Одам анатомияси фанидан маъруза матни kirish



Download 288 Kb.
bet5/15
Sana02.03.2022
Hajmi288 Kb.
#477635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Одам анатомияси фанидан маъруза матни

Gavda muskullari.

Gavda muskullariga ko'krak, qorin va orqa muskullar gruppasi kiradi. Orqa (dorsum) gavdaning keng qismi, yuqoridan ensa dumbog'i va ensaning tepa g'adir-budir chizig'i va surgichsimon o'siq bilan pastdan dumg'aza – chanoq bo'g'imi va dumsimon suyaklar bilan chegaralanadi. Yonbosh tomondan bo'yin sohasida surgichsimon o'siqdan kurak suyagining yelka o'sigiga o'tkazilgan chiziq bilan chegaralansa, qo'ltiq osti bo'shlig'ining markaz qismidan yonbosh suyak qirrasiga o'tkazilgan tikka chiziq gavdaning orqasini old tomondan chegaralaydi.Orqa muskullari yuza va chuqur gurpalariga bo'linadi. Orqaning yuza muskullari uch qavat bo'lib joylashgan: Birinchi qavatiga-trapesiyasimon va orqaning serbar muskuli kiradi. Ikkinchi qavatiga-kurakni ko'taruvchi muskul bilan katta va kichik romsimon muskullar guruhiga kiradi. Uchinchi qavatiga esa-orqaning yuqori va pastki tishli muskullari joylashgan. Tishsimon muskullardan tashqari orqaning boshqa muskullari umurtqa pog'onasi suyagidan boshlanib yelka kamari va yelka suyagiga birikadi.


1.Trapesiyasimon (m trapczius) muskul uchburchak shaklida serbar muskul bo'lib, orqani yuqori qismida joylashgan ensa suyagi va ensa boylami va I-XII-ko'krak umurtqalarning o'simtalaridan boshlanadi. O'mrov suyagining akromial qismiga, kurakning baland qirrasiga birikadi. Muskul kurakni ko'taradi va pastga tushuradi va kurak qimirlamaganda boshni orqaga engashtiradi. 2. Orqaning serbar muskuli (m. latissimus dorsi) orqaning pastki qismida bo'lib, teri ostida yuza yotadi, ko'krak umurtqasining pastdagi 5-6-sida va jami bel umurtqalarining o'tkir qirrali o'siqlaridan, yonbosh suyagining orqadagi bo'limidan va pastki 4 ta qovurg'adan boshlanib serbar plastinka shaklida yuqoriga ko'tariladi, so'ngra tolalari yoyilib ketadi, yassi pishiq bo'lib, yelkaning kichik do'mboqchasidan pastroqiga yopishadi. Funksiyasi yelkani orqaga tortadi, ichkariga buradi qo'l qimirlamay tursa ko'krak qafasi kengayadi, tana qo'lga yaqinlashadi. 3. Rombsimon muskullar (mm rhomboideus major et minos) trapesiyasimon muskulni ostida bo'lib, pastdagi ikkita bo'yin umurtqasining va yuqoridagi 4 ta ko'krak umurtqasining o'tkir qirrali to'siqlaridan boshlanib kurakning medial chekkasiga yopishadi. U kurakni medial tomonga ko'taradi va o'rta chiziqqa yaqinlashtiradi, yuqoriga tortadi. 4. Kurakni ko'taruvchi muskul (m. levator scapulae) bu muskul trapesiyasimon muskulning ostida joylashgan, yuqoridagi 4 ta bo'yin umurtqasining ko'ndalang o'sig'idan boshlanib, pastga qarab yo'naladi kurakning yuqori burchagiga yopishadi. Bu muskul qisqarganda kurakni yuqoriga ko'taradi. 5. Orqani yuqori tishli muskuli (m serratus posterior superior) rombsimon muskulning old tomonida joylashgan, pastga 2 ta bo'yin va yuqorigi 2 ta ko'krak umurtqasining qirrali o'siqlaridan boshlanib, 11-5-qovurg'alarning orqa tomoniga yopishadi. Bu muskul qisqarganda qovurg'alarni ko'taradi. 6. Orqaning pastki tishli muskuli (T. serratus posterior inferior) serbar muskulning old tomonida joylashgan, pastki ikki ko'krak va yuqoridagi ikki bel umurtqalari qirrali o'siqlaridan boshlanadi va alohida tishsimon bo'laklar yordamida IX-XII-qovurg'alarga birikadi. Pastki qovurg'alarni pastga tortadi.
Orqaning chuqur muskullari: umurtqa pog'onasining ikki yon boshida umurtqa qirrali o'siqlari bilan qovurg'alar burchagining o'rtasida hosil bo'lgan egatchalarda joylashgan, ular uch qavat mukullardan iborat: 1. Bo'yin va boshning tasma muskullari (m. splenius cervicis et capitis) yuqoridagi oltita ko'krak umurtqasining va pastki beshta bo'yin umurtqasining o'tkir qirrali o'siqlaridan boshlanib, ensa suyagidagi g'adir- budir chiziqning lateral qismiga va chakka suyagining surg'ichsimon o'sig'iga yopishadi. Bo'yin qismi 2-3-bo'yin umurtqalarining ko'ndalang o'siqlariga yopishadi. Vazifasi-ikki tomonlama qisqarib boshni orqaga bukishga yordam beradi. Bir tomonlama qisqarganda boshni o'z tomoniga egadi. 2. Umurtqa pog'onasini tiklovchi muskullari (m. elector spinae) eng kuchli muskul, umurtqa pog'onasining ikki yonbosh qismini to'ldirib turadi. Muskul dumg'azaning orqa sathidan, bel umurtqasining ko'ndalang o'siqlaridan, yonbosh suyagining tashqi qirrasidan va ko'krak-bel fassiyasidan boshlanib, yuqoriga ko'tarilib ensa suyagiga yetib boradi. Bu muskul orqaning yuza muskuli ostida yotadi. Bir necha qismga bo'linadi: a) Yonbosh qovurg'a muskuli, u muskul esa uch qismdan (bel, ko'krak va bo'yin).b) uzun muskul (m longissimus) medial holatda joylashgan, uning ko'kra, bo'yin va bosh qismlari tafovut etiladi. v) Ko'ndalang qirrali muskul (m. transversospinalis) uch xil muskuldan iborat (yarim o'tkir qirrali o'siq, muskul, ko'p tarmoqli va buruvchi muskullari). g) Boshning orqa, katta va kichik to'g'ri va yuqori qiyshiq muskullari 2-1-bo'yin umurtqalar qirra o'sig'idan-boshlanib ensa suyagining pastki g'adir-budir chizig'iga yopishadi.
Orqa fassiyasi. Orqada yuza va ko'krak–bel fassiyalari mavjud. Teri ostida joylashgan orqaning yuza fassiyasi trapesiyasimon va orqaning serbar muskullarini ustini o'raydi. Ko'krak–bel fassiyasi esa qalin bo'lib ikki varaqli. Yuza varag'i umurtqa pog'onasini tiklovchi muskulini ustki tomonidan o'tib, bel umurqalarining o'tkir qirrali o'siqlari va yonbosh suyagining qirrasiga yopishadi. Fassiyani yuza va chuqur varaqlari muskullari o'zaro qo'shilib bitta fassiyani hosil qiladi.
Gavdaning old tomonidagi muskullarga: Ko'krak va qorin muskullari kiradi. Ko'krak muskullari yuza, serbar va chuqur xususiy guruh muskullaridan iborat.
Ko'krakning katta muskuli. (m. pectoralis major) O'mrov suyagining medial qismidan teri suyagining dastasidan 2-7-qovurg'alarining tog'ay qismidan va qorin to'g'ri muskulining qinidan boshlanib, yelka suyagining katta do'mboqchasidan pastrog'iga g'adir-budir qirrasiga yopishadi. Funksiyasi yelka suyagini tepaga yaqinlashtiradi va ichkariga aylantiradi. Qo'l qimirlaganda qovurg'alarni ko'taradi, nafas aktivligida qatnashadi. 2. Ko'krakning kichik muskuli ko'krakning katta muskuli ostida 2-5-qovurg'alardan 4 ta tish boshlanib, kurak suyagining tumshuqsimon o'sig'iga yopishadi. Muskul qisqarib yelka kamarini pastga tortadi va nafas olishda qatnashadi, ko'krak qafasini kengaytiradi. 3. O'mrov osti muskuli (m. sudclavius) o'mrov suyagidan boshlanib 1-qovurg'aga yopishadi. Vazifasi o'mrov suyagini pastga tortadi. 4. Oldingi tishli muskul (m. serratus anterior) keng to'rt qirrali muskul, yuqori qovurg'alarning 8-9 tasidan alohida tishlar, bo'laklar shaklida boshlanib kurak suyagining chetiga yopishadi. Muskul qisqarganda kurakning pastki burchagini oldinga buradi va qo'lni yuqoriga ko'taradi. Ko'l qimirlaganda qovurg'alar ko'tarilib, nafas olish yengillashadi.
Ko'krak qafasining xususiy muskullariga qovurg'alararo tashqi va ichki muskullar, qovurg'a osti va ko'krakning ko'ndalang muskullari, hamda diafragma kiradi. Qovurg'alararo muskullarning tashqisiga (m. Intercostales extern) tolalari yuqoridan pastga va orqadan oldinga yo'naladi, yuqori qovurg'a suyagini-pastki chetining tashqi yuzasidan boshlanadi va pastki qovurg'aning yuqori chetiga yopishadi. Muskul qisqarganda qovurg'ani ko'taradi. Ichki qovurg'alararo muskullar qisqarganida qovurg'alarni pastga tortadi. Qovurg'a osti muskuli (m. Sudcostales) ko'krak qafasining pastida joylashgan. Muskul qisqarganida qovurg'alarni pastga tortadi. Kurakning ko'ndalang muskuli (m. Transversus thoracis) tish suyagining ichki yuzasidan ko'ndalang yo'nalgan tolalari boshlanadi. 2-5-qovurg'alarning tog'ay qismiga yopishadi. To'sh qovurg'alar bo'g'imini mustahkamlaydi, qovurg'alarni pastga tortadi. Nafas chiqarishda qatnashadi. Diafragma-(diaphragma) ko'krak va qorin o'rtasidagi to'siq gumbaz shaklida yupqa yassi muskul-pay plastinkalardan iborat. Diafragmaning pastki qismida muskul to'qimasidan, gumbazi esa pay to'qimasidan tuzilgan bo'lib, payda markazi bor. Diafragmaning muskul to'qimalari bel umurtqalaridan, qovurg'alardan va to'sh suyagidan boshlanish uchburchak joylari hosil bo'ladi. Diafragmaning muskul qismida 2 ta yirik teshik bo'lib, orqadagi teshik aorta teshik undan aorta o'tadi, oldingi qizilo'ngach teshigi. Diafragmaning pay markazidan pastki kovak vena o'tadi. Teshik atrofini o'ragan muskul tolalar qisqarib- ochilib, qizilo'ngachdan ovqatni o'tishini tartibga soladi. Diafragma qisqarganda gumbaz yassilanadi va ko'krak qafasi kengayib nafas olishga yordam beradi.
Ko'krak fassiyasi: 3 ta fassiyalarga–yuza, xususiy va ko'krak qafasining ichki yuzasiga ajratiladi. Ulardan biri teri yog' qavatining ustida joylashgan ko'krak muskullarini ustki tomonidan qoplab turadi. To'sh suyagi ustki pardasi tepadan,ichki tomonidan o'mrov ustki pardaga qo'shilgan.Ko'krakning xususiy fassiyasi ko'krakni pastki muskulini o'rab qin xosil qiladi.O'mrov ko'krak fassiyasi ko'krakni kichik muskuli bilan o'mrov osti muskuli soxasida qalinlashadi. Ko'krakni ichki fassiyasi ko'krak qafasining devorini ichki tomonidan o'rab turadi.
Qorin muskullari-ikki qismdan:oldingi lateral va orqadagi gruppalariga bo'linadi.Oldingi-lateral gruppasiga qorinni to'g'ri va 3 ta serbar muskullari kiradi: 1. Qorinning to'g'ri muskuli (m rechis abdominis) qorin devorining old qismida joylashgan, pastki 5-7-qovurg'alarning tog'ay qismi ichki yuzasidan va to'sh suyagining xanjarsimon o'sig'idan boshlanib,qov suyagiga yopishadi. Muskul tolasi 3-4 joyda pay, belbog'lar hosil qiladi. 2. Qorinning tashqi-qiyshiq muskuli (m abs extemus abdomihis) pastdagi 8 ta qovurg'aning tashqi yuzalari tishchalari yordamida boshlanadi.Tolalari orqadan oldingi va yuqoridan pastga qarab yo'naladi.3. Qorining ichki qiyshiq muskuli (m qbliquus intemus abdominis) tashqi qiyshiq muskulining ostida joylashgan, yonbosh suyagining qirrasi chov boylamining tashqi 2G'3 qismi va ko'krak bel fassiyasidan boshlanadi. Bu muskul bir necha pay hosil qilib. ulardan biri qorinni oq chizig'ini hosil qilishda qatnashadi. 4. Qorinning ko'ndalang muskuli (m transversus abdominis) muskul tolalari ko'ndalang yo'nalgan pastki 6 ta qovurg'ani ichki yuzasidan ko'krak bel fassiyasini varag'idan yonbosh suyagini qirrasi chov boylamini tashqi yuzasidan boshlanib qorinning oldingi qismida serbar payga aylanadi va qorinni to'g'ri muskulini orqa tomonidan qarama-qarshi joylashgan aponevroz holda qorinni oq chizig'ini hosil qiladi. Belni kvadrat muskuli (m guadratus lumborum) qorin bo'shlig'in orqa soxasida joylashgan pastki bel umurtqasining ko'ndalang o'sig'idan boshladi.1-5-bel umurtqalarini ko'ndalang o'sig'i va 12-qovurg'alarga yopishadi
Qorin devorining yuza, xususiy va chuqur joylashgan fassiyalari mavjud. Diafragmani o'rab turgan qorin fassiyasi, diafragma fassiyasi, qorinni ko'ndalang va yonbosh fassiyasidir. Qorin muskullari qisqarganida qorin bo'shlig'i torayadi,bosim oshadi,bu holda ayollarda tug'ish,qusish yoki defekasiya jarayonlari va kuyachanish sodir bo'ladi. Muskullari bir tomonlama qisqarsa gavdv oldinga bukiladi, qovurg'alar pastga tortiladi,ko'krak qafasi torayadi, nafas chiqishga yordam beradi.



Download 288 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish