Kitob-beminnat do’st



Download 14,3 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi14,3 Kb.
#275573
Bog'liq
Kitob-beminnat do'st


Kitob-beminnat do’st

Buvijonimning uylarida kattagina kutubxona bor. Chunki buvim har gal bozorga tushganida biz nabiralariga shirinliklarga qoʻshib bitta yoki ikkita badiiy kitob ham olib keladi. Kitoblar talash bo’lib ketadi. Chunki buvim olib kelgan kitobini avval oʻzi oʻqib oladi-da, qiziq-qiziq joylarini gapirib bizning eʼtiborimzni jalb qiladi. Maktabda sinfdoshlarim ham biror kitob kerak boʻlsa, eng avval mendan soʻrashadi.

Maktabimizda sinf rahbarimiz tomonidan “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi uchun uyga vazifa qilib G’afur G’ulomning “Shum bola”qissasi topshirilgan kundan boshlandi bu voqea.Bu kitobni menda borligini sinfdoshlarim bilishardi.Kitobni galma-galdan o’qiydigan bo’ldik.Kitobni tugatishga shunchalik kirishib ketibmanki ,dars boshlanganini ham sezmay qolibman.

– Axtamova, kitobni uyda oʻqish kerak edi. Oʻzi qanday kitob ekan, boshingni koʻtarmay oʻqiyapsan, – dedi oʻqituvchi yonimga kelib.

– “Shum bola”, ustoz. Lekin filmidan ancha farq qilar ekan. Juda taʼsirli. Kitobni sinfdoshlarim soʻragan edi. Voqealariga qiziqib ketibman, – uzr soʻrab oʻrnimdan turdim.

– “Shum bola”ni keyingi yil oʻqiymiz, – dedi ustoz. – Juda yaxshi yozilgan asar.

– Bizga ham gapirib ber, – chugʻurlashdi bolalar.

– Yaxshi, ammo oʻzingiz oʻqiganingiz boshqacha taʼsir qiladi, – dedim jilmayib. Bu gap ustozga ham maʼqul boʻldi. Uning tavsiyasi bilan bolalar kitobni navbatma-navbat oʻqiydigan, keyin asar asosida insho yozadigan boʻlishdi.

– Faqat bir shart bilan kitobni beraman, – dedim , – uni ehtiyot qilasiz. Varaqlarini yirtmasdan, buklamasdan, iflos qilmasdan oʻqiysiz.Bu kitob mening eng yaqin hamrohim,beminnat do’stim dedim.Shunda oxirgi partada o’tirgan sinfdoshim Shuhrat kuldi.

-Kitob ham do’st bo’la olarkanmi dedi,masxaraomuz.Sen bilan koptok o’ynamasa,biror joyga bormasa,joni bo’lmasa qanaqasiga do’st bo’ladi axir.Tabiatan to’polonchi,maktabda urush-janjal bilan hammaga yaxshi tanish bo’lganligi uchun Shuxratga javob bermadim.

Bolalar rozi boʻlishdi. Navbat jurnaldagi roʻyxat boʻyicha tuzildi. Shu tariqa kitob qoʻlma-qoʻl oʻqila boshlandi.

– Mujgona qizim, “Shum bola”ni javondan topmadim, haliyam oʻqib boʻlmadingmi? – soʻradilar buvim bir kuni mendan.

– Ertaga olib kelaman, uni sinfimizdagi oxirgi oʻquvchi Shuxrat oʻqiyapti, – dedim xursand bo’lib. – Tanaffuslarda faqat shu kitob haqida gaplashyapmiz.

– Juda yaxshi, ammo... – oʻylanib qoldilar buvijonim, – bugun mahalla guzarida shu kitobning sochilib yotgan varaqlarini koʻrib qoldim.Muzqaymoq sotuvchi boladan so’rasam,mahalladagi bezori bolalar kitobni yirtib varaqlarini suvga oqizayotganini aytdi. Ishqilib bizniki boʻlmasin-da.

Qiziqmisiz buvijon, bizning sinfda unaqa kitob yirtadigan bolalar yoʻq, – dedim. Biroq negadir koʻnglim xijil tortdi-yu, mahalla guzariga yugurib ketdim. Sochilgan varaqlardan bir nechtasini qoʻlimga oldi-mu, yig’lab yubordim. Chunki buvim har gal yangi kitob olganda uning ichki muqovasi va 3-sahifasiga “Nabiralarimga,buvijonisidan”, deb kitob sotib olingan kun va sanani yozib qoʻyardi. “Nega uni maktabga olib keldim-a, uyda oʻqiyversam boʻlmasmidi!” deb rosa xafa boʻldim. Uyga qaytayotganimda, anhor chetiga o’t-o’lanlarga yopishib jon holatda chiqishga urinayotgan bolaga ko’zim tushdi.Hamma narsani unutdim-u, yordamga shoshildim.Yaqinroq borib qarasam sinfdoshim Shuhrat,qo’lida varaqlari yirtilgan kitobni g’ijimlab turibdi.Jahlim chiqib turgan bo’lsada,yordamga shoshildim chunki men o’qigan ertak,hikoya,romanlardagi qahramonlarning do’stining boshiga kulfat tushganda tashlab ketmasligini,yordamga doim tayyorligini hayajon bilan o’qigandim.

Kiyimlari shalabbo bo’lib ketgan Shuxrat qilgan ishidan pushaymon bo’lib qizarib,yerga qarab turardi.Qo’lidan kitobni oldi-mu,indamay ketdim.

-Sen to’g’ri aytgan ekansan deb baqirdi.Orqaga o’girildim.”Sen to’g’ri aytgan ekansan,kitobdan beminnat do’st yo’q ekan.Yordamga muhtoj bo’lagimda ,meni tashlab ketishdi.Sen ishonib topshirgan kitobingni yirtgan bo’lsamda,menga yordam berding”-dedi.

– Dadam shaharga tushsa kitobingni oʻrniga yangisini olib beradilar, – dedi Shuhrat.Men juda ham xursand edim.Kitobim yirtilgan bo’lsada to’polonchi Shuxratni xatosini tushungani,kitobga mehri uyg’onganligidan xursan edim.

Uyga borgach voqeani buvimga aytib berdim. Avvaliga buvimni jahli chiqib, qovogʻini solib oldi. Keyin mening holatimni tushundi shekilli:

Mayli bolajonim, demak kitob oʻz vazifasini bajaribdi. Lekin men bilaman, oʻsha to’polonchi Shuxrat ham kitob rang-barang olam bilan tanitadigan aqlli doʻstligini, uni yirtish esa uvolligini bilib oldi, – dedi.



Darhaqiqat, inson ma’naviyatini oshiradigan, so’z boyligini to’ldirib boradigan eng muhimi to’g’ri yo’lni ko’rsatadigan eng yaqin do’st bu kitobdir.
Download 14,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish