Одам анатомияси фанидан маъруза матни kirish



Download 288 Kb.
bet3/15
Sana02.03.2022
Hajmi288 Kb.
#477635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Одам анатомияси фанидан маъруза матни

Suyaklarning tuzilishi.



  1. Suyak (os) bir necha to'qimadan tuzilgan organ, bu to'qimalardan asosiysi suyak to'qimasidir (ossis). Har bir suyakni sirtini-suyak ust pardasi qoplangan. Suyaklarninng Bo'g'im yuzalari-gialin tog'ayi bilan qoplangan. Suyakning ichida-ko'mik bor. Bu qizil ko'mik qon yaratish prosessida suyakning organ sifpatida qatnashuvini ko'rsatadi. Suyakda tomirlar va nervlar bor. Suyakning tarkib birligi osteondir. Osteonlardan suyak moddasining ikki turi tarkib topadi. Osteonlar bir-biriga zich taqalib, suyakning qavatini hosil qilgan kompakt (zich) modda vujudga keladi. Osteonlardan hayvonlar vujudga keladi, bularning orasida suyak kataklari qolsa g'ovak modda hosil bo'ladi. Kompakt modda sirtda, g'ovak modda esa ichkarida bo'ladi. Turli suyaklarda bularni moddasining miqdori har xil bo'ladi. Tayanch va harakat funksiyasini o'taydigan suyaklarda jumladan, naysimon suyaklarning diafizlarida kompakt modda ko'proq g'ovak modda esa naysimon suyaklarninng epifizlarida umumrtqalarning tanalarida bo'ladi. G'ovak moddada hayvonlar ma'lum bir tartibda joylashgan organizmda suyakkka yuqori va cho'zuvchi kuchlar ta'sir etadi, suyaklar yuqori gavda qismi og'irligi bilan qisiladi, muskllarning tortish kuchi bilan cho'ziladi. Hayvonlar esa cho'zuvchi kuchlarni suyakka tekis taqsimlanishini ta'minlaydi. Suyakda ko'mik bor, u g'ovak modda hayvonlari orasidagi kataklarni va ko'mik (ilik) bo'shliqlarini to'ldiradi, qizil ko'mikni hajmi 1 500 sm kub. Tug'ilgan bolalar suyagida qizil ko'mik bo'lib, u qon yaratishga bevosita aloqador. Qizil ko'mikda eritrositlar, donali leykositlar va qon plastinklari shakllanadi. Eritrositlar ko'mikda joylashib, unga qizil tus beradi. Yosh ulg'aygan sari qizil ko'mik o'rnini sariq ko'mik egallaydi. U naysimon suklarning iliq kanalini to'ldiradi.

Sariq ko'mik-asosan yog' hujayralaridan iborat. Suyak sirtidan suyak ust pardasi bilan qoplangan tashqi va ichki qavatdan esa, u yupqa, och pushti rangda qo'shuvchi to'qima pardasi bilan qoplangan. Tashqi-fibros qavati zich qo'shuvchi to'qimadan tuzilgan ichki qavati zichlashmagan (g'ovak) qo'shuvchi to'qimadan iborat, unda suyak hosil qiluvchi hujayralar (osteonlar) bor. Suyakning ichki yuzasi endost bilan qoplangan. Uning tuzilishi va suyak hosil qilish funksiyasi suyak ust pardasining ichki qavatiga o'xshaydi.
Suyakning kimyoviy tarkibi: Suyak organik va anorganik moddalardan tuzilgan. Organik modda-ossein (muguz modda xitin va tog'ay) suyakni 1G'3 qismini, qolgan 2G'3 qismini anorganik moddalardir, asosan kalsiy ayniqsa kremnezem va fosfat ohak 51,04 foizini tashkil etadi. Suyakni kislotaga solganda (xlorid yoki natriy ) yumshoq elastik bo'lib qoladt, bunda asosan organik moddasi qoladi. Kuydirganda esa- faqat anorganik moddalari qolib suyak mo'rt bo'lib sinadi. Yoshni o'zgarishi bilan suyak tarkibidagi organik va anorganik moddalarning miqdori , bolalar suyagida organik modda ko'p shuning uchun elastik bo'ladi. Sa ko'payganda mo'rt bo'ladi. Suyaklarning elastikligi ossein moddasiga bog'liq bo'lsa, suyakning qattiqligi (pishiqligi) mineral tuzlarga bog'liqdir. Suyakda vitamin A, D, S lar mavjud. Yosh bolalar suyaklarida Sa tuzlari, vitamin D yetishmasa raxit kasalligi vujudga keladi, natijada suyaklar nimjon qiyshiq o'sadi. Vitamin A yetishmasa suyaklar haddan tashqari yo'g'onlashib ketadi. Suyakning shakli, kattaligi gavdadagi o'rniga bog'liqdir. Suyaklarning shakliga qon tomirlari, muskullar va nervlar ta'sir etadi. Suyakka muskullarning yopishgan joylari g'adir-budir, dumaloq qirra yoki chuqurcha bo'ladi, erkak kishining suyaklarida yaqqol ko'rinadi.
Naysimon suyaklar: yelka, bilak, son, boldir uzun suyaklardir va kaltalariga (qo'l kafti, oyoq kafti va panja suyaklaridir). Uzun va kalta naysimon suyaklar bir hil tuzilgan. Ularning tanasi Diafizi) va ikki uchi (epifizlari) bor. Suyakning o'rtadagi kattaroq qismi- tanasi silindrikyoki prizmatik shakldagi, zzich suyakmoddasidan tuzilgan nay bo'lib, ichida ilik ya'ni ko'mik bo'shlig'i bor.
Epifizlar yo'g'on bo'lib g'ovak modda sirtdan zich moddaning yupqa qavati bilan qoplangan. Epifizlar sathida suyak o'siqlari (apofizlar) bor, ularga muskul va bo'g'im yuzalari yopishadi.
Diafiz bilan epifiz o'rtasida metafiz joylashgan. Suyakning o'sish davrida metafiz bilan epifiz o'rtasida tog'ay bo'ladi, shunga ko'ra suyak bo'yiga o'sadi. Yassi yapaloq suyaklarga-kurak, chanoq va kalla suyaklari kiradi. Aralash suklarga-chakka suyagi va kalla suyagining asosiy qismini tashkil etgan suyaklar kiradi.
Yassi suyaklar suyak usti pardasining xisobiga kattalashadi, yangi qavatlar qalinlashadi va eniga qarab o'sadi. Naysimon suyaklar suyak usti pardasi bilan epifizlar tog'aylar xisobiga o'sadi. Epifizi tog'ayi o'smay qolsa, suk to'qimasining tog'ayi o'rnini butunlay egallaydi va suyak bo'yiga o'smaydi, suyak 23-24 yoshgacha o'sadi, so'ngra epifizlar tog'aylar yo'qolib ketadi. G'ovak suyaklar: uzun va kalta suyaklar, ularga qovurg'alar, to'sh va umurtqalar, qo'l va oyoq, kaft ust suyaklari kiradi. Sesamasimon suyaklarga tiza qopqog'i, no'xatsimon va barmoq suyaklari kiradi. Odamda suyaklarning 2 tipdagi birlashmalari bor: uzlukli, uzluksiz. Uzluksiz- sinartroz birlashmalar kam harakatchan suyalar bir-biriga qo'shuvchi to'qima yoki tog'ay to'qimasi bilan birlashadi va turli tuman boylamlardan iboratdir. Masalan: bilak va boldir suyaklari o'rtasidagi boylamlar. Bu xildagi birlashmalar 3 turda uchraydi:
1. Sindesmoz. Suyaklar tolali biriktiruvchi to'qimalar yordamida birlashadi. Biriktiruvchi to'qima suyaklar orasida keng parda yoki boylam holida yupqa biriktiruvchi to'qima pardasi chok yordamida qo'shiladi (kalla skeletining tepa suyagi).
2. Sinxondroz. Suyaklar o'zaro tog'aylar vositasida birlashadi.
Sinostoz. Suyaklar oralig'idagi parda suyaklashib ketadi, oqibatda bir nechta suyak birlashib bitta yaxlit suyak hosil bo'ladi. Masalan: dumg'aza suyagi, kattalarda tepa suyagi. Uzlukli birlashmalar bo'g'imlari, suyak bo'g'imlarining har bir bo'g'imini 3 asosiy elementi bor.
Bir-biri bilan bo'g'im tuzuvchi suyaklarning bo'g'im yuzalari bo'g'im tog'ayi bilan qoplangan.
Suyaklarning bir-biri bilan bo'g'im tuzuvchi uchlarini pereferiyadan birlashtiruvchi bo'g'im xaltasini tashqi (fibro) va ichki (sinovial) qavatlardan iborat. Tashqi qavat zichlashmagan qo'shuvchi to'qimadan tuzilgan. Sinovial qavatdan bo'g'im bo'shlig'idan sinovial suyuqligi chiqib suyaklarning bir-biriga tegib turadigan bo'g'im yuzalarini moylab turadi.
Bo'g'im xaltasi bilan bo'g'im tuzuvchi suyaklarning bo'g'im yuzalari o'rtasida hosil bo'lgan bo'g'im bo'shlig'i yorug'simon kamgakdir, unda kam miqdorda sinovial suqligi bor.
Bo'g'im hosil qiluvchi 3 ta asosiy elementdan tashqari boylamlar, disklar va menisklar sinovial xaltalari uchraydi.
Boylamlar shakllangan zich qo'shuvchi to'qimadan tashkil topgan. Bo'g'im ichidagi disklar va menisklar yupqa gialin tog'ay qavati bilan qoplangan tolali tog'aydan tuzilgan. Disklar sidirg'a plastinkalardan iborat, menisklar esa o'roq shaklda bukilgan plastinkalarga o'xshaydi. Ular bo'g'im yuzalari shaklan bir-biriga to'la mos kelmaydigan bo'g'imlarning harakatlarida qatnashadi. Bo'himlarning shakli silindrik, g'altaksimon, ellipssimon, egarsimon va sharsimondir. Bo'g'imlarda harakatlar 1 ta, 2 ta va 3 ta o'q atrofida bajariladi. Shunga qarab 1 ukli, 2 ukli, 3 va 4 ukli bo'g'imlar nazarda tutiladi.
Bir ukli bo'g'imlarga silindrik, g'ovaksimon va vintsimon bo'g'im kiradi. Silindrik bo'g'im silindrik shakldadir. Yelka suyagi bilan tirsak suyagi o'rtasidagi bo'g'imdir. Bilak suyagi bilan tirsak suyagi orasidagi bo'g'imdir. Tashqariga burilishi-supinasiya, ichkariga aylanish-pronasiya deyiladi. Kaltaksimon bo'g'im ham silindik shaklda tuzilib, u bukish va yozish harakatini bajaradi.ikki uyali bo'g'imlar-ellipssimon va egarsimon bo'g'imlardir. Ular bukish va yozish, yaqinlashtirish va uzoqlashtirish harakatlarini bajaradi. (Kaft ust suyaklarida) Egarsimon bo'g'im qo'l panjasini, bosh barmog'idagi kaft kaft usti suklarida bo'ladi. Uch ukli bo'g'imdir. Sharsimon bo'g'imlar kiradi. Unda boshcha vaunga shaklan mos keladigan chuqurcha bor. Masalan: yelka bo'g'imi. Oddiy, murakkab va kombinasialangan bo'g'imlarga bo'linadi. Oddiy bo'g'im ikki suyakni birlashtiradi. Sharsimon va g'altaksimon bo'g'imlarning birlashishi. Murakkab bo'g'imlar: Ikkitadan ortiq suyak qatnashadi. Tirsak bo'g'imida yelka, tirsak bilan bilak suyaklari birlashadi. Skeletning to'rtta bo'limi bor: tana skeleti, bosh, qo'l va oyoq skeleti.
Tana skeleti: tana skeletiga umurtqalar, o'n ikki juft qovurg'a va to'sh suyagi kiradi. Umurtqalardan umurtqa pog'onasi hosil bo'ladi, butun gavdani uki hisoblanadi, unga qovurqalar, chanoq suyaklari va kalla suyagi birikib turadi. Umurtqa pog'onasi 33-34 umurtqa suyaklaridan iborat. Umurtqa pog'onasi bo'yin, ko'krak, bel, dumg'aza va dum bo'limlariga bo'linadi. Umurtqa pog'onasining uzunligi o'rtacha 69-75 sm, bo'yin 13 sm, ko'krak 30 sm, bel 18 sm dumg'aza va dum 12 sm. Keksa odamlarda 7 sm qisqaradi. Umurtqa tanasining yuqorisida va pastida g'adir-budir maydonchalar bor, bular ayrim umurtqalarning tanalarini umurtqalararo tog'aylar yordamida elastik, mustahkam birlashtiradi. Umurtqa tanasining yon yuzalari salgina botiq, uning orqa tomonida ravog'i bor. U umurtqa tanasining orqa yuzasi bilan birga umurtqa teshigini hosil qiladi. Umurtqa teshiklari bir-biri bilan tutashib umurtqa kanalini hosil qiladi.
Umurtqa ravog'ining oyoqlari va o'ymalari bor. Umurtqa ravog'ining 7 ta o'sig'i bor. Bular yuqori bo'g'im, pastki bo'g'im va ko'ndalang bo'g'im o'siqlaridir. Bo'yin umurtqasi 7 ta bo'lib, yuqoridagi 2 tasidan tashqari hammasi yassi umurtqa, tanasi kichkina, umurtqa ravog'i uchburchak shaklda, u umurtqa teshigini chegaralab turadi. Umurtqa ravog'idan yuqori va pastga qarab, bo'g'im o'siqlari chiqadi va orqa tomonga o'tkir qirrali o'siq ketadi. Ko'ndalang o'sig'i 2 ta o'siqdan iborat. Ko'ndalang teshik bu o'siqlarni bir-biridan ajratib turadi, uning oldingi tomonida qovurg'a rudimentidan iborat o'siq bor. Ko'ndalang o'siqda teshik borligi barcha bo'yin umurtqalarining xarakterli belgisidir. Uning yuqori yuzasidan chuqur egat o'tadi. Bunda orqa miya nervi yotadi va uning oldingi va orqadagi dumboqlari bor. VI-bo'yin umurtqasi ko'ndalang o'sig'idan oldingi do'mboqchasi boshqa bo'yin umurtqalaridan ko'proq o'sgan o'sha do'mboqchada uyqu arteriyasi o'tadi. I-umurtqaning o'tkir qirrali o'sig'i yo'q II-IV-umurtqalar ayrili uchli, VII-umurtqa esa o'sig'i uzun, uchi yo'g'onlashgan, uni teri ostidan paypaslab topiladi. I-bo'yin umurtqasi (Atlant) kalla suyagiga birikkan, uning tanasi va o'tkir qirrali o'sig'i yo'q. U oldingi va orqa ravoqlardan tuzilgan suyak xalqadir. Uning ravoqlarida yon massalari va yuqori bo'g'im yuzalari chuqurchalari mavjud. Pastki bo'g'im yuzalari yassi bo'lib, 11-bo'yin umurtqasi bilan bo'g'im tuzadi.
Atlant umurtqa teshigi boshqalardan kattadir. 11-bo'yin umurtqasi o'q umurtqa deyiladi, unda kichik o'siq bor. U atlant bilan birgalikda kalla hamda vertikal o'q tevaragida aylanadi.
Ko'krak umurtqalari 12 ta bo'lib, tanasi va yuqori, pastki bo'g'im o'siqlari o'tkir qirrali va ko'ndalang o'siqlarga, esa uning tanalarining orqa yon yuzalarida va ko'ndalang o'siqlarining uchida kichkina qovurg'a chuqurchalarini bo'g'im yuzalari bor. Ular I-, XI-XII-umurtkalarda. Boshkalarida esa tanasida yukori va past tomonlarida 2 tadan yarim chuqurchalar bor. Bel umurtqalari 5 ta bo'lib o'tkir qirrali o'siq, bo'g'im o'siqlari va ko'ndalang o'siqlari taraqqiy etgan. Bel umurtqalarining ko'ndalang o'siqlari evolyusiya davrida qovurg'alarga aylanib ketgan, rudimentlarni qurish mumkin. Dumg'aza umurtqalari 5 ta bo'lib, katta odamlarda ular qo'shilib, bitta yagona dumg'aza suyagini tashkil etadi.
Dumg'azaning chanoqqa qaragan botiq yuzasida 4 ta ko'ndalang chizig'i bor. U chiziqlar qo'shilib ketgan, umurtqa tanalarining chegaralaridir. Dumg'azaning dorzal yuzasida tikka yo'nalgan o'tkir bel qirrali o'siqlar ko'rinadi. Dumg'azaning o'rta va yon qirralari bor, unda dumg'aza kanali va dumg'aza teshiklari bor. Dumg'azaning asosida 2 ta yuqori bo'g'im o'sig'i bo'lib, u bel umurtqasining o'siqlari bilan birlashadi. Dumg'aza suyagining shoxlari 2 ta, u dum suyagi bilan birlashadi. Dum suyagi 4-5 ta umurtqadan iborat bo'lib, voyaga yetgan odamda qo'shilgan bitta suyakdir. Dum suyagining asosi va pastga qaragan uchi bordir. I-dum umurtqasining ko'ndalang va yuqori o'siqlari bor. Ular o'zgarib shoxlarga aylangan, ya'ni dum suyagining muguzsimon tuzilmasidir. Umurtqaning bukilmalari kavarik tomoni bukilmasiga lordos.kavarik tomoni orkaga karagan bukilmasiga-kifoz deyiladi.2ta lordos.( buyin va bel bulimida) 2 ta kifoz (ko'krak va dumgaza bo'limida) bo'ladi. Yon tomonga bukilish-skolioz,qari odamlarda ko'krak kifozi zo'rayadi.Bukri bo'lish-gibus deyiladi.
Kovurgalar 12 juft yassi suyakdan iborat bulib,ular simmetrik joylashgandir.Ular yukoridan pastga karab sanaladi.Uning suyak va togay o'ismi bor.Kovurganing suyak kismi uzunrokdir.Orka tomonda joylashadi,oldingi kismiga togay ko'shiladi.Kovurgalarning orkadagi uchlari ko'krak umurtkalariga birlashadi.Yukoridagi 7-qovurganing
Tog'ay uchlari to'sh suyagiga birlashadi va chin qovurg'alarni xosil qiladi. 8-qovurg'adan boshlab,tush suyagiga birlashmaydi uni yolg'on kovurg'alar deyiladi VII, IX-X kovurg'alarning tog'aylari uchlari yukoridagi kovurgalarning tog'ay kismlariga ulanadi. XI . XII kovurg'alar korinni orka devorining muskullari bag'rida yotadi.Qovurg'a suyagi uzun qayrilgan bulib,unda boshchasi,buyin va tanasi buladi,qovurg'aning boshchasi –orka uchida bulib,bo'g'im yuzasi bor. Boshchaning qirrasi bo'g'im yuzasini ikki qismga ajratadi (I-II-XI va XII-qovurg'alar qirrasi yo'q), qovurg'a boshchasining oldingni tomonida toraygan qismi-qovurg'a bo'yni bor. U keyin yassi suyaka aylanadi. Ya'ni uni qovurg'a tanasi deyiladi. Tanasining oldingi qismi qovurg'aning to'sh suyagi tomonidagi uchi deyiladi. I-X-qovurg'alar bo'yni bilan tanasining orasidan orqaga qarab, qovurg'a dumboqchasi turtib turadi. qovurg'a tanasining ichki va tashqi yuzalari yuqori va pastki chegaralari bor. Qovurg'aning pastki chekkasi bo'ylab ichki yuzasidan qovurg'a egati o'tadi, bu qon tomirlari va nervning izidir.
To'sh suyagi. Ko'krak qafasining oldingi devoridagi yassi suyakdir. Uning uch qismi bor. Dastasi, tanasi, xanjarsimon o'sig'i, oldingi va orqadagi yuzalari bor. To'sh suyagi dastasining bo'yinturuq o'smasi bor. To'sh suyagining yon yuzalarida 7 juft qovurg'a tog'ayi to'sh suyagiga birlashadigan joylari bordir, ya'ni o'ymalari.
Ko'krak qafasining birlashmalari. Qovrg'alarning boshchasi umurtqalarning tanalari bilan, ikkinchidan qovurg'alarning dumboqchalri esa umurtqalarning ko'ndalang o'siqlari bilan bo'g'im tuzadi. Bu bo'g'imlar boylamlar bilan mahkamlanadi. 1-qovurg'a to'sh suyagi bilan uzluksiz birlashma hosil qiladi. Qolgan 6 ta qovurg'a to'sh suyagi bilan bo'g'im tuzib, birlashadi.
Qo'l skeleti. Qo'l skeletiga yelka kamarining skeleti bilan erkin qo'l skeleti kiradi. Oyoq skeletiga esa chanoq kamarining skeleti bilan erkin oyoq skeleti kiradi. Qo'l skeletiga yelka kamarining suyaklari (kurak va o'mrov suyaklari) erkin qo'l suyaklari (yelka,bilak,panja suyaklari) kiradi. Kurak yassi uchburchak shakldagi suyakdir. U ko'krak qafasining orqa tomonida 2-8-qovurg'alar damida joylashgan, bu suyakni ikkita yuzasi va uchta chekkasiga ajratildi. Kurakning oldingi yuzasi ko'krak qafasiga qaragan, kurak ostidagi chuqurchani hosil qiladi. Orqa tomonidagi yuzasi qabariq bo'lib, qirra ustidagi va ostidagi (yuqori va pastki) chuqurchalarni hosil qiladi. Kurk qirrasining lateral bo'limi yelka (akromal) o'sig'iga o'tadi. Bu o'siqning bo'g'im yuzasi o'mrov suyagiga birlashadi. Kurak suyagining yuqori, medial va pastki burchaklari mavjud.
O'mrov «S» shaklida bukilgan naysimon suyakdir. Uning tanasi, to'sh sugi tomonidan uchi bilan yelka suyak tomonidagi uchi bor. To'sh suyak tomondagi uchi to'sh suyagiga yelka suyak tomonidagi uchi, esa kurak suyagining akromial o'sig'iga birlashib bo'g'im tuzadi. Bundan tashqari kam harakat akromial-o'mrov bo'g'imi vujudga keladi. O'mrovning to'sh suyak tomonidagi uchi to'sh suyagining o'mrov o'ymasi bilan to'sh-o'mrov bo'g'imini hosil qiladi. Bu yelka kamari suyaklarining ko'krak qafasiga birlashgan yagona joyidir.
Erkin qo'l skeleti bunga yelka suyagi bilak, tirsak va qo'l panja suyaklari kiradi. Yelka suyagi- uzun naysimon bo'lib, o'rta qismi, yuqori va pastki qismi uchlari bor. Uning yo'g'on tortgan yuqori uchida sharsimon boshchasi bor. Anatomik bo'yni bor. Shu yerda katta- kichik dumboqchalaridan iborat. Ularni egatlar bir-biridan ajratib turadi. Dumboqchalardan pastga qarab 2 ta qirra tushadi. Dumboqchaning ostida suyakning tor qismi bor. Yelka suyagi ko'pincha shu yerdan sinadi, uni xirurgik bo'yin deb ham ataladi. Suyakning distal uchi oldindan orqaga qarab yassilangan va oldinga sal qiyshaygan. Uning uchini yon tomoniga kengayuvchi qismlarning g'adir-budur tepachalari bor.
Yelka suyagining pastki qismida-suyakning boshchasimon tepachasi va g'altaksimon qismi mavjud. G'altakning ustida oldingi tomonida toj chuqurchasi bor. Boshchasimon tanachaning ustida yelka suyagining yuzasida-bilak chuqurchasi bor.
Bilak suyagiga tirsak va bilak suyaklari kiradi. Tirsak suyagining proksimal oldingi va orqa uchida o'sig'i bor. Yarim oy shaklidagi o'ymasi, uning bo'g'im yuzasi yelka suyagining g'altagiga mos kelib yelka-tirsak bo'g'imini hosil qiladi. Toj o'sig'ining pastrog'ida tirsak suyagining g'adir-budir joylari bor. Suyak diafizi uch qirrali bo'lib. Uchta yuzasi va uchta chekkasi bor. Bilak suyagida ham boshchasi bor, u silindrik shaklda. Boshchaning yuqori qismida chuqurchasi bor, u chuqurcha yelkasuyagining boshchasimon tepachasi bilan qo'shilib, yelka bilak bo'g'imini tuzadi.
Qo'l panja suyaklari. U 3ta bo'limdan iborat: kaft usti, kaft va barmoqlar. Kaft usti suyaklari g'ovak suyaklardan iborat bo'lib, ular ikki qator, har qatorida to'rttadan suyak joylashgan. Bularga qayiqsimon, yarim oysimon, uch qirrali, no'xatsimon, trapesiyasimon katta va kichik suyaklar, boshchali va ilmoqli suyaklar kiradi.
Kaft suyaklari. Naysimon 5ta suyaklardan iborat bo'lib, ularning har birida diafiz boshchasi va asosi bor. Kaft suyagining boshchalarida sharsimon bo'g'im yuzalari mavjud, ular barmoqlarning asosiy falangalari bilan bo'g'im tuzadi. Kaft suyaklari bosh barmoq tomonidan hisob qilinadi (1–5 ). Qo'l panjasi barmog'ining falangalari naysimon bo'lib, birinchi barmoqlaridan tashqari har birida uchtadan falanga (asosiy, o'rta va tirnoq falangalari ) bor. Bosh barmoqda ikkita asosiy va tirnoq falangalari bor. Har bir falangani diafizi distal va proksimal uchlardan iborat.
Yelka bo'g'imi .Sharsimon yelka suyagining boshchasidan va ko'krak suyagining bo'g'im chuqurchasidan hosil bo'ladi. Tirsak bo'g'imi murakkab bo'g'imdir. Uchta suyakning birlashuvidan vujudga keladi. Tirsak uchta ayri bo'g'im yelka-tirsak, g'altaksimon ,yelka-bilak sharsimon bo'g'imlarga va bilak-tirsak silindrik suyaklar o'rtasidagi proksimal bo'g'imlardan iborat. Yelka-tirsak bo'g'imi. Yelka-bilak bo'g'imi.Bilak suyagi tirsak syagi o'rtasidagi proksimal bo'g'imlar. Bilak suyagi bilan tirsak o'rtasidagi distal bo'g'im-silindrik shaklda, bilak kaft-usti bo'g'imi-ellipssimon bo'g'imidir.
Oyoq skeleti. Chanoq kamarining suyaklari va erkin oyoq suyaklari (son suyagi,boldir va panja suyaklari) kiradi. Chanoq suyagi-3 ta suyakni birikishidan hosil bo'ladi (yonbosh, qo'ymich va qov suyagi). Bu suyaklar 16-18 yoshda bir juft chanoq suyagi bo'lib qo'shiladi.
Qo'ymich kosasi-chanoq suyagining tashqi chuqurchasiga o'xshab turadi. Uning pastki qismida qo'ymich o'ymasi bor. Quymich kosasidan yuqori tomonda keng yassi suyak-yonbosh, suyagi, qirralanadi. Qirra bo'ylab, 3 ta g'adir-budir chiziq bor. Ularga muskullar yopishadi. Yonbosh suyakning oldingi va orqa o'siqlari bor, ular ustki va pastki o'siqlaridan iborat. Yana katta qo'ymich o'sig'i va o'ymasi bor. Yonbosh suyagining chuqurchasi bor, qo'ymich kosasidan pastroqda suyak xalqa bilan chegaralangan berkituvchi teshik ko'rinadi. Ana shu xalqaning oldingi qismi qov suyagidir. Orqadagi qismi qo'ymich suyagidan hosil bo'lgan. Qo'ymich suyagi sohasidagi qo'ymich o'sigi bilan qo'ymich dumbog'i bor, ularning orasida o'ymasi bor.
Chanoq suyaklarining birlashmalari. Chanok suyaklarning bir-biriga qov birikmasi,dumg'aza esa dumg'aza yonbosh bo'g'imi,shuningdek boylamlar birlashtirada.Dumg'aza yonbosh bo'g'imi-dumg'aza va yonbosh suyaklarning quloqsimon yuzalaridan xosil bo'ladi.
Qov birikmasi. Qov suyaklarning qov yuzalaridan hosil bo'lgan qavariq tog'ay bu yuzalarning bir- biriga maxkam birlashtiradi. Yana qov birikmasini boylamlar mustaxkamlab turadi.
Butun chanoq. Ikkita chanoq suyagi, dumg'aza va dum suyaklarining qo'shilishidan halqa suyak hosil bo'ladi.Chanoq ikkiga bo'linadi: katta chanoq va kichik chanoq. Katta yonbosh suyagining qanotlari bilan chegaralanadi.Kichik chanoq bo'shlig'ining to'rtta devori bor.Oldingi devori- qov birikmasida va qov suyaklarining bu birikmaga taqalib turadigan qismlaridan tashkil topadi. Orqa devori dumg'aza dum va dum suyaklaridan hosil bo'lgan.
Son suyagi naysimon suyaklarning eng kattasidir. Yuqori qismida (uchida) son suyagining boshchasi medial tomonga va yuqoriga turtib chiqqan boshchasining sferik shakldagi bo'g'im yuzasi bor. Bu yuza sharning 2: 3 qismini tashkil qiladi. Boshchasida chuqurchasi bor. Unda boylam bilan yopishadi. Son suyagining bo'yni bor,bo'yin bilan diafizi chegarasida ikkita do'mbog'i bor. Katta kichik kusti bor. Ularning orasidan kustaro qirra o'tadi. Diafizning oldingi qismi silliq,orqa yuzasida g'adir-budir chiziq yotadi. Katta boldir suyagining uchta chekkasi va uchta yuzasi bor. Yuzalari medial, lateral va orqa yuzalari. Proksimal epifiz qalin tortgan bo'lib, yon qismlari muskullar yopishadigan medial va lateral o'siqlari bor. Epifiz yuzasida ikki botiq, bo'g'im maydonchasi bor, ular orasida o'siq aro tepacha bor. Kichik boldir suyagida yuqori uchida boshchasi bor. Suyakning diafizi uch qirrali.
Oyoq panja suyaklari. Ular uchta bo'limga ajratiladi: tovon, kaft oldi, kaft va barmoqlar. Kaft oldi suyaklaring distal qatoriga qayiqsimon suyak, 3 ta ponasimon suyak va kubsimon suyak bor. Kaft suyaklari 5 ta naysimon suyaklaridan tuzilgan bo'lib, ularning diafizi, boshchasi, asosi bor.
Tizza qopqog'i. Sonning to'rt boshli son muskulining payida, tizza bo'g'imining oldingi tomonida bo'ladi. Tizza bo'g'imining bir qancha pishiq boylamlari bor. Sonning to'rt boshli muskuli payi oldingi tomondan o'tib tizza qopqog'ining asosiga yopishadi va uning uchidan tizza qopqog'ining boylami sifatida davom etadi. Bu boylam katta boldir suyagining g'adir- budir joyiga yopishadi. Sonning to'rt boshli muskuli payning yon qismida tizza qopqog'iga tutam-tutam pay tolalari chiqadi. Ulardan biri son suyagiga,ikkinchisi qopqog'ining ustidan katta boldir suyagi o'tadi. Tizza bo'g'imining yon qismlarda katta va kichik boldir yon boylamlari o'tadi. Tizza bo'g'imining xususiyati shuki bug'im bo'shliq sinovial xaltachalariga tutashadi. Sinovial xaltalar paylar va muskullarning suyaklarga taqalib turgan joyida bo'lib, ular o'rtasidagi ishqalanishni kamaytiradi.
Bosh skeletimurakkab tuzilgan bulib, u toq va juft suyaklarga, xamda yuzning toq va juft suyaklariga ajraladi. Toq suyaklar: ensa. Peshona. asosiy yoki ponasimon. g'alvirsimon va dimoq suyagi. Juft suyaklarga: tepa, chekka, burunning pastki chig'anog'i, ko'z yoshi suyagi va burun suyagi kiradi. Ensa suyagi. Kallaning orqa pastki bo'limida joylashgan, unda katta ensa teshigi bor. Asosoy , yon va kalla qismlari tafovut qilinadi. Ensa suyagining yon qismlaridan har birining pastki yuzasida bo'g'im do'mboqchalari bor. Ularga muskullar yopishadi. Do'mboqchaning orqasidagi chuqurchaning tubidan teshigi bor, bu teshik kalla bo'shlig'iga olib keladi, ana shundan kallaga vena o'tadi. Ensa suyagining tashqi yuzasida dumbog'i ko'ndalangiga o'tuvchi g'adir-budir chiziqlar va ensa qirralari bor.
Peshona suyagi kalla qopqog'ini oldingi qismini egallaydi. U 4 qismdan iborat, kalla qismi 2 ta ko'z kosasi qismi va burun qismi. Palla qismi qayrilgan plastinka shaklida unda 2 ta peshona dumbog'i, 2 ta qosh usti ravog'i palla qismining egati bor, ular daraxtga o'xshab shoxlangandir. Arterialar shu yerdan o'tadi. Ko'z kosasi–unda ko'z yoshi bezining chuqurchasi bor. Peshona qismining burun qismida burun o'sig'ining 2 yon tomonida peshona kovaklariga olib kiradigan teshiklari bo'lib, ular 2 tadir.
Peshonasimon suyak. Kalla suyagining (qopqog'i) asosida ensa suyagi bilan peshona suyagining orasida joylashgan bo'lib, uning tepasi, katta va kichik qanotlari va qanotsimon o'sig'i bor. Suyak tanasi kubga o'xshaydi. Tanasini ichida suyak devoriga qaragan bo'shlig'i bor, u burun bo'shlig'iga ochiladi.
G'alvirsimon suyak. Noto'g'ri kub shaklda. Bu suyakda g'alvirsimon, perpendikulyar plastinka va 2 ta labirint kataklarga bo'linadi. G'alvirsimon plastinkada mayda teshiklar hidlov nerviningi o'sha teshiklar burun va kalla suyak bo'shlig'iga ajraladi. G'alvirsimon plastinkadan pastga qarab, perpendikulyar plastinka tushadi, u burun bo'shlig'ida joylashib burunning suyak devorchasidan bir qismini egallaydi. Uning yuqoriga turtib chiqqan xo'roz toji bor.
Dimog' suyagi–burun bo'shlig'ida rombga o'xshaydi. Tepa suyagi kalla qopqog'iningyuqori yon qismini egallaydi (plastinkasimon) tashqi yuzasida tepa suya dumbog'i, pastka va yuqori chakka yuzasida barmoq izlari miya tepachalari arteriya va vena egatchalari bor.
Chakka suyagi. Murakkab tuzilgan, uning kattaroq qismi ponasimon suyakning katta qanoti bilan ensa suyak orasida yotadi. Chakka suyagining uchta qismi bor. Palla, nog'ora (o'rta quloq) piramidalari bor.
Burun suyagi –plastinka shaklida bo'lib, ko'z yoshi suyagi, uning oldingi qismida ko'z yoshi egati bor va ko'z yoshi xaltasining chuqurchasi bor. Pastki jag' toq suyak bo'lib, uning oldingi bo'limida tanasi orqa qismida 2 ta shoxi, pastki jag' shoxlari bor. Suyak tanasining yuqorigi bo'lagida alveolalar o'sig'i bor, unda tish ildizlari joylashgan. Pastki jag' suyagining shoxlari 2 ta o'siq bilan tugaydi. Orqadagi o'siq (bo'g'im o'sig'i) boshchasi oldingi o'siq (toj o'sig'i) uchi o'tkir.
Til osti suyagi taqa shaklida til ildiz ostida joylashgan, bu suyakning tanasi, 2 ta katta shoxi va 2 ta kichik shoxi bor. Yuqori jag' suyagi juft suyaklar. Bu suyakning tanasi va 4 ta o'sig'i bor: peshona suyagiga qaragan: yonoq tomonga qaragan alveolyar va tanglay o'siqlari. Bu suyakning ko'z kosasiga qaragan yuzalari, burunga qaragan yuzalaridan peshroq. Suyak tanasidan turli tomondan 4 ta o'siq ketadi. Peshona suyagiga birlashuvchi o'sig'i yonoq, o'siq tanglay o'sig'i, alviolyar o'sig'i mavjud. Tanglay suyagi yuqori jag' suyagidan orqa tomonda bo'lib vertikal va gorizontal plastinkalardan iborat.

Mavzular bo'yicha savollar:


Suyaklarni tuzilishi, tarkibi, o'sishi va regenerasiya.
Suyaklarning birikish xillari va xususiyatlari.
Umurtqa pog'onasidagi suyaklarning tuzilishi, ularning o'zaro birikishi, bo'g'im va boylamlari.
Qovurg'alar, to'sh suyaklari va ularning tana bo'limlariga o'zaro birikishi.
Umurtqa pog'onasining egriliklari, lordoz, kifoz va skolioz, ularning oldini olish choralari.
Yuqori kamar suyaklarining tuzilishi va birikishi.
Tos kamari suyaklarining tuzilishi, to'la suyaklanish davrlari.
Katta va kichik chanoq bo'shlig'ini morfologik va funksional
farqi.
Chanoq suyagi va bo'shlig'ining jinsiy farqi.
Oyoq skletining tuzilishi va qanday mexanizm uning
amortizasiyasini ta'minlaydi.
Oyoq panjasining vazifasiga bog'liq bo'lgan tuzilishidagi
xususiyatlari.
Organizmning qaysi suklari sesasimon va g'ovak suyaklar
hisoblanadi, ularning ta'rifi.
Kalla suyaklarining tuzilishi, boshqa suyaklardan farqi av
havo bo'shliqlarining, choklar va liqildoqlarining ta'rifi.
Sindesmos va sinxondrozlar, ularning morfo-fiziologik
xususiyatlari.
Bo'g'im xaltasining tuzilishi, ishi, bo'g'imlarning turlari.
Suyaklarning uzlukli va uzluksiz birlashmalari.
Miya quttisidagi suyaklarning ta'rifi.



Download 288 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish