NAFAS SISTEMASI
Maqsad: Nafas sistemasining ahamiyati. Nafas organlarining tuzilishi, tanada joylashishi. Burun bo'shlig'i, hiqildoq, traxeya, bronxlar va o'pkalarning tuzilishi. Hiqildoqning tovush hosil qilish funksiyasi. Nafas organlarining takomillashuvi haqida bayonot.
Darsning rejasi.
Nafas organlarining takomili.
Hiqildoq tog'aylari, bo'g'imlari va muskullarining ta'rifi.
Kekirdak, bronx va o'pkalarning tuzilishi, ahamiyati.
Plevra bo'shlig'i va uning ahamiyati.
Tayanch so'zlar: traxeya, bronx, nafas parenximasi, alveola, xoana, g'alvir suyak, chig'anoq, kiprikli epiteliy, qanot tog'ayi, lateral, medial, renit, gaymor bo'shlig'i, jag', peshona, ponasimon sinus bo'shliqlari, uzuksimon, qalqonsimon, hiqildoq usti, shoxsimon va ponasimon tog'aylar, cho'michsimon, ovoz boylami va burmalari, ovoz yorig'i, fibroz, konus, egat, segment, bronxiola, asinus, plevra, viseral.
Nafas a'zolariga burun bo'shlig'i, hiqqildoq, traxeya (kekirdak), bronx va o'pkalar kiradi. Nafas sistemasining havo yo'llariga (burun bo'shlig'i, hiqildoq, traxeya va bronxlar) o'pkaning nafas parenximasidagi nafas qismi alveolalari kiradi.
Burun bo'shlig'i nafas yo'lining boshlanish qismi. U orqali havo kirib, orqa tomonda joylashgan xoana orqali burun-hiqildoq yo'liga ochiladi. Burun bo'shlig'i yuqoridan peshona suyagi, g'alvir suyak va ponasimon suyaklar bilan chegaralanadi.
Burun bo'shlig'ini ikki yonbosh tomonidan burun suyagi, tepa jag' suyagining tanasi bilan peshona o'siqlari, ko'z yoshi suyagi, g'alvir suyak, tanglay suyagining perpendikulyar plastinkasi, ponasimon suyakning o'siq plastinkalari chegaralab turadi. Burun bo'shlig'ining pastki chegarasi tepa jaq suyagining tangalay suyagi o'sig'i bilan, tanglay suyagining gorizontal plastinkalari qo'shilib qattiq va yumshoq tanglay hosil bo'lishidan tashkil topgan. Burun bo'shlig'i to'siq orqali 2 ga bo'linadi. Burun bo'shlig'ini 3 ta turtib chiqqan chig'anoqlar bo'shliqni 3 yo'lga bo'ladi: yuqori yo'li g'alvir suyakning tepa va o'rta burun chig'anoqlari orasida joylashgan, bu yo'lga g'alvir suyakning orqa kataklari va ponasimon suyak tanasidagi bo'shliq ochiladi. Burun bo'shlig'ining o'rta yo'li o'rta va pastki chig'anoqlar oralig'ida joylashgan. Burun bo'shlig'ining pastki yo'li pastki burun chig'anog'i bilan burun bo'shlig'i pastki chegarasi orasida joylashgan. Uning oldingi qismiga ko'z yoshi burun kanaliga ochiladi. Burun bo'shlig'i qon tomir va bezlarga boy shilliq qavat kiprikli epiteliydan tuzilgan. Burun bo'shlig'ining yuqori qismidagi shilliq qavatda hidlash nervlarining oxirlari joylashgan. Odatda burun bo'shlig'ining o'rta va pastki qismiga nafas olish bo'lagi deyiladi. Burunning qanot tog'aylari uchburchak shaklli, bir juft bo'lib, yonbosh qismda burun qanotlarini, pastda burun qirrasini hosil qiladi. Tog'aydan tuzilgan o'rta devor burun teshigini 2 ga bo'ladi. Burunning tog'ay qismi gialin va elastik tog'aydan iborat, toq va juft tog'aydir. Toq tog'ay chap va o'ng burun bo'shliqlarining oldingi qismini ajratib turadi. Burunning juft tog'aylariga yon tog'ay va qanot tog'ay kiradi. Yon tog'ay uchburchak shaklida bo'lib burun qanotlarining yuqori qismlarin qoplaydi. Burun bo'shlig'ining ustki, pastki, lateral va medial devorlari bor. Lateral devoridan 3 ta burun chanog'i: ustki, o'rta va pastki chanoq mavjud. Burun chanoqlarida 3 ta yo'li bor. Ustki burun yo'li shilliq pardasida hidlov organi, o'rta va pastki burun yo'li nafas soxasidir. Shilliq qavat silindirsimon kiprikli epiteliy bo'lib, havo tarkibidagi changni ushlab qoladi. Burunning shilliq bezlari changlarni qamrab oladi. Burun shilliq qavati shamollashi rinit deyiladi. Burun bo'shlig'i atrofida joylashgan peshona suyagi yuqori jag' va asosiy suyak ichida bo'shliqlar bo'lib, ular burun bo'shlig'iga ochiladi. 1-Gaymor bo'shlig'i yoki ustki jag' sinusi, peshona sinusi, ponasimon sinus, g'alvirsimon suyak kataklari. Burunning pastki yo'liga burun-ko'z yoshi kanali ochiladi.
Halqum muskulli kovak organ bo'lib, burun, hiqildoq va og'iz bo'shliqlarining orasida joylashgan. U yuqoridan kalla asosini burunga, og'izga va hiqildoqqa qaragan qismlari bor. Halqumning burunga qaragan qismi xoana yordamida burun bo'shlig'iga, og'izga qaragan qismi tomoq vositasida og'iz bo'shlig'iga tushadi. Halqum bo'shlig'i hiqildoq tomondagi qismidan nafas yo'llari bilan hazm yo'llari bir-birini kesishib o'tadi.
Hiqildoq nafas yo'li bo'lib, o'zidan havo o'tkazishdan tashqari ovoz paydo qiluvchi organ. Hiqildoq bo'yinning o'rt qismida 4-6 bo'yin umurtqalarining old tomonida joylashgan, yuqorida til osti suyagiga osilib turadi, pastda esa biroz torayib, kekirdakka o'tadi. Hiqildoq juft va toq tog'aylardan tuzilgan.
Toq tog'aylar-uzuksimon tog'ay, qalqonsimon tog'ay, hiqildoq usti tog'aylaridan iborat. Juft tog'aylar-cho'michsimon tog'ay, shoxsimon va ponasimon tog'aylardan iborat. Uzuksimon tog'ay gialin tog'aydan tuzilgan. Qalqonsimon tog'ay hiqildoq tog'aylari ichida eng kattasi bo'lib, gialin tog'aydan tuzilgan. Uning 2 ta yaxlit plastinkasi bo'yin old tomonida burchak hosil qilib qo'shiladi. Hiqildoq usti tog'ayi yutish jarayonida hiqildoqqa kirish teshigini yopib, ovqatni halqumdan qizilo'ngachga o'tishini ta'minlaydi. Bir juft cho'michsimon tog'ay piramidaga o'xshaydi. Uning kengaygan pastki asosiy qismi uchburchak shaklida bo'lib, uzuksimon tog'ayning ustki yuzasi bilan birlashadi. Cho'michsimon tog'ayning uchi yuqoriga qarab turadi. Cho'michsimon tog'ay asosining old tomomniga ovoz boylami birlashadigan ovoz o'sig'i bo'lsa, lateral tomonida muskullar yopishadigan o'siq ko'rinadi.
Shoxsimon tog'aylari juft tog'aydan iborat, ular shoxga o'xshab cho'michsimon tog'aylar ustida joylashgan. Ovoz boylami orqada cho'michsimon tog'ayning ovoz o'sig'iga birlashsa, old tomonda qalqonsimon tog'ay burchagining ichki yuzasiga yopishadi. Hiqildoqning muskullari ko'ndalang-tarxil muskullardan tuzilgan, ular odam ixtiyori bilan qsqaradi. Ularning qisqarib tovush boylami holatini o'zgartirishi natijasida o'rtadagi yoriq kengayib torayadi. Shuning uchun hiqildoq muskullari funksiyalariga qarab 3 guruhga: qisuvchi, bo'shashtiruvchi va ovoz boylamining holatini o'zgartiruvchilarga bo'linadi.
Uzuksimon va cho'michsimon tog'aylar o'rtasidagi muskul qisqarganda ovoz boylamlari taranglashadi, ichkariga burilib, yoriq torayadi.
Qalqonsimon va cho'michsimon tog'aylar o'rtasidagi kvadrat shaklli muskul 2 tomondan barobar qisqarganda ovoz boylamlari bo'shashadi, hiqildoqning ovoz boylamidan yuqori qismi esa torayadi.
O'ng va chap cho'michsimon tog'aylar o'rtasida ko'ndalang joylashgan toq muskul qisqarganda ovoz yorig'ining orqa qismi torayadi.
Cho'michsimon tog'ayning qiyshiq muskuli qisqarib hiqildoqqa kirish teshigini toraytiradi.
Uzuksimon va cho'michsimon tog'aylar o'rtasidagi orqa muskullar qisqarib ovoz yorig'ini kengaytiradi.
Qalqonsimon tog'ay bilan hiqildoq usti o'rtasidagi muskul ovoz boylamlarini taranglatib hiqildoqqa kirish teshigini kengaytiradi.
Uzuksimon tog'ay bilan qalqonsimon tog'ay o'rtasidagi muskul ovoz boylamlarini taranlashtiradi.
Ovoz muskuli bir juft bo'lib, ovoz burmalari bag'rida yotadi.
Qalqonsimon tog'ay ichki yuzasidan boshlanib, cho'michsimon tog'ayning ovoz o'sig'iga yopishadi. Muskul qisqarganida ovoz boylamlari bo'shashadi.
Kekirdak yoki traxeya uzunligi 9-11 sm, diametri 15-18 mm keladigan naydan iborat. 4-bo'yin umurtqasining ro'parasida bevosita hiqildoqdan boshlanadi. So'ngra ko'krak qafasining yuqori teshigig orqali ko'ks teshigi oralig'igacha borib 4-5 ko'krak umurtqalarining ro'parasida chap va o'ng bronxlarga bo'linadi. Kekirdak devori 16-20 ta yarim xalqa shakldagi tog'aylardan iborat, tog'aylar bir-biri bilan fibroz boylami yordamida tutashgan orqa devori pardasimon bo'lib silliq muskul tolalaridan iborat.
Bronxlar 1-4-5 ko'krak umurtqalar orasida 2 ga bo'linadi. O'ng bronx keng va kaltaroq, chap bronx 2 barobar uzunroq va tarqoq. O'ng bronxda 6-8 ta tog'ay hamda chapda 9-12 xalqadan iborat.
O'pka ko'krak qafasida yurakning ikki yonida joylashgan juft organ. Nafas a'zosi o'ng va chap o'pkadan iborat. Har bir o'pka konus shaklida. Konusning asosiy past tomonidan diafragmaga tegib turadi. Uchi 1-qovurg'adan 3-4 sm yuqorida o'mrov suyagidan 2-3 sm yuqorida. O'pkaning qovurg'alarga tegib turgan va diagrammaga qaragan yuzasi mavjud. Unda o'pka darvozasi, o'pkaga kiradigan ikkita o'pka venasi bo'lib, o'pka ildizini hosil qiladi. Har bir o'pka egatchalarga va bo'lakchalarga bo'linadi. O'ng o'pka 3 bo'lak (ustki, o'rta, pastki), chap o'pka 2 bo'lakka (ustki, pastki) bo'linadi. Chap o'pka oldingi chekkasida yurak uyiga boradi.
O'pkaga kirayotgan bronxlar maydalashadi, shoxlarga bo'linadi, o'ng o'pkada 3 ta bronx, chapda 2 ta bronx bo'lagiga bo'linadi. Har bir o'pkada 10 tadan segment bo'lib, shuncha bronx segmentiga ega. Bronxlarni oxiri 0,3-0,5 mm ga tengdir. Ularning oxirgisi har biri 2 ta nafas bronxiolasiga bo'linadi. Ular esa torayib nafas pufakchasiga-alviolalarni, 12-18 asinusbirgalikda o'pka bo'lakchasini, o'pka segmentlari o'zaro qo'shilib, o'pka bo'lagini, o'pka bo'laklari o'pkani hosil qiladi. O'pkalarda 800 000 asinuslar yoki 300-500 mln alviolalar uchraydi. Ularning uzunligi 30-100 m.kv. bo'ladi. Plevra o'pkalarni qoplagan seroz pardadir. Plevra 2 varaqli bo'ladi: uning ustidan o'rab turgan varag'iga ichki viseral deyilsa, ko'krak bo'shlig'i devorining ichki tomoniga, yopishgan varag'iga pariyental varaq deyiladi.
Mavzu savollari:
Nafas organlarining ta'rifi.
Hiqildoq qanday tog'aylardan tuzilgan, soxta va haqiqiy tovush boylamlari haqida tushuncha.
Ko'ks oralig'i nima? Uning devorlarini tuzilishi va organlarining joylashishi.
O'pkaning tuzilish va ahamiyati.
SIYDIK TANOSIL A'ZOLARI SISTEMASI.
Maqsad: Siydik va tanosil organlarining ahamiyati. Buyraklarda qon aylanishini o'ziga xos xususiyati. Nefron va uning tuzilishi, siydik yo'llari, qovuqlarning tuzilishi va yoshga bog'liq xususuiyatlari, ularning anomaliyalari haqida bayonot.
Do'stlaringiz bilan baham: |