Boʻrdoqiga boqish



Download 20,11 Kb.
Sana22.01.2020
Hajmi20,11 Kb.
#36586
Bog'liq
Boʻrdoqiga boqish

Boʻrdoqiga boqish — qishloq xoʻjaligi hayvonlarini goʻshti uchun boqib semirtirish, qisqa muddatlarda sifatli va eng koʻp miqdorda goʻsht olishni taʼminlaydigan texnologik jarayon; qoramol, choʻchqa, qoʻy, parrandalar, quyon va boshqa boʻrdoqiga boqiladi. Boʻrdoqiga boqish ning iqtisodiy koʻrsatkichlari hayvon turi, zoti, jinsi, yoshi, sogʻligʻi holati, boqim darajasi va ozuqa mukammalligiga bogʻliq. Qoramolchilikda Boʻrdoqiga boqish usuli goʻsht mahsulotiga qoʻyiladigan talabga koʻra tanlanadi. Barcha mamlakatlarda 6—8 oylik buzoqlarni 15—18 oy boʻrdoqiga boqish vazni 400–480 kg ga yetkazib yuqori sifatli mol goʻshti olishda keng qoʻllaniladigan va samarasi yuqori texnologiya hisoblanadi. Mollarga xoʻjaliklarning oʻzida tayyorlangan ozuqalar — silos, senaj, oʻt, iddizmevalarni dagʻal va aralash ozuqalarga qoʻshib beriladi. Agar Boʻrdoqiga boqish da mol faqat silos bilan boqiladigan boʻlsa, sutkasiga 250–400 kg vaznga 16–25 kg , katta mollarga 30–35 kg gacha silos beriladi. Toʻyimliligiga koʻra ratsionda silos hissasi 60—65% ni tashkil etishi mumkin. Proteinga boʻlgan ehtiyojni qondirish va ratsionning mukammalligini taʼminlash uchun ozuqaga mochevina va premikslar (biologik faol moddalar aralashmasi) qoʻshiladi. Agar mol barda negizida boqiladigan boʻlsa, katta yoshdagi mollarga sutkasiga 80—90 l gacha yangi barda yediriladi. Barda ratsion tarkibiga somon, pichan, aralashmalar, vitaminlar (A, D), tuz, boʻr yoki fakultetorsizlangan fosfatlar qoʻshiladi. Paxtachilik rivojlangan mintaqalarda Boʻrdoqiga boqish da paxta shulxasi sutkasiga (4–7 kg), shrot (2–3 kg)dan foydalaniladi, makkajoʻxori silosi, beda senaji, pichan, don, yem beriladi. Boʻrdoqiga boqish da sutkalik oʻrtacha tirik vazn oʻsishi 800—1200 g ga boradi. 1 kg vazn oʻsishini taʼminlash uchun 8—11 ozuqa birligi sarflanadi. Tabiiy va madaniy yaylovlar yetarli boʻlgan mintaqalarda B. b .da yaylovlardan foydalanish mumkin. Qoʻychilikda goʻshtjun yoʻnalishdagi zotlarni Boʻrdoqiga boqish yaxshi samara beradi. Boʻrdoqiga boqish uchun ajratilgan 3— 3,5 oylik qoʻzilar 7—9 oyligiga qadar boqilib, ularning vazni 45–50 kg ga yetkaziladi, goʻsht chiqishi 44—46% ni tashkil etadi. Parrandachilikda broyler yetishtirish asosiy oʻrinda turadi. 2—6 oylik joʻjalar 15—25 sutka boqiladi. 1 kg vazn oʻsishi uchun 6—9 ozuqa birligi sarflanadi. Asosiy ozuqa: mukammal aralash yem yoki aralash yem va turli aralashmalar. Choʻchqachilikda 15–16 kg vazndagi 2,5 oylik choʻchqa bolalari 7—7,5 oy boqiladi (tirik vazni 100–110 kg ga yetadi). 1 kg vazn oʻsish uchun 4,5—5 ozuqa birligi sarflanadi. Boʻrdoqiga boqish ni keng miqyosda tashkil etish mamlakatda goʻsht yetishtirishni koʻpaytirish imkoniyatini yaratadi. Oʻzbekistonda Boʻrdoqiga boqish ixtisoslashtirilgan xoʻjaliklarda ilgʻor texnologiyani qoʻllagan holda sanoat usulida olib boriladi

Chorvachilik — qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklaridan biri. Ch. mahsulotlari yetishtirish uchun chorva mollarini boqish va urchitish bilan shugʻullanadi; aholini ish hayvonlari (ot, hoʻkiz, tuya, bugʻu), oziqovqat mahsulotlari (sut, qatiq, goʻsht, yogʻ, tuxum va boshqalar), yengil sanoatni xom ashyo (jun, teri, moʻyna va h.k.), dehqonchilikhsh organik oʻgʻit bilan taʼminlaydi. Ch. mahsulotlari va chiqindilaridan ayrim ozuqalar (yogʻi olingan sut, goʻshtsuyak uni, suyak uni va boshqalar), shuningdek, har xil doridarmonlar (shifobaxsh zardoblar, gormonal preparatlar va boshqalar) olinadi. Ch.ning taraqqiy etishi va mahsuldorligi dehqonchilikning rivojlanishi, yerdan intensiv foydalanish bilan chambarchas bogʻliq. Ch.ning asosiy tarmoqlari: qoramolchilik, qoʻychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, parrandachilik, asalarichshshk, choʻchqachilik, quyonchilik, darrandachilik, bugʻuchilik, itchiliklan iborat. Jahon mamlakatlarida tabiiyiqlim sharoitlari va ozuqa bazasiga koʻra Ch. rivoji oʻziga xos xususiyatlarga ega. Jahon Ch.da (mln. bosh) qoramol 1338,2; qoʻy 1068,6; echki 709,8; buyvol — 158,6; ot — 61,095; xachir — 14,1; eshak — 43,4; tuya — 19,1; choʻchqa — 912,7; tovuq — 14139; kurka — 244 va boshqa boqiladi va ulardan turli mahsulotlar yetishtirish muhim oʻrinda turadi (1999). Goʻsht yetishtirish hajmi 225,9 mln. t ni, sigir suti yetishtirish 480,6 mln. t ni (yoki har bir sigirdan oʻrtacha 2071 kg ni) tashkil etdi.

CH. inson tomonidan yovvoyi hayvonlarni ovlash va ularni xonakilashtirish maqsadida qoʻlga oʻrgatishdan boshlangan. Arxeologik dalillar hayvonlarni xonakilashtirish yangi tosh davrida — neolitda bundan 15—10 ming yil avval boshlanganini koʻrsatadi. Bu davrda odam takomillashgan tosh qurollarga ega boʻlgan, olovni bilgan va sopol idishlardan foydalangan. Eng avval it, soʻngra choʻchqa, qoʻy va keyinchalik qoramollar va otlar (7—8 ming yillar ilgari) xonakilashtirilgan. Osiyoning jan.gʻarbiy qismi va Oʻrta dengiz atroflari hayvonlarni xonakilashtirishning asosiy markazlari hisoblanadi. Yevropada qoramollar, ot, qoʻy, echki, choʻchqa, quyon, it, parrandalardan oʻrdak va gʻozlar, Osiyoda buyvol, qoʻtos, oʻrkachli va oʻrkachsiz tuyalar, qoramol, echki, qoʻy, choʻchqa, ot, it, quyon, tovuq, oʻrdak, gʻoz va tovuslar xonakilashtirilgan. Afrikada qoramollar, bir oʻrkachli tuya, eshak, choʻchqa, mushuk, it, sesarka tovuqlar, qoʻy va echkilar qoʻlga oʻrgatilgan. Amerikada oʻrkachsiz tuyaning ikki turi — lama va alpaka, dengiz choʻchqasi, kurka va muskus oʻrdaklar xonakilashtirilgan. Natijada inson tomonidan ularning sifat va son koʻrsatkichlariga ahamiyat berilib, hayvonlardan nayel olish, sekinasta mahsulot yoʻnalishlari boʻyicha zotlari chiqarilgan. Oʻrta Osiyo hududi ham Ch. dastlab shakllangan hududlar qatoriga kiradi.

CH. koʻchmanchshik hayot tarzini vujudga keltirdi. Daryo boʻyi, choʻl va togʻ oldi, koʻl atroflarida ovchilik, balikchilik bilan shugʻullangan jamoalarning madaniyatlari rivojlanib borgan sayin Ch. ham rivojlanib bordi. Jumladan, Xorazm hududida Amudaryoning quyi havzasida topilgan Kaltaminor madaniyati miloddan avvalgi 4—3ming yillikda yashagan ovchilar va balikchilar jamoasi madaniyatlaridan biri hisoblanadi.

Miloddan avvalgi 2—1asrlarda Davan (Fargʻona)da dehqonchilik madaniyati va yilqichilik yuksak darajada rivojlangan. Aeecmojxa keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, sut va goʻsht beradigan qoramolchilik, qoʻychilik, yilqichilik, sut va goʻsht mahsulotlarini qayta ishlash ixtisoslashgan soha sifatida bundan 3000 yil oldin shakllangan. 20-asr boshlariga qadar Oʻzbekistonda koʻchmanchilik bilan uzviy bogʻliq boʻlgan qoʻychilik, echkichilik, tuyachilik, otchilik, shuningdek, vohalarda qoramolchilik koʻproq rivojlandi.

Oʻzbekiston hududida 1916 yil qoramollar soni 1342 ming boshni, shu jumladan, sigirlar 481 ming boshni, qoʻy va echkilar 3821 ming boshni, otlar 517 ming boshni tashkil qilgan.

20-asrning 20- yillaridan boshlab Ch.ning ilmiy bazasini yaratish, hududlarning tabiiyiqtisodiy sharoiti va ozuqa bazasi resurslariga qarab mintaqalar boʻyicha rivojlantirish ishlari boshlandi. Sugʻorma dehqonchilik hududlaridagi xoʻjaliklarda sut, sut va goʻsht yoʻnalishidagi qoramolchilik, parrandachilik va choʻchqachilik, togʻ oldi mintaqalari, Amudaryoning quyi oqimi va Orol boʻyi qamishzor va toʻqayli hududlarida goʻshtdor qoramolchilik, goʻshtyogʻ qoʻychiligi, yilqichilik, choʻl yaylovlarida qorakoʻlchilik rivojlantirildi. Kammahsul mollarni chatishtirish va respublikaga koʻplab nasldor mollarni olib kelish natijasida qoramollarning qoraola, qizil choʻl, shvits, bushuyev zotlari soni koʻpayib mahsuldor podalar guruhi shakllantirildi. Zotlarning rnlashtirilgan hududlari belgilandi. Qorakoʻlchilikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Ixtisoslashtirilgan yirik qorakoʻlchilik xoʻjaliklari katta iqtisodiy samara keltirdi. 1930—33 yillardan boshlab chorvachilikning naslchilik zdlari, xoʻjaliklari, fermalari, styalari va korxonalarining tashkil etilishi naslchilik tizimining shakllanishida muhim burilish boʻldi.

1932 yil Ch. tajriba styasi va 1935—39 yillarda Butunittifoq qorakoʻlchilik, Oʻzbekiston chorvachilik va Oʻzbekiston veterinariya i.t. intlarining tashkil etilishi Ch.da ilmiy tadqiqot ishlarini oʻtkazish, Ch. fanini rivojlantirish hamda uning istiqbolini belgilash, xoʻjaliklarda yangi texnologiyalarni joriy etishda muhim omil boʻldi. Chorva mollarining sermahsul podalari guruhi kengaytirildi va rnlashtirilgan zotlari takomillashtirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, qishloq xoʻjaligida tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida davlat xoʻjaliklari jamoa, shirkat xoʻjaliklariga aylantirildi, chorvachilik, aksariyat xoʻjaliklarning qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi, dehqon va Ch. yoʻnalishidagi fermer xujaliklari tashkil etila boshladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 15 martda "Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida"gi, 1994 yil 23 fevralda "Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer) xujaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish choralari toʻgʻrisida", 1995 yil 24 martdagi "Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qoʻllabquvvatlash choratadbirlari toʻgʻrisida" qarorlariga koʻra, jamoa xoʻjaliklarining zarar bilan ishlayotgan 1499 qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi (1995). Natijada respublikada ishlab chiqarilayotgan goʻsht va sutning 75% ni xususiy sektor bera boshladi. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 25 dek. da qabul qilingan "Naslchilik toʻgʻrisida" qonuni Ch.ni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi.

1990—2003 yillar mobaynida respublikaning barcha toifadagi xoʻjaliklarida qoramollar soni 28,2% ga, sigirlar 38, qoʻy va echkilar 7, otlar 36% ga, sut yetishtirish 32,8% ga, goʻsht yetishtirish 18,6% ga koʻpaydi, Ch. mahsulotlarining asosiy qismi dehqon va fermer xujaliklari hissasiga toʻgʻri keladi (Uzbekistonda mollar soni, Ch. mahsulotlarini yetishtirish koʻrsatkichlari 1 va 2jadvallarda berilgan).

CH. ozuqa bazasini mustaxkamlash tadbirlari olib borilmoqda. Respublika ekin maydonlarining 10% ga yaqin kismiga yemxashak ekinlari ekiladi. Tabiiy va madaniy yaylovlardan foydalanish samaradorligini oshirish ishlari davom etmoqda. Aralash yem, oqsilmineral yem qoʻshimchalari, yem ozuqa achitqilari ishlab chiqarish hajmlari koʻpaymoqda. Ch.da veterinariya xizmati koʻrsatish — kasalliklarning oddini olish va davolash, Ch. maxsulotlari veterinariyasanitariya ekspertizasi hayvonlar kasalliklariga karshi kurash styalari, veterinariya shifoxonalari va punktlarida, veterinariya labda olib boriladi.

Respublikada chorvador mutaxassislar kollejlar, Toshkent agrar universiteti, Samarkand, Andijon qishloq xoʻjaligi intlarida tayyorlanadi. Chorva hayvonlari zotini yaxshilash, mahsuldor podalar guruhini koʻpaytirish va yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish maqsadida Respublika Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Chorvachilik, parrandachilik va balikchilikni rivojlantirish Bosh boshqarmasi, Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi, Davlat veterinariya Bosh boshkarmasi va "Oʻzbek ipagi" uyushmasi tashkil etilgan, ularni asrash va parvarishlashsa yangi texnologiyalarni ishlab chiqish bilan vazirlikning Qishloq xoʻjaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi tarkibidagi Uzbekiston chorvachilik, Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi intlari, Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy tadqiqot markazi va Ipakchilik instituti, Uzbekiston veterinariya, Uzbekiston veterinariyasanitariya va akarologiya (1991) intlari shugʻullanadi. Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida davlat mintaqaviy baliq chavoqlari yetishtirish pitomnigida baliq zotlari (kora, ok, amur, doʻng peshona) yetishtiriladi.

"Naslxizmat" respublika naslchilik uyushmasi qishloq xoʻjaligi subʼyektlariga chorvachilik boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi. Davlat naslchilik korxonasi qoramollarning turli zotlari boʻyicha sunʼiy urugʻlantirishda foydalanish uchun muzlatilgan urugʻlarni qadoqlab, sunʼiy urugʻlantirish bilan shutullanuvchi "Naslxizmat" tashkilotlariga yetkazib beradi.

Chet mamlakatlarda sut va goʻsht yoʻnalishidagi qoramolchilik, ayniqsa, Yevropa mamlakatlari (Gollandiya, Daniya, Germaniya, Rossiya), AQSH, Kanada, Yangi Zelandiya, qoʻychilik Angliya, Avstraliya, Rossiya va boshqa Yevropa mamlakatlarida jadal rivojlandi. Sutchilik yoʻnalishidagi qoramolchilikrivojlangandavlatlarda (AQSH, Kanada, Niderlandiya, Germaniya va boshqalar) sigirlardan oʻrtacha 8000–11000 kg sut sogʻib olinadi. Sut mahsulotlari bilan taʼminlanishning eng yuqori koʻrsatkichlari (aholi jon boshiga 1950 kg) Yangi Zelandiya, Daniya va Gollandiyaga xos. Qoramol goʻshti bilan taʼminlanish esa Argentina (110 kg) va Urugvayga (106 kg) toʻgʻri keladi. Jahon mshyosida Ch.ning barcha sohalari ixtisoslashgan holda jadal rivojlanmoqda. Sermahsul zotlar va samarali texnologiyalar yaratilib, Ch.ka keng joriy qilinmoqda.



Qoramolchilik - chorvachilikning asosiy sohalaridan biri, aholini goʻsht, sut mahsulotlari hamda yengil sanoatni teri va boshqa xom ashyo bilan taʼminlaydi. q.chiqindisi boʻlgan goʻng dehqonchilikda yerlar unumdorligini oshirishda keng qoʻllaniladi (baʼzi mamlakatlarda qoramoldan ish hayvoni sifatida foydalaniladi). Q. xoʻjalik tarmogʻi sifatida yovvoyi qoramol turlari xonakilashtirilgan paytdan paydo boʻlgan. Dastlab qoramoldan goʻshti uchun hamda ish hayvoni sifatida foydalanilgan. Sut isteʼmol qilina boshlagach, odamlar undan yogʻ, pishloq va boshqa mahsulotlar tayyorlashni oʻrgandilar, natijada sut Q.ining ahamiyati oshdi, sut sanoati shakllandi.

Q. qadimdan hozirgi Oʻzbekiston hududida intensiv sharoitlarda va yaylov usulidarivojlangan. 19-asr oxiriga qadar Q.ning asosiy qismini kammahsul, jussasi mayda jaydari hamda zebusimon qoramollar tashkil qilgan. 20-asrning 20-yillaridan boshlab respublikada mahalliy va zebusimon qora-mollarni madaniy qoraola, qizilchoʻl va shvits zotlari bilan chatishtirish asosida mahsuldor podalar guruhini shakllantirish hamda nasldor sof zotli qoramollarning reproduktor xoʻjaliklarini tashkil etish, davlat va kooperativ xoʻjaliklari Q. sut-tovar fermalarini rivojlantirish va sutchilik komplekslarini tashkil etish, Q.ni ixtisoslashtirish, konsentratsiyalash va sanoat texnologiyalari asosiga oʻtkazish ishlari amalga oshirildi. Q.ning sut, sut-goʻsht, goʻsht hamda naslchilik yoʻnalishidagi xoʻjaliklar, naslchilik zavodlari, xoʻjaliklari va fermalari tashkil etildi. natijada 80-yillarga kelib qoramollar zotdorligi 98—99% ga yetkazildi. Nasldor sigirlarning 3800–4100 kg sut beradigan podalari barpo etildi. Goʻshtchilik komplekslarida parvarish qilingan novvoslar vazni 12—13 oyligida 400–420 kg ga koʻtarildi. Tumanlarda tashkil etilgan xoʻjaliklararo boʻrdoqichilik korxonalarida qoramollarni jadal boqish va boʻrdoqilash ijobiy natijalar berdi. Qoramolchilik amaliyotining taraqqiy etishida ilgʻor tajriba va fan yutuqlari muhim rol oʻynadi. 1932 yilda chorvachilik tajriba st-yasining va 1939 yilda Oʻzbekiston chorvachilik i.t. institutining tashkil etilishi chorvachilik va xususan Q. sohasida muhim burilish boʻldi. Q. rivojining tipologik, ozuqa va seleksiya asoslari ishlab chiqildi hamda amaliyotga keng joriy qilindi. 1924 yilda qoramollar soni 1229,4 ming boshni, shu jumladan, sigirlar 407,5 ming boshni tashkil qilgan boʻlsa, 1991 yilda bu koʻrsatkichlar tegishlicha 4580,8 va 1856,4 ming boshga, 2004 yilda 5873 va 2556,7 ming boshga yetdi. 1924 yilda goʻsht yetishtirish (tirik vaznda, ming t) 84,0, 1991 yilda 789, 2003 yilda 935,5; sut yetishtirish tegishlicha 262,0, 3034,2 va 4030,3 ni tashkil etdi. sigirlardan oʻrtacha sut sogʻib olish 1924 yilda 400 kg dan 1990 yilda 1685 kg ga, qoramollarni goʻshtga topshirish vazni 150 kg dan 401 kg gacha koʻtarildi. Keyingi 14—15 yil mobaynida qoramollar soni va yetishtirilgan yalpi chorva mahsulotlari hajmi oʻsdi. Q. sohasida tashkil etilgan fermer xoʻjaliklarida mahsuldorlik koʻrsatkichlari yaxshilandi. 1990 — 2003 yillarda respublikada qoramollar soni 1293,9 ming boshga yoki 28,3%ga, sigirlar soni 700,3 ming boshga yoki 37,7% ga koʻpaydi.



Oʻzbekistonda Q. boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari Oʻzbekiston chorvachilik i.t. institutida olib boriladi. Q. fan sifatida oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining zoomuhandislik va veteri-nariya fakultetlarida oʻqitiladi.

Xorijiy davlatlarda sut yoʻnalishidagi Q., ayniqsa, Gollandiya, Daniya, Germaniya, Isroil, AQSH, Kanada, Yaponiya va Yangi Zelandiyada rivojlangan (sigirlarning oʻrtacha sut sogʻimi 8—11 ming kg). Goʻshtdor q. AQSH FransiyaAngliyaItaliyaKanada va Avstraliyada tashkil etilgan (goʻsht olinadigan 14—15 oylik novvoslar vazni 500—550 kg). Dunyo mamlakatlarida urchitilayotgan qoramollar soni 1,33 mlrd. bosh atrofida (1999). Jahonda turli tabiiy iqlim sharo-itlariga moslashgan 250 dan ortiq qoramol zotlari boqiladi.
Download 20,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish