O ‘zbekiston tarixi (xvi—xix asrning birinchi yarmi)


Qishloq xo‘jaligi va sug‘orish ishlari



Download 0,85 Mb.
bet34/86
Sana09.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#645834
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   86
Bog'liq
Ўзбекистон тарихи 8 2014

Qishloq xo‘jaligi va sug‘orish ishlari


60




uzunlikdagi To‘g‘uzariq qazilgan. Yana Oqdaryo va Qoradaryo- dan ham ariqlar chiqarilgan.
Sug‘orish inshootlarini yaroqli holda saqlashning og‘ir yuki mehnatkashlar gardanida edi. Aynan ulaming matonatli meh- nati, sabr-toqati, sug‘orish inshootlarining muqim ishlashini ta’minlar edi. Dehqonlar suvdan foydalanishda asrlar davomida juda katta tajriba to‘plagan edilar. Ular shunday sug‘orish inshootlarini bunyod eta olganlarki, unga tan bermaslikning iloji yo‘q edi. Xususan, suv ayirg‘ich to‘g‘oni qurishdagi mohirlik buning isbotidir.
Daryo va kanallarga o‘rnatilgan chig‘ir eng ko‘p ishla- tiladigan suv ayirg‘ich edi. Shunday chig‘irlar ham yaratil- ganki, ular suvni hatto 4 metr va undan ham balandga chiqarib bera olardi. Suvni chuqur ariqlardan chiqarib olish uchun tutqichli suv ayirg‘ichlar ishlatilar, bunda ot, tuya, eshak va ho‘kiz kuchidan foydalanilar edi. Bu kabi inshootlar Buxoro xonligi xo‘jaligida katta o‘rin tutgan. Bu hayot ta’minoti boTgan inshootlaming bosh bunyodkori — dehqonlar ommasi edi. Har bir dehqon xonadoni yiliga 60 kundan 100 kungacha sug‘orish inshootlari qurish, kanal va ariqlami tozalash, sozlash ishlarida qatnashishgan.
Dehqonchilik mehnat qurollari nihoyatda sodda edi. Oddiy dehqon so‘qasi (omoch) asosiy dehqonchilik quroli edi. Ot, ho‘kiz, sigir, tuya, eshak dehqonning suyanchig‘i hisoblangan. Yaxshiyamki, 0‘zbekiston tuprogT hosildor, iqlimi qulay mamla- katdir. Shu ikki muhim omil ancha serhosil va unumdor deh- qonchilikni yoTga qo‘yish imkonini berar edi.
Amirlik yerlarida paxta, bug‘doy, jo‘xori, tariq, arpa, beda yetishtirish dehqonchilikning asosini tashkil etardi. Deyarli har bir dehqon xo‘jaligida o‘z ehtiyoji va sotish uchun paxta yetishtirilardi. Ipakchilik, bog‘dorchilik, sabzavotchilik va poliz- chilik keng rivojlangan. Piyoz, sabzi, bodring, qovoq, qovun, tarvuz, olma, olxo‘ri, o‘rik, shaftoli, nok, yong‘oq, bodom, anjir, uzum yetishtirilar edi. Buxoro amirligi o‘zining qovun va uzumi bilan mashhur edi. Ko‘pgina shaharlami bogTar o‘rab turardi. 4 qismdan iborat alohida reja asosida bunyod etilgan bogTar ham boTardi. Bog‘ qismlarining har birini ariqlar ajratib turgan. Bunday bogTar chorbog‘
deb atalgan.
Buxorodagi Jo‘ybor, Toshkentdagi Kaykovus bogTari eng mashhur bogTar edi.


61




Amirlikda bo‘yoq olinadigan o‘simlik — mardona ham o‘stirilgan. Dorivor o‘simliklardan esa dorilar tayyorlashgan.
Amirlikda, garchand salmog‘i dehqonchilikdan pastroq bo‘lsa-da, chorvacliilik ham rivojlangan.
Chorvachilik tumanlarida dumbali va qorako‘l qo‘ylar, yirik shoxli qoramollar, tuya va otlar boqilgan. Jun, teri, go‘sht, sut- qatiq va yog‘ kabi chorvachilik mahsulotlari xalq hayotida muhim rol o‘ynagan.


Yakunlarni chiqaramiz

  • Amirlikda yer mulkchiligining davlat (amlok), xususiy mulk va vaqf shakli mavjud bo‘lgan.

  • Davlat yerlarining bir qismi suyurg‘ol va tanho shaklida in’om etilgan.





Tanob (chilvir, arqon) — ekin maydonini o‘lchash uchun
qo‘llaniladigan yuza birligi. 1 tanob yer maydoni 8,33 sotix.
1 gektar yer esa 12 tanobni tashkil etgan.


  1. Buxoro amirligida yerga bo‘lgan mulkchilikning uch shaklini va ularning bir-biridan farqini tushuntirib bering.

  2. Suyurg‘ol shaklidagi yer in’om etilishi qanday oqibatlarga olib kelgan?

  3. Markaziy Osiyo xalqlari hayotida sun’iy sug‘orish nega hayot- mamot masalasi edi?

  4. Osiyoda dehqonchilik Yevropa dehqonchiligidan qanday jihatlari bilan farq qilgan?



  1. Download 0,85 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish