O ’qu V u sl ubiy m a jmu a


Ahmad Donish Mahdum ibn Nosir (taxallusi Kalla) (1827-1897)



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Ahmad Donish Mahdum ibn Nosir (taxallusi Kalla) (1827-1897).
Ahmad Donish 
taxallusi bilan elga tanilgan Ahmad Mahmud o`z davrining yirik ma`rifatparvar olimi va 
filosofi, yozuvchisi vaastronomi, tarixchisi vaarxitektori, musavviri va musiqa navisi edi. 
1
Donish qiziqishlari dunyosining naqadar serqirraligini uning yozgan asarlaridayoq ko`rsatib 
turibdi. Ma`rifatparvar mutafakkirning bizgacha yetib kelgan asarlari jumlasiga «Nomus-al-
a`zam» («Ulug` qonun»), «Muntahab-al-ahkom» («Tanlangan qarorlar»), «Navodir-ul-
vaqoe`» («Noyob voqealar») va «risolai muhtasare az ta`rixi salatanati xonadoni amironi 
Mang`it» («Mang`it amirlari xonadoni saltanatining qisqacha tarixi»)lar kiradi. 
Buxoro amiri elchisining kotibi sifatida uch marta Rossiyada bo`lgan Donish 
taraqqiyotda har tomonlama Rossiyaga nisbatan orqada bo`lgan amirlikdagi ijtimoiy-iqtisodiy 
tuzumni tanqid qiladi, rus madaniyatini omma o`rtasida tinmay, targ`ib qiladi va undan 
o`rganishgashaqiradi. Uning asarlarida oddiy mehnatkash xalqqa nisbatan muhabbat va 
zolimlarga nisbatan esa nafrat hissi O’rta o`rinni egallaydi: Donish xalqni ma`rifatli qilish, 
uning madaniyatini oshirish yo`li bilan «adolatli» monarh hokimiyati rahbarligida mavjud 
tuzumda hukmron bo`lgan nohaqlik vaadolatsizlikni yo`qotib baxtli hayot qurish mumkin, 
deb hisoblardi. Biroq bu borada bu amalga oshmaydigan hom hayollarga ham berilgan edi. 
Shunga qaramasdan o`z davriga nisbatan ma`rifat va madaniyatni yashash tarzining va 
istiqbolning dasturigaaylantirgan Donish qarashlari ijobiy ahamiyatga ega edi. 
Muqimiy. (1850-1903
). XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida 
vujudga kelgan demokratik adabiyotning yirik vakillaridan biri Muqimiydir. Kambag`al 
hunarmand oilasida dunyoga kelgan Muhammad Amin Xo`ja (Muqimiy-uning taxallusi) 
chinakam xalq shoiri bo`lgan. Asosan she`riy asarlari bilan dong taratgan shoir ijodini janr 
xususiyatlariga qarab to`rt guruhga bo`lish mumkin. 
1.Lirika: g`azallar, muxammaslar, murabba`, masnaviy, ruboiy, tuyuq va fardlar. 
2.Hajviy: satira va yumor. 
3.Sayohatnomalar. 
4.Maktubot: she`riy va prozaik maktulardir.
Xalq manfaatlarini o`z ijodida ifodalagan va baralla kuylagan Muqimiy xonlarning 
cheklanmagan vaadolatsiz hukmroniligi ostida og`ir va qimmatli hayot kechirayotgan 
mehnatkash ommaning hayotidan fig`on chekadi va o`z asarlarida undan nafratlanadi. 
U “Tanobchilar» satirik she`rida tanobchilar (yer o`lchovchilar) ning jabr-sitamlaridan adoyi-
tamom bo`lgan, soliqlarni to`la olmay harob bo`lgan dehqonlar hayotini o`zidaaks ettiradi. 
Shoir yer o`lchash bahonasida poraxo`rlikni, zulmni avj oldirgan tanobchilardan yuragi zada 
dehqon tilidan zorlanadi: 
Bo`ldi taajjub qiziq hangomalar, 
Arz etayin emdi yozib nomalar. 
Adl qulog`ila eshit holimi, 
Zulm qilur, balki, mengaxolimi. 
O`n ikki oyda keladur bir tanob, 
O`zgalarga roghatu mengaazob. 
1
O’zbekiston Milliy Entsiklopediyasi... 1- jild.536-bet. 


239 
Muqimiy «Tanobchilar» she`rida chor ma`murlarining o`lka mehnatkashlariga 
o`tkazgan mustamlakachilik siyosatining barcha jirkanch qiyofalarini ustalik bilan ochib 
tashlaydi. Biz «podsholik mahkamasi»ning ma`murlari bo`lgan Sulton Alixo`ja va 
Hakimjonlarning orqa suyanchig`i bo`lmish chor Rossiyasi butun siyosati va dahshati bilan 
qilish yalang`ochlab turganligi uchun xalq xalqqa istagancha zo`ravonlik va zulm qilishlarini 
«Tanobchilar»da ko`rib unga guvoh bo`lamiz. Muqimiy tanobchilarning xatti-harakatini 
bayon qilgach, ular harakterini ochishga o`tadi. Sulton Alixo`ja bilan Hakimjon, barcha chor 
amaldorlari singari, qahri qattiq, rahmsiz bo`lib, qamchisidan qon tomib turadi. Ular birlashib 
tanoblashga chiqadilar va ittifoq bo`lib ish ko`radilar: 
Sulton Alixo`ja, Hakimjon ikov, 
Biri xotun, birisi bo`ldi kuyov. 
Ikkalasi bo`ldi chunon ittifoq, 
Go`yo hayol aylaki, qilmay nifoq, 
Osh yesalar o`rtada sarson ilik. 
Xo`jachiroq yog`i, Hakimjon pilik. 
Tanobchi amaldorlarning harakteri qishloqqa chiqib dehqonlar bilan qilgan qo`pol, 
dag`al muomalalarida yanada to`laroq ochiladi, ularning jirkanch basharalari butun 
to`laligicha namoyon bo`ladi. Maqtanchoqliq takabburlikda, shuningdek, tovlamachilik va 
talovchilikda tanobchilar bir-biridan qolishmaydi. Sulton Alixo`ja qishloq aholisini yig`ib, 
ularga shunday do`q uradi: 
Manki tanobinga chiqibman kelib, 
Xizmatimi yaxshi qilinglar bilib. 
O`t quyubon kuyduradurg`on o`zim, 
Hokimingu o`lduradurg`on o`zim. 
Xoh tanobingni duchandon qilay, 
Xoh karam birla boshingni silay. 
Tanobchi Hakimjon ham o`z manfaatini ko`zlab, o`z navbatida, xalqqa qarab 
zo`ravonlik bilan surbetlarcha shunday deydi: 
«. . .Yaxshilig`ingni fuqaro bilmagay, 
Holi bular ko`zga bizi ilmagay. 
Ikki tanobini qilay o`n tanob, 
Yurtingizni kuyvurib aylay xarob. 
Xoh o`ling` xoh qoling` bachchag`ar». 
Debki, uzangugaayog`ni tirar. 
Muqimiy o`zi yashagan davrdagi hayot muammolarini va nuqsonlarini, din niqobi 
ostida xalqqa jabr-zulm qilayotgan ularning nonini yarimtalayotgan ba`zi bir chala mulla, 
ruhoniylar va boylarni «Moskovchi boy ta`rifida», «Avliyo», «Bachchag`ar» va boshqa 
asarlarida satira o`ti ostiga oladi, ularni masxaralaydi. 
Muqimiyning mashhur asarlaridan biri «Sayohatnoma»dir. Bu asar o`z ishigaasosan 
uch sayohatnomani oladi: «Qo`qondan shohimardonga», «Qo`qondan Farg`onaga», va 
«Qo`qondan Isfaraga», 1953 yilda topilgan yana bir yangi parcha «Isfara sayohatidan» deb 
yuritiladi. «Sayohatnoma»larda Muqimiy o`zining sayohatlar chog`ida olgan ta’assurotlarini 
qalamga oladi va xalq ommasining haqqoniy hayotini aks ettiradi. Mustamlakachilik zulmi 
siyosati va mahalliy boylar, amaldorlarning o`tkazgan jabr-sitamlaridan ado bo`lgan xalq 
timsolidan faryod chekadi:
Bunda bordim Beshariq, 
Odamlarin rangi sariq 
Yemishlari emish tariq 
Muqimiy jafokash va mehnatkash xalqqa bo`lgan hurmati va muhabbatini quyidagi 
satrlarda ifodalaydi: 
Qir pastida sho`rtang ariq, 
Bir to`p yigit o`rgay tarig`. 
To`nsiz, yalang`osh, hay darig`, 
Bechora, och dehqon ekan. 


240 
Shoir Muqimiy «Sayohatnoma»da bechora och va yalang`osh dehqonlarni zolimlarcha 
ekspluatatsiya qiluvchi «yurt kattalari»dan nafratlanadi, ochko`z va qizg`onchiq mingboshilar, 
bo`lis boshliqlari, qozi va ellikboshilarni masxaralaydi, ularning ustidan kuladi va satira o`tiga 
oladi: 
Ming boshisi so`finamo, 
Tasbehu bo`ynida rido, 
Cho`qib qochar zog`i alo, 
Bir dog`uli ayyor ekan. 
Xayru saho vajhida kar, 
Bir pulni yuz yerdin tugar, 
Kelsa gadoy nogoh agar, 
Bir non chiqish dushvor ekan. 
1907 yilda N.Ostroumov «Turkiston viloyatining gazeti»da chop etilgan Muqimiyning 
asarlarini to`plab kitobcha holiga keltiradi va Toshkentda nashr ettiradi. Ushbu kitobda 
N.Ostroumov yozgan «shoir Muqimiy» sarlavhasi ostida tarjimai holda Mavlaviy 
Yo`ldoshning Muqimiy vafotiga yozgan marsiya-tarixi ham bosilgan edi. Shu narsani alohida 
ta`kidlash kerakki, N.Ostroumov Muqimiy va Furqat asarlarini yig`ib to`plovchi sifatida 
ijobiy baholansada, u hukmdor mustamlakachi mamlakatning bir vakili sifatida shoir 
Muqimiyga to`g`ri xolisona baho bermaydi, uni kamsitadi, asarlarida olg`a surilgan ilg`or 
g`oyalarni ko`rmaydi yoki ko`rishni istamaydi. U shoirini qandaydir ojiz va darveshnamo 
shaxs sifatida, dunyodan, real borliq muammolaridan, hayot zavqu tashvishlaridan chetda 
turgan loqayd ijodkor sifatida talqin etadi. Albatta bu boshdan oyoq g`ayri-ilmiy va o`ta 
sub`yektiv qarashdagi xulosalardan iborat edi. 
Xullas ma`rifatparvar, elparvar va demokrat shoir Muqimiy o`zining keng qamrovli, 
chuqur, g`oyaviy, yuksak badiiy asarlari bilan xalqning hurmat-e`tiboriga sazovor bo`lgan 
o`zbek xalqining ajoyib farzandidar. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish