244
g`urur, jo`shqinlik ruhiy g`alayon, e`tiqod, imon, kamtarlik ilm, kamolotga intilish, odamlarga
yaxshilik qilishdir.
Shoir lirik g`azallarining bosh qahramoni Feruzning o`zidir. Bu qahramon o`zida
oliyjanob fazilatlarini mujassamlashtirgan, jamiyat va xalqni o`ylovchi shahsdir. Bosh
qahramonning fojeasi shundaki, oliyjanob shoir bilan qo`pol va noinsoniy odatlar,
tushunchalar, aqidalar o`zaro konfliktlarga kiradilar.
Ey falak netdim seni, dushmanlig` izhor aylading`
Notavon ko`nglim tuganmas g`amga duchor aylading`
debxonish qiladi shoir.
Xullas Feruz o`zining hayotbahsh she`rlarida oliyjanob insoniy his-tuyg`ularni
kechinmalarni mahorat bilan qalamga olgan. O`z uyida oddiy eski kiyimda o`tiradigan Feruz
hayotdagi eng ulug` va mo``tabar insonlardan bo`lgan. Manba`larning guvohlik berishicha
uning oilasidan chiqqan yigirmadan ortiq kishi turli mansab
va vazifalarni egallagandan
tashqari badiiy ijod bilan ham shug`ullanganlar. Bu ijodkorlar so`z san`atining rango-rang
turlarida qalam tebratib, qator tarixiy asarlar yaratdilar, hattotlik va tarjimonlik bilan
shug`ullandilar, badiiy nasr va nazm mulkini boyitdilar. Komyob, Oqil, Sodiq, Murodiy kabi
yetuk qalam sohiblari ana shular jumlasidandir. Xivalik adabiyot bilimdoni Muhammadali
Laffasiy qiziq bir dalil to`g`risida fikr yuritadi: «Feruzning nabira, avlodlari she`rga havaskor
bo`lib, alar ham Feruzga qo`shimcha har hil g`azal, muhammaslarni yozib turadilar». Xodim,
Chokar, Nodimlar bilan birgalikda Feruz saroyida devon bo`lib
ishlagan Komil Devoniy
Feruzning ustodlari Munis, Kiromiy, Hofiz, Nizomiy, Jomiy, Ravnaq, Fuzuliy, Bedil, Fazliy,
Lutfiy, Ogahiylar ijodidan bahramand bo`lganligi, o`ziga hamnafas zamondosh shoirlar
ijodining muhim qirralaridan bahramand bo`lganligini bir she`rida quyidagicha tasvirlaydi:
Feruzning avlod-ajdodlaridan yigirmadan ziyodi ijodkorlar bo`lganligini yuqorida
ta`kidladik. Shu munosabat bilan qiziq bir tarixiy voqeani qayd etmoqchimiz. Shoh Feruzning
inisi Murodiy (asli ismi To`ramurod to`ra 1854 yilda tug`ilgan) ruslar Xivani qamal qilganda
Otajon To`ra vaAmir to`ralarga qo`shilib mamlakatga o`zlari xon bo`lib, davlatni idora etish
niyati bilan Kaufman huzuriga borgan va rus generali bu taklifni qabul qilmagan. Qilgan
ishida tazarru yeb puchaymon bo`lgan Murodiy akasi Feruzdan kechirim so`rab «Devoni
Murodiy»da quyidagi satrlarni bitadi:
Qulliqingni qilmadim nodonlik aylab oshkor,
Kibra targ`ib aylagan shayton ekandur, bilmadim.
Vasli Jomiydin Murodiydek bo`lib
sarhush mudom,
Mehnatu xijron bilan bejon ekandur, bilmadim.
Vuslati vasling bila jandonu shod erdim, vale
Furqat ichra tushkan el nolon ekandur, bilmadim.
Feruz Xiva xonligida fan va madaniyatni rivojlantirishga katta e`tibor bergan bo`lsada,
bu Feruz yaqinq-yaqinga qadar etirof etilmas edi.Jumladan, V. Mirzaevni “Avaz O’tar
kitobida
«XIX asrning o`rtalariga kelib, Xorazm madaniy hayotida alohida taraqqiyot yuz berdi. Ilgari
vayron bo`lib ketgan binolar qaytadan tiklanadi. Yangidan sug`orish inshootlari,
karvonsaroylar va 60 ga yaqin masjid, madrasalar barpo etiladi. Xiva xonligi hududida 1847
yili Xiva shahrida birinchi marta litografiya tashkil etildi. Unda 1880 yilda bosilgan birinchi
kitob Alisher Navoiyning «Xamsa»si edi»
1
deyiladi.
«Xorazmda bayozchilikning keng taraqqiy etishi natijasida «Bayozi musaddasot»,
«Bayozi majmuai ash`or», «Bayozi muhammasot» va «Bayozi ash`or» kabi bayozning yangi
turlari vujudga keladi. Ular ichida Xorazmlik shoirlar tomonidan tuzilgan qo`lyozma bayozlar
o`zining kompozitsiyasi, she`rlarining g`oyaviy mazmuni, kitobat uslubi hamda savodli
yozilgan go`zal xati bilan alohida ajralib turadi. Bu ishlarga bevosita Muhammad Rahimxon
homiylik qiladi. Bayozchilik maktabi ustida tadqiqot ishlari olib borgan M.Hamidovaning
Feruz faoliyatining bir qator qirralarini ochib berishga harakat qilgan.
1
V.Mirzayev. “Avaz O’tar”. T., “Fan”, 1961 yil.
245
Feruz rahbarligi ostida Tabibiyning «Majmuat-ut shuaro», Bayoniyning «Shajarai
Xorazmshohiy»
tazkiralari yaratildiki, natijada biz juda ko`plab ijodkorlar nomlari bilan
tanishish baxtiga ega bo`ldik.
Muhammad Rahimxon saxovatli, fuqaroparvar inson edi. Bu fikrimizni quyidagi
dalillar bilan isbotlashimiz mumkin. Saroy shoirlari orasida Doiy o`zining dovyurakligi,
betgachoparligi bilan ajralib turgan. U hech gap tortmasdan kishining aybini shartta
betigaaytar ekan. Yuqori lavozimli a`yonlardan
ham hayiqmasdan, ularni bemalol kinoyali
so`zlar bilan masxara qilar ekan. Bu haqda Laffasiy shunday ma`lumot keltiradi: «Doiy Yusuf
Xoji nomi bilan mashhur bo`lib, hammavaqtlar Xiva ulamo va sipohilarini mazammat etib
haqoratlar qilib yurur erdi. Feruz Doiyni yaxshi hurmatlar bilan in`omlar berib turar erdi.
Muhammad Rahimxon Doiyni shu tariqa sipohi ulamolarni haqoratlar qilibmahammat
qilg`onini bilib oni Xivadagi masjidi Kalonga voizlik mansabig`a ta`inlaydur».
Feruz musiqa sohasida ham barakali ijod qildi. Feruz «. . .musiqa ishlariga ham
havaskor bo`lib doim xizmatidaatoqli go`yandalar tanbur, g`ijjaq bo`lomonlar chertib o`ltirur
erdilar.
Feruzning o`zi Shoshmaqomga o`n uchta kuy bastalagan vashunga ko`ra u o`zi yashagan
davrning bastakori ham edi.
Xulosa shulki, Feruz vatanimiz
tarixida faqat insonparvar, adolatparvar va
ma`rifatparvar hukmdorgina emas, ayni zamonda katta ijodkor g`azalnavis shoir va musiqa
ijodkori sifatida ham munosib o`ringa egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: