Zarafshon okrugi, Amudaryo bo’limi, Kaspiyorti viloyati, Duxovskiy, Senator Palen, siyosiy
agentlik, volost boshlig’i, qozi sudlari, biy sudlari, uyezd boshlig’I, harbiy-xalq boshqaruvi,
Toshkent Dumasi, uch bosqichlik qozilik sudlari, posyolkalar, Krasnavodsk-Qizilarrvot
temir yo’li
Chor ma`murlari Turkiston o`lkasida dahshatli mustamlakachilik siyosatini olib
boradilar. Turkiston XIX asrning oxirlarida V.I.Lenin iborasi bilan aytganda «Xalqlar
qamoqxonasi»gaaylangan, Rossiyaning «tipik mustamlakasi» edi.
Rossiya saltanati jahonning qudratli davlatlari Angliya, Frantsiya, Germaniya
impyeriyalari qatori ulkan mustamlakachi davlat edi. Rossiya o`z mustamlakalari hududi
jihatidan Buyuk Britaniya, Frantsiya va Germaniyani orqada qoldirib ketgandi. Angliya
mustamlakalari13 million kavdrat kilomyetr, Frantsiyaniki 11 million kvadrat kilometrni
tashkil qilsa, Rossiyaning birgina Sibir mustamlakasi hududi 13 million kvadrat kilometrni
tashkil qilardi. Rossiyaning Turkiston general-gubernatorligi hududi esa kengligi jihatidan
Fransiya, Germaniya vaAvstro-Vengriya impyeriyalari maydoniga teng bo`lgan.
Chor Rossiyasining O`rta Osiyodagi mustamlakachilik siyosati vaamaliyoti uning bu
o`lkada o`z davlatchiligini joriy etish orqali olib borildi. Butun bir boshliq mustaqil Qo`qon
xonligi davlati yo`q qilinib bir viloyatgaaylantirildi, Turkistonda milliy davlatchilikka barham
berildi. Chor Rossiyasi o`zining boshqaruv tizimini joriy etdi. Ammo impyeriyaning bu
o`lkada o`rnatgan ma`muriyati uning tasarruvidagi boshqa o`lkalar boshqaruvidan o`zining
keskin harbiy-mirshablik ruhi bilan ajralib turgan. Mustamlakachi hukumat Turkistonni
boshqaruviga oid ko`plab qonunlar loyihalarini (1865, 1867, 1873, 1884, 1886, 1908, 1912,
1916) ishlab chiqdi va ularni tasdiqladi, hayotga tadbiq etdi. Bu qonunning
moddalarigaadliya, moliya, harbiy, ichki ishlar va boshqa vazirliklar kiritgan o`zgartirishlarda
Turkistonni boshqaruvidagi harbiy-mirshablik ruhi aniq o`z ifodasini topgan.
Rus zodagonlaridan A.B.Vrevskiy «Turkiston xalqlari o`zlarini boshqaruvchi va sud
qiluvchi yagona hokimiyatga o`rgangan» deb, o`lkada qattiqqo`l mustabid idora zarurligiga
ichora qilgan edi.
1
Turkistonda impyeriyachilik boshqaruvining mustamlakachilik harakteri birinchi
general-gubernator Rossiya impyeratorining general-adyudanti Konstantin fon-Kaufman
tomonidan ifodalangan. U 1868 yil 22 yanvarda Toshkent shahar aholisi bilan bo`lgan
uchrashuvdagi nutqida ruslarni O`rta Osiyo xalqlarining katta og`asi deb atagan, Turkistonda
rus hokimiyatining mustahkam va doimiy o`rnashganligini alohida uqtirib o`tgan edi. Fon
Kaufman asli horijlik nemis dvoryanlariga mansub edi, podshohlik ishonchini qozongan,
1
O’zbekistonning yangi tarixi
.
Birinchi kitob... 191-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |