Одам анатомияси фанидан маъруза матни kirish



Download 288 Kb.
bet11/15
Sana02.03.2022
Hajmi288 Kb.
#477635
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Одам анатомияси фанидан маъруза матни

YURAK-TOMIR SISTEMASI
Maqsad: tomirlar sistemasi-arteriya, vena, kapillyar tomirlarning tuzilishi, yurakning tuzilishi va ahamiyati-2 soat.
Katta va kichik qon aylanish doiralari. Aorta uning shoxlari, uyqu, ko'krak, yelka, o'mrov, qo'ltiq, qorin, son, boldir, arteriyalari. Yuqorigi va pastki kovak vena tomirlari-2 soat.
Darsning rejasi
Tomirlar sistemasi haqida ma'lumot.
Qon tomirlarining tuzilishi va ahamiyati.
Yurakning tuzilishi va ahamiyati.
Kichik (o'pka) qon aylanish doirasining tarmoqlari.
Katta qon aylanish doirasining tarmoqlari.
Vena sistemasi (katta va kichik vena doirasi).
Pastki kovak venani hosil qiluvchi tarmoqlar.
Yuqori kovak venani hosil qiluvchi tarmoqlar.
Limfa sistemasi.
Tanch so'zlar: intima, media, adventisiya, endoteliy, membrana, sirkulyar, arterial, elastik, kapillyar, anastomos, konus, diafragma, qorincha, bo'lmacha, qulog'i, stvoli, epikard, miokard, endokard, segmentar, subsegmentar, alveola, aorta ravog'i, umumiy uyqu va o'mrov osti arteriyalari. Traxeya, qizilo'ng'ach, plevra, gumbaz, anastomoz, pariyetal, viserial, metastaz, bronxomediastinal.
Tomirlar sistemasi: Qon tomirlar va limfa tomirlari sistemasiga bo'linadi. Tomirlar sistemasining markaziy organi yurakdir. Qon yurakdan arteriyalar orqali to'qimalarga oqib o'tib, venalardan yana yurakka qaytib keladi. Arteriyalar qonni yurakdan to'qimalarga, venalar qonni to'qimalardan yurakka yetkazadigan tomirlardir. Arteriya qon tomirlarining 3 ta pardasi bor: ichki pardasi-intima, o'rta qismi-media va tashqi pardasi-adventisiya. Intima ichkari tomondan yassi hujayralarning bir qavati bilan qoplangan, bu qavat endoteliy va uning tashqari tomondan qo'shuvchi to'qima qatlami va ichki elastik membrana bor. Media silliq, muskul tolalarining sirkulyar joylashgan qavatlaridir. Yirik arterial tomirlarda muskul tolalari orasida qisman elastik tolalar mavjud. Vena tomirlari tuzilishi jihatdan arteriya tomirlariga o'xshaydi. Farqi shuki, vena tomirlarining devori yupqaroq, muskul tolalari bilan elastik tolalar qamroq, klapanlari bo'ladi. Tanani yuqori yarmining eng yirik venasi-yuqori kovak venada muskul tolalari yo'q, qorin bo'shlig'idagi pastki kovak venaning tashqi qavatida silliq muskul tolalarining uzunasiga ketgan qatlami bor. Kapillyarlar devorlari orqali qondan to'qimalarga oziq moddalar bilan kislorod, to'qimalardan qonga esa modda almashinuv chiqindilari va karbonat angidrid gazi o'tadi. Kapillyarlar organlarda qalin to'r hosil qiladi. Kapillyarlar juda ko'p, organning 1 mm.kv. to'qimasiga bir necha 100 ta kapillyar to'g'ri keladi, 150 mlrd kapillyar bor, 300 trillion hujayralarda moddalar almashadi. Qon tomir kapillyarlarining devori endoteliydan iborat. Organdan tashqaridagi arteriyalar bilan vena tomirlari anastomozlar hosil qilib, o'zaro qo'shilishi mumkin. Vena anastomozlari ayniqsa ko'p bo'ladi. Qon tomirlar sistemasining vena tomirlari qismida venalar o'rtasidagi anastomozlar ko'p bo'lgani uchun vena tomirlarining juda ko'p chigallari vujudga keladi. Ko'pgina organlarda arteriya va vena tomirlari anastomozlaridan tashqari arteri-vena anastomozlari ham uchraydi.
Yurakning tuzilishi. Yurak 4 kamerali kovak organ bo'lib, yassilangan konus shaklidadir. Yurakning asosi, uchi va 2 ta yuzasi: oldingi, yuqori va pastki yuzalari tafovut qilinadi. Yurak asosi o'ngga, yuqoriga va orqaga, uchi pastga, chapga va oldinga qarab turadi. Yurakning asosidan uyaiga yo'nalgan uzun o'qi o'ngdan chapga, yuqoridan va orqadan oldinga o'tadi. Yurakning o'ng va chap bo'lmalari hamda o'ng va chap qorinchalari tafovut qilinadi. Yurak bo'lmalari yurak asosida bo'lib, qorinchalari organning asosiy massasini (uchini) hosil qiladi. Yurakning yassi pstki yuzasi diafragmaning ustida turadi. Yurakning qavariq oldingi-yuqori yuzasi to'sh suyagining orqa yuzasiga va chap tomonidagi 3-5 qovurg'alarning tog'aylariga yondashib keladi. Yurakning o'q yo'nalishi bo'yicha uzunligi 12-13 sm, keng joyining eni 10-12 sm, eng yo'g'on joyining qalinligi 6-7 sm. yurak hajmi 250 dan 350 sm kv gacha boradi. Yurak vazni gavda vazniga nisbatan 1:220 ni tashkil etadi. Voyaga yetgan odam yuragining normal vazni 300 g dan (erkaklarda) 220 g gacha (ayollarda) bo'ladi. Uzunasiga tushgan to'siq yurakni 2 bo'lakka: vena qonli o'ng bo'lak hamda arteriya qoni o'tadigan chap bo'lakka ajratiladi. Yurakning har bir bo'lagi bo'lma bilan qorinchadan iborat. Yurakning o'ng bo'lmasi bo'liq bo'lib, asli o'ng bo'lma va o'ng quloqqa bo'linadi. O'ng bo'lmaning, ayniqsa qulog'ining ichki yuzasida muskul to'qimasidan tuzilgan bir qancha do'mpaymalar (taroqsimon muskulllari) bor. O'ng qorincha chap qorinchadan oldinda va o'ng tomonda bo'lib, oldingi-yuqori yuzaning kattaroq qismini egallaydi, shu yuzada uzunasiga ketgan oldingi egat chap qorincha bilan o'ng qorinchaning chegarasi bo'lib xizmat qiladi. O'ng qorincha devorlarining qalinligi 5-8 mm. O'ng bo'lma-qorincha teshigining chetlarida uch tabaqali klapan bor. O'ng qorinchada 3 taso'rg'ichsimon muskul bor. O'ng qorincha bo'shlig'idan qon arterial teshik orqali o'pka arteriyasi stvoliga kiradi. O'pka arteriyasi stvolining boshlanish joyida 3 ta yarim oy klapan bor. Yurakning chap bo'lmasi orqada va chap tomonda, yurak atrofida bo'lib, qulog'i yurakning oldingi yuzasiga chiqadi-da, o'pka arteriyasining stvoli boshlangan joyda chapda va oldinda joylashadi.
Yurakning chap bo'lmasiga 4 ta o'pka, vena, qon tomiri quyiladi. Qon chap bo'lmadan chap qorinchaga, chap bo'lma-qorincha teshigi orqali o'tadi, shu teshik atrofida 2 tabaqali klapan bor. Bo'lmaning ichki yuzasi silliq, taroqsimon muskullar faqat quloq soxasida rivojlangan. Chap qorincha devori o'ng qorincha devoridan 2-3 barobar qalinroq bo'lib, 10-15 mm keladi. Yurak devorining 3 qavati: tashqi, seroz qavati-epikard; muskul qavati-miokard va endoteliy bilan qoplangan ichki qavati-endokard tafovut qilinadi. Miokard ko'ndalang-targ'il muskul tolalaridan iborat. Skelet muskullari ayrim muskul tolalaridan tuzilgan bo'lsa, yurak muskullari bundan istasno, tur shaklida tuzilgan; yurakning muskul tutamlari bir-biriga qo'shilib ketgan. Yurak muskuli tolalarining yadrolari tola qobig'iga yaqin emas, balki markaziy o'rinda yotadi.
Yurak bo'lmalarida 2 qavat muskullar tafovut qilinadi: yuza qavati-sirkulyar qavat ikkala bo'lma uchun umumiy qavat hisoblanadi, chuqur qavati-uzunasiga ketgan qavat har bir bo'lma uchun alohida bo'ladi. Qorinchalarda 3 qavat: yuza qavat, uzunasiga ketgan ichki qavat (ular ikkala qorincha uchun umumiy qavatlar hisoblanadi) va sirkulyar o'rta (har bir qorincha alohida bo'ladi) tafovut qilinadi.
Qon aylanishning katta va kichik doiralari.
Qon aylanishning katta doirasi yurakning chap qorinchasidan aorta bilan boshlanadi. Kislorod va oziq moddalar bilan boyigan qon katta doiradagi arterial tomirlar orqali yo'nalib, barcha organlar va to'qimalarning kapillyar sistemasiga boradi. Vena qoni organ va to'qimalarning kapillyaridan mayda venalarga, so'ngra yirikroq venalarga kiradi va pirovardida yuqori hamda pastki kovak katta doirasi shu tariqa o'ng bo'lmada tugaydi. Qon aylanishining kichik doirasi o'ng qorinchadan o'pka arteriyasining stvoli bilan boshlanadi, bu stvol o'ng va chap o'pka arteriyalariga bo'linadi. Vena qoni o'pka arteriyalari orqali o'pka kapillyarlariga yetib boradi, bu yerda ortiqcha karbonat angidrid gazidan xalos bo'lib, kislorod bilan boyiydi va 4 ta o'pka venasi orqali (har bir o'pkadan 2 tadan vena boshlanadi) yurakning chap bo'lmasiga qaytadi. Qon aylanishi kichik doirasi o'pka arteriyasining stvoli bilan boshlanadi. O'pka arteriyasining stvoli yurakning oldingi-yuqori yuzasi o'ng qorinchadan boshlanadi. O'pka arteriyasi 5-6 sm stvoli yuqoriga va chapga ko'tarilib, o'zining orqasida yotgan aortani ravog'ining ostida (4-ko'krak umurtqasining ro'parasida) o'pka arteriyasi stvoli ikki tarmoqqa: o'ng o'pka arteriyasi va chap o'pka arteriyasiga bo'linadi. O'pka arteriyalari bo'lak, segmentar va subsegmentar tarmoqlarga bo'linadi. Subsegmentlar tarmoqlar bronxlarning tarmoqlari bilan birga borib, o'pka alveolalarini qalin kapillyar turni hosil qiladi, shu yerda qon bilan alveolalardagi havo o'rtasida gazlar almashinadi. Kislorod bilan to'yingan qon o'pkaga kapillyarlardan subsegmentar, senmentar venalarga, so'ngra bo'lak venalarga ketma-ket o'tadi. Bo'lak venalari har bir o'pkada ikkita o'ng va ikkita chap o'pka venalarini hosil qiladi. Qon aylanishning katta doirasidagi aorta chap qorinchadan boshlanadi. Uning ko'tariluvchi qismi, ravog'i va to'suvchi qismi bor. Aortaning ko'tariluvchi qismi boshlang'ich bo'lagida ancha kengayib, piyoz hosil qiladi. Ko'tariluvchi aortaning uzunligi 5-6 sm. To'sh suyagi dastasining pastki chekkasi ro'parasida aortaning ko'tariluvchi qismi aorta ravog'iga o'tadi.Aorta ravog'i orqaga va chapga yo'lolib, chap bronxni oshib o'tadi va 4-ko'krak umurtqasining damida aortaning to'suvchi qismiga aylanadi. Aortaning ko'tariluvchi qimidan, piyoz sohasida o'ng va chap toj arteriyalar boshlanadi. Aorta ravog'ining qavariq yuzasidan o'ngdan chapga qarab tartib bilan yelka-bosh stvoli, so'ngra chap tomondagi umumiy uyqu arteriyasi va chap tomondagi o'mrov osti arteriyasi boshlanadi.
Qon aylanish katta doirasining oxirgi tomirlari yuqori va pastki kovak venalardandir. Yuqori kovak vena yirik, ammo kalta stvol bo'lib (uzunligi 5-6sm), aortaning ko'tariluvchi qismidan o'ng tomonda bir muncha orqada yotadi. Yuqori kovak vena o'ng va chap yelka-bosh venalarining ko'tarilishidan vujudga keladi. Bu venalarning ko'shilgan joyi 1-o'ng qovurg'aning to'sh suyagiga qo'shilgan joyi ro'parasida proyeksiyalanadi. Yuqori kovak vena–bosh, bo'yin, qo'l, ko'krak bo'shlig'i organlari va devorlaridan, umurtqa kanali vena tomorlarining chigallaridan va qisman qorin bo'shlig'ining devorlaridanqon yig'ib oladi.
Pastki kovak vena eng yirik vena stvoli bo'lib, 4-bel umurtqasining ro'parasida o'ng va chap tomondagi umumiy yonbosh venalarning qo'shilishidan vujudga keladi. Pastki kovak vena yuqoriga ko'tarilab, diafragmaning pay markazidagi to'rtburchak teshikka yetib boradi, shu teshikdan o'tib, ko'krak bo'shlig'iga kiradi va darhol yurakning o'ng bo'lmasiga qo'shiladi. O'ng bo'lma shu joyda diafragmaga taqalib turadi.
Bosh va bo'yin sohalariga aorta ravog'ining qavariq yuzasidan boshlanuvchi yirik tarmoqlar: yelka-bosh stvoli, chap tomondagi umumiy uyqu arteriyasi va chap tomondagi o'mrov osti arteriyasidan arteriya qoni keladi. Yelka-bosh stvoli kalta tomri bo'lib (uzunligi 3-4 sm), aortadan chiqqach yuqoriga, o'ngga va orqaga qarab yo'naladi. O'ng to'sh-o'mrov bo'g'imining ro'parasida yelka-bosh stvoli o'ng tomondagi umumiy uyqu arteriyasi va o'ng tomondagi o'mrov osti arteriyasiga bo'linadi.
Chap tomondagi umumiy uyqu arteriyasi aorta ravog'idan mustaqil boshlanadi. Umumiy uyqu arteriyalari yuqoriga ko'tarilib, traxeya va qizilo'ngachdan yon tomonga yotadi. Bu yerda umumiy uyqu arteriyalari bo'yindagi tomir-nerv tutamining tarkibiga kiradi. Bu tutam umumiy uyqu arteriyasi, ichki bo'yinturug' venasini hosil qiladi. Qalqonsimon tog'ayning yuqori chekkasi ro'parasida umumiy uyqu arteriyalari tashqi va ichki uyqu arteriyalariga bo'linadi.
Tashqi uyqu arteriyasi umumiy uyqu arteriyasining yo'nalishini davom ettirib, yuqoriga ko'tariladi, quloq oldi so'lak bezidan o'tadi. Tashqi uyqu arteriyasi qalqonsimon bez, quloq oldi, jag' va til osti bezlari, til, halqum, yuz bilan ensa terisi va muskullarini hamda bo'yin muskularini qon bilan ta'minnlaydi. Tashqi uyqu arteriyasining asosiy tarmoqlari: qalqonsimon bezning yuqori arteriyasi, til arteriyasi, yuz arteriyasi, ensa arteriyasi, halqumning ko'tariluvchi arteriyasi, jag' arteriyasi, chakkaning yuza arteriyasi va shu kabilar. Ichki uyqu arteriyasi yuqoriga ko'tariladi va chakka suyagining uyqu kanali orqali bo'shliqqa kiradi. Bosh miyani, orqa va ko'z soqqasini qon bilan ta'minlaydi. Chap tomondagi o'mrov osti arteriyasi aorta ravog'idan mustaqil boshlanadi. Ikkala o'mrov osti arteriyasi qavariq tomoni yuqoriga qaragan ravoq hosil qiladi, bu ravoq plevra gumbazini aylanib o'tadi. So'ngra narvon muskulalri orasidagi kamgaklardan o'tib, shu kamgaklar doirasida 1-qovurg'aning yuqori yuzasidagi shu nomli etida yotadi. So'ngra o'mrov osti arteriyalari qo'ltiq chuqurchasida davom etib, qo'ltiq arteriyalariga aylanadi. O'mrov osti arteriyalarining tarmoqlari: a) umurtqa pog'onasining arteriyasi; b) qalqonsimon bo'yin stvoli; 4-shoxli qalqonsimon bez, hiqildoq, bo'yin va ko'krak muskullarini qon bilan ta'minlaydi; v) ko'krakning ichki arteriyasi ko'krak muskullarini, sut bezini, ayrisimon bez, diafragmani va kindikni qon bilan ta'minlaydi.
O'mrov osti arteriyasining davomi bo'lgan qo'ltiq arteriyasidan chiqadigan tarmoqlar yelka kanalining muskullari va terisini, ko'krakning katta va kichik muskullarini, oldingi tishli muskulni va orqaning eng serbar muskulini qon bilan ta'minlaydi. Qo'ltiq arteriyasining eng yiriy tarmog'i kurak osti arteriyasidir. Bu arteriyaning tarmoqlaridan biri o'mrov osti arteriyasidan boshlanuvchi kurak usti arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi. Yelka arteriyasining yirik tarmog'i-yelkaning chuqur arteriyasi, yelka muskullarining orqadagi gruppasini va yelka terisini qon bilan ta'minlaydi. Yelka arteriyasi tirsak chuqurchasida bilak arteriyasi va tirsak arteriyasiga bo'linadi. Bu arteriyalarning muskul va teri – muskul tarmoqlari sohasini qon bilan ta'minlaydi. Bilak va tirsak arteriyalari qo'l panjasiga o'tadi: har bir arteriyasidan chuqur va yuza tarmoqlar chiqadi, bu tarmoqlar bir-biri bilan anastomoz hosil qiladi.
Aortaning tushuvchi qismi 4-ko'krak umurtqasi tanasining ro'parasidan boshlanib, 4-bel umurtqasining ro'parasida tugaydi. Ko'krak va qorin bo'shliqlaridan o'tadi va ko'krak aortasi bilan qorin aortasiga ajratiladi. Ko'krak aortasining tarmoqlari ko'krak bo'shlig'ining devorlari va organlarini qon bilan ta'minlaydi. Boshlang'ich bo'limi qizilo'ngachdan chapda va orqada, pastki bo'limi qizilo'ngachdan o'ngda va orqada bo'ladi. Uning pariyental tarmoqlar ko'krak bo'shlig'ining devorlarini qon bilan ta'minlaydi. Visseral tarmoqlar ko'krak bo'shlig'ida joylashgan organlarga qon yetkazib beradi. Ko'krak aortasining pariyental tarmoqlariga 10 juft qovurg'alararo arteriyalar kiradi. Qorin aortasi bel umurtqalarining tanalaridan oldinda, o'rta chiziqda chap tomonda yotadi. 4-bel umurtqasining ro'parasining qorin aortasi umumiy yonbosh arteriyalari dumg'aza-yonbosh; bo'g'imining ro'parasida tashqi yonbosh arteriyasi bilan ichkm yonbosh arteriyasiga bo'linadi.
Tashqi yonbosh arteriyasi tomirlar sonining oldingi yuzasiga o'tib, son arteriyasiga aylanadi. Ichkm yonbosh arteriyasi kichik chanoq bo'shlig'iga kiradi, qorin bo'shlig'ining devorlarini qorin aortasining pariyental tarmoqlari (diafragma arteriyalar, 4 juft bel arteriyalari, korin ustining yuqori arteriyasi), o'mrov osti arteriyasi sistemasidan ko'krakning ichki arteriyasi, tashqi va ichki yonbosh arteriyalarining pariyental tarmoqlarini qon bilan ta'minlaydi. Qorin aortasini visseral varaqlaridan va ichki yon bosh arteriyasidan qon oladi. Qorin aortasining visseral tarmoqlari juft toq tarmoqlarga bo'linadi.
Qorin aortasining juft tarmoqlariga buyrak usti va buyrak arteriyalariga bo'linadi. Qorin aortasining toq tarmoqlariga qorin stvoli 12-ko'krak umurtqasi ro'parasida 3 tarmoqqa bo'linadi: a) me'daning chap arteriyasi; b) taloq arteriyasi; v) jigarning umumiy arteriyasiga bo'linadi. Qorin stvoli jigar, o't pufagi, taloq, me'da osti bezi va me'dani qon bilan ta'minlaydi. Ichak tutqichning yuqori va pastki arteriyalari mavjud. Son arteriyasining eng yirik tarmog'i sonning chuqur arteriyasidir. Bu arteriya son muskullari va terisiga (sonni o'rab turuvchi o'ng va chap arteriyalar teshib o'tuvchi 3 ta arteriyasi tarmoqlari) qon yetkazib beradi. Son arteriyasi, son-taqim kanalidan chiqib, taqim arteriyasiga aylanadi, arteriya taqim bo'g'imiga tarmoq beradi va boldir-taqim kanalidan o'tib katta boldirning oldingi va orqa arteriyalariga bo'linadi.
Venalar ustki va pastki kovak vena tomirlari va darvoza venadan iborat. 1-qovug'ini to'sh suyagi bilan birikishi joyidan o'ng va chap yelka-venaga qo'shilib ustki kovak venalarni qo'shilishidan hosil bo'ladi, toq vena o'ng va chap yelka-bosh venalarning har biri o'mrov osti venasi bilan ichki bo'yinturuq venasini qo'shilishidan hosil bo'ladi. Yelka-bosh venalariga qalqonsimon bez venasi bilan ko'krakning ichki venalari quo'iladi. Bosh va bo'yin venalari stvoli: ichki, tashqi, oldingi bo'yinturuq venasiga quyiladi. Eng yirigi bo'yinturuq venasi-venasi kalla bo'shlig'idan miyadan qonni olib keladi. Jag' orqasi til, halqam venasi qalqonsimon bez ustki va o'rta venalaridir. Tashqi bo'yinturuq venasi quloq suprasini orqasidan boshlanib, ensa suprasidan qon yig'adi va o'mrov venasiga quyiladi. Oldingi bo'yinturuq venasi til osti bo'yini oldingi bo'limidan qonni olib o'mrov ostiga qo'yadi.
Qo'l venalari: tirsakli o'rta venasi qo'ltiq venasiga, o'mrov osti venasi ko'krak bo'shlig'i venalari kiradi. Pastki kovak vena eng yo'g'on vena bo'lib chap umumiy yonbosh venalariga, diafragma, buyrak, jigar venalari quyiladi. Oyoq venalariga: son, umumiy yonbosh venalari kiradi. Darvoza vena sistemasiga: jigar arterisi bilan jigar kiradi. Taloq venasi ichak tutqich ustki va pastki venalar qonni yig'adi.
Limfa sistemasi.
Tomirlar sistemasining bir qismi bo'lib, vena tomirlari sistemasining qo'shimchasi hisoblanadi. Limfa sistemasida limfa organ to'qimalardan vena sistemasiga oqib ketadi. Limfa sut rangli bo'lib. Plazma va har xil hujayra elementlaridan iborat.
Limfaning hujayra elementlari limfositlar, monositlar va bir ozgina donali leykositlardan iborat. Limfa sistemasining organlarida qonning limfoid elementlari hosil bo'ladi va baryer funksiyasini o'taydi, ya'ni organizmga kirib qolgan yot jism va bakteriyalarni zararsizlantiradi. Rak o'smalari limfa yo'llari orqali tarqaladi. (metastaz beradi). Limfa sistemasi limfa kapillyarlari, organ ichidagi va organ sirtidagi olib ketuvchi limfa tomirlari, limfa tugunlari va ikkita asosiy limfa stvoli : o'ng va chap ko'krak limfa yo'llaridan iborat.
Limfa kapillyarlari berk holda boshlanuvchi endotelial tomirlar bo'lib, to'qima suyuqligidan oqsil va yog' moddalar, suvda erimaydigan ba'zi kristalloidlar shu tomirlar devori orqali suriladi, yot zarralar va bakteriyalar esa limfa kapillyarlarining devoridan chiqarib tashlanadi. Limfa sistemasining kapillyarlari organlarda boshlang'ich limfa turlarinin hosil qiladi. Limfa tomirlarining ichki, o'rta va tashqi pardalari bor. Ichki pardasi bir qavat endoteliy hujayralaridan va endoteliy ostidagi zichlashmagan qo'shuvchi to'qimadan iborat. Ichki pardaning tomirlar bo'shlig'ida klapanlar mavjud. O'rta pardasi halqa shaklida joylashgan silliq muskul tolalaridan iborat. Tashqi pardasi qo'shuvchi to'qimadan tuzilgan. Organ sirtidagi yoki olib ketuvchi limfa tomirlari organlardan boshlanadi, bu tomirlan bo'ylab limfa tugunlari to'p-to'p bo'lib joylashadi. Organ sirtidagi yoki olib ketuvchi limfa tomirlarining hammasi limfani yig'ib, o'ng va chap limfa yo'llariga quyadi. Limfa tugunlari yumaloq yoki loviya shaklida bo'lib. qo'shuvchi to'qimadan tuzilgan kapsulasi bor. Limfa tugunlari limfoid to'qima bilan to'la. Limfa tugunlari patogen (kasallik tug'diruvchi) bakteriyalarni ushlab qoluvchi baryerlar hisoblanadi. Bunday hollarda tugunlar yallig'lanib, bezillab turadi.
Ko'krak limfa yo'li gavdaning 3 choragida: ikkala oyoqdan, qorin bo'shlig'idan, ko'krak bo'shlig'ining chap yarmidan, bo'yin bilan boshning chap yarmidan va chap qo'ldan limfa yig'iladi. Ko'krak limfa yo'li qorin bo'shlig'ining orqadagi devori sohasida 2-ko'krak umurtqasi bilan 2-bel umurtqasining ro'parasida joylashgan. Uchta limfa stvoli: ikkali oyodan, limfa to'plovchi o'ng va chap bel stvoli hamda qorin bo'shlig'ining organlaridan limfa yig'uvchi ichak stvolining qo'shilishidan vujudga keladi. O'ng va chap bel stvoli ichak stvoli qo'shiladigan joyda sisternadan boshlanib, yuqoriga ko'tariladi va diafragmaning aorta teshigi orqali ko'krak bo'shlig'iga kiradi. Ko'krak limfa yo'li aorta ravog'iga yetgach chapga burilib, chap venoz burchakka quyiladi. Ko'krak limfa yo'lining quyiladigan joyiga chap bronxomediastinal limfa stvoli (ko'krak bo'shlig'ining chap yarmidan limfa yig'adi) chap o'mrov osti stvoli (chap qo'ldan limfa yig'adi) va bo'yinturuq limfa stvoli (bosh bilan bo'yinning chap yarmidan limfa yig'adi) kelib qo'shiladi. O'ng limfa yo'li bosh bilan bo'yinning o'ng yarmidan,o'ng qo'ldan va ko'krakdan yig'adi. Bu yo'l o'ng bo'yinturuq limfa stvoli, o'ng o'mrov osti limfa stvoli, o'ng bronxomediastinal limfa qo'shilishidan vujudga keladi .
Mavzular bo'yicha savollar.
Qon tomirlarining tuzilishini ta'rifi.
Yurak qayerda joylashgan, qaysi organlan bilan chegaradosh, yurakning tuzilishi.
Endokard, miokard va epikardning tuzilishi, funksional ahamiyati.
Katta va kichik qon aylanish doiralari qanday arterial tomirlardan tuzilgan.
Aortaning tuzilishi.
Tashqi va ichki uyqu arteriyasining asosiy shoxlari va tanani qaysi qismini qon bilan ta'minlaydi.
Yuqori va pastki kovak venaning tarmoqlari
Limfa sistemasining tuzilishi, uning asosiy yo'llari.



Download 288 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish