Katalitik riforming jarayonining sanoatdagi qurilmalari



Download 444,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana03.02.2022
Hajmi444,61 Kb.
#426791
  1   2   3
Bog'liq
02010tc4-b45c (1)



3-MA’RUZA.
KATALITIK RIFORMING JARAYONINING 
SANOATDAGI QURILMALARI 
Reja: 
1.
 
Katalitik riforming qurilmalarini rivojlanish tarixi; 
2.
 
Riforming jarayonining asosiy faktorlari. 
Sanoatda birinchi marotaba riforming qurilmasi 1940 yilda ishga 
tushirildi. Bu qurilmalarda katalizator sifatida xrom yoki molibdan oksidi 
ishlatilar edi. Benzin fraksiyasini oktan sonini 80 gacha ko‘tarilar edi. Bu 
qurilmalarni gidroforming qurilmalari deb atalar edi. 
Ulu Vatan urushi vaqtida bu qurilmalar benzin fraksiyalaridan toluol olish 
uchun ishlatildi. 
1949 yilda birinchi platforming qurilmasi barpo etildi. Platina katalizatori 
ishtirokida benzinni oktan soni oshiriladi va aromatik uglevodorodlar olinadi. 
Benzinni oktan sonini oshishi aromatik uglevodorodlarni miqdorini 
ko‘payishiga bog‘liq. Aromatik uglevodorodlar hosil bo‘lishi reaksiyasi issiqlik 
yutilishi bilan sodir bo‘ladi. SHuning uchun riforming jarayoni birnecha ketma-
ket ishlovchi reaktorlarda olib boriladi. Har qaysi bosqichdan (reaktordan)so‘ng 
xom-ashyo trubali pechlarda isitiladi. 
Odatda sanoatdagi qurilmalarda uchta reaktor mavjuddir.
Boshlanich davrda qurilmalarda AP-56-alyumoplatina katalizatori 
ishlatilar edi. Bu katalizatorni tarkibida 0,58%mass. platina bo‘lar edi. 
Taxminan shu miqdordan ftor qo‘shilar edi. Bu katalizatorlar ishlaganda 
qurilmaning ishlash davri 6 oydan 1 yilgacha edi. Xomashyo 85-180 yoki 105-
180 
0
Cbenzin fraksiyasi yoki 105-140 (ksilol) fraksiyasi bo‘lsa jarayondagi 
bosim 4,0 MPa, engilroq fraksiyani (benzol fraksiyasi) ishlayotganda bosim 2,0 
MPa ni tashkil etadi. 
- Ishlanayotgan fraksiyani tarkibida oltingugurt birikmalarini miqdori 
0,1% mass. dan ko‘p bo‘lsa qurilmalar gidroochistka bloki bilan ta’minlangan. 
Keyinchalik sanoatda AP-64 katalizatori ishlatiladi. Uning tarkibidagi 
platinaning miqdori 0,6-0,65% mass.ga teng bo‘lib, shuncha miqdorda xlor 
qo‘shilgan. Bu katalizatorlar benzinning oktan sonini 87 punktgacha 
ko‘tarishga va qurilmaning ish davrini 1 yilgacha uzaytirishga imkoniyat berdi. 
SHu davrga kelib hamma platforming ustanovkalari gidroochistka 
bloklarida alyumokobaltmolibden yoki alyumonikelmolibden katalizatorlari 
yordamida xomashyoni oltingugurt va azot birikmalaridan va boshqa 
birikmalardan tozalab beriladi. SHu sababli benzinni oktan sonini 95(i.m.) 
gacha ko‘tarishga erishildi. 
Xom ashyo pechda 330
0
C gacha isitilib gidrochista reaktoriga beriladi, 
tozalangan xom ashyo yana pechning seksiyasiga kelib, 500
0
C gacha isitilib, 


platformingni 1 reaktoriga beriladi. Bu reaktorda xom ashyoni harorati 35-40
0

ga pasayadi (sxema). So‘ngra yana pechni seksiyasiga qaytib kelib 510
0
C gacha 
isitiladi. Keyin II reaktorga beriladi, bu erda harorat 10-15
0
C ga pasayadi. 
Pechning seksiyasida yana 515
0
C gacha isitilib oxirgi parallel ishlovchi ikkita 
reaktorning biriga beriladi. Oxirgi reaktorda qisman gidrokreking sodir bo‘lgani 
uchun harorat faqat 5-7
0
C ga pasayadi. Olingan katalizat tindirish kolonnasiga 
yuboriladi. 
Qo‘shimcha hosil bo‘lgan vodorodli gaz odatda gidrochistka qurilmalariga 
beriladi. 
Bu hildagi ustanovkalarda yiliga 600 va 1000 tonna xom ashyo ishlanadi. 
AP-64 katalizatorida quyidagi ko‘rsatkichlar bilan ishlanadi: Bosim -3,3-
3,8 MPa 
Harorat -490-500; 500-515


Xom ashyodagi aromatik uglevodorodlar -13% mass. 
Katalizatdagi _”_-55-65% mass. 
Oktan soni: xomashyoniki -40-53 i.m. 
Katalizatniki -80-85 i.m. 
Platina-reniy va ko‘pmetalli katalizator ishlatilganda jarayonning bosimi 
1,5-2,0 MPa ni tashkil etadi. Aromatik uglevodorodlar va izomerlangan 
parafinlarning miqdori ko‘payadi, oktan soni oshadi. Riforming katalizatori 
reaktorlarga 1:2:4 nisbatida joylanadi. 1- reaktordagi xom ashyoni (oboemnaya) 
xajmiy tezligi III - reaktorlardagiga nisbatan to‘rt marotaba ko‘pdir. 1 - 
reaktorda asosan naftendan aromatik uglevodorodlar olish, II - va III - 
reaktorlarda esa izomerlash-digidrogenlash va degidrosikllash reaksiyalari sodir 
bo‘ladi. 

Download 444,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish