NERV SISTEMASI
Maqsad: Nerv sistemasining struktura birligi, neyronning tuzilishi. Miyaning oq va kulrang moddalari. Orqa miyaning tuzilishi, o'rlovchi pardalari va segmentlari. Orqa miya ildizlari, nervlarining tarqalishi va o'tkazuvchi yo'llari. Orqa miyaning oldingi va orqa shoxlari, miyaning chigallari, ulardan chiqadigan asosiy nerv tarmoqlari. 2 soat.
Bosh miyaning tuzilishi, bo'limlari: uzunchoq miya, ortki miya, o'rta miya, oraliq miya va oldingi orqa miya, ularning morfologiyasi, ahamiyati va tasnifi. Oq va kulrang moddalarning joylashishi, bosh miya nervlarining o'tkazuvchi yo'llari.Katta yarim sharlarning bo'limlari, burmalari va egatlari. Retikulyar formasiya
Bosh miya nervlari, ularning markazlari va tananing turli qismlarini innervasiya qilishi. Nerv sistemasining vegetativ, avtonom qismi, uning anatomik xususiyatlari. Simpatik va parasimpatik tugunlari va nervlari. Bosh miya po'stlog'idagi markazlarning joylashishi.Bosh miyani o'rovyai pardalar. Bosh miya nervlarining 12 ta juftining tasnifi-2 soat.
Darsning rejasi.
Nerv sistemasining tuzilishi va ahamiyati.
Orqa miyaning tuzilishi, o'rovchi pardalari va taraqqiyoti.
Uzunchoq miyaning tuzilishi, markazlari va o'tkazuvchi yo'llari.
O'rta va oraliq miyaning tuzilishi va ahamiyati.
Ortki miyaning tuzilishi va undagi nerv markazlari.
Miya po'stlog'ining tuzilishi va o'tkazuvchi yo'llari.
Bosh miyaning o'rovchi pardalari va nerv markazlari.
Periferik nerv sistemasi.
Bosh miya nervlarining tasnifi.
Tayanch so'zlar: neyron, impus, akson, konus, segment, psevdounipolyar shakldagi sezuvchi nerv hujayralari, orqa miya tuguni, periferik, oq va kulrang modda, miyelin pardasi, sinaps, mediator, ko'prikcha, markaziy kanal, multipolyar, harakatlantiruvchi hujayra, vegetativ, simpatik, parasimpatik nerv, kiritma neyronlari, funksional, tashqi, tur, tomirli parda, chigal, o'rgimchak uyasimon pardaning orasida subdural kamgak joylashgan, subaraxnoidal kamgak, unda suyuqlik mavjud, aralash nerv, lateral, medial tutami, so'rg'ichsimon o'siq, noksimon muskul, chanoq va dumba sohasi, gumbaz, stvoli, piramida, so'rg'ichsimon tana, gipofiz, kulrang do'mboq, ko'ruv traktlari, miya oyoqchalari, Voroley ko'prigi, rombsimon chuqurcha, olivalar, retikulyar formasiya, dorsal, yarim sharlar, silviy suv yo'li, qopqog'i, g'ilofi, qora va qizil yadro va retikulyar formasiya yadrolari, ko'ruv do'mbog'i, do'mboq osti vaustki sohasi, gipotalamus, qadoqsimon tana, plashch, efferent, sekretar tolalar, afferent, somatik, effektor, postganglionar.
Nerv sistemasi barcha organlarning va sistemalarning faoliyatini boshqaradi va organizmning tashqi muhit bilan o'zaro ta'sirini yuzaga chiqaradi.nerv sistemasining asosiy funksional birligi nerv hujayrasi (neyron) dir. Nerv hujayralari nerv qo'zg'alishi-nerv impulsini o'tkazadi. Nerv qo'zg'alishi dendritdan nerv hujayrasining tanasiga o'tadi. Akson orqali esa navbatdagi neyronga yoki ishlovchi organga o'tkaziladi. Bunda organizm bir nechta neyron bilan ta'sirotni sezadi va unga javob qaytaradi.
Orqa miya umurtqa pog'onasining kanalida joylashgan. Voyaga yetgan odamda orqa miya chegaralari: yuqorida 1-bo'yin umurtqasi, pastda 2 bel umurtqasining yuqori chekkasi. Orqa miya yuqorida ro'y-rost chegara qoldirmay, uzunchoq miyaga ulanib ketadi, pastda esa konus bo'lib tugaydi. Orqa miyaning bo'yin va bel yo'g'onlashmalari mavjud. Orqa miyaning har bir segmentidan bir juft oldingi va orqadagi ildizlari boshlanadi. Orqadagi ildizini yo'g'onlashgan joyi bor, bu esa psevdounipolyar shakldagi sezuvchi nerv hujayralarining to'plamidir, ular orqa miya tugunini hosil qiladi. orqa miYA tugunlaridagi hujayralarning markaziy o'siqlari yig'indisi orqadagi ildizlarni hosil qilad, ya'ni sezuvchi ildizlardir. Oldingi ildizlar- harakatlantiruvchi ildizlar hisoblanib, nerv hujayralarining o'siqlaridan iborat. Ular orqali nerv impulsi orqa miyadan muskullarga boradi va harakatlantiruvchi nerv oxirlarini hosil qiladi.orqa miyada 31 juft segment tafovut qilinadi: 8 ta bo'yin, 12 ta ko'krak, 5 ta bel, 5 ta dumg'aza va 1 ta dum segmentlariga bo'linadi. Orqa miyaning og'irligi 30 g, o'rtacha uzunligi 45 sm. orqa miyaning markaziy qismi kulrang moddadan, periferiyasida oq modda joylashgan. Nerv hujayralarining tanalari va dendritlari to'q kulrang moddani hosil qiladi. Miyaning oq moddasi esa miyelin pardasi bilan qoplangan, tolalari aksonlardan tashkil topgan. Bu tolalar miya doirasidan tashqariga chiqib, miya markazlarini turli organlar bilan bog'laydigan nervlar hosil qiladi.Axborot hujayralarga dendritlar orqalt keladi. Dendritlarni sathi neyron tanasining sathidan katta. Ularda ko'p miqdorda boshqa neyronlarning uchi joylashgan. Aksonning yon va oxirgi o'simtalari bo'lishi mumkin. Akson qo'zg'alishi neyron tanasidan boshqa hujayra va to'qimalarga o'tkazishga moslashgan, uzunligi 1 sm ga yaqin va sinaps bilan tugallanadi. Aksonda 100 dan ortiq sinaps, dendritlarda minglab sinapslar bo'ladi.
Kulrang modda nerv hujayralari tanalarining to'plami bo'lib, kapalak shaklidadir. Uning har bir yarmida oldingi shox, orqa shox va oraliq zona tafovut qilinadi. Kulrang moddaning o'ng va chap qismlari ko'prikcha vositasida o'zaro tutashgan, bu ko'prikchaning o'rtasida markaziy kanal bor. Orqa miyaning oldingi shoxlari yirik multipolyar harakatlantiruvchi hujayralardan iborat. Orqadagi shoxlarda maydaroq nerv hujayralari bor, bu hujayralarning to'plamlaridan bir necha sezuvchi yadro hosil bo'ladi. Oraliq zonadagi hujayralardan nerv sistemasining vegetativ qismi simpatik nerv sistemasi) ning yadrolari va sezuvchi yadrolar hosil bo'ladi.simpatik nerv sistemasi yadrolarining aksonlari orqa miyadan oldingi ildizlarning tolalari oraliq zonaning sezuvchi yadrolari bilan bog'langan. Orqa miyaning kulrang moddasida harakatlantiruvchi va sezuvchi yadrolardan tashqari tarqoq joylashgan kiritma neyronlar ham bor. Bu hujayralari sezuvchi nerv impulsiniyadrolarda: harakatlantiruvchi yadrolarga o'tkaziladi, orqa miyaning segmentlari: funksional va anatomik jihatdan bir butunligini ta'minlaydi. Oq moddaning tolalari o'tkazuvchi yo'llar, ko'tariluvchi (sezuvchi) va tushuvchi (harakatlantiruvchi) sistemalarni tashkil qiladi. Ular orqa miyani bosh miya bilan funksional jihatdan birlashtiradi. Kulrang modda bilan oq moddaning miqdori orqa miyaning turli qismlarida turlichadir. Beldagi yo'g'onlashmada va pastki segmentlarda kulrang modda nisbatan ko'proq. Bo'yindagi yo'g'onlashmada esa kulrang modda yanada ko'proq, lekin oq moddaning hajmi unchalik kamaymaydi. Orqa miya pardalari: orqa miya 3 hil parda bilan o'ralgan: tashqi to'r parda, ichki tomirli parda yoki yumshoq parda.
Tashqi parda- qalin teshik orqa miya ildizlarini yopuvchi uzun va keng xaltadan iborat. Umurtqa pog'onasi kanalining devoriga taqalib turmaydi. Umurtqa pog'onasi kanalining suyak ust pardasi bilan qattiq parda o'rtasida epidural kamchak bor. Shu kamchakda orqa miyani umurtqa pog'onasidan qon yig'uvchi yirik vena tomirlarining chigallari, yog' klechatkasi limfa tomirlari joylashgan. O'rgimchak uyasimon parda qo'shuvchi to'qimadan tuzilgan yupqa, tiniq plastinkadir. qattiq parda bilan o'rgimchak uyasimon parda orasida subdural kamchak bor. Tomirli yumshoq parda orqa miya moddasiga taqalib turadi. Orqa miyaga qon keltiruvchi tomirlar shu pardadan o'tadi.tomirli parda bilan yupqa o'rgimchak uyasimon parda orasida subaraxnoidal kamchak bor.
Orqa miya nervlari. Orqa miyadan 31 juft nerv chiqadi. Har bir orqa miyadan orqadagi ildizli- sezuvchi va oldingi harakatlantiruvchi ildizlaridan chiqadigan nerv qo'shilib aralash nervini hosil qiladi. Bu nervlar umurtqalararo teshikdan chiqib oldingi va orqadagi tarmoqlarga bo'linadi va aralash nerv tarmoqlari hisoblanadi. Harakatlantiruvchi va sezuvchi tolalardan tashqari qo'shuvchi tarmoqlar va parda tarmog'i chiqadi. Qo'shuvchi tarmoqlar orqa miyadan sezuvchi tolalar ichida simpatik nerv tolasi miya stvoliga o'tsa, boshqasidan simpatik stvoldan orqa miya nervlariga simpatik tolalar o'tadi. Orqa miya nervlarining oldingi tarmoqlari 2 ta chigal: bo'yin va yelka chigallarini hosil qiladi. Bel, dumg'aza va dum nervlarining oldingi tarmoqlaridan ham 2 ta chigal: bel va dumg'aza chigallari vujudga keladi. Bo'yin chigali. Bo'yin bo'limi dastlabki 4 ta orqa miya nervining oldingi tarmoqlaridan hosil bo'ladi. Bo'yin chigalining sezuvchi nervlari to'sh-o'mrov so'rg'ichsimon o'siq muskullarining uzunasi bo'yicha o'rtasida yelpig'ich shaklida yoyilib ketadi: ularga ensaning kichik nervi, quloqning katta nervi, bo'yinning ko'ndalang nervi, diafragma nervi va aralash nervlar kiradi. Bo'yin chigalining harakatlantiruvchi nervlari bo'yinning chuqur muskullariga va til osti suyagidan pastroqdagi yuza muskullariga boradi. Yelka chigali ko'krak orqa miya nervlarining oldingi tarmoqlaridan vujudga kelib, qo'ltiq bo'shlig'iga kiradi. Yelka chigalining yuqori bo'limidan bir qancha kalta nervlar chiqadi. Bular orqaning yuza muskullarini, yelka kamarining ko'pchilik muskullarini, kurakning qo'lga tegishli muskullarini innervasiya qiladi. Yelka chigalining asosiy qismi qo'ltiq chuqurchasida qo'ltiq arteriyasining yonida shu arteriyani 3 tomondan o'rab turadi. Yelka chigalining asosiy qismi 3 tutamga: medial, lateral va orqadagi tutamlarga bo'linadi. Medial tutamdan quyidagi nervlar chiqadi: yelka terisining medial, tirsak nervi va o'rta nervi chiqadi. Yelka chigalining lateral tutamidan o'rta nervning lateral ildizidan tashqari muskul teri nervi ham chiqadi. Bu nerv yelkada yelkaning 2 boshli muskuli bilan yelka muskuli orasida yotadi, bilak terisining lateral nervi shaklida bilakka chiqadi. Orqadagi tutamda 2 ta nerv-bilak va qo'ltiq nervlari boshlanadi.
Ko'krak orqa miya nervlaring oldingi tarmoqlari 12 juft qovurg'a muskullari orasida qovurg'a egatda yotadi. Bel chigalida 12 ko'krak va 1, 2, 3, 4-bel orqa miya nervlaring oldingi tarmog'i kiradi. Bel chigalini mayda nervlari: yonbosh qorin osti nervi, yon-son nervi, jinsiy organlar, son nervi. Bu nervlar qorin devori pastki bo'limining va tashqi jinsiy organlar terisini, moyakni ko'taruvchi muskulni innervasiya qiladi. Qorinning serbar muskullariga harakatlantiruvchi tolalar beradi, belning kvadrat muskulini, yonbosh-bel muskulini, tashqi va ichki berkituvchi muskullarin innervasiya qiladi.
Dumg'aza chigali eng yirik chigal bo'lib, beldagi 4-orqa miya nervi bilan 5-orqa miya nervi, 1, 2, 3 va 4-dumg'aza orqa miya nervlarining oldingi tarmoqlaridan vujudga keladi. Dumg'aza chigali kichik chanoqning lateral yuzasida yotadi, noksimon muskul ustidagi va ostidagi teshiklar orqali kichik chanoqdan dumba soxasiga kiradi. Dumba soxasida dumbaning katta muskuli ostida dumg'aza chigalining kalta nervlari (dumbaning yuqoriva pastki nervlari bilan uyatli nerv) dumba muskullarini, oraliq muskullarini, oraliq va pastki jinsiy organlar terisini innervasiya qiladi. dumg'aza chigalinig uzun nervlariga sonning orqadagi teri nervi bilan quymich nervi kiradi. Katta boldir nervi hamda boldir-taqim kanalidan katta bolir arteriyasi va shu nomli venalar birga o'tadi. Katta boldir nervi kanaldan chiqqach, medial to'piqni aylanib o'tib, oyoq kaftiga chiqadi va shu joyda oxirgi tarmoqlarga: oyoq kaftining medial nervi bilan oyoq kaftining lateral nerviga bo'linadi.
Kichik boldirning yuza va chuqur nervlaridan chiqqan oxirgi tarmoqlar boldirdan oyoq panjasining dorzal tomoniga tushadi. Quymich nervi va uning tarmoqlari son muskullaring orqadagi guruhini, boldirning va oyoq panjasining barcha muskullarni boldirning medial yuzasidan va oyoq medial chekkadan boshqa hamma terisini innervasiya qiladi. Dum chigali oxirgi chigal bo'lib, 5-dumg'aza orqa miya nervi bilan dum nervining oldingi tarmog'idan hosil bo'ladi va nozik orqa dum nervlari chiqadi, orqa terisini va dum soxasini innervasiya qiladi.
Nerv sistemasi: BOSH MIYA (Encepnalon-2 soat)
Bosh miya kalla siuyagining ichida joylashgan. Uning tepa va yon yuzalari gumbaz shakliga, pastki yuzasi yassi, o'rtasi biroz botiqdir. Bosh miyada 3 qutb: peshona, ensa, chakka qutblar tafovut qilinadi. Voyaga yetgan odam bosh miyasining vazni o'rtacha erkaklarda 1375 g, ayollarda 1245 g ni tashkil etadi. Bosh miya 2 ta asosiy bo'limdan: miya stvoli va katta yarim sharlardan iborat. Orqa miyaning davomi uzunchoq miyadan iborat, pastki yuzasida piramidalar ko'rinadi. Uzunchoq miyaning yo'g'on tortgan yuqori uchi ko'prikka chegaradosh. Uzunchoq miya bilan ko'prik ustida miya yarimsharlari joylashadi. O'rta miyaning bir qismi bo'lgan miya oyoqchalari ko'prikdan oldingi tomonda bo'ladi. Oraliq miya qismlari: so'rg'ichsimon tanalar, gipofiz, kulrang do'mboq, ko'ruv traktlari, ko'ruv nervlarining kesishmasi miya oyoqchalaridan oldinda yotadi. Uzunchoq miya bosh miya bilan orqa miya o'rtasida ensa suyagining ichida joylashgan. Uning pastki uchi katta ensa teshigida chegarasi orqa miya bilan qo'shiladi, ustki uchi old qismidan Voroley ko'prigining orqa qirg'og'iga tegib turadi. Orqa va tepa tomondan uzunchoq miyani rombsimon chuqur o'rtasida joylashadi. Uzunligi 25 mm, tuzilishi bo'yicha orqa miyani eslatadi. Uni ham o'rtasidagi chuqur yorig'i orqa tomondan o'rta egati bilan o'rtasidan teng 2 pallaga bo'linadi. Ularda ham yon egat va orqa egatlar, tuzilmalar mavjud. Oldingi o'rta miya yorig'i 2 tomondan bo'rtib ko'rinadigan uzunasiga ketgan tizimchalari piramidalari bor.
Bu piramidalar harakatlantiruvchi nerv tolalari o'tkazish yo'llari to'plamidan iborat. Tolalarning bir qismi uzunchoq miya bilan orqa miya chegarasida, oldingi yoriq ichida qarama-qarshi tomondagi piramida tolalari bilan kesishadi va orqa miyani yon tomondagi tizimchasi bo'lib pastga tushadi. Kesishmagan tolalari piramidadan o'z tomonida piramida yo'llarini hosil qiladi, pastga yo'naladi. Uning tolalari har qaysi segment soxasida kesishib boradi. Piramidalardan tashqari tomonda yotadigan tolalari bor. Orqa yuzasining ikkala yon tomoni bo'ylab uzunasiga ketgan orqa egatchasidan nozik ponasimon tizimchalar va nozik ponasimon do'mboqchalarni hosil qiluvchi har xil yadrolarning hujayralarida tugallanadi. Olivalar ichida kulrang modda to'plami, olivalarda yadrolar yotadi. Bu olivalarda miyacha bilan birgalikda oldingi yon egatning davomida 12 juft miya nervining ildizlari chiqadi. Uzunchoq miyada 9-juftdan to 12-juftgacha bosh miya nervlarining yadrosi bor. Uzunchoq miyaning to'rsimon (retikulyar) formasiya yadrolari bor. Oq moddasi orqa miyaga boradigan uzun tolalar va bosh imya stvol qismidagi yadrolarni bir-biri bilan bog'laydi.
Ortki miya 2 qismdan: oldingi tomonda-Varoley ko'prigi, orqa tomondan iborat. Ko'prik uzunchoq miyaning davomidir. Ko'prikning ventral yuzasi qavariq bo'lib, ko'ndalang egatlar bilan pastda uzunchoq miyadan ro'y-rost chegaralangan. Ko'prik dorsal yuzasi miyaning 4- qorinchasining tubiga kiradi va rombsimon chuqurchaning yuqori yarmini tashkil etadi. Uzunchoq miya kabi ko'prik ham oq modda bilan kulrang moddadan iborat. Ko'prikning oq moddasi ko'tariluvchi va tushuvchi , o'tkazuvchi yo'llardan hosil bo'ladi. 5-8-juft bosh miya nervlaring yadrolari va ko'prikning xususiy ko'prik soxalari bo'ladi. Miyacha odamda ortki miyaning eng katta bo'lagi bo'lib, kishining hamma har xil harakatlarini bir me'yorga solib kelishtirib turadi. Miyachaning miya ko'prigi va uzunchoq miyadan dorsal tomonida joylashgan ikkita yarim shar o'rta oyoqchasi-miya ko'prigi bilan, pastki oyoqchasi esa uzunchoq miya bilan birlashtiradi. Miyacha oyoqchalari oq moddasi o'tkazuvchi yo'llardan iborat. Miyachaning o'rta oyoqchalari tushuvchi yo'llardan hosil bo'ladi. Ular katta yarim sharlar po'stlog'ini ko'prikning xususiy yadrolari orqali miyacha po'stlog'iga birlashtiradi.yuqori va pastki oyoqchalardan ham sezuvchi yo'llar o'tadi, ular ongsiz bo'g'im muskullarini sezgisini, impulsini o'tkazadi.. miyacha muskullar qisqarishini uyg'unlashtiradi va gavda muvozanatini saqlaydi. Miyaning 4- qorinchasi rombsimon miya bo'shlig'i bo'lib, konus shaklida. Bu bo'shliq pastda orqa miyani markaziy kanaliga o'tadi, yuqorida silviy suv yo'ligacha davom etadi.
O'rta miya. (mesencephalon) dorsal tomondagi to'rt tepalik plastinkasidan vertikal qismda 3 ta bo'lim: qopqog'i, g'ilofi, asosi yoki miya oyoqlari mavjud. g'ilof bilan asosi o'rtasida qora moddasi bor. g'ilofda ikkita yadro: qizil yadro va retikulyar formasiya yadrolari, suv yo'lida esa markaziy nervlari yotadi. Miya oyoqchalarining asosi piramida yo'llari va ko'prik yadrolari hamda miyacha bilan katta yarim sharlar po'stlog'ini bog'laydi. g'ilofda medial sezuvchi qovuzloq deyiluvchi yuqoriga ko'tariluvchi yo'llar sistemasi yotadi. O'rta miyadagi eng yirik qizil yadrodir. Tushuvchi (harakatlantiruvchi) yo'l shu qizil yadrodan boshlanib, orqa miyaning oldingi shoxlaridagi harakatlantiruchi hujayralarda tugaydi.
Oraliq miya. (dieneephalon) oxirgi miya bilan o'rta miya oralig'ida joylashgan ikki yon tomondagi katta yarim sharlarga qo'shilib ketgan. Uning tarkibiga ko'ruv do'mbog'i, do'mboq osti soha va do'mboq usti sohasi kiradi. Oraliq miya bo'shlig'i 3- qorinchani tashkil etadi. Ko'ruv do'mbog'ining lateral yuzasi yarim sharlar bilan qo'shilib ketadi. Medial yuzasi do'mboq osti sohasi bo'lib davom etadi. Ko'ruv do'mbog'ini 3 ta asosiy yadrolari: lateral yadrolarga katta yarim sharlar po'stlog'iga boradigan hamma sezuvchi yo'llar shu qismda almashadi, ya'ni oxirgi neyronga po'stloq usti sohasida ustki miya ortig'iga uzatiladi.Do'mboq osti sohasida eshituv va nerv reflekslarini markazlari hisoblangan yadrolar yotadi. Gipotalamus po'stloq osti sohasida joylashgan. Kulrang do'mboqda modda almashinuvini va issiqlik almashinuvini boshqaradigan markazlar bor. So'rg'ichsimon tanalarda po'stloq ostidagi hidlov markazlari joylashgan. Oraliq miya po'stloq ostidagi oliy vegetativ markaz bo'lib, umodda almashinuvini va barcha ichki organlar faoliyatini boshqaradi. Uchinchi qorincha oraliq miya bo'shlig'i bo'lib, toq bo'shlig'i hisoblanadi.
Oxirgi miya. (Jelencephalon). O'ng va chap yarim sharlarning o'rtasida tirqish ichkarisida oq modda plastinkali qadoqsimon tana yotadi. qadoqsimon tananing tubida gumbaz bor. Gumbaz ustunlari va oyoqchalarini hosil qiladi.qadoqsimoa tana bilan oldingi qismi bilan gumbaz o'rtasida miya to'qimasining yupqa vertikal plastinkasi bor, tiniq to'siq deyiladi. Katta miya yarim sharlarikulrang modda bilan oq moddadan iborat. Katta miya yarim sharlarida kulrang modda ham tashqarida, ham ichkarida yotadi. Kulrang moddaning tashqi qavati bosh miya po'stlog'ini hosil qiladi, yarim sharlar ichkarisidagi kulrang modda to'plamlari asos tugunlarini tashkil etadi. Bosh miya po'stlog'ining qalinligi turli bo'limlarda turlichadir (1,3-4,5 mm). Bosh miya po'stlog'ining butun sirtini egatlar kesib o'tgan. Shu egatlar orasida turli shakldagi katta-kichik pushtalar joylashadi. Bosh miyaning har bir yarim sharida uchta yuza: medial, qavariq va pastki yuzalar tafovut qilinadi. Kalla suyagiga mos ravishda qabariq dorsal-lateral yuza katta-kichikligi xar hildir. Lekin doimiy bo'lagidan bir nechta egatlar bor. Bular yarim sharning bo'laklarini tashkil etadi. Har bir yarim sharda 5 ta bo'lak bor: peshona, tepa, chakka, ensa bo'lagi, yashirin bo'lak- yon egat egatchalarini ichkarisida joylashgan. Bunda peshona bilan tepa orasida chegara markaziy egat bo'lsa, tepa bo'lagi bilan ensa orasida tepa-ensa egatidir. Peshona qismining dorsal lateral yuzasini oldingi pushtasida markaz oldi egati va peshona bo'lagini o'rta pastki peshona pushta tepa egat ham markaziy egatning orqasida unga parallel joylashgan. Tepa 3 ta pushtaga: orqa markaziy pushta, ustki tepa pushta va ostki tepa pushtaga bo'linadi. Bosh miya katta yarim sharlarining kattaroq qismi plashch hosil qiladi, kichikroq qismi esa hidlov miyasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |