227
Qo`zg`olon boshlanishidan bir necha kun avval Eshon huzuriga ba`zi bir mahalliy
mansabdor shahslar kelib, Eshon tayyorlagan murojaatnoma yoki qasamyodga o`z muhrlarini
bosishadi. Bu murojaatnomada shunday deyilgan edi:
“Alloh yo`q joydan o`n sakkiz ming olamni yaratib, insonga mukammal bir qiyofa baxsh etib,
uni barcha jonzotlarning sohibi, Odam atoni esa halif qilib ko`taradi. Butun olamni Alloh
payg`ambarimiz uchun yaratib, uni eng yaqin kishisigaaylantiradi va ul hazratni taxtga
o`tqazdi-da, shunday murojaat qiladi: “Ey payg`ambar! G’ayriddinlar va imon-e`tiqodidan
qaytganlar bilan jang bo`lg`usidir”. Bunda o`ziga sodiq qolgan va eng yaqin bo`lganlarga
jannat va`da qiladi. Choryorlar xalqqa pandu nasixat qilib deydilarki, “Kimki g`azovat yo`lida
o`z mulki va hayotini Alloh va payg`ambar uchun qurbon qilsa, bundaylar biz singari
bo`lg`usidir”. Ular nomunosib bandalarni tiyish uchun kitob bitdilar va bizga esdalik sifatida
qoldiradilar. Shunday ekan, o`zimizni Allohning qullari va payg`ambarning
ummatlari
hisoblaydigan bizlar albatta g`azovot e`lon qilishimiz joizdir. Birinchidan, Alloh va
payg`ambar yo`lida bu muqaddas urushda biz g`olib chiqishimiz, ikkinchidan hayotimizni
qurbon qilishimiz lozim.
Biz quyidagi o`z muhrimizni bosganlar, oldimizga kalomullohni qo`yib, Alloh va
payg`ambarga qasamyod qilib, halifamiz bilan shartnoma tuzdik. Shundan keyin, agar
o`zimizga bino qo`yganimizdan shaytonning vasvasasiga uchib yoki shirin jonimizni
saqlashni o`ylab, qo`rqib, va`damizdan qaytib, uni bajarmasak do`zahga tushaylik ikki
dunyoda yuzimiz qora bo`lsin, qiyomat kuni sharmandayu sharmisor bo`laylik.
Bu so`zlarning tasdig`i uchun muhrimizni qo`ydik.
Mazkur qasamyodga mahalliy amaldorlar va obro`-e`tiborli kishilardan o`n ikki kishi
muhrini bosgan.
14 may kechqurun Muhammadali halfa uyida kengash bo`lib, unda Farg`ona
viloyatining turli bo`limlaridan kelgan kishilar qatnashadi. Kengash Eshon ma`lum qilgan
rejaga binoan vodiydagi uch shahar-Andijon, Marg`ilon va O`shdagi harbiy lagerga bir kunda
hujum qilinishi kerak edi.
Bu hujum muvaffaqiyatli tugasa, Qo`qonni ham olib, vodiyda
xonlikning tuzumi tiklanardi. So`ngra mustamlakachilar Samarqand, Toshkent va
Chimkentdan ham haydab chiqarilardi.
16 may kuni kechqurun yana Eshon xonadonida kengash bo`lib, unda mingga yaqin
odam qatnashadi. Shu kengashda Eshonning o`n to`rt yoshli jiyani Abdulaziz (Musulmonqul)
xon qilib ko`tarilajagi, qo`zg`olon qachon boshlanishi aytiladi.
17 may kuni shom namozida Tojik qishlog`idagi masjidga juda ko`p odam to`planadi.
Namoz paytida Eshon xalqqa murojaat qiladi.
“Ey muhtaram musulmonlar!” ey birodarlar! Hammangizga ma`lumdirki, yurtimiz musulmon
yurti, el musulmon, xalq musulmon, xon musulmon, shariatning hukmi joriy, amri nofiz edi.
Hukumatni Alloh taolo o`zi biladur, kofirlarni musallat qiladi, yurtimizga o`ris keldi.
Xudoyorxon o`rniga Kaufman, Umarxon taxtiga Chernayuf o`ltirdi. Farg`ona xonligi yerida
Moskva xonligi-oq podsho hukmron bo`ldi.
O`ris vatanimizga istilo etdi. So`ngra tilimizga istilo qiladi. Sekin-asta dinimizga istilo
qilmoqqa boshladi, bilasizlarki, musulmonlarning axloqi buzildi. O`risning kelg`oniga o`ttiz
yil to`lmay, musulmonlar riboga odatlandi, halol-haromni farq qilmas bo`ldi. Qozilarimiz
bo`yniga but taqadig`on bo`ldi. Xulosa (shulki),
shariatimiz hor, musulmonchilik g`arib
bo`ldi. Hurriyatimiz g`oib bo`ldi, istiqlolimiz mahv bo`ldi, o`zimiz o`tmas, so`zimiz kesmas
bo`ldik. Ey voh...
Ey musulmonlar, bunga sabab o`zimiz bo`ldik. Bu asorat va mahkumiyatga kimsa rozi
emas, ins ham, jins ham rozi emas. Ey birodarlar, tek turavyersak bu kofir yana battar qiladur.
Voy bizning holimizga.
Tarixda o`tgan muazzam bir saltanat qo`rg`on qahramon pahlavonlar avlodimiz-bu
zillatga hech qanday ziruh chidamas. Qani bizdagi shijoat, qani ajdodlarimizdagi bisolat,
sizlarga nima bo`ldi?
...400 olimimiz bordir, hammasi musulmon, hammasi turk hammasining ismi
Muhammad. Hammasi hanafiy mazhabdir. Bu ismda, bir mazhabda, bir qabristonda bu qadar
olimlari to`plangan Turkistonni dini taqdimda, din odamlarini yetishtirishda na darajada
xizmatlari sabqat etganligi o`quvchilar diqqatigaarz o`rindur. Jahon tarixida, yer yuzida, ko`k
228
yuzida bu misli ko`rilmog`ondir. Turkistonliklar har qancha iftixor etsaarziydur, bajodur, ey
birodarlar, bizlar shundoq ajdodning nabiralarimiz. O`luk uyqusida uxlaysizmi?!”-deb hazrat
Eshonning so`zi bu joyga kelg`onda zori boshlandi. Hozir turg`onlar ho`ng-ho`ng yig`lash
bilan Eshonning amriga oshoda ekanliklarini bildirdilar, alarning xayajonlarini bosish uchun
hazrat Eshon so`zida davom etdi:
-Ey musulmonlar,
ey xudoning bandalari, ey payg`ambar ummati! Chin mo`min
bo`lsangizlar, sizlarga jihod lozimdur, jihod. E`tiqod, Alloh yo`lida jihod qilamiz, o`lsak-
shahid, o`ldirsak-g`ozi bo`lamiz. Jihod qilmaguncha yelkamizga mingan bu ro`dapo o`rusdan
qutilish yo`q.
Ey mo`minlar, ko`zingizni oching! G’aflatdan bedor bo`ling! Kofirlardan huquqimizni
olaylik.
Ey birodarlar, hurriyatimizni olaylik o`z vatanimiz, o`z yurtimizda o`zimiz hukumat
quraylik. Buning uchun bizdan g`ayrat istaydur, himmat istaydur, jihod istaydur, fiysabilliloh
jihod vaqti keldi!
Keyin yaqin qishloqlarga chopar yo`llaydi, hazrat Eshon amrlari bilan jihod
fiysabilliloh e`lon qilinadi. Choparlar kimki musulmon bo`lsa, bu oqshomdan qolmay jihodga
hozir bo`lsin, deb nido qilishadi”.
Xufton namoziga odamlar qurollanib kelishadi. Ammo ularning kamdan-kami qilich
va miltiq bilan qurollangan, asosiy qismi so`yil, cho`qmor, ketmonsop, panshaha ko`tarib
olishgan edi. Namoz paytida ular qurollarini masjid devoriga suyab qo`yishadi.
Namoz o`qib bo`lingach, hamma baravar “Jihod! Jihod! Jihod!”-deya hayqira
boshladi. Qisqa vaqtda bu ovoz butun qishloqni tutib ketadi.
Bir mahal Eshon hovlisining darvozasi ochilib, undan oq otni yetaklab chiqishadi.
Muhammadali halfa: “Bismillohir rahmonir rahim, baniyati jihod!” deb otga minadi. Shundan
keyin qo`zg`olonchilar yo`lga tushadilar.
To`plangan odam olti yuz nafarcha edi. Lekin ularning hammasi ham otliq emasdi.
Shu boisdan otliqlar piyodalarni mingashtirib olishadi. Qolganlar piyoda yoki aravada yo`lga
tushishadi. Yo`lma-yo`l qo`zg`olonchilar safi ortib boradi.
Olomon ikki bayroq ostiga
uyushgandi, birinchi bayroqqa Mulla Ziyovuddin Mahsum boshchilik qilayotgan edi. Ko`k
to`n kiyib, oq salla o`ragan otliq Eshon eng oldinda devona bolalar davrasida borardi. Dukchi
Eshon boshchiligidagi qo`zg`olonchilar Andijon shahrida joylashgan harbiy garnizonga
hujum qilib, 23 o`rus askarini o`ldirdilar, 24 tasini yarador qiladilar, 30 tacha miltiqni o`lja
oladilar. “Eshon to`poloni” tez orada deyarlik butun Farg`ona vodiysiga yoyiladi. Quva,
Asaka, Shaxrixon, Aravon, O`sh, Marg`ilon, Namangan, Sirdaryo va boshqa joylarda xalq
harakatga keladi. Publitsist jurnalist Alinazar Egamnazarovning “Siz bilgan Dukchi Eshon”1
maqolasida bunday hikoya qilinadi: “Qo`zg`olonni faqat Andijon, Marg`ilon va O`sh uezdlari
xalqi emas, Namangan uezdi, Yettisuv viloyati xalqi ham qo`llab-quvvatladi. Avliyootadagi
harakatga Shodibek halfa ismli Eshon boshchilik qiladi. U to`plangan yuzdan ortiq odam
dovonlar qordan bir oz tozalangach, Andijonga tomon harakat qiladi. Namangan
vaAndijondan ularga tomon yurgan harbiylar oradan besh kun o`tgach, Shodibek halfani 23
nafar sherigi bilan ushladi.
Namanganda uezd boshlig`ining o`rinbosari Bushen boshliq harbiylar yashirin
ravishda tog` so`qmoqlarini kezib, bir necha ovulni tintuv qilishdi va 29
nafar
qo`zg`olonchini, shular qatori to`rt boshliqni ham uchlashdi. Ularning yonidan g`azovot
boshlash to`g`risidagi Murojaatnoma va Muhammadali halfaning xati, shuningdek musulmon
davlati tuzilajagi, uning poytaxti etib Namangan shahri tanlanganligi haqidagi murojaatnoma
ham chiqdi.
Shu kunlarda Prejivalsk va Pishpek uezdlarida, Sirdaryo viloyatining Hovos temir yo`l
bekatida ham mirshablar bilan mahalliy aholi o`rtasida qurolli to`qnashuvlar bo`ldi”.
Qo`zg`olon shafqatsizlarcha bostiriladi va qo`zg`olon bahonasida yerli xalq yoppasiga
qirg`in qilinadi.
Baron Vrevskiy Sankt-Peterburgga jo`nab ketganligi munosabati bilan Turkiston
o`lkasi Bosh harbiy gubernatori vazifasini vaqtincha bajarib turuvchi general-leytenant
1
“
Sharq yulduzi
”, 1993, № 10-12.
229
Korolkovning Rossiya harbiy vazirligining Bosh shtabiga yuborgan telegrammasida bunday
deyiladi:
“Farg`ona harbiy gubernatori shuni ma`lum qiladiki, kecha kechqurun Marg`ilon uezdida
Eshon Muhammadali halfa g`azovot e`lon qiladi va ming kichidan iborat sheriklari bilan
Andijonga yo`l oldi. Qo`zg`olonchilar telegraf simni uzib, bugun saharda 20-batalon lageriga
hujum qilishdi. Bu hujum chog`idaaskarlardan 21 nafari o`ldirildi va 10 nafari yarador qilindi.
Qo`zg`olonchilar guruhi to`qnashuv joyida o`lgan 11 nafar va yarador bo`lgan 8 nafar
odamlarini qoldirib chekinishdi. Farg`ona harbiy gubernatori Marg`ilondan Andijonga temir
yo`l orqali 20-batalon rotasini va ovchilar komandasini yubordi, o`zi esa 13 kazak bilan
tuproq yo`ldan jo`nab ketdi.
Ayrim xabarlarga qaraganda, biz tomonimizdan qurbonlar
yanada ko`proq vaAndijondagi rus aholisi bu yerda ilgari hech bo`lmagan hodisa sababli
sarosimaga tushib qolgan. Men qo`shinlarda, shaharlarda ehtiyot choralari ko`rish va
tartibsizliklar paytida Farg`ona viloyatining barcha qo`shinlarini harbiy gubernatorga
bo`ysundirish, shuningdek Orenburg polkini o`tloqdan qaytarish haqida ko`rsatma berdim.
General-leytenant Korolkov”.
Harbiy vazir general-leytenant Kuropatkin bu telegrammani darhol oq podsho
hazratlariiga olib kirgan va qo`zg`olonni bostirish yuzasidan belgilangan tadbirlarni bayon
qilgan. Podsho bu tadbirlarni ma`qullagan va shu asosda Korolkovga darhol ko`rsatmalar
asosida Turkistonning yangi tayinlangan harbiy qo`shinlari qo`mondoni Duxovskiyga
telegramma jo’natiladi. Unda quyidagilarni o`qiymiz:
Do'stlaringiz bilan baham: