O ’qu V u sl ubiy m a jmu a


Andijon qo’zg’oloni va uning qatnashchilari haqida rasmiy axborot



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Andijon qo’zg’oloni va uning qatnashchilari haqida rasmiy axborot 
fitnasiga ishtirok etib, ko`mak berishni oldindan va`da qilgan va o`z do`konining Andijon 
garnizoni lageri yaqinida ekanidan foydalanib, lagerda to`satdan hujum qilingan paytda 
muvaffaqiyatni ta`minlaydigan ma`lumotlarni yetkazib bergan, bu hujumda shaxsan ishtirok 
etgan va boshqalarga boshchilik qilgan; 5) Mirzahamdam Usmonboev shunday ayblanadiki, u 
Muhammadali Eshon bilan til biriktirib, Andijon lageriga hujumda shaxsan ishtirok etgan; 6) 
Bo`taboy G’aynaboev shunday ayblanadiki, u o`sha Eshon bilan til biriktirib, Andijon 
garnizoni lageriga hujum qilishda shaxsan ishtirok etgan. 


231 
Sud aybdor deb tan olingan sudlanuvchilar jinoiy xatti-harakatning xususiyatini 
aniqlashga va qonun bo`yicha jazo belgilashga kirishib, sudlangan olti jinoyatchining barchasi 
jinoiy xatti-harakati jinoyatchilarni jazolash vaaxloqini tuzatish Qonunlar to`plamining 244-
moddasida ko`zda tutilgan Oliy hokimiyatga qarshi til biriktirib, qo`zg`olon qilishdan 
iboratdir va shu bois, barcha mol-mulkidan mahrum etilib, o`lim jazosi beriladi.. Sudlanganlar 
kuchli muhofaza to`g`risidagi Qonunning 17-moddasi asosida, harbiy vaqt qonunlarini joriy 
etgan holda (jinoyatning oldini olish va tugatish to`g`risidagi Ustavning I-modda, I-kodeksiga 
ilova) sudga berilganliklari uchun Harbiy qonunlar to`plamining 1869 yildagi 2-nashrining 
XXII kitob 10-moddasiga binoan sud jami sudlanganlarga o`lim jazosi berib, ularning 
barchasiga bu jazoning osib o`ldiriladigan turini belgilaydi. Barcha bayon qilinganlar asosida 
sud qaror qiladi: sudlangan Eshon Muhammadali, G’oyibnazar Ortiq xo`ja o`g`li (Ortiq so`fi 
o`g`li deyish ham mumkin), Subxonqul Arabboev Rustambek Sotiboldibek o`g`li, Bo`taboy 
G’aynaboev va Mirzahamdan Usmonboev Oliy hokimiyatga qarshi qo`zg`olon 
ko`targanliklari uchun barcha mol-mulklaridan mahrum etilib, oltovi ham osib o`ldirilsinlar. 
Ish bo`yichaashyoviy dalillar: 1) g`azovotning qon sachragan yashil bayrog`i; 2) 
tayoqdagi qizil nishon; 3) sudlangan va ularning barcha sheriklaridan tortib olingan qurollar 
musodara qilinsin; qolgan ashyoviy dalillar quyidagilar: muqaddas urush haqidagi shartnoma, 
quronlar va boshqalar tergov tugagunga qadar ishda qoldirilsin. 
Harbiy sud Ustavining 1128-1155-moddalariga binoan, sud harajatlari barcha 
sudlanganlardan teng miqdorda undirilsin, mabodo ularning bunga qurbi kelmagan sharoitda 
xazina hisobidan to`lansin. 20-Turkiston asosiy-muntazam batalonining 22 nafar o`ldirilgan 
harbiylari oilalari zarari, boquvchisidan ayrilgan har bir oilaga yiliga 200 so`m hajmida, yillik 
daromaddan 4 foizini kapitalgaaylantirib-bir paytda har bir oilaga 5000 so`mdan Harbiy 
qonunlar to`plamining 1868 yildagi 2-nashrining XXII kitob, 62-modda, I-bandigaasosan sud 
qilinganlar va ularning merosxo`ridan undirilsin.”1 
Turkiston Bosh harbiy gubernatori Duhovskiy qo`zg`olonning asosiy aybdorlari osib 
o`ldirilgach, shahar qal`asi ishiga ko`milsin va ustiga hojatxona qurilsin, deb buyruq bergan, 
Oxirgi paytda bu qaror o`zgargan. Dorlar qurilgan maydon ancha notekis edi. 
Qo`zg`olonchilar shu yerga ko`milib, ustidan so`ndirilmagan ohak keyin tuproq tortilgan. 
So`ng qatl etilganlar qayerga ko`milganligi bilinmasligi uchun butun maydon tekislab 
yuborilgan. 
General Duhovskiy Andijonga kelganida uni vokzal maydonida 10 ming kishiga yaqin 
aholi yer uzra bosh egib kutib olishga majbur bo`lgan. Shunda general uezd boshlig`idan, 
nega bu odamlar yuzini yerga qaratib, egilib turibdi, deganida uezd boshlig`i unga: “Oliy 
hazratlari, bu avom xalq Rossiya hukumati oldida yuzi qora, gunohlariga iqror bo`lib, qo`l 
qovushtirib, bosh egib turibdi”, deb javob qilgan. Non-tuz bilan turgan bir guruh yahudiy 
vaarmanilar bilan salomlashib, general Duhovskiy izvoshga o`tirib qarorga qarab yo`l oladi. 
Bunday xo`rlanish aholining qalbi va ongida kuchli jarohat bo`lib saqlanib qolgan edi. Xatto, 
1925 yil O`zbekiston SSR Sovetlarining 1-qurultoyida 1898 yilgi o`sha mudhish xo`rlanishni 
esga olgan edi: 
“...Farg`ona yaqin kunlarda ham nihoyatda og`ir kunlarni boshidan kechirdi. 1898 yilda 
jafokash Farg`ona xalqi uch kun mobaynida boshini yer qadar egib tiz cho`kib turishga 
mahkum etildi, sababi, bu yerga oq podshoning amaldorlaridan biri general kelgan edi”.
2
Sud hukmi bilan 362 kishi otib o`ldirilgan, 341 kishi turli muddat bilan qamalgan. 16 
kishi oilasi bilan uzoq va dahshatli Sibirga surgun qilingan. Qo`zg`olon markazi Mingtepa, 
Tojiq Qashqar qishloqlari uch kun davomida tinimsiz to`pga tutilib kultepagaaylantirilgan. 
Sudsiz so`roqsiz o`zboshimchalik bilan yondirilgan qishloqlar qirib yuborilgan, gunohsiz 
fuqarolar bu hisobga kirmaydi.
“Hozir Marhamatda yashayotgan keksalarning hikoya qilishlaricha, deb yozadi 
Alinazar Egamnazarov o`zining yuqorida tilga olingan maqolasida,-ertasi Andijonga 
qo`shimcha harbiy kuchlar kelgach, ishga kirishib, O`qshi qishlog`igacha borib, yo`lda 
uchragan erkakni otishgan. O`qshida bir ayolning voyaga yetgan to`rt o`g`li bo`larkan. Chor 
1
Egаmnаzаrov Аlinаzаr. Siz bilgаn Dukchi Eshon. Xujjаtli qissа. «Shаrq» nаshriyot-mаtbаа kontsernining Bosh tаhririyati. Toshkent, 
1994.75-76-betlar. 
2
Shamsutdinov Rustаm. «Dukchi Eshon voqeаsidаn so’ng».-«Sharq. yulduzi», 1991, 6-son.200-bet.


232 
askarlari shu to`rt aka-ukaning hammasini otib tashlashgan. Ona sho`rlik bu fojeani 
ko`taraolmay jinni bo`lib qolgan”.
1
Chor ma`murlari qo`zg`olonni bostirishda va isyonchilarni uchlashda xizmat qilgan 
harbiylar, millat va yurtni malaylarga sotgan mahalliy millat vakillarini taqdirlashni ham 
unutmadilar. Qo`zg`olon bo`lishi haqida O`sh uezdi boshlig`ini o`z vaqtida ogohlantirgan 
Qorabek Hasanov Oltin medal va yiliga 300 so`mdan bir umrlik nafaqa bilan taqdirlanadi. 
Muhammadali Halfani ushlashda jonbozlik ko`rsatgan Izboskan noibi, shtab-kapitan 
Og`abekov 4-daraja Muqaddas Vladimir ordeni bilan, uning yigitlari Yoqub Ibrohim o`g`li, 
Musa Masodiq o`g`li “Jasurligi uchun” yozuvi bo`lgan, ko`krakda Georgiy lentasi qadab taqib 
yuriladigan kumush medal va yuz so`mdan pul bilan podporuchik Karsheladze 4-daraja 
Muqaddas Vladimir ordeni va qilish bilan mukofotlandilar. Andijon harbiy garnizoni 
boshlig`i Mixaylov podpolkovnik edi, polkovnik bo`ldi. Oddiy askarlaridan ham o`n kishi 
taqdirlanadi. 
Ayniqsa, Dukchi Eshonni uchlab berganlarga katta muruvvat ko`rsatiladi. 
Muhammadali halfa hozirgi Jalolobod viloyati Bozorqo`rg`on tumani hududida joylashgan 
Arslonbob yo`lida Chorbog` qishlog`ida Qodirqo`l mingboshi va qo`rboshi Matyoqub 
tomonidan hiyla nayrang bilan uchlab beriladi. 
O`shanda Dukchi Eshon bu millat xoinlariga qarata “Ikkoving o`lar vaqtda jinni bo`lib 
o`lgin. Bizni rusga tutib bergan qo`llaring bilan o`zingni tishlab o`lgin” deb qarg`agan edi. 
Milliy qahramonning qarg`ishiga qolgan Matyoqub besh oy o`tmasdanoq vafot etgan. 
1889 yil 12 iyunda Harbiy gubernator, general mayor Tsiklovskiyning raportida 
shunday deyilgan: “Andijon uezdining Qo`qon qishlog`ida yashovchi, o`tgan yili ming tepalik 
Eshonni qo`lga tushirganligi uchun mazkur uezdning Mayg`ir bo`limi boshqaruvchisi 
lavozimiga tayinlangan Madyoqub Madrahimov besh oy xizmat qilgandan keyin, 1898 yil 14 
noyabrda qazo qiladi. Uning xotini va ikki bolasi yashash uchun hech narsasi qolmadi. 
Shuning uchun uning xizmatlarini, oilasining o`ta qashshoqlanib qolganligini inobatga olib, 
siz janobi oliylariga iltimos qilamanki, o`z tasarrufingizdagi mablag` hisobidan bu bevaga pul 
nafaqasi tayinlash mumkin, deb hisoblay olasizmi?Yana shuni qo`shimcha qilib aytamanki, 
men Madrahimovaga favqulodda hollar uchun mablag`idan 25 so`m berdim”. 
Andijon uezdi boshlig`i ma`lumotiga qaraganda, Madyoqub Madrahimovning bevasi 
moddiy jihatdan to`la ta`minlangan bo`lib, unga eridan 10 desyatina yer, uy jihozlari, 500 
pudga yaqin guruch meros qoldirgani, mahrumning ikki bolasi bo`lib, ulardan biri Qo`qon 
qishloq bo`limi boshqarmasida xizmat qilayotgani, Madrahimovaning moddiy muxtojligidan 
emas, balki marhum erining xizmatlari uchun unga 10 so`m miqdorida nafaqa to`lash 
zarurligi aytilgan. Andijon uezdi, Farg`ona viloyati, Turkiston o`lkasi Mustamlakachi 
ma`murlari, amaldorlari, xatto Rossiya saltanati harbiy vaziri shaxsan imperatorning o`zi 
Madyoqub Madrahimov oilasiga 5 yil muddat bilan har yilda 50 so`mdan nafaqa tayinladi. Bu 
bilan mustamlakachilar “Farg`onaaholisining ko`z oldida rus ma`muriyati o`ziga sodiq 
odamlarning xizmatini munosib taqdirlab borishlarini” isbotlamoqchi bo`ladi1
Qo`zg`olon shafqatsizlarcha bostirilgach, o`lkaga Russiyadan ko`plab rus oilalarini 
ko`chirish siyosati yanada kuchayadi. Turkiston general-gubernatori Duhovskiy podsho 
Nikolay II ga yo`llagan xatida: “Qo`zg`olonchilar bizning uyquda yotgan 22 soldatimizni 
o`ldirganliklari uchun buning huniga isyonshilardan 22000 kishiga o`lim jazosi berilib, 300 
kishi qatorgaga hukm etiladi. Qo`zg`olonchilar rahbari yashagan joy tep-tekis qilinib, u yerga 
200 oilali rus qishlog`i qurildi”, degan edi. Huddi shuningdek Andijon shahri atrofidagi 
Hakand, Hartum qishloqlaridan ham yerli aholi ko`chirilib, ularning yerlari rus oilalariga 
beriladi. Bu yerlar faqat 1925-26 yillardagina o`z egalariga qaytarib beriladi. 
Xullas, ota-bobo avlod-ajdodlarimiz chor Russiyasi mustamlakachilik zulmi sharoitida 
ham erksevar xalqimizning tarixiy an`analarini muqaddas saqlab davom ettirdilar va kelgindi 
bosqinchiga qarshi qonuniy vaadolatli kurash olib borganlar. 
1
Egаmnаzаrov Аlinаzаr. Siz bilgаn Dukchi Eshon. Xujjаtli qissа. «Shаrq» nаshriyot-mаtbаа kontsernining Bosh tаhririyati. Toshkent, 
1994.11-bet. 
1Shamsutdinov Rustаm. «Dukchi Eshon voqeаsidаn so’ng».-«Sharq. yulduzi», 1991, 1-son. 


233 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish