Одам анатомияси фанидан маъруза матни kirish



Download 288 Kb.
bet6/15
Sana02.03.2022
Hajmi288 Kb.
#477635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Одам анатомияси фанидан маъруза матни

Bo'yin muskullari.

Bo'yindagi muskullar ikki guruxga bo'linadi:yuza va chuqur.Bo'yinning yuza muskullariga-bo'yinning teri ostidagi muskuli (m platysma) yupqa serbar plastinkadan tuzilib.uning tolalari ko'krak fassiyasidan 11-qovurg'a soxasidan, pastki jag',quloq ostidagi bez bilan chaynov muskulini qoplagan,fassiyada tugaydi,qolgan qismi esa og'iz muskullariga davom etadi. Bo'yin terisini tarnglatadi va oldinga surilishiga yordam beradi,og'iz burchagigi pastga tortadi, venada qon oqimini yaxshilaydi.


To'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon muskul (m sternocleidomastoideus) o'mrov va to'sh suyagidan ikkita boshcha holda boshlanib,chakka suyagining so'rg'ichsimon o'sig'igi yopishadi.Ikkita tomonidan muskul bir vaqtda qisqarganda boshni orqaga engashtiradi.Bir tomondagi muskul qisqarganda esa bosh o'sha tomonga engashadi va qarama-qarshi tomonga buriladi.Agar ikki tomondan muskul qisqarsa,bosh qimirlamaydi, ko'krak qafasi yuqoriga ko'tarilib, nafas olishni osonlashtiradi.
Til osti suyagiga birlashuvchi muskullar shu suyakdan yuqoriroqda va pastroqda bo'lib shu suyakdan boshlanandi. Til osti suyagidan yuqorida joylashgan muskullarga:jag',til. osti muskuli(m mylohyoideus). Bigizsimon o'siq-til osti muskuli (m stylohyoideus), ikki qorinli muskuli (T digastricus), iyak-til—osti muskuli (m geniohyoideus) kiradi. 1. Jag'-til osti muskili keng plastinka shaklida, muskul tolalari yuqoridan pastga qarab parallel joylashadi. Ikkitomondagi muskul bo'yinning o'rta chizig'ida uchrashib, og'iz bo'shlig'i tubini hosil qiladi.Bu muskul pastki jag'ning ichki yuzasidan boshlanib, til osti suyagiga yopishadi. Muskul qisqarganida hiqildoqni ko'taradi, faqat pastki jag' suyagi qimirlamay turgan holatida. Til osti suyagi va hiqildoq qimirlamaganda pastki jag'ni pastga tushiradi. 2. Ikki qorinli muskulning oldingi qorinchasi pastki jag' suyagining ichki yuzasidan orqa qorinchasi esa chakka suyagining so'rig'ichsimon o'ymasidan boshlanib, o'zaro pay orqali til osti suyagiga birlashadi. 3. Bigizsimon o'siq-til osti muskuli chakka suyagining bigizsimon o'sig'idan boshlanib til osti suyagiga birikadi. 4. Iyak-til osti muskuli pastki jag'ning qiltanoq do'mboqchasidan boshlanib til osti suyagiga yopishadi. Til osti suyagidan yuqoridagi 4ta guruh muskullar pastki jag' qimirlamay turgan holatida qisqarsa til osti suyagini va kekirdakni yuqoriga ko'taradi, yoki aksincha pastki jag'ni pastga tortadi. Ovqat yutishga, chaynashga xizmat qiladi, faqat bigizsimon o'siq-til osti muskuli qatnashmaydi. Til osti suyagidan pastda joylashgan muskullarga:
1. To'sh-o'mrov muskuli (m sternocleidomastoideus) to'sh suyagini dastasini orqa tomonidan boshlanadi,til osti suyagini pastki yuzasiga yopishadi.
2. To'sh qalqonsimon muskuli(m stemothyreoideus) to'sh-til osti muskulin orqasiga joylashgan to'sh suyagining dastasini orqa yuzasidan birinchi qovurg'a tog'ayidan boshlanadi va yuqorida qalqonsimon tog'ayiga yopishadi.
3. Qalqonsimon-til osti muskuli (m thyreohyoideus) qalqonsimon tog'ayning qiyshiq chizig'idan boshlanib til osti suyagining tanasiga yopishadi, til osti suyagidan pastdagi muskullar qisqarganida, til osti va hiqildoqni pastga tortadi.
Bo'yinning chuqur muskullari: medial gruppasi-bo'yinning uzun muskuli, (m. Lognus colli) va boshning uzun muskuli (t. Lognus capitis) hamda birinchi bo'yin umurtqasi bilan kalla o'rtasidagi ikkita kalla muskuli kiradi. Bu muskullar ko'krak umurtqalarining va jami bo'yin umurtqalarini oldingi yuzasida yotadi. Qisqarganda umurtqa pog'onasining bo'yin bo'limini va boshini engashtiradi. Laterial gruppaga oldingi o'rta va orqadagi narvonsimon muskullar kiradi. Bu muskullar III-IV va barcha bo'yin umurtqalarining ko'ndalang o'siqlaridan boshlanib, oldingi va o'rta muskul 1 ta qovurg'aga, orqadagi muskul II-qovurg'aga yopishadi. Bu muskullar qovurg'alarni ko'taradi, yugurganda nafas olishda qatnashadi.
Bo'yin fassiyalari: bo'yin soxasidagi organlar va muskullar 5 ta fassiya bilan o'ralgan. 1. Bo'yinning yuza fassiyasi teri sotida yupqa varaq holida joylashgan. Teri osti muskulni o'rab yuqoriga yuz fassiyasigacha pastdan ko'krak fassiyasigacha o'tadi. 2. Bo'yinning xususiy fassiyasining yuza varag'i. U pastki jag' bilan to'sh suyagi dastasi va o'mrov suyaklari oralig'ida joylashadi va bo'yinni hamma tomondan o'rab turadi. 3. Bo'yining xususiy fassiyasining chuqur varag'i til osti suyagi bilan o'mrov suyaklari orasida joylashgan. Bu fassiya qisqarganida til ostida joylashgan muskullarda vena qonini oqimni osonlashtiradi. 4. Bo'yinning ichki fassiyasi pariyental va visseral varaqdan iborat. Pariyental varag'i xalqum, hiqildoq, qalqonsimon bez, kekirdak, qizilo'ngach va qon tomirlari ustidan o'rasa, visseral varag'i har bir organni alohida o'raydi. Natijada ular kekirdak oldida bo'shliq hosil qiladi. Bu bo'shliq ko'krak oralig'i bilan qo'shiladi. 5. Umurtqa oldi fassiyasi-esa suyagining asosidan boshlanib, pastda ko'krak qafasi fassiyasiga o'tadi, norvonsimon muskullarni o'raydi.
Bosh muskullari va fassiyalariga mimika va chaynov muskullari kiradi. Mimika muskullari qisqarganda turli-tuman mimika vujudga keladi. U organizmni biologik yoki psixik holatini ko'rsatadi. Mimika muskullari bosh suyakning chiziqlari yoki fassiyalaridan boshlanib, bosh va yuz terisiga yopishadi. Ular asosan og'iz, burun, quloq va ko'z kosasi tevaragida joylashadi. Mimika muskullari sfinkterlar (qisuvchi muskul) teshigidan xalqa shaklida va dilatatorlar (kengaytiruvchi muskullar) teshigidan nur shaklida tarqaladi. Kalla ustidagi muskul kalla gumbazining teri ostidagi muskuli. U muskul va pay qismlardan iborat. Pay qalpoq kalla suyagiga bo'sh yopishadi, lekin bosh terisiga mahkam yopishib ketadi. U muskul peshona va ensa muskulining pay qalpoqqa kirib ketgan. Ensa peshona muskuli serbar yupqa muskulli qismi peshona va ensa qismida joylashgan, fibroz plastinka (aponevroz) qismi 2 muskul o'rtasida joylashib kallaning tepa qismini qoplaydi. Bu muskul qisqarganda qoshni ko'taradi, peshonada ajin paydo bo'ladi. Aponevroz esa kalla terisini orqaga tortadi. Takabburlik muskuli peshona suyagini burun qismidan boshlanib, 2 qosh o'rtasidagi teriga yopishadi. Muskullar qisqarganda 2 qosh o'rtasida ajin paydo bo'ladi. Ko'zning doira muskuli ko'z tevaragida bo'lib ko'z qovoqlarini juftlashtiradi, peshona terisini pastga tortadi, ko'z yosh xaltasini kengaytiradi, ko'z yumiladi, qoshlar pastga tortiladi, ko'zdan yosh oqadi. Qoshning chimiruv muskuli ikki qoshning o'rtasida ko'ndalangiga joylashgan bo'lib, qoshlar terisiga yopishgan. Muskullar qisqarganda qoshlar o'zaro yaqinlashadi, uzunasiga ajin paydo bo'ladi. Yuqori labni ko'taruvchi muskul ko'z kosasining pastki qirg'og'idan boshlanib, burun qanotlari, lab lunj terisiga yopishadi. Muskul qisqarganida yuqori labni ko'taradi, burun katagini kengaytiradi. Yonoqning katta va kichik muskuli yonoq suyagidan boshlanib, og'iz terisiga va lunjga yopishadi, muskul qisqarganida og'iz burchagini yuqori va yon tomonga tortadi, oqibatda yuzda tabassum paydo bo'ladi. Kulgi muskuli quloq oldi fassiyasidan boshlanib og'iz burchagiga yopishadi. Inson kulganida ikki yuzida chuqurcha hosil bo'ladi. Og'iz burchagini pastga tortuvchi muskul pastki jag' qirqog'idan boshlanib lab terisiga va og'iz burchagiga yopishadi. Muskul qisqarganida og'iz burchagini, pastki labni pastga tortadi. Pastki labni pastga tortuvchi muskul pastki jag' qirg'og'idan boshlanib pastki lab terisiga yopishadi. Muskul qisqarganida pastki labni pastga va chetga tortadi. Og'iz burchagini ko'taruvchi muskul yuqori jag' suyagining oldingi yuzasidan boshlanib, og'iz burchagiga yopishadi. Og'iz burchagini yuqoriga tortadi. Engak muskuli pastki jag' suyagininng tish tepachalaridan boshlanib, iyak terisini ko'tarib pastki labni yuqoriga ko'taradi. Lunj muskuli pastki va yuqori jag' suyaklarinig oziq tishlari soxasidan boshlanib og'izni aylana muskullariga qo'shilib ketadi va og'iz bo'shlig'ini yonbosh devorlarini hosil qiladi, og'iz burchagini orqaga tortadi, tish, milk, lunj, lablarni tashqariga chiqaradi. Og'izning aylana muskuli og'iz teshigining atrofida pastki va yuqori lablarning terisi ostida joylashgan, og'izni yumadi. Burun muskuli burun qanotlaridan yuqorida joylashgan, qisqarganda burun teshigi torayadi. Chaynov muskullari to'rtburchak shaklda bo'lib, pastki jag' shoxining tashqi yuzasida yotadi, yonoq ravog'ining pastki chekkachidan boshlanadi va pstki burchagining tashqi yuzasiga yopishadi. Pastki jag'ni ko'taradi. 2. Chakka muskuli yassi bo'lib, tutamlari yelpig'ich shaklda yig'ilib, yonoq ravog'idan ichkariga o'tadi va pastki jag'ning toj o'sig'iga yopishadi. Pastki jag'ni ko'taradi, orqadagi tutamlari esa pastki jag'ni orqaga tortadi. 3. Lateral qanotsimon muskul ponasimon suyak qanotlarining pastki yuzasidan boshlanib, pastki jag'ning bo'g'im yuzasiga yopishadi. Birtomondan iqsqarganda pastki jag'ni bir tomonga 2 tomonlama qisqarganda pastki jag'ni oldinga chiqaradi. 4. Medial qanotsimon muskul ponasimon suyakning qanotsimon o'sig'idan boshlanib, pastki jag'ga yopishadi. Pastki jag'ni ko'taradi. Til osti suyagining ustidagi muskullari qisqarganda pastga harakatlandi.
Bosh fassiyalari: juda zaif rivojlangan, ya'ni boshni fibroz qalin parda ustidan qoplab turadi. Bu fassiya chakka soxasida qalinlashib, yuza va chuqur varaqqi bo'linib, chakka musukulini o'raydi. Quloq oldi sulak bezi bilan chaynov muskulini bitta fassiya o'raydi. Unga quloq oldi chaynov fassiyasi kiradi. Bundan tashqari lunj-halqum fassiyasi esa lunj muskullarini qoplab halqumga o'tadi.

Qo'l muskullari va fassiyalari


Yelka kamari muskullari: 1. Deltasimon muskul uchburchak shaklda. O'mrov suyagining tashqi lateral yarmidan va kurak suyagining qirrasidan, tumshuqsimon o'siqdan boshlanib, yelka suyagining deltasimon g'adir-budir joyiga yopishadi. Funksiyasi: oldingi qismi qisqarganda yelkani oldinga tortadi. Butun muskul qisqarganda yelkani gorizontal vaziyatgacha tepadan uzoqlashtiradi. Orqa qismi esa orqaga av yuqoriga tortadi. 2. Kurak qirra usti muskuli kurak qirrasi ustidagi chuqurchadan boshlanadi, yelka suyagini kalta do'mbog'iga yopishadi. Muskul qisqarganda qo'lni gavdadan uzoqlashtiradi. 3. Kurak qirra osti muskuli kurak ostidagi chuqurchadan va fassiyasidan boshlanib, yelka suyagining katta do'mbog'iga yopishadi. Muskul qisqarganda yelkani tashqariga aylantiradi. 4. Kichik yumaloq muskul kurak suyagining lateral qirrasi va kurak osti chuqurcha fassiyasidan boshlanadi. Yelka suyagining katta do'mbog'iga yopishadi. Funksiyasi: yelkani tashqari tomonga aylantiradi. 5. Katta yumaloq muskul kurak qirrasining pastki burchagidan boshlanadi. Yelka suyagining kichik do'mbog'iga, g'adir-budiriga yopishadi. Muskul qisqargandi qo'lni pastga va orqaga tortadi, gavdaga yaqinlashtiradi. 6. Kurak osti muskuli kurakni qovurg'alarga qaragan yuzasidan boshlanib, yelka suyagining kichik do'mbog'iga va yelka bo'g'imi xaltachasiga birikadi. Qisqarganda yelkani ichkariga buradi.
Yelka muskullari: 2 guruhga bo'linadi: oldingi (bukuvchi), orqa (yozuvchi) muskullar. Yelkani oldingi tomonidagi muskullarga: 1. Yelkaning ikki boshli muskuli uzun boshchasi kurak suyagining bo'g'im chuqurchasining yuqori g'adir-budiri boshlanadi, so'ngra bu boshchalar bir qorincha bo'lib birlashib yelka suyagining g'adir-budir joyiga yopishadi, yelkani bukadi, bilakni bukadi va tashqariga aylantiradi. 2. Tumshuqsimon yelka muskuli-kurakning tumshuqsimon o'sig'idan boshlanib, yelka suyagining medial yuzasiga yopishadi. Muskul qisqarganida yelkani ko'taradi va buradi. 3. Yelka muskuli 2 boshli muskul ostida joylashgan. Yelka suyagining oldingi yuzasidan boshlanib, tirsak suyagining toj o'sig'iga yopishadi. Funksiyasi: bilakni tirsak bo'g'imida bukadi.
Yelkani orqadagi guruhi muskuliga 3 boshli muskulni uzun boshchasi kurak bo'g'im chuqurchasining pastki g'adir-budir joyidan, medial va lateral boshchalari yelka suyagining orqa yuzasidan boshlanib tirsak suyagining tirsak o'sig'iga yopishadi va bilakni va yelkani yozadi. Tirsak muskuli kichik uchburchak shaklda, yelka suyagining lateral o'sig'idan boshlanib, qiyshiq holda pastga tushib tirsak suyagining orqa yuzasiga yopishadi, bu muskul bilakni yozadi. Bilak muskullari –2 guruhga bo'linadi: oldingi guruh (qo'l panjasini bukuvchi muskullar-pronatorlar) va orqadagi guruhi (qo'l pajasini yozuvchi muskullar-supinatorlar). Bilak oldingi muskullar yelka suyaklarini va bilak suyaklarining oldingi yuzasidan boshlanib, 2 qavat bo'lib yotadi, oldingi guruhning yuza qanotida: yumaloq pronator kaftni bilak tomonag bukuvchi muskul (2-kaft suyagining asosiga yopishadi). Kaftning uzun muskuli, barmoqlarni bukuvchi yuza muskuli, kaftni tirsak tomonga bukuvchi muskul no'xatsimon suyakka yopishadi. Chuqur qavatida barmoqlarni bukuvchi uzun muskul (bosh barmoqning tirnoq falangasi asosiga yopishadi), barmoqlarni bukuvchi chuqur muskullari (2-5-barmoqlarning tirnoq falangalari asosiga yopishadi).
Bilak muskullarining orqadagi gruppasiga yuza qavatiga: Yelka-bilak muskuli (bilak suyagining bigizsimon yosig'iga yopishadi), kaftni bilak tomonga yozuvchi uzun muskul (2-kaft suyagining asosiga yopishadi) kaft bilak tomonga yozuvchi kalta muskuli (3- kaft suyagining asosiga yopishadi), barmoqlarni yozuvchi umumiy muskul (2-5-barmoqlar o'rta va tirnoq falangalarining asoslariga yopishadi), kaftni tirsak tomonga yozuvchi muskul (5-kaft suyagining asosiga yopishadi). Chuqur qavatiga bilak supinatori (bilak suyagining tashqi va oldingi yuzalariga yopishadi) bosh marmoqni uzoqlashtiruvchi muskul (uzun)–(1-kaft suyagining asosiga yopishadi), bosh barmoqni yozuvchi kalta muskul ( bosh barmoqni birinchi falangasiga yopishadi), bosh barmoqni yozuvchi uzun muskul , ishora barmoqni yozuvchi xususiy muskul.
Qo'l panjasining muskullari 3-gruppaga bo'lini: bosh barmoq tepasining muskullari, o'rta gruppa, jimjiloq tepachasi muskullari . Bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi, bukuvchi kalta muskul, bosh barmoqni jimjiloqqa qarshi qo'yuvchi va barmoqni yaqinlashtiruvchi muskul. O'rta gruppaga 4 ta chuvalchangsimon muskul (asosiy falangalarni bukadi, o'rta falangalar bilan tirnoq falangalarini yozadi). Jimjiloqni bukuvchi va yaqinlashtiruvchi muskul.
Oyoq muskullariga –chanoq, son, boldir va oyoq panjasi muskullari kiradi. Chanoq ichki muskullariga: 1. Yonbosh–bel muskuli ikki qismdan: yonbosh va belning kalta muskuli (12-ko'krak umurtqasi bilan jami bel umurtqalarining ko'ndalang o'sig'idan va yon yuzalaridan boshlanadi) chov boylamini tagidan son suyagining kichik kustiga yopishadi. Funksiyasi: sonni bukadi, tashqariga aylantiradi, oyoq qimirlamay turganda, chanoqni va tanani oldinga bukadi. 2. Noksimon muskul-dumqazaning ikki yuzasidan boshlanib kichik chanoq orqali qo'ymich teshigi orqali chiqib son suyagiga yopishadi. Bu muskul son suyagini tashqariga aylantiradi. 3. Ichki yopqich muskul yonbosh suyagining yopqich teshigi atrofidan kichik qo'ymich teshigidan tashqariga chiqib songa yopishadi. Funksiyasi: sonni tashqariga buradi.
Chanoqning tashqi muskullari. 1. Dumbaning katta muskuli chanoq suyagining tashqi yuzasidan boshlanib son suyagining dumboqiga tegishli g'adir-budir joyiga yopishadi. Bu muskul sonni yozadi, tashqariga buradi, oyoqqa tayanib turganda tepani rostlaydi. 2-3. Dumbaning o'rta va kichik muskullari chanoq suyagining tashqi yuzasidan boshlanib son suyagiga yopishadi, sonni uzoqlashtiradi, oldingi tutamlari sonni ichkariga orqadagisi tashqariga aylantiradi. 4. Sonning serbar fassiyasini taranglashtiruvchi muskuli. Yonbosh suyagini oldingi tepa-o'tkir o'sig'idan boshlanib, sonning fassiyasiga qo'shiladi, sonning fassiyasini taranglaydi, sonni bukadi. 5. Sonni kvadrat muskuli, qo'ymich do'mbog'i, son suyagining kustlararo qirrasiga birlashtirib sonni tashqariga aylantiradi. 6. Tashqi yopqich muskul teshigi atrofidan boshlanib, yuqoriga va orqaga qarab borib son suyagiga berkituvchi ichki muskul bilan birga yopishadi.
Son muskullarini–oldingi, medial va orqadagi gruppalari bor. 1. Mashinachilar muskuli-eng uzun muskul bo'lib, lentaga o'xshaydi. Yonbosh suyagining oldingi o'sig'idan boshlanib katta boldir suyagining g'adir-budir joyiga yopishadi. Sonni bukadi. 2. Sonning 4 boshli muskuli uning 4 boshchasi bor: sonning to'g'ri, lateral va medial, serbar oraliq muskullaridir.
Sonning to'g'ri muskuli yonbosh suyakning oldingi pastki o'sig'idan boshlanadi, sonning serbar muskullari son suyagining oldingi ikki yonidan va orqadagi yuzalaridan boshlanadi, so'ngra sonning pastki uchida to'rtta boshga 1 ta pay bo'lib birlashadi, bu pay katta boldir suyagining g'adir-budir joyiga yopishadi. Payning bag'rida tizza qopqog'i bor. Funksiyasi: yozadi, to'g'ri muskulli sonni bukadi.
Sonning medial gruppa muskullariga: 1. Taroqsimon muskul, yaqinlashtiruvchi kalta uzun va katta muskullar va nozik muskul kiradi. qov suyagi bilan qo'ymich suyagini berkituvchi teshikni chegaralab turuvchi chegaralaridan boshlanib, son suyagining medial tomoniga yopishadi.
Orqadagi gruppasi. 1. Yarim pay muskul-qo'ymich do'mbog'idan bolanib, katta boldir suyagiga yopishadi, sonni yozadi, boldirni bukadi va ichkariga aylantiradi. 2. Yarim parda muskul-oldingi muskulni pastida payga o'xshab boshlanadi va katta boldirga yopishadi. 3. Sonning 2- boshli muskuli. Uzun boshchasi qo'ymich do'mbog'idan kalta son suyagidan boshlanib kichik boldirga yopishadi.
Boldir musukllarini oldingi lateral va orqadagi gruppalariga: 1. Katta boldtrning oldingi muskuli–ponasimon suyakka va birinchi kaft suyagining asosiga yopishadi. 2. Barmoqlarni yozuvchi uzun muskul. 3. Sonning 2-boshli muskuli. Uzun boshchasi qo'ymich do'mbog'idan kalta son suyagidan boshlanib kichik boldirga yopishadi.
Boldir musukllarini oldingi lateral va orqadagi gruppalariga: 1. Katta boldirning oldingi muskuli-ponasimon suyakka va birinchi kaft suyagining asosiga yopishadi. 2. Barmoqlarni yozuvchi uzun muskul. 3. Bosh barmoqni yozuvchi uzun muskul. Bu musukllar oyoq panjasini bir tomonga bukadi va barmoqlarni yozadi. Boldir muskullarining lateral gruppasiga kichik boldirning uzun kalta muskullari kiradi.

Mavzular bo'yicha savolar.


Ko'ndalang tolali, silliq va yurak muskul to'qimasining tuzilishi va vazifasi bo'yicha bir-biridan farqi.
Muskullarning yordamchi apparatining tuzilishi va funksional ahamiyati.
Statik va dinamik muskullar shakli va vazifasi bilan farqlanishi.
Nafas aktivini ta'minlovchi muskullarni ta'riflang.
Orqani yuza va chuqur muskullari va fassiyalarini tasnifi.
Ko'krak muskullari va fassiyalarni ta'rifi.
Qorin muskullari va fassiyalari.
Odam tanasidagi yozuvchi, yaqinlashtiruvchi, bukuvchi va uzoqlashtiruvchi muskullarning ta'rifi.
Bo'yin muskullarining birikishi va funksiyasi.
Chov boylami va chov kanalidagi musukllar guruhini tasnifi.
Yelka kamariga taalluqli muskullar guruhining birikishi va funksiyasi.
Qo'lning erkin muskullarining tasnifi.
Erkin oyoq muskul guruhlarining birikishi va funksiyasi.
Boshning yuz qismidagi muskullarining tasnifi.
Qorin pressi (taranglik) muskullarining tuzulishi va xususiyatlari.
Insonning tashqi emosiyasi qaysi muskullarda namoyon bo'ladi.
O'tirganida bo'g'imlar qanday holatda bo'ladi va qaysi muskullar tanani vaziyatini ushlab turadi.

Ichki a'zolar ta'limoti



Download 288 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish