O ’qu V u sl ubiy m a jmu a



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Furqat (1858-1909).
O`zining xalqchil va demokratik ruhda yozilgan asarlari bilan 
xalq ommasi o`rtasida katta obro` va e`tibor topgan shoirlardan biri Furqat Xolmuhammad 
Zokirjon o`g`lidir. U shoirlar maskani Qo`qonda tug`ilgan. Ammo umrining talaygina qismini 
o`z ona diyoriga sig`magan Furqat Mustamlakachi to`ralar, mahalliy betamiz va farosatsiz 
zolim boyvachchalardan qochib xorijiy mamlakatlarda xoru-zorlikda o`tkazadi. 
Siyosiy dunyoqarashi va saviyasi yetarli darajada charxlanmagan ba`zi bir 
vatandoshlari singari Furqat ham dastlabki davrlarda Turkistonni bosib olgan chor 
ma`murlariga umid nigohini tikadi, hatto rus ilm fani, texnikasi va madaniyatini madh etuvshi 
asarlar yozib, o`z xalqini unga da`vat etadi. «Gimnaziya», «Ilm xosiyati», «Vistavka 
xususida», «Suvorov», «Nag`ma bazmi xususida» kabi yozgan asarlari bu fikrimizning 
isbotidir. Ammo hayot jumboqlari va haqiqati borgan sayin Furqatning ko`zini ocha boradi, 
uning ongi, dunyoqarashi tadrijiy bir tarzda o`sib boradi. Bu o`rinda shoirning «Furqatnoma» 
asari fikrimizga yorqin dalildir. 
«Turkiston viloyatining gazeti»da «Ho`qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti, 
o`zi yozg`oni» sarlavhasi ostida chop etilgan bu asar gazetaningning 1891 yilgi o`n ikkita 
sonida 
alohida 
maqolalar 
tarzida 
berilgan. «Furqatnoma»ning bosh mavzusi-
ma`rifatparvarlikdir. Unda Furqatning Yangi Marg`ilonga (hozirgi Farg`ona shahri), 
Xo`jandga, Toshkentga, Samarqandga qilgan safarlari xotiralar tarzida hikoya qilinsa-da, har 
bir voqea, jarayon tasviri, har bir tafsilot bosh mavzu bilan chambarchas bog`liqdir. Xarakteri 
asarda yorqin namoyon bo`lgan ma`rifatparvar ijodkor zamonasining ilg`or, yuksak ongli 
kishisidir. Uning o`z xalqiga mehr-muhabbati g`oyat kuchli, shu boisdan mustamlakachilarga-
chorizm vakillariga qattiq nafrat bilan qaraydi. Asta-sekin asar qahramoni o`z qarashlarini, 
munosabatlarini o`zgartira boshlaydi. Mavjud shart-sharoitlar, voqelik unga saboq beradi. 
Ma`rifatparvarlik g`oyalarining yetakchiligi «Furqatnoma»- dagi madaniy-ma`rifiy 
muhit tasvirida g`oyat kuchli seziladi. Furqat, avvalo o`zbek madaniyatining ildizlari, 
sarchashmalari haqida batafsil so`z yuritgan. Buning tagida g`oyat ulkan va keng ma`no 
yotibdi. Shoir o`zining qanday ta`lim-tarbiya olganligini, qanday kitoblar mutolaa qilganligini 
bayon etar ekan, istye`dodli, bilimdon kishilarni yetishtirishga qodir shart-sharoitlar chorizm 
istilosidan oldin ham mavjudligini mahorat bilan ko`rsatib o’tadi. O`z xalqi mustamlakachilar 


241 
o`ylaganidek «johil, qoloq» emasligi, yuksak madaniyat-ma`rifatga egaligini muallif o`ziga 
xos yo`sinda ifoda etgan. Bu vatanparvar, xalqparvar ijodkor»ning o`z milliy g`ururini,eliga 
mehr-muhabbatini namoyon qilishi edi, istilochilarning kamsitishlariga, zo`ravonliklariga 
qarshi pinxoniy noroziligi, yaShirin isyoni edi. 
Furqat asrlardan beri shakllangan milliy ta`lim tizimi bu sohada darslik qo`llanma 
sifatida foydalaniladigan asarlar haqida ma`lumotlar beradi. U o`qigan kitoblar ro`yxatiga 
nazar tashlasak ajdodlarimizning «atigi ikki foizi savodli» bo`lgani haqidagi gaplar naqadar 
puchligini anglaymiz. Dastlabki boshlang`ich ta`limdan keyin «Qur`oni sharifni xatm qilib, 
«Chor kitob» ibtido qildim» (Furqat. T A 2-tom, 1958, 134-bet) deb yozadi shoir. Shundan 
so`ng u quyidagi asarlarni mutolaa qilish, o`rganish orqali o`z bilimlarini boyitib boradi. 
1.Fariduddin Attor. «Mantiqut tayr», 2.Hofiz Shyeroziy devoni. 3. Mirzo Abdulqodir Bedil 
devoni, 4.Mir Alisher Navoiy «Chor devon», 5.Fuzuliy g`azaliyoti, 6.»Maslaqul muttaqin», 
7.»Avvali ilm» risolasi, 8.»Mu`zi Vazanjoniy» risolasi, 9.»Avomil», «Harakot» risolalari, 
10.»Qofiya» kitobi, 11.»Sharhi mulloyi Jomiy», 12.Risolai Shamsiya». 
Ushbu ro`yxat ta`lim jarayonida badiiy adabiyotning mumtoz namunalari keng o`rin 
olganligini, dunyoni anglash tafakkurini shakllantirish borasida badiiy asarlarga alohida 
ahamiyat berilganini ko`rsatadi. Sharq adabiyotining Navoiy, Attor, Hofiz, Bedil, Fuzuliy 
kabi ulkan namoyandalari ijodi, ularning go`zal va serma`no asarlari yosh avlodning 
ulg`ayishi yo`lida dasturulamal vazifasini munosib bajargan. 
Furqat ijodining mavzusi keng qamrovli va serqirradir. Uning shu kungacha yetib kelgan 
she`riy asarlari sakkiz ming misradan ortiqdir. Bundan tashqari Furqatning proza va 
publitsistikaga oid asarlari ham bor. Shoir faol ilmiy ishlar ham olib borgan, tarix, etnografiya 
vashe`riyat nazariyasiga oid asarlar yozgan. 
Furqat insoniy oliyjanob fazilatlarni ulug`lar ekan, birinchi o`ringa ozodlik motivini 
qo`yadi. Bu hol tushunarlidir, albatta. Chunki buni Furqat yashagan davr va zamon talab 
qilardi. Shoirning lirik qahramoni har qanday qullikning murosasiz dushmani, ozodlik 
erkinliq hurlikning otashin jarchisidir: 
Do`stlar, ayshu tarab, fasli bahor istar ko`ngul, 
Har kuni sahroda sayri lolazor istar ko`ngil. 
Aylamak har sori ohular shikor istar kungul, 
Kabi raftarin ko`rarga qo`hsor istar ko`ngul, 
Dog`i hursand etgusi har ne ki bor istar ko`ngul. 
Ozodlik erkinlik va hurlik g`oyalari turlicha rang-bo`yoqlarda «Fasli navbahor o`ldi», 
«Fasli guldur», «Bahor ayyomida», «Ul qaro ko`z» singari she`rlarida yanada sayqal topadi. 
Furqatning «Sayding qo`yaber sayyod» shy`rida gunohsiz mahbuslarni changaliga 
olgan shafqatsiz zolimlarga qarshi oshkora nafrat sadolari har qanday qalbi tosh o`quvchining 
ham yurak bag`rini tilka-pora qiladi: 
Sayding qo`yaber, sayyod, sayyora ekan mendek 
Ol domini bo`ynidan, bechora ekan mendek 
O`z yorini topmasdan, ovora ekan mendek 
Iqboli nechun, baxti ham qora ekan mendek 
Hijron o`qidin jismi ko`p yora ekan mendek 
Kuygan jigari-bag`ri sadpora ekan mendek. 
Bechorani zulm aylab, qo`l-bo`ynini bog`labsan. 
Har sori chekib-sudrat, o`ldirgalik chog`labsan. 
Ko`ksini jafo birla lola kabi dog`labsan, 
Sot mengaagar qasding olg`usi so`rog`labsan! 
Hijron o`qidin jismi ko`p yora ekan mendek 
Kuygan jigari-bag`ri sad pora ekan mendek. 
Furqat o`zining «Muhammas Muhammad Xudoyorxon tilidan» asarida Xudoyorxonni 
el-yurt g`amini o`ylamagan, faqat shaxsiy manfaat va dabdabani ko`zlagan hukmdor sifatida 
o`quvchi ko`z o`ngida gavdalantiradi. Bu asari N.Ostroumov «Oxborot» jurnalining 1893 
yilgi 8-sonida birinchi marta chop ettirgan.


242 
Shunday qilib Furqat chorizm mustamlakachiligi zulmi sharoitida yurt, Vatan va el 
baxti bilan kuyub yongan ma`rifatparvar demokratik shoir sifatida o`zbek adabiyotida 
o`zining munosib o`rniga ega. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish