Zavqiy (1853-1921).
Zavqiy o`zbek demokratik va xalqchil adabiyotining Muqimiy
va Furqat ijod etgan an`analarini davom ettiradi. U o`z asarlarida xalqning ayanchli hayoti va
qismatiga sherik bo`lish vaachinish, kelajak istiqbolga umid nigohi bilan boqish, ozodlik va
erkka intilish g`oyalarini ilgari surdi. Zavqiy ijod etgan asarlar yo`nalishini quyidagi to`rt
guruhga bo`lish mumkin:1.Lirik Shye`rlar.2.Hajviyalar.3.Sayohatnomalar.4.Dostonlar.
Shoir o`zining «Aylab keling», «Kelmasa kelmasun, netay», «Ofarin», «Yuzingni
ko`rsatib avval», «G’orat etding», «Uch xoroboti», «Ajab ermas», «Farg`ona», «Raxsan
Ergash», «Voqeai qozi saylov», «Obid mingboshi haqida hajv», «Talading baring», «Ahli
rasta hajvi», «Ajab zamona», «Zamona kimniki?» kabi lirik she`rlari, muhammaslari va
hajviy satirik asarlarida ulug` insoniy fazilat, haqiqiy chin sevgiga sadoqat va dhirkin tuzum
sharoitidagi nuqsonlarga munosabatni tarannum etadi.
Xususan, Zavqiyning hayotiy voqealarga nisbatan o`ta sezgirligi, voqea va
hodisalarning ichki mazmunini chuqur anglab yetishga mohirligi va undan aniq va to`g`ri
xulosalar chiqara olish san`ati shoirning «Ajab ermas» muhammasida yorqin ko`zga
tashlanadi.
1916 yilgi Jizzax qo`zg`olonini ziyraklik bilan kuzatgan shoir Zavqiy: «Muqarradur
zamona inqilob o`lsaajab ermas» degan qat`iy xulosa chiqaradi.
Zavqiy satirik shoir sifatidaadolatsiz zamondan faryod chekadi, undagi illatlar, chirkin
nuqsonlar jabr sitamlarni o`tkir qalam tig`ila hajv qiladi. U o`z asarlarida «Zamona zo`rniki»
degan xalq naqlidan kelib chiqib shunday deydi:
Ahli dil bo`lsa zamonning boyi bo`l, bazzozi bo`l,
Aqchadin langar cho’p ushlab, rastaning darbozi bo’l.
«Zamona kimniki?» she`rida shoir Zavqiy qo`yilgan aniq savolga mantiqiy va to`g`ri
javob beradi: «davr-davron hamma joyda hokimu mirzoniki, «silliq salloniki», «surati
zeboniki». Mehnatkash xalq esa och-yalang`och, xonavayron hokimlar zulmi ostida bag`ri
qon ekanligini afsus nadomatlar ila tasvirlaydi.
Shahru qishloq demangizkim, fisq ila to`ldi jahon,
Ahli dunyo qoshida yolg`onchilardur nuqtadon.
Yo`q rivoj kasbu-hunarga, savrilibdur xonumon.
Xoh kosib, Xoh dehqon qayga borsa bag`ri qon,
holi har yerda suhan sharmandayu rasvoniki.
Xulosa shuki ma`rifatpavar demokrat shoir Zavqiy mehnatkash xalq g`ami-dardi bilan
yongan va xalqning baxtli istiqboliga o`zini bahshida etgan ajoyib bir insondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |