'r pardaning shu bo'limi ko'ruv qismi deb ataladi. Kipriksimon tana va rangdor pardani qoplaydigan to'r pardada foto reseptorlar yo'q. To'r pardaning ko'ruv qismida funksional jihatdan ikki bo'lim bor: birinchisi- ko'ruv nervining chiqqan joyi, ko'r dog' deb ataladi (unda yorug'likka sezgir nerv elementlari deyarli yo'q). Eng yaxshi ko'rish nuqtasi sariq dog' deb ataladi (unda yorug'likka sezgir nerv elementlari ko'proq).
To'r parda murakkab tuzilgan bo'lib, ko'p qavatlari bor. To'r parda sirtdan (tomirli pardaga chegaradosh qismida) pigment hujayralar qavati bilan qoplangan. Yorug'lik ta'sirlarini sezadigan va ko'ruv nervi impulslarini markazga o'tkazadigan sezuvchi nerv hujayralari shu qavatda joylashadi. Pigment hujayralar qavatidan bevosita ichkarida yotgan sezuvchi biopolyar nerv hujayralari-tayoqchalar bilan kolbachalaryorug'lik ta'sirlarini sezadi. Bu hujayralar yorug'likni nerv impulsiga aylantirib, keyin navbatdagi neyronlarga-tayoqchalar bilan kolbachalar qavatidan ichkarida yotgan biopolyar nerv hujayralariga o'tkazadi. Biopolyar nerv hujayralari ko'ruv impulsini to'r pardaning ganglioz hujayralariga o'tkazadi. Bular yirik multipolyar neyronlardan iborat bo'lib, dendritlari ko'ruv nervini hosil qiladi.
Shunday qilib, yorug'lik nuri butun to'r pardadan pigment hujayralar qavatigacha o'tadi.to'r pardadagi tayoqchalar bilan kolbachalar yorug'lik ta'sirini nerv impulsiga aylantirib, keyin to'r pardaning ichki qavatlarida yotgan nerv hujayralariga o'tkazadi. Ko'z soqqasining yadrosi suvsimon namlik, gavhar va shishasimon tanadan iborat. Gavhar rangsiz, tiniq moddadan tuzilgan, ikki tomoni qabariq shisha shaklida bo'lib, strukturasiz tiniq kapsula bilan o'ralgan. Gavhar ko'z soqqasining oldingi qismida bo'lib, ingichka boylam yordamida siliar muskulga birlashgan. Gavhardan oldingi va orqa tomonda katta-kichik 2 ta bo'shliq hosil bo'ladi. Oldingi (kichikroq) bo'shliqni rangdor parda ko'zning oldingi va orqadagi kameralariga ajratadi. Bu kameralarda suvsimon namlik degan tiniq suyuqlik bor. Ko'zning oldingi va orqadagi kameralari qorachiq orqali o'zaro tutashadi. Gavhardan orqa tomondagi katta bo'shliq modda bilan to'la.Bu modda shishasimon tanadir.
Ko'z soqqasining yordamchi apparatlari. Oldingi tomonda ko'z soqqasi teri burmalari-yuqori va pastki
Download 288 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish