O ’qu V u sl ubiy m a jmu a



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Tasviriy san’at.
Chor Rossiyasi Turkiston o`lkasini o`z mustamlasigaaylantirgan XIX 
asrning ikkinchi yarmida o`lkaning ijtimoiy-madaniy hayotidaalbatta ba`zi bir ijobiy 
o`zgarish va yangiliklar bo`ldi. Bu o`zgarishlar va yangiliklar mustamlakachilar tomonidan 
yerli xalqlarning talab va ehtiyojlarini qondirish maqsadida ro`yobga chiqarilgani yo`q. Balki, 
birinchi navbatda vaasosan bosqinchilarning talablari va manfaatlari nuqtai-nazaridan amalga 
oshirildi. Ana shunday yangilik va o`zgarishlardan biri o`lkadaaholiga xizmat qiluvchi 
madaniy-ma’rifiy 
muassasalarining 
paydo 
bo’lishidir. 
1870 
yilda 
Toshkentda
kutubxona
tashkil qilinadi. Kutubxona uchun Peterburg va Moskvadan 1867 yilda 
yuborilgan dastlabki kitoblar zo`r qiyinchiliklar bilan 1868 yilda Toshkentga yetib kelgan edi. 
Bu kitoblar asosan O’rta Osiyoni va unga qo`shni bo`lgan mamlakatlarni o`rganishga va 
boshqa masalalargaaloqador adabiyotlar edi. Kutubxona fondi mutlaqo rus tilida bo`lib, uning 
o`quvchilari ham asosan rus ofitserlari, amaldorlari, va ularning oilalaridan iborat edi. 
Dastlabki kitobxonlar to`g`risidagi ma`lumot 1870 yil may oyidan 1871 yil sentyabrgacha 
bo`lgan davrgaaloqadordir. Hammasi bo`lib 75 kitobxon bo`lgan, shundan 45 nafari ofitser
19 nafari amaldor, 4 nafari savdogar, 2 kishi ruhoniy, bir kishi mahalliy maktab talabasi edi.
2
Shunday bo`lsada, Kutubxona har holda ma`rifiy ish bilan shug`ullandi va o`lkada 
XIX asr rus adabiyotining demokratik g`oyalarini tarqatishda ma`lum rol o`ynadi. Biroq 70-
1Bu haqida qarang: O’zbekistonning yangi tarixi. Birinchi kitob. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. Tuzuvchilar 
H.Sodiqov, R.Shamsutdinoc, P.Ravshanov,Q.Usmonov, “Sharq”, T., 2000.253-277-betlar.Kаrimov Sh., Shаmsutdinov R. Turkiston Rusiya 
bosqini dаvridа. Аndijon, 1995.90-159-betlar.
2Dmitrovskiy N.А. Dvаdtsаtipyatiletiye Turkestаnskoy publichnoy biblioteki «Turkestаnskiye vedomosti», 1895, № 15,18,28,33,37. 


237 
80 yillarda Rossiyada madaniyat va xalq maorifi 60-yillarda qo`lga kiritgan demokratik 
xuquqlarni yo`q qilishga intilgan reaktsiyaning hujumi boshlanib ketdi. Bu hujumdan 
kutubxona ham chetda qolmadi. 1882 yil dekabrda Turkiston general-gubernatori 
M.G.Chernyaevning buyrug`i bilan alohida ishlar bo`yishaamaldor, «Peterburg xarobalari» 
asarining muallifi, reaktsion yozuvchi V.V.Krestovskiy kutubxonani taftish qiladi. U o`zining 
Chernyaevga yozgan raportida : «Rus mualliflaridan Saltikov, Dobrolyubov, Pisaryev, 
Nekrasov va Shiller (A.Mihaylov) asarlariga talab eng ko`p ekanligi ma`lum bo`ldi», deb 
yozadi. Ushbu raportgaasosan general Chernyaev 1883 yil 1 yanvardan e`tiboran kutubxona 
faoliyatini to`htatish to`g`risida buyruq berdi. Jamoatchilikning talabi bilan 1889 yilda 
kutubxona yana o`z ish faoliyatini boshlaydi. 
O’rta Osiyoni o`rganish bilan shug`ullangan taniqli rus olimlari–arxeolog 
V.L.Vyatkin, akademik V.V.Bartold va boshqalar kutubxonaga faol yordam berib turishgan, 
natijada kutubxona qimmatli asarlar va materiallar bilan to`lib borgan. 
«Umuman O`rta Osiyoga, ayniqsa Turkiston o`lkasiga oid asarlar va maqolalarning 
Turkiston to`plami kutubxona fondlarida to`plangan manbalarning ajoyib majmuasi bo`ldi. 
Bu to`plam 594 tomdan iborat bo`lib, inqilobgacha bo`lgan Turkiston haqidagi kitoblardan
ro`znoma va oynomalardan olingan maqolalardan tashkil topgan. To`plamning 416 tomi 
mashhur rus bibliografi V.I.Mejov tomonidan tayyorlangan. Bu tomlarga 1867-1887 yillarga 
oid materiallar kiritilgan. So`ngra to`plam ustida olib borilayotgan ish to`htab qolgan va 1907 
yildan 1917 yilgacha bo`lgan davrda har xil bibliograflar to`plamning 175 tomini tuzganlar1». 
XIX asrning 80-90 yillarida Toshkent va boshqa yirik shaharlarda turli ilmiy 
jamiyatlar (arxeologiya, jug`rofiya, etnografiya kabilar) tashkil etilgan. 1896 yilda Samarqand 
«Tarixiy muzyey» ish boshladi. Bir qator ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirildi. Bu borada rus 
olimlari I.V.Mushketov, N.A.Severtsov, A.P.Fedchenko, P.P.Semenov-Tyan-Shanskiy, 
N.M.Prjevalskiy va boshqalar samarali ishlar olib bordilar. Turkiston xalqlari tarixini 
o`rganish va yoritish xalqimizning o`tmish madaniyatini ilmiy tadqiqot qilishda sharqshunos 
olimlar V.V.Radlov, V.V.Bartold, Ye.E.Bertels va boshqalarning xizmatlari oz emas. Shu 
davr mobaynida bir qator ijodkor rus adiblari asarlarining mahalliy xalqlar tillariga o`girilishi 
ham ijobiy faoliyatlardan hisoblanadi. 
1868 yilda Toshkentda birinchi bosmaxonaning tashkil etilishi bilan Turkistonda kitob 
bosish, matbaachilik yo`lga qo`yildi. 1870 yilda bir qator kattaroq boshqa bosmaxona tashkil 
etilgandan keyin, «Turkestanskiye vedomosti» gazyetasi chiqarila boshlandi. Shu yildan 
e`tiboran bu gazetaning o`zbek va qozoq tillarida (arab alfavitida) ilovalari chiqa boshladi. 
Ana shu tariqa Turkistonda vaqtli matbuot tarixi o`z ilk qadamini tashladi. Huddi shu 1870 
yilning oxirlarida Xorazmda ham toshbosma paydo bo`ldi. 1880 yilda Navoiyning «Hamsa»si 
(«Xayratulabror»ning birinchi kitobi), «Devoni Munis» va «Devoni Raji» asarlari bosilib 
chiqdi. 1883 yilda «Toshkentda toshbosmada birinchi marta So`fi Olloyorning «Kitobi 
sabotulojizin»i bosilib chiqdi. Shu davrdan boshlab o`zbek va tojik tillaridagi kitoblar asosan 
toshbosmada chiqadigan bo`ldi. Turkiston xalqlari hayotida toshbosma katta rol o`ynadi. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish