202
Xiva endi o`z kuchi va imkoniyatiga qarab ish ko`rishi lozim edi. Xonlikning
qo`shinida hammasi bo`lib 27 eski zambarak 2
ming otliq askar, 4 ming navkardan iborat
qo`shin, ular ham asosan poytaxtda jamlangan edi.
Xiva xoni masalani tinch yo`l bilan hal qilishga urinishlari behuda ketgach, harbiy
kengash
chaqirib, mudofaa rejalarini tuzadi va dushman istilochilarga qarshi o`zining
lashkarboshilarini safarbar qiladi.
Matmurod devonbegi, Mahmud Yasovul boshi, Yoqubbek qalmoq,
Eltuzar inoq va
Bobomehtar rahbarligidagi o`zbek va turkman (yovmat) yigitlari rus qo`shinlari hujumini
qaytarish uchun ikki guruhga bo`linib yo`lga to`shadilar.
Xivaga yurish 1873 yil may oyida boshlanadi. Muhammad Yusufbek Bayoniy
“Shajarayi Xorazmshohiy” asarida bunday yozadi:
“...Rossiya davlati mundin burun besh martaba Xorazm yo`lida tashnalikdan qirilib, ba`zilari
Xorazmga borib urushib qirilib, hanuzgachaaslo zafar topa olg`onlari yo`q erdi. Bas,
imperator a`zam bu bobda tamom arqoni
davlati bilan maslahat etib, ul tarafga bormoqqa
qaysi yo`l yaxshiroq ekanini ham bilmay, lojaram (chorasiz-mualliflar) Xorazm ustiga to`rt
tarafdan askar yubormoqni iltimos etadilar (lozim ko`rmoq-mualliflar)”.
General Kaufman Turkiston lashkari bilan ikkinchisi Kavkaz qo`shinlari, uchinchisi
general Verevkin boshliq Orenburg lashkari va to`rtinchisi Lomakin rahbarligidagi jami 12
ming kishidan iborat yaxshi qurollangan qo`shin Xorazm ustiga yuradi. Kaufmanga umumiy
qo`mondonlik topshiriladi. Rus qo`shini Turkiston qo`shinlariga (22 rota, 1800 kazak va 18
to`p)
general Kaufman, Orenburg otryadiga polkovnik Lomakin (12 rota, 800 kazaq 8 to`p)
qo`mondondan bo`lib, Orol flotiliyasi ham ular ixtiyoriga berilgan edi. Imperator Aleksandr II
Xiva yurishiga katta e`tibor beradi. Xatto, aytish joizki, imperator oilasining a`zolari-buyuk
knyazlar Xiva sari yurishda bevosita qatnashadilar. Nikolay Kanstantin, Yevgeniy
Romanovlar va Gertsog Leytenbergskiy kabi oliy zotlarning harbiy qismlarga qo`mondon
qilib tayinlangani ham Rossiyaning Xiva istilosiga katta e`tibor berganini ko`rsatadi.
Amudaryodan o`tib, Muhammad Rahimxon II (Feruz) boshliq
xonlikning shahar va
qishloqlarini birin-ketin egallay boshlaydi. Turkiston xalqlarining qonxo`r jallodi chor
generali
M.D.Skobelev 1864 yilda bosh ko`targan polyak
vatanparvarlarining isyonini bostirishda ko`rsatgan xizmatlari
uchun 4-darajali nishoni bilan taqdirlangan bo`lib,
Hiva yurishi
boshlanishidan oldin: «Bu gal albatta Georgiy Kresti olaman!»
deb o`rtoqlariga maqtangan ekan. Rus qo`shinlariga qarshilik
ko`rsatgan
Ho`jayli
shahri,
Mang`it
qishlog`i
ko`ltepagaaylantiriladi. Janglarda ruslardan bir kapitan, sakkiz
askar o`lgani, o`n kishi turli darajada jarohatlangani qayd etilgan.
“Dushman nihoyatda katta talofat ko`radi”-deb
yozilgan rus
qarorgohi hujjatlarida.
«Xotunlar ham chap qo’lida bolasi va ung qo’lida
tig’
Do'stlaringiz bilan baham: