248
Dilshod g`azallarida bosh mavzu sevgi, muhabbatdir. Shoira sof muhabbatni zo`r
ehtiros bilan kuylaydi. Vafosiz, hudbin ma`shuqalarni makkor va hiylagar, deb ataydi.
Shoiraasarlarida zamon bilan hamnafaslik sezilib turadi. Shoiraning «Sabot ul-bashar maa
tarixi muhojiran» («Inson matonati va muhojirlar tarixi»)da o`zining tavalludi,
oilasi va
ayanchli taqdiri bayon qilingan. Zotan, uning taqdiri ham muhojirlar taqdiridan farq qilmagan.
Bu asarga shoiraning o`zbek tilidagi 37 ta va tojik tilidagi 5 ta g`azali ham kiritilgan.
Dilshodning ijodi tarixiy materialga boyligi, ijtimoiy mazmundorligi, xaqqoniyligi,
xalqparvarlik g`oyalari bilan sug`orilganligi uchun ham o`zbek va tojik mumtoz adabiyotining
qimmatli namunalaridan hisoblanadi.
Dilshod Otinning «Tarixi muhojiron» asarida 19 asrda Qo`qon xonligidagi tarixiy,
ijtimoiy-siyosiy voqealar aks etgan. Ayollarni ma`rifatli, erkin,
jamiyatning teng xuquqli
a`zolari bo`lishga chorlagan.
1
Qo`qonlik shoir va shoiralar haqida Dilshod bunday deydi:
«Men anchadan beri yashab kelayotgan Qo`qon shoirlar shahridir. O`n ikki darvozalik bu
kattashaharda to`rt yuz qirq mahalla bor deydilar va har biridashoirlar bor. . .
Qo`qon maydonining Sarimozor dahasida birorta mahalla yo`qki, u yerda biror bir
shoir va donishmand bo`lmasa, Xo`ja Kalon To`ra mahallasida mendan tashqari yana
Mahzani, Turobi va Bahori tahallusli shoirlar va Fidoiy ismli shoira yashardilar.
Bizning qo`shni Buzrukxo`ja mahallasida qachonlardir juda iste`dodli, shirinso`z shoir
janob Bog`dor Eshon Nizomi yashar edi. Hozir bu mahallada shoira Mohinabonu va Hafiza
otin va shoir Sabuhi yashaydilar. Yana bulardan tashqari, mening iste`dodli o`quvchilarimdan
Bahri otincha vaAnbar otinchalar ijodiyotiningcho`qqisidadirlar. Yana qo`shni Qo`rxona
mahallada yosh shoir va mohir san`atkor hattotlar yashaydi. . .
Agarda qibla tomonga qarasak panjarasoz mahallasini ko`ramiz. U yerda o`zlarining
she`rlar devoniga ega bo`lgan Sadon va Qori Devona shoirlar bor. Qisqa qilib aytganda,
Movarounnahrning poytaxti bo`lmish bu shaharda har bir avlodda minglab shoir va o`qimishli
kishilar, ulamoi fozillar yashab, o`zlarining minglab rejalari bilan o`z asarlarini yaratdilar va
o`zlarining she`rlarida falakning taqdiridan arz qilib va dodlab ketar edilar.
So`z va g`azal ustalaridan biri Anbar otin-Jahon otun Uvays ismli ham Shu Shaharda
yashab vafot etgan. Juda ko`p shoir va donishmandlar o`z go`zal
va jozibakor asarlarini
yaratib ketdilar...»
2
.
Dilshodning so`ziga qaraganda, «ayniqsa shoir Mahjub hurfikrli shoirlarning yuqori
pog`onasida ekan va ularning joylari guloh yonida ekan. Lekin ular hammom gulohida
yashashiga qaramay, ularning hurmatlari baland ekan. Bulardan tashqari yana
Muntazir,Mahmud va Gulhaniy ismli shoirlar bo`lgan. Hozir Mahmud va Muntazirlar
hayotlar,
lekin na ilojkim borki, ularni ko`rsak ular guloh yonida, men esa bir uyning
burchagida katakka solingan qafasdadirman. Bundan halos bo`lish faqat xalq irodasi bilan
amalga ochishi mumkin. »
3.
.
1
O’zbekiston Milliy Entsiklopediyasi. 3-jild,
299-бет.
2
Muxtorov А. O’sha asar.
305-
b
е
t.
3.
O’sha asar 302-bet.
249
Xullas, yuqoridagi fikr-mulohazalar shundan dalolat beradiki, chor Rossiyasining og`ir
mustamlakachilik zulmi siyosati davrida ham Turkistonda siyosiy-ijtimoiy va madaniy hayot
to`xtab qolmadi, xalqimiz o`zining an`anaviy tarixiy taraqqiyotiga sodiq qoldi, jahon fani va
madaniyati hazinasi rivojiga munosib hissa qo`shdi.
Do'stlaringiz bilan baham: